1-rasm. O’zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslari.
Davlat investitsiya faoliyatini tartibga solish bilan birga bevosita o’zi ham unda ishtirok etadi. Bunda u:
- davlat investitsiya dasturlarini qabul qilish va ularni respublika byudjetidan moliyalashtirish;
- yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun to’lovlilik, muddatlilik va qaytarib berish asosida respublika byudjetining markazlashgan investitsiya resurslarini taqdim etish;
- investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb etilgan kreditlar uchun davlat kafolatini taqdim etish;
- investitsiya loyihalarining davlat kompleks ekspertizasini olib borish;
- mahalliy va xorijiy investorlar uchun kontsessiyalar taqdim etish kabilar bilan investitsiya faoliyatida qatnashadi.
Odatda, investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish uning muhim yo’nalishlarida qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan, avvalom bor, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik jihatdan takomillashtirish, yangilik va ixtirolarni tatbiq etish asosida ijtimoiy talablarni qondirishga qaratiladi.
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 245,0 trln. so‘m o‘zlashtirildi. Dollar ekvivalentida 23,1 mlrd. AQSH doll. o‘zlashtirilgan bo‘lib, 2020- yilga nisbatan 105,2 % ni tashkil etdi.
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida asosiy kapitalga investitsiyalarning 61,9 % i yoki 151,5 trln. so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 38,1 % yoki 93,5 trln. so‘m moliyalashtirildi. Jami investitsiyalar hajmida, markaz- lashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2020- yildagi ulushiga nibatan 1,6 % punktga kamayib, 18,3 % ni yoki 44,8 trln. so‘mni tashkil etdi.
Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan
200,2 trln. so‘m yoki jami investitsiyalarning 81,7 % investitsiyalari o‘zlashtirilib,
2020- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,6 % punktga ko‘paydi.
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 71 257,3 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 29,1 % ini tashkil etdi.
Keyingi yillarda Respublikada keng ko‘lamli qulay investitsiya muhitini yaratish, xorijiy investitsiyalarni, xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Natijada to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalastirilgan 30 149,2 mlrd. so‘m investitsiyalar, yoki 2020- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,8 % punktga kamaygan holda jami investitsiyalardagi ulushi 12,3 % ga teng investitsiyalar o‘zlashtirildi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar hisobidan quyidagi yirik
investitsiya loyihalari amalga oshirildi:
Davlat-xususiy sheriklik asosida Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan
quyosh fotoelektr stansiyasini qurish (sinov loyihasi);
Surxondaryo viloyatidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish va mahsulotni taqsimlashga oid bitim asosida konni o‘zlashtirish, gaz-kimyo kompleksini barpo etish;
Sho‘rtan-gaz kimyo kompleksining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish;
2017-2021- yillarda uglevodorod xomashyosi qazib chiqarish hajmlarini
ko‘paytirish bo‘yicha Dastur;
“Muruntov” konini o‘zlashtirish (V navbati) 1- bosqich;
2021-2022- yillarda respublika magistral gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish dasturi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda, yangi texnologiyalar joriy etilmoqda, yangi turdagi tovarlar va xizmatlar paydo bo‘lib, bu tovarlar va xizmatlar sifatini yanada oshirish, pirovardida aholining hayot sifatini oshirish, milliy iqtisodiyotda raqobatni kuchaytirish uchun zamin yaratadi.
2021- yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan 17,3 trln. so‘m investitsiyalar o‘zlashtiriloib, 2020- yilga nisbatan 67,4 % ni tshkil etdi. Ularning jami hajmidagi ulushi 2020- yilga nisbatan 3,9 % punktga kamayib, 7,1 % darajasida qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan amalga oshirilgan investitsiya loyihalari quyidagilar:
Magistral elektr tarmoq nimstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish;
Respublika bo‘yicha elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy qilish;
Darg‘om kanalida Bog‘ishamol 2 KGESini qurish;
“To‘palang GES” UKni modernizatsiya qilish;
Buxoro-Urganch-Xiva temir yo‘lini elektrlashtirish;
Lokomotivlarni xarid qilish yo‘li bilan lokomotiv parkini yangilash.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar
Ishlab chiqarish sanoati - 63 225,9 mlrd. so‘m / ulushi 25,8 %
Tog‘-kon sanoati - 23 199,7 mlrd. so‘m / ulushi 9,5 %
Turar-joy qurilishi - 20 274,7 mlrd. so‘m / ulushi 8,3 %
Elektr va gaz bilan ta’minlash - 19 536,3 mlrd. so‘m / ulushi 8,0 %
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi - 18 934,9 mlrd. so‘m / ulushi 7,7 %
Qurilish - 14 257,7 mlrd. so‘m / ulushi 5,8 %
Sog‘liqni saqlash - 12 474,5 mlrd. so‘m / ulushi 5,1 %
Ulgurchi va chakana savdo - 9 055,4 mlrd. so‘m / ulushi 3,7 %
Ta’lim - 7 622,9 mlrd. so‘m / ulushi 3,1 %
Axborot va aloqa - 7 471,8 mlrd. so‘m / ulushi 3,0 %
Boshqa faoliyat turlari - 48 958,8 mlrd. so‘m / ulushi 20,0 %
2021- yil yanvar-dekabr oylarida mulkchilik shakllari bo‘yicha qurilish ishlari
Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 70,4 % i yoki 75 684,4 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2020- yilga nisbatan 0,3 % punktga ko‘paydi va 21,6 % ni tashkil etdi. Qolgan 78,4 % i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 2020- yilga nisbatan 0,3 % punktga kamaydi.
Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazaridan, turli mulkdorlar o’rtasida moddiy va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o’ziga xos, murakkab, ijtimoiy zarur iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarini shakllantirish me’yorlarni nazarda tutadi. Investitsiya jarayonining barcha sub’ektlari – chet ellik investitsiyalardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar (rezidenilar va norezidentlar)gacha bu munosabatlarning ishtirokchilariga aylanadilar. Huquqiy nuqtai nazardan chet el investitsiyalari boshqa davlat hududida kapitalga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bog’liq. Iqtisodiy nutqtai nazadan esa ularning hududiy, zamon va makondagi harakat shakllari foyda olish maqsadida ko’pdan-ko’p qo’shimcha risklar bilan to’qnashish ehtimoliga ega bo’ladi.
Mamlakatda investitsion munosabatlarni amalga oshirish va uning huquqiy tizmini tashkil etuvchi muayyan huquqiy asoslar yaratilgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi, “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi yangi tahrirda, “Chet ellik investorlar huquqlarning kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi qonunlar qabul qilindi.
Bu qonunlarda investitsion munosabatlarga taalluqli barcha jarayonlarga va tushunchalarga aniqliklar kiritilgan. Investitsiya faoliyatining sub’ektlari va ob’ektlari, investitsion faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinish masalalari, xorijiy investorlarning huquq va burchlari, mol-mulk kafolatlari va imtiyozlari kabilar aniq belgilab berilgan.
Biroq, bu kabi mamlakatda investitsion faoliyatni rag’batlantiruvchi qonuniy-xuquqiy bazaning mavjudligi bozor munosabatlarining rivojlanganligini belgilamaydi. Bugungi kunda mamalakatda investitsion muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirmoq zarur. Davlat mazkur qonunlar doirasida investitsion faoliyatning turli sub’ektlari o’rtasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solib turadi. Boshqacha qilib aytganda, bu tartibning qanday o’rnatilganligiga qarab u yoki bu mamlakat xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qanday huquqiy muhit yaratilganligini aniqlab olish mumkin.
O’zbekistonda investitsion munosabatlarni tartibga solishining yaratilgan qonuniy asoslari mos ravishda tadbirkorlik to’g’risida O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik to’g’risida”gi Qonun va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan to’ldirilib borilmoqda.
“Tadbirkorlik to’g’risida”gi Qonun O’zbekistonda tadbirkorlikni faoliyat ko’rsatishning va rivojlantirishning huquqiy asoslari hamda tadbirkorlarning iqtisodiy va huquqiy erkinliklarini kafolatlashni aniqlab berdi. Shuningdek, ularning huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Bu qonun tadbirkorlarning boshqa korxonalar, tashkilotlar va davlat boshqaruvi organlari bilan o’zaro munosabatlarini tartibga soladi va mulkchilik shakllarini erkin tanlashni, xo’jalik yuritishni, faoliyatni teng huquqli asosda amalga oshirishni, o’zaro hamkorlik va erkin raqobatni ta’minlashni o’z ichiga oladigan shartlarning shakllanishiga yordam beradi.
“Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”gi Qonun Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning asosiy tamoyillari va tartiblarini belgilab beradi hamda tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarining mulklarini, mulkchilikning qanday shaklida bo’lishidan qat’iy nazar, manfaatlarini va huquqlarini xalqaro huquqning qabul qilingan umumiy me’yorlariga muvofiq ravishda himoya qilishni ta’minlaydi. Bu qonun O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga uyg’unlashishi uchun huquqiy asosni yaratadi.
O’zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi va “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi Qonunlari investitsiyalar to’g’risidagi qonunchilikning yadrosini tashkil qiladi.
Ular O’zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalarni amalga oshirishning huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy asoslarini yaratish, chet el sarmoyalari soliq tartiblarini belgilab beradi, xorijiy investorlarning samarali faoliyat ko’rsatishini kafolatlaydi va Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga ko’maklashish, uni jahon xo’jalik aloqalariga kiritish maqsadida chet el moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa resurslarni jalb etishga va ulardan foydalanishga qaratilgan.
“Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi Qonunning asosiy vazifalari – O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishga va uning xorijiy investitsiyalar oqimini rag’batlantirish yo’li bilan jahon xo’jalik tizimiga uyg’unlashuviga ko’maklashishdan, shuningdek, xorijiy moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa zaxiralarni, zamonaviy texnologiyalarni va boshqaruv tajribalarini jalb qilish hamda ulardan oqilona foydalanishni yo’lga qo’yishdan iborat.
Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investorlarning ma’lum kategoriyalarini himoya qilish chora-tadbirlari va ularni kafolatlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlar “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Qonunning asosi bo’lib hisoblanadi.
Mazkur qonunning 3-moddasida, davlat boshqaruv idoralari va davlat hukumat organlari joylarda chet el investitsiyalarining O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshirilgan xo’jalik faoliyatlariga aralashish huquqiga ega emaslar, deb aytilgan.
Qulay investitsion muhitni yaratishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Investitsiya faoliyatining huquqiy asoslari tarkibida eng muhim sifatida O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonuni hisoblanadi.
Investitsiya faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor bo’lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. Investitsiya faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, investitsiya faoliyatining subekti yetkazilgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga egadir. Investitsiyalar bilan bog’liq nizolar (investitsiyaga oid nizolar) sud tomonidan hal etiladi.
Xulosa
О’zbekiston iqtisodiyoti bugun jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylandi. Mamlakatimiz eksport salohiyati yildan-yilga oshmoqda, tashqi bozorlarga xomashyo emas, yuqori qo’shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar yetkazib berilmoqda. O’zbekiston sanoatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan ustuvor yo’nalishlar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan bevosita bog’liqdir. O’zbekistonda investorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyozlar va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar oqimining yildan-yilga ko'payib borayotgani ham shundan dalolat beradi. Mamlakatimizning investitsion jozibadorligi keng ko’lamli sotish bozorlarining mavjudligi, Yevroosiyoning investitsion hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini belgilab beruvchi multimodal kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashgan transport infratuzilmasining rivojlangani bilan ham bog’liq. O’zbekistonga investitsiya kiritayotgan xorijiy kompaniyalar beshta yirik va jadal rivojlanib borayotgan bozor- 300 milliondan ortiq kishi savdo-sotiq qiladigan bozorlarga ega MDH mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy hamda Janubi-sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq davlatlariga chiqish imkoniga ega bo’lmoqda. Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalari, jumladan, xorijiy investorlar huquqlarini kafolatlash, investorlarga muayyan preferensiyalar taqdim etish to’g’risidagi qoidalar va boshqalarni o’zida mujassam etgan. O’zbekiston Respublikasining investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchilik tizimida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. “Xorijiy investitsiyalar to’g’risida”gi, “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek, davlatimiz rahbarining va hukumatimiz qarorlari shaklida qabul qilinayotgan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni huquqiy jihatdan tartibga solishda mustahkam asos bolib xizmat qilmoqda.
Xulosa qilib aytganda xorijiy sheriklar bilan o’zaro manfaatli hamkorlik yaxshi samaralar bermoqda. Negaki, O’zbekistonda xorijiy investorlar ishonchini mustahkamlash uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Mamlakatimiz davlat investitsiya siyosati uzoq muddatli istiqbolga moljallangan bo lib, investorlarning samarali ishlashi uchun zarur barcha sharoitni yaratib berishga qaratilgan. O’zbekistonning geografik jihatdan qulay yerda joylashgani, transport tarmog’ining rivojlangani, tabiiy resurslarning ko’pligi, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilmaning yuqori darajada taraqqiy etgani, malakali kadrlarning mavjudligi va boshqa omillar investorlarga kelajakka ishonch bilan qarash imkonini bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |