RASM 14.4 1. risk premiumidagi oshish foiz stavkasini ko’tarsa, IS egri chizig’i chapga suriladi. ...
Daromad, ishlab chiqarish hajmi Y
Risk mukofotidagi oshish. Mamlakatda yuz beradigan Risk mukofotining oshishi o’zining foiz stavkasini ko’taradi. Yuqori foiz stavkasi investitsiyalarni kamaytirganligi sababli, IS chizig’i chapga suriladi. Bu pul talabini ham kamaytirganligi sababli, LM chizig’i o’nga suriladi. Daromadlar oshadi va valyuta qadrsizlanadi.
3 ... qadrsizlanish
Valyuta kursi, e
2 ....va LM egri chizigi o’nga suriladi ...
Bu yerda nima uchun amaliyotda bu kabi yorqin daromad olib kelinmaydi - degan savol to’g’iladi. Birinchi navbatda markaziy bank mahalliy valyutaning katta tannazullidan qochishni hohlaydi va shuning uchun ham M pul hajmini kamayishi bo’yicha ta’sir bilinishi mumkin. Ikkinchidan mahalliy valyutaning tanazuli muhim mahsulotlar importini amalga oshirish, narxini kutilmaganda ko’tarishi va P narx darajasini oshishiga sabab bo’lishi mumkin. Uchinchidan ba’zi tadbirlar davlat riskini oshirishga sabab bo’ladi va buning natijasida mamlakat rezidentlarining pulga bo’lgan ehtiyoji oshadi, chunki pul doim mavjud bo’lgan ishonchli aktiv hisoblanadi. Ushbu o’zgarishlarning har uchchalasi ham valyuta kursining pastga tushib ketishini oldini oladi va LM* egri chizig’ining chap tarafiga qarab o’zgarishiga olib keladi. Aynan shuning uchun ham, mamlakat riskining oshishi yaxshilikka olib kelmaydi. Qisqa muddatli boshqaruvda ular odatda tanazzulga yuz tutgan valyutani boshqaradi va uchta asosiy yo’llar orqali umumiy daromadning pasayotganligi tasvirlanadi. Shuningdek yuqori foiz stavkasining sarmoyani qisqartirishi, uzoq muddatli ishtiroki asosiy jamg’armani qisqartiradi va iqtisodiy o’zishga xalaqit beradi. Xalqaro moliyaviy inqiroz: Meksika 1994-1995 1994 yilning avgustida Meksika pesosi 30 sentdan ham qadrsizlanib ketdi. Bir yildan so’ng peso hattoki 16 sentdan ham qadrsizlanib ketdi. Meksika valyutasi qiymatining bu darajada tushib ketishi qanday tushuntiriladi? Davlat riski ushbu voqeaning asosiy sabablaridan hisoblanadi. 1994 yilning boshida Meksika tez rivojlanayotgan mamlakatlariga kirar edi. Amerika Qo’shma Shtatlari, Kanada va Meksika o’rtasidagi tijorat to’sqinliklarini qisqartirishga olib keluvchi Janubiy Amerika bilan Erkin Savdo Shartnomasi (NAFTA) ko’pchilikka Meksikaning iqtisodiyotiga nisbatan ishonchini oshirdi. Butun dunyo sarmoyadorlari Meksika davlatiga va Meksikadagi korporatsiyalariga kredit berishga intildilar. Ammo tez orada siyosiy rivojlanish ushbu optimistik qarashlarni o’zgartirib yubordi. Meksikaning Chiapas hududidagi kuchli qo’zg’alon Meksikadagi siyosiy holatni xavfli holatga solib qo’ydi. Yana prezidentlikka asosiy da’vogarlardan biri Luisa Donaldo Kolosio joniga suiqasd qilindi. Mamlakatdagi siyosiy istiqbol o’z muvozantini yo’qotib, aksariyat sarmoyadorlar Meksika aktivlari bo’yicha risk premium (risk bo’yicha qo’shimcha haq)larini joriy qila boshladi. Birinchi, risk premuimining oshishi pesoning qiymatiga ta’sir ko’rsatmadi, chunki Meksika aniq qayd etilgan valyuta kursi bilan boshqarilayotgan edi. Yuqorida guvohi bo’lganimizdek, qayd etilgan valyuta kursi asosida markaziy bank mahalliy valyutani (peso) xorijiy valyutaga (dollar) oldindan qayd etilgan narxlar bo’yicha savdolashishga tayyor edi. Shuning uchun ham mamlakat premium riskidagi o’sish pesoning qiymatini pasayishiga olib keldi va Meksika markaziy banki pesosni qabul qilishga va dollarda to’lashga majbur bo’ldi. Ushbu avtomat tarzidagi ayirboshlash bozorining interventsiyasi valyuta qadrsizlanganda Meksika pul hajmini qisqartirdi. Undan tashqari Meksika xorijiy valyuta zahirasi qayd etilgan valyuta kursini qo’llab quvvatlash uchun juda ham kam miqdorni tashkil qilar edi. 1994 yilda Meksika dollarni muomiladan chiqarib tashlaganda Meksika davlati pesoning qadrsizlanganligi to’g’risida xabar berdi. Ushbu qaror, davlat pulni qadrsizlantirmaslikka va’da bergan bo’lsada, ta’sir o’tkazmasdan qolmadi. Sarmoyadorlar hattoki Meksika siyosiy arboblariga ham ishonchsizlik bildirib, Meksikadagi keyingi qadrsizlanishdan xavotirga tusha boshladi. Dunyodagi barcha sarmoyadorlar Meksika aktivlarini sotib olishdan bosh tortishdi. Davlat risk premiumi foiz stavkasi bosimini yana bir bosqichga ko’tarib, peso bo’yicha bosimni kamaytirgan holda yana bir karra ko’tarildi. Meksika aktsiya bozori birdaniga tushib ketdi. Meksika davlati o’zining bir qancha qarzlarini to’lashni orqaga sura bshlagani uchun, sarmoyadorlar yangi qarzga kirmaslik uchun bozordan chetlasha boshladi. To’lov majburiyatlarini bekor qilish davlatning yagona yo’li edi. Faqatgina bir necha oylar davomida Meksika va’da qilingan iqtisodiy o’sish o’rniga bankrotlik xavfi yuqori bo’lgan davlatlar sarasiga kirib qoldi. Shunda Amerika Qo’shma Shtatlari ushbu jarayonga aralashishga qaror qildi. Bu borada AQShning uchta sababi bor edi: shimoliy qo’shnisiga yordam berish, davlat inqirozi va iqtisodiy tanazzulni yuzaga keltiruvchi noqonuniy ommaviy immigrantlarning kirib kelishini oldini olish, sarmoyadorlarning Meksika iqtisodiga bo’lgan pessimistik fikrlarini boshqa rivojlangan davlatlarga tarqalishini oldini olish edi. AQSh davlati Xalqaro Pul Jamg’armasi (International Monetary Fund (IMF),) bilan birga Meksika davlatini iqtisodiy inqirozdan saqlab qolish uchun harakat qildi. Xususan, Amerika Qo’shma Shtatlari Meksikaga yana qayta kelayotgan qarzlardan qutilishga imkon beruvchi qarzlarini to’lash kredit kafolatini berdi. Ushbu qarz kafolati Meksika iqtisodiyotiga nisbatan ishonchni qayta tiklashga yordam berdi va davlat risk premiumini kattalashib ketmaslik uchun zamin yaratdi. AQSh qarz kafolati bo’lsada, davlatning kundan kunga yomonlashib borayotgan vaziyatidan olib chiqa olmadi, ular Meksika xalqini 1994-1995 yillardagi o’zta og’riqli tajribadan qutqara olmadi. Faqatgina Meksika valyutasi o’zining qadrini yo’qotmadi, balki Meksika o’zining chuqur retsessiyasidan (inqiroz) o’tdi. Baxtiga 1990 yilning oxirlarida eng qiyin davrlar tugadi va umumiy daromad yana o’sa boshladi. Ammo, tajribadan qolgan saboqlar aniq va kelajakda yana xavf solish ehtimoli mavjud edi: tahmin qilingan davlat riskidagi o’zgarishlar, yuz berayotgan siyosiy notinchlik, kichik iqtisodiy iqtisodiyotda foiz stavkasi va valyuta kursini aniqlashda juda muhim hisoblanar edi.