Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlaiga ajratilgan kreditlar dinamikasi9
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi PQ-1047-sonli «Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to`ldirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida»gi Qaroriga asosan 2013 yilda tijorat banklari tomonidan mahalliy oziq-ovqat iste`mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga qariyb 1 263 mlrd. so`m yoki 2012 yilga nisbatan 1,3 barobarga ko`p kreditlar ajratildi.
Fikrimizcha, hozirgi paytda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o`sish sur`atlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo`lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o`rin tutmoqda. Bunga, asosan, huquqiy bazani mustahkamlash, iqtisodiyotning mazkur sektori uchun barqaror qulaylik, imtiyoz va kreditlar tizimini shakllantirish masalalariga jiddiy e`tibor berilayotgani tufayli erishilmoqda. Iste`mol tarkibi ancha sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini ko’proq iste`mol qilish hisobidan o’zgarmoqda. Bunda uglevodlarga boy oziq-ovqatlarni (birinchi navbatda, non va non mahsulotlarini) iste`mol qilishning barqarorlashgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mustaqillik yillarida aholi tomonidan iste`mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining soni, turi o’nlab barobar oshdi.
Aholining xarid qobiliyati, ya`ni uning oylik maosh va pensiya hisobidan eng zarur iste`mol mahsulotlarini sotib olish va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari aholining iste`mol tovarlariga bo’lgan talab va ehtiyojlarining ta`minlanishi sezilarli darajada yaxshilanib borayotganini aks ettiradi.
Mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosatning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, aholi daromadlari va hayot darajasini muntazam oshirib borish, xalqimizni ijtimoiy ko’llab-quvvatlashni kuchaytirishgа qaratilgan aniq maqsadli chora-tadbirlar o’rtacha oylik ish haqi miqdorining sezilarli ravishda, ya`ni 2011 yilda 1991 yilga nisbatan AQSH dollari qiymatida 2,7 barobar, o’rtacha pensiya hajmining esa 5,9 barobar oshishini ta`minladi.
Pul daromadlarining oshishi va aniq yo’naltirilgan ijtimoiy amalga qatlamlarining o’rtacha daromadlarining o’sib borishida muhim omil bo’ldi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy printsiplaridan biri sifatida O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan chuqur asoslab berilgan kuchli ijtimoiy siyosat aholi yalpi daromadlarining o’sishi uchun zarur shart-sharoit yaratdi. Mazkur islohotlar natijasida 1991-2011 yillar davomida O’zbekiston aholisining yalpi daromadlari 8,6 barobar oshdi.
Yalpi daromadlar tarkibida shu davr mobaynida mulk daromadlari, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan daromadlar ko’rinishidagi yangi daromad turlari paydo bo’ldi. Bozor munosabatlari chuqurlashib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanib borgan sayin aholining yalpi xarajatlari tarkibida yangi yo’nalish-tadbirkorlik faoliyati uchun xarajatlar yo’nalishi paydo bo’ldi. O’z mohiyatiga ko’ra, bu usul oila ho’jaligining asosiy kapital uchun mablag’ jamg’a ishning samarali shakli bo’lib, xususiy mulk asosida o’z daromadlarini shakllantirish va ko’paytirish imkonini beradi.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning qabul qilinishi hayotimizda tobora hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan o’rta sinfni shakllantirish imkonini berdi.
Oilaning yalpi daromadlari oshib borishi bilan bir vaqtda yurtimizda iste`mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va aholiga ko’rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish hisobidan ushbu daromadlardan samarali foydalanish uchun sharoit yaratildi.
Mamlakatimizda aholi daromadlarining oshib borishi bilan uning tarkibi o’zgarib, tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad barqaror o’sib borayotgani alohida e`tiborga molikdir.
2012 yilda aholining tadbirkorlik faoliyatidan olayotgan daromadi 51 foizni tashkil qildi, boishachа aytganda, O’zbekiston aholisi daromadining yarmidan ko’pi birinchi navbatda tadbirkorlik, kichik va xususiy biznes hisobidan shakllanmoqda.
Aholining jamg’arma mablag’lari iste`mol byudjetining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Yurtimizda aholi omonatlari hajmi barqaror oshib bormoqda. Ayniqsa, yuqori o’sish sur`atlari 2000-2010 yillarga to’gri keladi, bu davrda mazkur ko’rsatkich 28,6 barobar oshgan. Hozirgi vaqtda, so’rov natijalariga ko’ra, mamlakatimizdagi qariyb barcha xonadon sohiblari banklarda o’z jamgarma mablag’lari - omonatlariga ega. 2012 yilda O’zbekiston aholisining banklardagi omonatlari o’sishi 34,6 foizni tashkil qildi, so’nggi 10 yilda esa 40 barobar dan ziyod oshdi. 2012 yilda O’zbekistondagi barcha investitsiyalarning 20 foizdan ortig’ini aholi investitsiyalari tashkil etgani, ayniqsa, e`tiborlidir.
O’zbekistonda aholining eng ko’p ta`minlangan 10 foizi eng kam ta`minlangan 10 foiz qatlami daromadlari o’rtasidagi tafovut 2012 yilda atigi 8,0 barobarni tashkil etganini alohida ta`kidlash lozim. Bu jahondagi eng past ko’rsatkichlardan biri bo’lib, mamlakatimizda jamiyatning keskin tabaqalanishiga yo’l qo’ymaslik borasida O’zbekistonning muhtaram Prezidenti Islom Karimov rahbarligida olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning samarasidir.
Mamlakatimiz da mehnatga layoqatli aholi bandligini ta`minlash maqsadida har yili yangi ish o`rinlari yaratilmoqda. Jumladan, 2013 yilda 972,7 mingta yangi ish o`rni tashkil etish nazarda tutilmoqda. Bu ish o`rinlari yangi yirik sanoat ob`ektlarini ishga tushirish, ishlab turgan korxonalarni rekonstruktsiya qilish va kengaytirish, kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni, xizmat ko`rsatish va servis sohalarini rivojlantirishni bundan buyon ham rag’batlantirish, kasanachilik imkoniyatlarini, shu jumladan, yirik korxonalar bilan kooperatsiyalashgan kasanachilik imkoniyatlarini kuchaytirish hisobiga tashkil etiladi.
Ishlab chiqarish va ijtimoiy soha etarli darajada rivojlanmagan, ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo`lgan tog’li, chegara hududlarda joylashgan 28 ta tumanga alohida e`tibor beriladi. 2013 yilda bu hududlarda kamida 126 mingta yangi ish o`rni yoki 2012 yildagidan besh foiz ko`p ish o`rni tashkil etish nazarda tutilmoqda.
2013 yilda ish o’rinlariga bo’ladigan ehtiyoj parametrlari mehnat bozoridagi ishchi kuchiga bo`lgan talab va taklif balansiga, shu jumladan, demografik vaziyatga, migratsiya jarayonlariga ta`sir ko`rsatadigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish omillari va tamoyillarini, iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgartirishlar, sanoat, infratuzilma, investitsiya, monetar va fiskal siyosat chora-tadbirlari ta`sirini tahlil qilish asosida belgilangan.
Istiqbolda ish bilan band bo`lgan aholi sonining ham ko`payishi kuzatilib, 2015 yilga kelib 13014,1 ming kishiga etadi. Shu bilan birga, prognoz qilinayotgan davrda ishsizlar soni 626,8 ming kishidan 643,9 ming kishiga foizga ortadi. Biroq ishsizlik darajasining 2013 yilda 4,8 foizdan 2015 yilda 4,7 foizgacha kamayishi kuzatiladi. 2013-2015 yillarda mehnat resurslari soni 17365,5 ming kishidan 18329,5 ming kishiga ko`payadi. Bu davrda iqtisodiy faol aholi soni 6,1 foizga ko`payadi vа prognoz qilinayotgan davrda mehnat resurslari tarkibidagi ulushi 74,3 foizdan 74,5 foizga ortadi.10 2013-2015 yillarda mehnat resurslari soni 17365,5 ming kishidan 18329,5 ming kishiga ko`payadi. Bu davrda iqtisodiy faol aholi soni 6,1 foizga ko`payadi va prognoz qilinayotgan davrda mehnat resurslari tarkibidagi ulushi 74,3 foizdan 74,5 foizga ortadi. Istiqbolda ish bilan band bulgan aholi sonining ham ko`payishi kuzatilib, 2015 yilga kelib 13014,1 ming kishiga etadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini yanada rivojlantirish. O`zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan, hozirgi kunda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish masalasiga davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasi, aholi farovonligini oshirish omili sifatida qaralmohdа.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga davlat tomonidan katta e`tibor berilishi hamda qo`llab-quvvatlanishi natijasida uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan yilga ortib bormoqda.
Xususan, 2000 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga tug’ri kelgan bo`lsa, 2008 yilda bu ko`rsatkich 48,2 foizni, 2009 yilda 50,1 foizni, 2010 yilda 52,5 foizni, 2011 yilda esa 54 foizni tashkil etdi yoki 2000 yilga nisbatan 23 foizga o`sdi.
Mamlakatimizda ish bilan band aholining 74 foizidan ortig’i aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida bandligi bu sohaga e`tiborni yanada kuchaytirishni, jumladan tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratishni ko`paytirishni va shu asosida yangi ish o`rinlarini tashkil etish, barqaror daromad manbalarini shakllantirishga zamin yaratish zarurligini taqozo etadi.
Ish bilan bandlikning iqtisodiy mazmuni xodim uchun o`z mehnati bilan o`ziga munosib tarzda yashashni ta`minlash, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining o`sishiga yordam berish imkoniyatidа ifodalansa, uning ijtimoiy mazmuni esa shaxsning tarkib topishi va rivojlanishida namoyon bo`ladi. Aholini hisobga olishning amaliy ehtiyoji ish bilan bandlikning mavjud turlari va shakllarini ajratib ko`rsatishni nazarda tutadi. Ish bilan bandlikning shakllari va turlari aholini ish bilan bandligining miqdor va sifat ko`rsatkichlarini o`zida ifoda etadi.
O`zbekistonda bozor iqtisodiyoti asoslarining shakllantirilishi ish bilan bandlikning yangi shakllari vа turlarini paydo bo`lishi bilan birga yuz bermoqda. Jumladan, respublikada keyingi yillarda aholini ish bilan bandligining davlat tomonidan tashkil etilgan xorijda vaqtincha ish bilan bandlik, xususiy yollanish bo`yicha respublikada vaqtinchalik ish bilan bandlik, aholining xorijda nolegal vaqtinchalik ish bilan bandligi kabi shakllari va turlari paydo bo`ldi. Ijtimoiy yo`naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim mezoni ish bilan bandlikka bo`lgan munosabatdir.
Ish bilan bandlikni ta`minlash ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning boshqa jihatlari bilan qo`shib qaralganda, u jamiyat rivojlanishining asosiy mezonlaridan biri bo`lib, bu mezonlar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini, binobarin, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish yo`llarini belgilab beradi.
Respublikamizda keyingi yillarda ish bilan band bo`lganlar soni aholi soni va mehnat resurslarining o`sish sur`atiga qaraganda yuqori bo`lmoqda. Lekin shunga qaramasdan mamlakatimizda ish bilan band bo`lmaganlarning ulushi hamon yuqoriligicha qolmoqda. Bu esa mamlakatda ish bilan bandlikni oshirish bo`yicha harakatlarimizni yanada kuchaytirish kerak bo`ladi. Respublikada ish bilan band bo`lganlarning mintaqalar bo`yicha taqsimlanishi aholi soni va mehnat resurslari kabi notekisdir. Shu bilan birga ish bilan bandlikning o`sish darajasi ham mintaqalarda turlichadir. Tahlil natijalariga ko`ra 2004-2008 yillar mobaynida ish bilan bandlikning o`sish sur`ati Markaziy, Janubiy va Sharqiy mintaqalarda yuqori bo`lsa, qolganlarida esa nisbatan past darajada bo`lgan.
Mintaqalarda umumiy ishsizlar soni keyingi yillarda ma`lum miqdorda kamayib borgan. Lekin mintaqalarning ayrim viloyatlarida, jumladan, Surxondaryo viloyatlari va Qorakalpog’iston Respublikasida ishsizlar soni o`sgan. Bu esa ushbu hududlarda ishsizlikni kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlar sust darajada olib borilgan. Yaratilgan yangi ish o`rinlari sonining o`sish sur`ati bo`yicha respublikamizning Shimoliy-G’arbiy va Janubiy-Sharqiy mintaqalari eng past ko`rsatkichni, ya`ni o`rtacha yillik o`sish mos ravishda 5% va 7,6% ni tashkil etgan. Respublika mintaqalarining Xorazm, Surxondaryo, Jizzax, Farg’ona va Toshkent viloyatlarida yangi ish o`rinlari yaratish bo`yicha olib borilgan ishlar ancha qoniqarsiz holatda. Demak, yuqoridagi hududlarda mavjud muammolarni hal etish bo`yicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida aholining tarmoqlar bo`yicha bandligida sezilarli o`zgarishlar yuz berdi. Bu o`zgarishlar oxirgi yillarda iqtisodiyotning sanoat, transport va aloqa, savdo va umumiy ovqatlanish kabi tarmoqlarida aqolini ish bilan bandligining jadal oshib borishida namoyon bo`ldi.
Aytish mumkinki, mamlakatimizda so’ngi yillarda zamonaviy industriyaning bir qancha sohalari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma sezilarli darajada rivojlanib borayotgan bo`lishiga qaramasdan aholi bandligining tarmoq tuzilmasi unchalik rivojlanmayapti. Jumladan, aholining iqtisodiyotning agrar sektorida bandligi hamon yuqoriligicha qolmoqda. Sanoat, transport va aloqa, aholiga maishiy xizmat ko`rsatish va xalq xo`jaligining boshqa tarmoqlarida esa band bo`lganlarning salmog’i past holatdadir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Jo’rayev T. T. “Iqtisodiyot nazariyasi” “Fan va texnologiya” 2018y
Abdurahmonov Q.H. “Mehnat iqtisodiyoti” 2018y.
I.A.Karimov. Bosh vazifamiz-keng ko’lamli islohotlar modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish. 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining majlisidagi ma’ruza./Xalq so’zi, 2013 yil 19 yanvar
O’zbekiston Respuplikasi Prezidentining PK-3165-son 2017-yil 31-iyulidagiO’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori. WWW.LEX.UZ
O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma`lumotlari
Ernazarov E.Тadbirkorlik ravnaqi va huquqiy asos. /Хalq so’zi/, 2013 20 fevral, №35
Foydalanilgan saytlar:
uz.m.wikipedia.org
www.hozir.org
library.ziyonet.uz
www.stat.uz
el.tfi.uz
www.mineconomy.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |