O’ZBEKISTON RSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “IQTISODIYOT” KAFEDRASI “IQTISODIYOT”FANIDAN KURS ISHI Mavzu: “Davlatning pul muomilasini tartibga solinishi” Bajardi: Sirtqi fakultet, Iqtisodiyot yo’nalishi I-52-2 guruh talabasi
Karimov Farrux Komiljon o’g’li
Tekshirdi: _____________________________
RO’YXATGA OLINDI “____” _______2022 y.
__________________
RO’YXATGA OLINDI “____” _______2022 y. __________________
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana “____” _______2022 y.
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana “____” _______2022 y.
Kirish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13-sentyabrda “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3272-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2017-yilning 1-oktabrigacha o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda Respublika moliya bozorini, shu jumladan, davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqsin topshirig’i berilgan va Markaziy bank tomonidan Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Bunga asosan,
2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o‘rta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Ushbu yo‘nalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog‘liq amaliy qadamlar bo‘ldi.
Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanilishi, o‘z navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini beradi.
Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq.
Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilinishidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va Pul-kredit siyosatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi.
Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi bo‘ldi.
Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bankning bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi va institutsional rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar nazarda tutilgan.
Qayd etish lozimki, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yondashuvlarining qayta ko‘rib chiqilishi davrida shakllanayotgan yangi voqeliklarda pul-kredit sohasidagi o‘zgarishlarning aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish Konsepsiyasi kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy etishdagi yetakchi roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan.
Ushbu Konsepsiyaning maqsadi inflyatsion targetlashga o‘tishning konseptual asoslarini hamda ushbu pul-kredit siyosati rejimini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etish uchun zaruriy sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘rta muddatli rejalarni keng jamoatchilikka yetkazish va batafsil tushuntirishga qaratilgan. Milliy iqtisodiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda, pul-kredit siyosati rejimlarining o‘ziga xos jihatlari va ta’sirchanligi tahlili o‘rta muddatli istiqbolda Markaziy bankning ustuvor maqsadi sifatida narxlar barqarorligiga erishish vazifasiga inflyatsion targetlash rejimi juda mos kelishini ko‘rsatmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning tamoyil va usullarining inflyatsion targetlashga bosqichma-bosqich yo‘naltirish uchun zaruriy huquqiy asoslar va tayanch iqtisodiy sharoitlar yaratildi.
Xususan, valyuta siyosatining liberallashtirilishi va bozor sharoitlarida almashuv kursining shakllanishini ta’minlash bo‘yicha choralar, Markaziy bankning ustuvor maqsadlari va amaliy mustaqilligini aniq belgilanishi, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning faol bosqichiga o‘tilishi, inflyatsiyani hisoblash va baholash usullarini takomillashtirilishi, shuningdek shaffoflikning oshirilishi va kommunikatsion siyosatning kuchaytirilishi kabi amaliy choralar inflyatsion targetlashga o‘tish uchun asosiy sharoitlarni yaratadi.
Shu bilan birga, mavjud xatarlar va to‘siqlar inflyatsion targetlash rejimini joriy etish vazifasining bajarilishini qiyinlashtiradi.
O‘z navbatida, Markaziy bank asosiy e’tiborni prognozlash va tahliliy bazani mustahkamlashga, pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish va ularning ta’sir kanallarini kuchaytirishga, komunikatsion siyosatni rivojlantirish va aholining ishonchini oshirish kabi vazifalarga qaratadi.
Markaziy bank ushbu rejimga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda tegishli vazirlik va idoralar bilan sa’y-harakatlarni birlashtiradi va hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Umuman olganda, inflyatsion targetlashga o‘tish pul-kredit siyosati sohasining barcha jihatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishni talab etadi. Bu esa, o‘z navbatida, uzoq muddatli istiqbolda barqaror iqtisodiy o‘sishning asosi bo‘lgan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tilishini anglatadi.
Ushbu Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.