Ikkinchi shart – fuqaro ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo’lmasligi lozim.
Uchinchi shart – fuqaro ishlashga tayyor bo’lishi lozim. Fuqaroning ishlashga tayyor ekanligi, uning mahalliy mehnat organiga ish qidirib rasimy murojaat qilishi, belgilangan muddatlarda mehnat organida qaytadan ro’yxatdan o’tib turishi va mehnat organlari tomonidan taklif qilingan maqbul ishni qabul qilish holatlari tasdiqlaydi.
To’rtinchi shart – fuqaro barcha tegishli hujjatlarni taqdim qilgan holda mahalliy mehnat organida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro’yxatdan o’tishi lozim.
Ishsizlik tushunchasiga aniqlik kiritib, shuni ta’kidlash kerakki, ishsizlar – bular shunday kishilarki, ular mehnat bozorida o’z xizmatlarini faollik bilan taklif qiladilar, ish qidiradilar, bu narsa ish bilan bandlikning iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishda davlat tomonidan hisobga olinishi darkor. Ba’zan «ishsizlar» tushunchasining xalq xo’jaligida ish bilan band bo’lmagan mehnatga qobiliyatli aholi sifatida keng ma’noda talqin qilinishi maqbul emas, chunki u faol ish qiridayotganlarni ham, ish qidirmayotganlarni ham, shuningdek, haq to’lanadigan ish o’rnini egallash uchun da’vogarlik qilayotgan, lekin unga o’zining kasb-malaka jihatidan yaroqli, sog’lig’i, ichki uyushqoqligi bilan mos kelishiga yordam bermayotgan shaxslar ham kiritilardi. XMT sandartlariga ko’ra, ishsizlar sirasiga muayyan yoshga yetgan, hisobot davri mobaynida ishsiz bo’lib, darhol ishga tushishga tayyor bo’lib turgan va faollik bilan ish qidirayotganlar kiritiladi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda ishsiz degan maqomga ega bo’lmoqchi bo’lgan kishi quyidagi mezonlarga mos kelishi lozim:
ishsizlar bandlik xizmati idoralarida ish qidiruvchi sifatida ro’yxatga olinishlari darkor;
ishsiz deb hisoblanish uchun odam faollik bilan ish qidirish (odatda bandlik xizmatiga murojaat qilishdan bir - to’rt hafta ilgari) kerak bo’ladi;
ishsizlar maqomi va ishsizlik bo’yicha nafaqa olish huquqi faqat ilgari ishlagan kishilarga beriladi;
ishsizlik ixtiyoriy ravishda boshlanmasligi lozim;
ishsiz odam o’zi uchun bandlik xizmati «mos keladi» deb hisoblagan ishga joylashish taklifini rad qilmasligi lozim;
ishsizlar boshqa daromad manbalariga ega bo’lmasligi kerak;
ishsiz odam muayyan oylar mobaynida ishsizlik bo’yicha nafaqa olib turadi, shundan keyin nafaqaning miqdori kamaytirildi yoki uni to’lash mutlaqo to’xtatiladi.
Ishsizlik darajasi – mehnat bozorining hozirgi paytdagi ahvoli haqida va unda muayyan vaqt mobaynida ro’y bergan o’zgarishlar to’g’risida tasavvur beradigan asosiy ko’rsatkichdir.
Ishsizlik darajasi (N) davrning boshi (yoki oxiri)dagi ahvolga ko’ra tegishli sanada ishsizlik maqomiga ega bo’lgan kishilar sonining (I) ana shu sanadagi iqtisodiy faol aholi soniga (F) nisbati sifatida aniqlanadi:
Ishsizlik darajasi ko’pchilik mamlakatlarda iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy omillaridan biri sifatida qaraladi.
Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solib boriladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonundagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab kelayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq etiladi.
Ish bilan ta’minlanish — fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir.
Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat, shu jumladan haq to‘lanadigan ishni bajarishga aloqasi bo‘lmagan faoliyat bilan shug‘ullanish mutlaq huquqi fuqarolarga tegishlidir.
Majburiy mehnat, ya’ni biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash taqiqlanadi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. Kishilarning ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmasligi ularni javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi.
Ish bilan ta’minlanish — fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir.
Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat, shu jumladan haq to‘lanadigan ishni bajarishga aloqasi bo‘lmagan faoliyat bilan shug‘ullanish mutlaq huquqi fuqarolarga tegishlidir.
Majburiy mehnat, ya’ni biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash taqiqlanadi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. Kishilarning ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmasligi ularni javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |