Iqtisodiyot” kafedrasi “makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy majmua ta’lim sohasi


-Mavzu. OCHIQ IQTISODIYOTDA VALYUTA KURSI SIYOSATI



Download 5,11 Mb.
bet107/189
Sana26.01.2023
Hajmi5,11 Mb.
#902906
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   189
Bog'liq
Makroiqtisodiyot UMK

14-Mavzu. OCHIQ IQTISODIYOTDA VALYUTA KURSI SIYOSATI
Reja
14.1. Valyuta va jahon valyuta tizimi tushunchasi.
14.2. Valyuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish usullari.
14.3. Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar.
14.4. Xarid qobilyati pariteti.
14.5. Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valyuta kurslariga ta’siri.


14.1. Valyuta va jahon valyuta tizimi tushunchasi.
Xalqaro valyuta munosabatlari pulning xalqaro to’lov jarayoniga xizmat qilishi jarayonida vujudga keladi. U tashqi savdo bilan birga paydo bo’ldi va rivojlanishning uzoq yo’lini bosib o’tdi. Tarix davomida jahon puli va xalqaro hisob-kitob shakllari o’zgardi. Bir vaqtda valyuta munosabatlari ahamiyati o’sdi va ularning nisbatan mustaqil darajasi oshdi. Tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi harakati mamlakatdan mamlakatga ko’chadigan pul massasalari oqimi yordamida amalga oshadi. Bu harakatni tartibga solish zarurligi xalqaro valyuta tizimi va jahon valyuta tizimlarining shakllanishiga olib keldi. Valyuta – keng ma’noda mamlakat pul birligini (masalan, so’m, dollar, marka, funt-sterling va hokazo) anglatadi. Qisqa ma’noda valyuta atamasi chet davlatlarning pul belgisi ma’nosida qo’llaniladi. Har bir milliy bozor xususiy milliy valyuta tizimiga ega.
Milliy valyuta tizimi bazasida jahon bozori rivojlanishi natijasida tarkib topadigan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilish shakli bo’lgan jahon valyuta tizimi amal qiladi.
Mamlakatlar o’rtasida tovar va xizmatlar oqimi ko’paygani sari pul vositalarini ayirboshlashi ham tobora oshib boradi, o’zaro hisob-kitoblardagi nomutanosiblik muammolari yuzaga keladi. Bularning barchasi jahon valyuta tizimining barpo etilishiga ob’ektiv shart-sharoitlar yaratadi. Uning maqsadi - mamlakatlar o’rtasidagi barcha turdagi bitimlarni amalga oshirishni tartibga solishdan va shuningdek, bu ishlarni tezlashtirishdan iborat. Shunday qilib, jahon valyuta tizimi - bu, xalqaro ayirboshlashning barcha shakllariga xizmat qilishga va ularning samarali rivojlanashini ta’minlashga qaratilgan mamlakatlar o’rtasidagi valyuta munosabatlarining yig’indisidir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida u quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Xalqaro bitimlarda foydalaniladigan to’lov va kredit vositalarini (oltin, eng rivojlangan mamlakatlarning milliy valyutalari, xalqaro pul birliklari);
2. Valyuta kurslarini o’rnatish va saqlab turish mexanizmini;
3. Valyuta bozorining ishlash tartibini;
4. Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartib va qoidalarini;
5. Valyuta yordamida tartibga solish va nazorat qilish tizimini;
6. Valyuta munosabatlarini tartibga solib turuvchi va jahon valyuta tizimining barqaror faoliyatini ta’minlovchi xalqaro tashkilotlar tizimi (Xalqaro valyuta fondi, Umumjahon banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki).
Hozirgi zamonda xalqaro hisob-kitoblarda va kreditlashda asosan uch xil ko’rinishdagi pul vositalari ishlatiladi:
- oltin, hozirda o’zining asosiy to’lov va hisob-kitob vositasi xususiyatini yo’qotgan bo’lsada, ammo ko’pchilik valyuta zahiralarining sezilarli qismini tashkil etadi va muhim tashqi savdo operatsiyalariga xizmat qilish va kreditlashni kafolatlash uchun ishlatiladi;
- jahonda asosiy o’rin tutuvchi rivojlangan mamlakatlarning miliiy valyutalari (AQSh dollari, EVRO, Ingliz funt-sterlengi, Yaponiya ienasi va boshqalar);
- xalqaro pul birliklari.
Bunday pul birliklariga shu paytga qadar foydalanilgan EKYu, SDR misol bo’la oladi. Ular barcha mamlakatlar tomonidan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi. Xorijda kreditlash va investitsiyalashda, chet ellik ishchi kuchi mehnatiga, shuningdek, mamlakat valyuta zahiralarini yaratishda qo’llaniladi.
Xalqaro valyuta yoki xalqaro to’lov-hisob va kreditlash vositalariga javob berishi kerak bo’lgan talab ularning konvertirlashuvi hisoblanadi. Valyuta konvertirlashuvi deganda uni boshqa xorijiy valyutalarga almashish qobiliyati tushiniladi. Hozirgi paytda ular erkin konvertirlanadigan, qisman konvertirlanadigan va konvertirlanmaydigan valyutalarga ajratiladi.

Download 5,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish