Iqtisodiyot” kafedrasi “Korxona Iqtisodiyoti va Innovatsiyalarni boshqarish” fanidan


Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi



Download 280,91 Kb.
bet16/21
Sana18.02.2022
Hajmi280,91 Kb.
#452226
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1-kurs

3. Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan hozirgi kunga qadar 21 nafar yosh olimlarning xorij mamlakatlariga ilmiy stajirovkalari tashkillashtirildi. Jalb qilingan xorijiy yuqori malakali olim va mutaxassislarning xarajatlarini moliyalashtirishga 17,0 ming AQSH dollari hamda 70 mln. soʻm miqdorida mablagʻ yoʻnaltirildi. Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondiga 117 turdagi jami 158,1 mln. soʻmlik (20,1 ming AQSH dollari) noyob qoʻlyozma va tarixiy manbalar mazkur qoʻlyozma egalari – jismoniy shaxslardan xarid qilindi. 2018 yil 20 avgustda yosh olimlar uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida tanlov eʼlon qilindi, 8 nafar yosh olim tanlovdan muvafaqqiyatli oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 apreldagi PQ-3674-son qaroriga muvofiq, “Yuqori texnologiyalar oʻquv-eksperimental markazi” davlat korxonasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi davlat ilmiy muassasasi shaklidagi Ilgʻor texnologiyalar markaziga aylantirildi. Ilmiy va innovatsion loyihalarini tijoratlashtirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Ilgʻor texnologiyalar markazi bazasida innovatsion start-ap akseleratori va inkubator tashkil etilib, faoliyat koʻrsatmoqda. Hozirgi kunda 25 startap jamoalar oʻz faoliyatini boshlash uchun uchun maxsus oʻquv treninglaridan oʻtmoqdalar. Hozirgi vaqtda markazda jami 2,7 mlrd. soʻmlik 18 ta loyiha (fundamental, amaliy, innovatsion va yosh olimlar) amalga oshirilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 apreldagi 276-son Qarori bilan Innovatsion ishlanmalarni tatbiq etishning ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi. Uning asosiy vazifalari sirasiga innovatsion intellektual muhit shakllantirish va yangi bilimlar paydo boʻlishi ham kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 apreldagi PF-5418-son Farmoniga muvofiq Gʻoʻza urugʻchiligi respublika markazi va Boshoqli don ekinlari urugʻchiligi respublika markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tashkil etildi. 2018 yil iyunidan boshlab Markazda eksportbop ekin urugʻlari toʻgʻrisida statistik maʼlumotlar yuritish tashkil etildi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11 sentyabrdagi 721-son “Innovatsion faoliyatni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, «Yashnobod innovatsion texnoparki direksiyasi» Davlat unitar korxonasi Toshkent shahar hokimligi tasarrufidan chiqarilib, Innovatsion rivojlanish vazirligi tuzilmasiga oʻtkazildi.
Fargʻona shahrida davlat unitar korxonasi shaklida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida «Yoshlar innovatsiya markazi» Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 oktyabrdagi 832-son Qarori bilan tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 oktyabrdagi 865-son Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tashkil etildi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 maydagi PQ-3697-son “Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Toshkent shahri, Andijon, Fargʻona, Namangan, Jizzax viloyatlarida innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va oʻzlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari tashkil etildi.
Davlat-xususiy sherikchilik asosida Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda oʻz faoliyatini boshlagan Namangan shahridagi “Innovatsiya markazi” shahar markazida joylashgan boʻlib, belgilangan talablarga javob beradigan moddiy-texnika bazaga ega hamda hozirgi kunda ushbu markazda 10 dan ortiq xodim faoliyat olib bormoqda.
Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalarni transfer kilish markazi “Xorazm viloyati va Xiva shahrining turistik salohiyatidan samarali foydalanish va uni yanada oshirish strategiyasini ishlab chiqish” mavzuida amaliy ilmiy-texnik tadqiqotlar loyihasini bajarmoqda.
Respublika hududlarida faoliyat yuritayotgan oʻquv muassasalaridagi internetga ulanish, hamda oʻquv, axborot, taʼlim va zamonaviy onlayn darslik va maʼlumotlarni olish boʻyicha mavjud muammoni hal qilish maqsadida “Internet Q-Box” loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur loyiha joriy etiladigan Surxondaryo viloyatida 100 ta maktab belgilab olindi. Moslamalarga joylashtiriladigan kontent Xalq taʼlimi vazirligi multimedia markazi tomonidan taqdim etildi.
Q-Box moslamalarini xarid qilish va yetkazib berish maqsadida 2018 yil 28 sentyabrda “Realan computer products limited” kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga koʻra, Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan 2 oktyabr kuni 83244,60 AQSH dollari miqdorida oldindan dastlabki toʻlov amalga oshirildi.
5. 2018 yil 7 maydagi PQ-3698-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan ilmiy-tadqiqot muassasalarining 36 nafar ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosarlari hamda oliy taʼlim muassasalarining 78 nafar ilmiy ishlar boʻyicha prorektorlari, ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlar lavozimiga tayinlandi.
Oliy taʼlim muassasalari tuzilmasida innovatsion jamgʻarmalar va ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻyicha boʻlinmalar tashkil etildi. Jamgʻarmalarda ayni paytda 3,8 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻ (toʻlov-kontrakt mablagʻlarining 5 foizdan kam boʻlmagan miqdori hamda innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish hisobiga) shakllantirildi. Professor-oʻqituvchilar va doktorantlarni malaka oshirish, stajirovka oʻtashlari, konferensiyalarda ishtirok etishlari boʻyicha jalb etilgan xorijiy investitsiyalar 47,4 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Vazirlik ishtirokida 7 ta ilmiy tadqiqot institutlariga 26,1 mln. AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar kiritildi. Bundan tashqari, hozirgi kunda 67 ta oliy taʼlim muassasalariga jami 14,7 mln.AQSH dollaridan ziyod xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. Vazirlik tashabbusi bilan 2018/19-oʻquv yilining boshida sinov tariqasida Toshkent Davlat stomatologiya institutida QR Book loyihasini ishga tushirdi. Mazkur loyiha tez orada boshqa oliy taʼlim muassasalarida ham tadbiq etilishi rejalashtirilgan.
Loyihaning mohiyati shundaki, endilikda talabalar sevimli kitoblarini qidirib topish uchun hech qancha vaqt sarflamaydi va proffessor oʻqituvchilar tomonidan tavsiya etilgan oʻquv qoʻllanma va darsliklar, virtual laboratoriya, multimedia vositalarining barchasini telefon yordamida onlayn ravishda ochib koʻrish imkoniyatigi ega boʻladilar. QR book innovatsion kutubxonaga kirish uchun, oʻquvchi smartfonni QR code reader (analoglari mavjud) ilovasini yuklab olishi va karta orqa tarafidan istagan kitobni tanlab, QR kodini oʻqitishi lozim. Shunda uyda, mashina va jamoat transportlarida, oʻquv muassasalarida, dam olish maskanlarida kitob mutoala qilish imkoniyatiga ega boʻladi.
Kelajakda ushbu loyihani yanada takomillashtirish uchun QR book kartasiga oʻquv materiallarini yaxshi oʻzlashtirish uchun video va foto materiallar, elektron darslik va atlaslar, mualliflik kitoblari va laboratoriya ishlarini animatsiya tarzda joylashtirish rejalashtirilgan.
INNOWEEK” Xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasidan oʻrin olgan Xalqaro innovatsion yarmarkada pavilonga yondosh ochiq hududda Spark elektromobilining ikkita namunasi taqdim etildi. Birinchi namuna Turin politexnika universiteti Toshkent filiali huzuridagi Innovatsiya markazi tomonidan Olcha.uz brendi koʻmagida ishlab chiqilgan boʻlib, loyihaning umumiy qiymati 200 mln soʻmni tashkil etadi. Ikkinchi elektromobil prototipi Urganch davlat universiteti tomonidan St-Energy kompaniyasi ishtirokida yaratilgan.
Bundan tashqari, Turin politexnika universiteti qoshidagi Avtosanoat
innovatsiya markazi tomonidan yaratilgan “ProBUS” 
deya nomlanuvchi avtonom mikroavtobus belgilangan yoʻnalish boʻyicha haydovchisiz sensorlardan kelgan maʼlumotlar asosida yoʻlovchilarni tashishga moʻljallangan. Ushbu transport vositasi “sunʼiy intellekt” yordamida boshqariladigan mamlakatimizda yaratilgan birinchi innovatsion avtomahsulotdir.Yosh avlodning ijodiy gʻoyalari va ishlanmalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda iqtidorli yoshlarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan fizika-matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulugʻbek nomidagi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan yosh biologlar va kimyogarlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi maktab internatlari tashkil etildi.
6. Sogʻliqni saqlash sohasida kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilish, oʻz vaqtida va samarali davolashga imkon beruvchi ilgʻor texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va sogʻlom avlodni tarbiyalashga qaratilgan kompleks tizimni yaratish maqsadida Toshkentda Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligida Doktor Maksudova innovatsion klinikasi ochildi va Memorandum imzolandi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida ham innovatsion klinikalardan biri 2019 yil uchinchi choragida ochilishi rejalashtirilgan. Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Vena tibbiyot universiteti (Avstriya) hamkorligida yurtimizda birinchi marta Toshkent shahrida ikkita eng soʻnggi avlod VPPS 2010 chang qopqonlari oʻrnatildi. Endi poytaxtimiz aholisida mavsumiy allergiyalarni nazoratga olish imkoniyati paydo boʻldi. Toshkent shahrining ikki nuqtasiga mazkur chang qopqonlari - aerobiologik monitoring stansiyalari oʻsimlik changlari va boshqa manbalar orqali paydo boʻladigan changlarga nisbatan allergiyani nazorat qilish imkonini beradi.
Allergen oʻsimliklar changi toʻplanishini kuzatishni va muayyan hududda allergiya patalogiyasi bilan kasallangan bemorlarni xabardor qilishni nazarda tutadigan aerobiologik tizimini yaratish uchun “Lanzoni S.R.L.” (Italiya) korxonasi bilan 2018 yil 18 iyulda VPPS 2010 soʻnggi avlodining ekologik chang qopqonlari xaridi uchun 18,2 ming yevrolik shartnoma tuzilgan. Mavjud shartnomaga asosan 9,6 ming yevrolik chang qopqonlari va butlovchi qismlari yurtimizga keltirilgan.
Xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligida taqdimoti oʻtkazilgan innovatsion ishlanmalar qatorida MADX (Avstriya) ilmiy-tadqiqot kompaniyasi tomonidan namoyish etilgan allergiya diagnostikasining zamonaviy tizimi - ALEX testi ham boʻlib, uning yordamida allergiyaga moyillikni qondan allergiya rivojlanishining 282 ta potensial trigger faktorini bir martalik tekshiruv natijasida aniqlash imkonini beradi. Yarmarkaning birinchi kunida 25 nafar koʻngilli respondentlar Oʻzbekistonda birinchi marta qoʻllanilayotgan zamonaviy testdan oʻtish va salomatligiga doir maʼlumotlarni olish imkoniga ega boʻlishdi.
Respublika aholisining allergik kasalliklarini aniqlash uchun ultra-zamonaviy biologik mikrochiplar va skaner xaridi uchun “Macro Array Diagnostics GmbH” (Avstriya) kompaniyasi bilan 2018 yil 7 avustda 80,0 ming yevro miqdorida shartnoma tuzilgan. Tuzilgan shartnomaga muvofiq mikrochiplar va skaner toʻliq yetkazib berilgan. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 723-son Qarori bilan Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan Andijon viloyati Marhamat tumanida yangi turdagi yuqori oqsilli omixta yem ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalarini joriy etish, dorivor oʻsimliklar oʻstirish uchun plantatsiyalar tashkil etish va qurilish materiallari uchun tez oʻsuvchi daraxtlarning yangi turlari (pavloniya)ni koʻpaytirish, farmatsevtika sanoati uchun biologik faol qoʻshimchalar olishga qaratilgan dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, biogaz uskunalari, suv chiqarish moslamalarini yaratish kabi vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan, shuningdek, fermerlarni qishloq xoʻjaligi sohasidagi innovatsion texnologiyalar bilan tanishtirishga moʻljallangan maslahat punktlarini oʻz ichiga olgan Innovatsion poligon tashkil etiladi.

Download 280,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish