Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua



Download 6 Mb.
bet10/249
Sana03.05.2023
Hajmi6 Mb.
#934650
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

P.M. Kerjentsev (1881-1940) xam boshqarish boʻyicha qator asarlar chop etgan. Bular qatoriga “Mexnatni ilmiy tashkil etish”, “Boshqarishni tashkil qilish tamoyillari”, “Vaqt uchun kurash” kabilar kiradi. Ular boshqarish boʻyicha darsliklarni yozishda asos qilib olindi. 1920 yilning boshlarida Kerjentsev tashabbusi bilan “Vaqt” Ligasi tashkil etildi. Bu Liga jamoatchilikning e’tiborini:

  • mexnatini tashkil qilishda tartibsizliklarning nixoyatda koʻpligiga;

  • bexuda ishlarga vaqtning koʻp sarflanayotganligiga;

  • boshqaruv tizimida funksiyalarning nooqilona taqsimoti kabilarga qaratdi va ularni bartaraf etilish yoʻllarini ishlab chiqdi.

1900 yillarning oxiridan boshlab mamlakatda boshqarish nazariyasining rivojlanishi yanada kuchaydi. Shu yillarda mexnatni ilmiy tekshirish instituti, boshqarish va normativ boʻyicha markaziy ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil etildi. Mamlakatning yetakchi oliy oʻquv yurtlarida “Mexnatni ilmiy tashkil qilish”, “Boshqarish” kafedralari, fakultetlari tashkil etilib, ular boʻyicha maxsus fanlar oʻqitila boshlandi.
Rossiyada Hozircha yagona, Moskva boshqaruv instituti tashkil qilingan boʻlib, u korxona yoki tarmoq faoliyatining boshqaruv tomonini takomillashtirish masalalari boʻyicha direktorlar maslaxatchilari deb yuritiladigan boshqarishni tashkil qilish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlaydi.
Oʻzbekistonda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari XIII-XIV asrlarga kelib Amir Temur xukumronligi davridanoq shakllana boshlagan. Amir Temur “Temur tuzuklari” asarida, qanday qilib xokimiyatni qoʻlga kiritgani, siyosiy va xarbiy faoliyati xaqidagi sirlar, uni boshqarish san’ati, shu bilan birga istilochilikka qanday raxbarlik qilganini oʻzi izoxlab bergan.
“Temur tuzuklari” jaxonga mashxur asar. Uning qoʻl yozma nusxalari dunyoning deyarlik barcha mamlakatlari (Hindiston, Eron, Angliya, Daniya, Frantsiya, Rusiya, Germaniya, Armaniston, Oʻzbekiston va boshqalar)ning kutubxonalarida mavjud. Asar ikki qismdan iborat.
Birinchi qism Amir Temurning oʻz davlatini barpo etish va uni xar jixatdan mustaxkamlash, mukammal qurollangan qudratli qoʻshin tuzish borasida tatbiq etgan tuzuklari va rejalaridan iborat boʻlib, xatto qoʻshinning jangovor saflanish tartibi xam maxsus jadvallar orqali koʻrsatib berilgan.
Asarning oʻn uch qism (kengash)dan iborat ikkinchi qismida esa xizmat soxibqironning kuchli feodal davlatni barpo etish, qoʻshin tuzish va dushman lashkarini sindirish yuzasidan tuzgan kengashlari va amalga oshirgan ishlari oʻz ifodasini topgan.
Amir Temur zukko, tajribali va siyosatdon davlat arbobi edi. U oʻzi tuzmoqchi boʻlgan davlatning markaziy apparati va maxalliy xokimiyatning qanday, qaysi ijtimoiy toifalarga tayanishi, mansabdor shaxslar va ularning sifatlari xamda burch va vazifalarini oldindan belgilab bergan.
“Tuzuklar” muallifining fikricha, xar bir soxibi toj davlat va jamiyatni ma’lum ijtimoiy-siyosiy guruxga tayangan xolda boshqarishi lozim. Hazrat Amir Temur, “Tuzuklar”da ma’lum qilishicha, oʻz faoliyatida qoʻyidagi 12 ijtimoiy-siyosiy guruxga tayanib ish olib borgan:

  1. Xazrat Paygʻabarimiz Muxammad Sallolloxu Alayxissalomning aziz va mukarram avlodi boʻlmish sayidlar, ulamo va shayxlar;

  2. Xayotning achchiq-chuchugini totgan bilimdon kishilar;

  3. Duoguy taqvodorlar;

  4. Amirlar, sarxanglar, sipoxsolollar, ya’ni lashkar va qoʻshin boshliqlari;

  5. Sipox bilan raiyat, ya’ni qora xalq;

  6. Saltanat ishlari, uning siru-asrorini bilgan, kengashsa boʻladigan dono va ishonchli kishilar;

  7. Vazirlar, sarkitob va devon bitiqlari;

  8. Xakimlar, tabiblar, munajjimlar va muxandislar;

  9. Xadis olimlari va roviylar, ya’ni rivoyat aytuvchilar (tarix shunoslar).

  10. Soʻfiy va oriflar;

  11. Xunar va san’at axli, ya’ni kosiblar va san’atkorlar;

  12. Xar turli mamlakatlardan kelgan sayyox va tijorat axli. Ular bilan soʻzlashib, mamlakatlaridagi ijtimoiy-siyosiy axvoldan voqif boʻlib turish mumkin boʻlgan.

Davlatni idora qilishda vazirlar, amirlar va viloyatlarda oʻtirgan noiblarning roli benixoya katta boʻlgan. Shuning uchun xam Amir Temur ularni tanlash va vazifalarga tayinlash ishiga a’loxida axamiyat bergan. Ular soxibqironning fikricha sadoqatli, axloqiy pok, adolatpesha:, tinchliksevar va tashabbuskor odamlar boʻlishi kerak. “Tuzuklar” muallifining fikriga koʻra, masalan, vazirlar toʻrt sifatga ega boʻlishlari shart:

  1. Asillik, toza nasllik va ulugʻvorlik;

  2. Aqlu farosatli;

  3. Sipox bilan raiyat axvolidan boxabarlik va ularga gʻamxoʻrlik koʻrsatish, ular bilan yaxshi muomalada boʻlish;

  4. Sabru bardoshlilik, muloyimlik.

“Tuzuklar”da keltirilgan ma’lumotlarga koʻra Amir Temur oʻz davlatini, bir uchi Chinu Mochin va ikkinchi uchi Shom xududida boʻlgan ulkan mamlakatni bor-yoʻgʻi yetti nafar vazir yordamida boshqargan. Bular qoʻydagilar.



Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish