O’zbekiston Respublikasining pul tizimi va uning rivojlanish tarixI.
Pul tizimi bu mamlakatda tarixan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan tasdiqlangan pul muomalasini tashkil qilish shaklidir. Pul tizimlari XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelishi va qaror topishi munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo’lsa ham, uning ayrim elementlari bundan oldinroq paydo bo’lgan. Tovar-pul munosabatlari va ishlab chiqarishning kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul tizimida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi.
Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog’liq, ya’ni pul: umumiy ekvivalent - tovar sifatida, yoki qiymat belgisi sifatida bo’lishiga qarab quyidagicha pul tizimlar mavjud bo’lgan. Metall pul muomalasi tizimlari va qog’oz va kredit pullar muomalasi tizimlari. Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo’ladi va pulning barcha funktsiyalarni bajaradi, kredit pullar esa metallga almashinishi mumkin; Kredit va qog’oz pullar muomalaga chiqib ketishi bilan qog’oz pullar muomalasi tizimi yuzaga kelgan. Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan metallga va pul muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo’linadi.
Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (ko’pincha oltin vakumush) bajargan, bu tizimda ikkala metalldan ham tangalarning erkin muomalaga chiqarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal qilingan.
Parallel valyuta tizimida ikki metall qiymati stixiyali, metallning bozor bahosiga munosib tarzda belgilangan. Bu pul tizimida davlat metallar orasidagi mutanosiblikni o’rnatib qo’ygan. Oltin va kumush tangalarning chiqarilishi va ularning aholi tomonidan qabul qilinishi ana shu mutanosiblikka muvofiq.
Oltin tanga standarti kapitalizmning erkin raqobatiga juda mos kelgan, ishlab chiqarish, kredit tizimi, jahon savdo kapitali kelib chiqishining rivojlanishiga yordam bergan. Bu standart quyidagi asosiy xususiyatlar bilan Rivojlangan kapitalizm sharoitida banknotalar kredit tabiatini saqlab qolgan -ular iqtisodiyot, davlatni kreditlash uchun mo’ljallangan bo’lib rasmiy chiqariladi va qog’oz-pul muomalasi qonuniyatlariga bo’ysunadi. Pul tizimining holati mamlakat iqtisodiga, ishlab chiqarishning rivojlanishiga uzviy bog’liq bo’ladi. Pul tizimi ishlab chiqarishini sur’atlarini ushlab turish yoki tezlashtirishga ta’sir ko’rsatadi.
Har bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’lganidek O’zbekiston mustakil pul tizimiga ega. Respublikamizda mustakil pul tizimini tashkil topishining I-bosqichi 1992 yilni noyabr oyida «so’m-ko’pon» larni muomilaga chiqarilishi hisoblanadi. Pul tizimining ikkinchi bosqichi 1994 yilning 1-iyulidan muomilagacha milliy valyuta «so’m»ni chiqarilishidir.
O’zbekiston respublikasining pul tizimining elementlari:
Pul birligi - so’m
Pul birligining turlari - qog'oz va metal pullar
Ularni muomilaga chiqarish qoidalari.
Pul, kredit valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari.
Naqd pulsiz tulov aylanishi va kredit pullar muomilasining olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar.
Milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoidalari.
Xalqaro xisob - kitoblarni tashkil qilish asoslari.
Milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi.
O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat manfatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda ma’suliyatli va oson bo’lmagan vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodini bozor talablariga mos ravishda rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o’tishda O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo’lishini taqozo etadi. Zero mustaqil pul tizimiga ega bo’lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat bo’lishi mumkin emas. Shu boisdan Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov – « bugungi eng muhim vazifa valyutamizni baquvvat, dunyoda obruli valyutaga aylantirishdir u, yuksak va katta kuchga ega bo’lishi lozim» - degan edi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib respublikamizda 2003 yilni 15 oktyabridan joriy xalqaro operasiyalar bo’yicha so’mning erkin almashtirilishi joriy etildi.
Respublikamizda milliy valyutani xorijiy valyutalarga erkin almashtirishga erishilganligi mamlakatimiz iqtisodiyoti yangi yuksalishlarga erishayotganligidan, uni jahon iqtisodiy hamjamiyatdagi integrasiya jarayoni yanada tezlashayotganligidan dalolat beradi.
Respublikamiz Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi PK-147 sonli «Banklardagi depozit xisob varaqalaridan naqd pul tulovlarini o’zliksiz ta’minlash to’ђrisida» gi qarori asosida banklarga bo’lgan ishonchning ta’minlanishi natijasida 2005 yil yanvar - iyul oyida bank kassalariga tushgan o’rtacha oylik naqd pul tushumlari 344 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, maskur qaror qabul qilingandan so’ng avgust – dekabr oylarida bu ko’rsatkich 515 mlrd. so’mni tashkil qildi yoki 49,7 % ga oshdi.
Agar 1996-2002 yillar mobaynida naqd pullarning bank kassalariga qaytishi 80-93 foiz oralig'ida bo’lgan bo’lsa, bu kursatkich 2005 yilda 96,3 foizni tashkil etdi. Xususan, 2005 yilda bank kassalariga tushgan naqd pullar 2004 yilga nisbatan 38,6 foizga, shu jumladan savdo tushumlari 47,2 foizga oshdi.
Inflyasiya, uni kelib chiqish sabablari, shakllari, oqibatlari va undan chiqish yo’llari
Inflyasiya lotincha infeotio so’zidan olingan bo’lib shish, burtish, ko’pchish ma’nosini anglatadi.
Inflyasiya so’zi XIX asr o’rtasidan boshlab iqtisodiy termin sifatida
qo’llana boshlagan, ungacha tibbiyotda xafli usma kasalini ifodalashda qullanilgan.
Lekin xaqiqatda ham xavfli, u umumiqtisod uchun xavfli.
Inflyasiya so’zining iqtisodiy ma’nosi-muomilada mavjud bo’lgan tovarlar va ularning bahosiga va miqdoriga nisbatan ko’p pul chiqarish demakdir.
Inflyasiya so’zi pul muomilasi sohasida AQShning Shimoliy va Janubiy shtatlari o’rtasida grajdanlar urushi bo’lganda muomilaga juda ko’p miqdorda (450 mln grin bek) qoђoz dollor chiqarilgan vaqtidan boshlab qullanila boshlagan.
Ularni sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizga tushib ketgan.
Tarixga ko’ra urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarining oshib ketishi, inflyasiya bilan o’zviy boђliq. Masalan, Angliyada kuchli inflyasiya XIX asrning boshida Napolion bilan urush davrida, Fransiyada franso’z revolyusiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o’rtalarida nomoyon bo’lgan. Germaniyada juda yuqori sur’atlardagi inflyasiya 1923 yillarda bo’lib, muomiladagi pul massasi 496 kvintillion markaga yetgan va pul birligi trillion markaga qadrsizlangan. Oldingi inflyasiyalarning xususiyati shundagi, ular ma’lum davrda nomoyon bo’ladi. Ќozirgi davr inflyasiyasi odatda doimiy (xronik) xarakterga ega bo’lib, xo’jalik faoliyatining barcha sohalarini qamrab olish bilan, pul, omillaridan tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta’sir qilishi bilan farqlanadi.
Inflyasiyaning asosiy sabablari.
a) Jamђarma va iste’mol o’rtasidagi.
b) Talab va taklif o’rtasidagi
v) Muomiladagi pul muassasi va xo’jaliklarning naqd pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi nomutonosibliklardir.
Bulardan tashqari pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomilasi qonunning bo’zilishi, ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi, ishlab chiqarishni qisqarishi, ba’zan byudjet difisetini qoplash uchun qo’shimcha pul chiqarish va boshqalar ham sabab bo’ladi.
Inflyasiyani yuzaga keltiruvchi omillarni ichki va tashqi sabablarga bo’lish mumkin.
Ichki omillar mamlakatni monetar – pul siyosati hamda xo’jalik faoliyati bilan boђliq (nomutonosiblik, baholardagi davlatni yakka xokimligi, noto’g'ri kredit siyosati, pul muomilasi qonunining bo’zilishi va boshqalar).
Tashqi omillarga jahon iqtisodida bo’lgan inqirozlar (xomashyo, yoqilђi, valyuta buyicha), davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan bo’ladigan noqonuniy operasiyalari va boshqalar kiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib inflyasiya deb ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproporsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy va to’xtovsiz o’sishi va natijada pul muomilasi qonununing bo’zilishi oqibatida pul birligining qadrsizlanishiga aytiladi.
Inflyasiya quyidagi shaklda nomoyon bo’ladi.
1. Tovar va xizmatlar bahosining o’zluksiz va tartibsiz o’sib borishi natijasida pulning qadrizlanishi va uni sotib olish qobiliyatining tushib ketishi.
2. Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi.
3. Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Xalqaro amaliyotda inflyasiyaning quyidagi turlari mavjud.
Sudraluvchi inflyasiya. Baholarning o’rtacha yillik usishi 5-10
foizdan oshmaydi. Inflyasiyaning bu turi ko’proq rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lib, malakaviy iqtisodiy rivojlanish darajasiga kadar baholar oshishi 3-4 % atrofida ham bo’lishi mumikin. Bu inflyasiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni takomillashtiruvchi omil sifatida nomoyon bo’ladi.
So’zib yuruvchi inflyasiya. Bunda narx navo tezroq o’sa boshlaydi. Iqtisodiy o’sish suratlari pasayadi., ishsizlik ko’paya boradi. Inflyasiya yiliga 8-12 % atrofida bo’ladi.
Shiddatli. Bunda baholarni o’rtacha yillik o’sishi 10-100 % (ba’zida 200 % gacha) bo’lishi mumkin. Inflyasiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarga xos.
Giperinflyasiya. Baholarning o’sish sur’atlari yiliga 200 foizdan oshib ketadi. Bu inflyasiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos keladi va u iqtisodiyot tarkibiy qismlarini o’zgarishi bilan boђliq.
Adabiyotlarda shu kabi stagflyasiya (inflyasiyani iqtisodiy tanglik bilan birgalikda yuz berishi), loqal (bir mamlakat yoki jahon miqyosida), ichki (bir mamlakat ichida), ochiq (qachonki baholari o’sishi sezilgan holda), yopiq (sekretiy – tovar va xizmatlar sifatini baho o’zgarmagan holda yomonlashuvchi, tovar defiseti sodir bo’lganda) inflyasiya tushunchalari mavjud.
Inflyasiyadan farqliroq deflyasiya narx-navo pasayishini, pul qadrini ortishini bildiradi. U sababli inflyasiyadan yutqazishlar deflyasiya yordamida qoplanishlar sodir bo’ladi.
Inflyasiyadan chiqish uchun:
Ishlab chiqarishni rivojlantirish, uni rivojlanishini rag'batlantirish (soliq tizimi, past foizli kreditlar va boshqalar bilan).
Raqobatbardosh tovar ishlab chiqarish va uni jahon bozoriga chiqarish.
Muomiladgi pul muassasini cheklash va boshqalar.
Xozirgi sharoitda inflyasiyaga qarshi kurashish choralari.
Ish xaki va ijtimoiy tulovlarni indesasiyalab borish.
Tijorat banklari kreditlari bo’yicha foizlarini kayta ko’rib chiqib turish.
Pulning bankdan tashkariga xarakat qilishiga yo’l quymaslik (kassa apparatlarini joriy etish va boshqalar).
Qimmatli qog'ozlar bozorini kengaytirish va boshqalar.
Inflyasiyaning iqtisodiyotga ta’siri.
Ishlab chiqarishni stixiyaligi kuchayadi, tarmoqlar mutonosibligi bo’ziladi.
Bo’sh mablaђlarni ishlab chiqarish sohasidan muomila (savdo) sohasiga oqib o’tishiga sabab bo’ladi.
Tovarlarni normal xarakati bo’zilib bozordan bozorga kuchib yurishi sodir bo’ladi.
Olib sotarlikga keng yo’l ochiladi.
Iste’mol va extiyojni izdan chiqaradi. Šadrsizlangan puldan qochish uchun kerakli, keraksiz tovarlar sotib olinadi.
Tovarlarni kreditga sotish qisqaradi.
Bank foizlari oshadi, o’zoq muddatli kredit berish barham topadi.
Aholi mablag'larini jamg'armaga jalb etish qiyinlashadi.
Barter munosabatlari vujudga keladi.
Byudjet taqchilligi sodir bo’ladi, emissiyaga zo’r beriladi va u inflyasiyani yanada kuchaytiradi.
Pul funktsiyalari va pul turlari.
Pul dunyomizda mavjud bo'lgan tovarlar va xizmatlar qiymatini ifodalash vositasidir. Bu ta'rif dunyoviy ilmlarda eng ko'p uchraydigan qiymat tushunchalariga asoslangan.
Shuningdek, pulning butunlay suyuq almashinadigan vositasi bo'lgan boshqa kontseptsiyani ham ko'rib chiqish mumkin. Ularning ikkita sifati bor: har qanday mahsulotga almashtirilgan;Ushbu mahsulotning qiymatini o'zgartirishi mumkin.Funktsiyaning mohiyati va pul turlari Naqdning mohiyati ularning asosiy vazifalaridir.Narxlarni o'lchash. Har bir tovar turi uchun narxdan foydalanib belgilanadi va pul miqdori bilan o'lchanadi. Narxlar o'lchovlari sifatida pullar raqamlar kabi harakat qilishlari mumkin.Rouming vositalari. Siz tushunganingizdek, tovar qiymatining ifodasi, uni bozorda sotishni anglatmaydi. Avvalroq, iqtisodiyot kamroq rivojlanganida, pul muayyan tovarlar uchun muayyan miqdorda almashinuv bo'lib xizmat qildi. Hozirda kreditlar paydo bo'lishi bilan, to'lov vositalarining vazifasi birinchi o'rinda turadi.To'lov vositasi. Ushbu kontseptsiyaning mohiyati shundan iboratki, mahsulot yoki xizmatlarni sotib olish vaqti ular uchun to'lov muddatiga to'g'ri kelmasligi mumkin, chunki sotib olish uzishiga yoki kreditga berilishi mumkin.Saqlash va to'plash vositalari. Ular valyuta zahirasi sifatida harakat qiladilar.Jahon pullari. Xalqaro hisob-kitoblarda foydalanish uchun yaratilgan.
Pul turlari va ularning xususiyatlari
Pulning bir necha asosiy turlari mavjud.
Haqiqiy pul - ularning nominal qiymati ularning haqiqiy qiymatiga, ya'ni ular ishlab chiqarilgan materiallarning narxiga to'g'ri keladi. Bu erda oldindan juda keng tarqalgan metall, oltin va kumush tangalarni hisobga olamiz. Haqiqiy pulning o'ziga xos xususiyati ularning barqarorligi bo'lib, bu oltin tangalar uchun qimmatli alomatlarni almashish orqali ta'minlandi.
Haqiqiy pulning o'rnini bosuvchi - ularning nominal qiymati jami haqiqiy qiymatdan yuqori, ya'ni ularning narxi ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy mehnatga tengdir.
Zamonaviy pulning mohiyati va turlari
Zamonaviy pul turlari - bu zamonaviy dunyoda tovar va xizmatlarni sotib olishga imkon beruvchi moddiy vositalardir. Yaqinda elektron pul ushbu shaklga kiritilgan. Ular elektron pul sumkasida saqlanadi va ularning egalariga Internetdagi xaridlarni amalga oshirish uchun pul to'lashga ruxsat beradi.
Qog'oz pullari - haqiqiy pulning vakillari. Ular maxsus qog'ozdan tayyorlanadi va davlat tomonidan beriladi, aksincha davlat xazinasi xarajatlarni qoplash uchun beriladi.
Kredit pullari - pul mablag'larining funktsiyasi bo'yicha pul ishlashi bilan bog'liq bo'lib, tovar-pul munosabatlarini rivojlantirish bilan birga sotib olish va sotish bilan to'lash yoki takrorlash bilan amalga oshirila boshlandi. Boshqacha qilib aytganda, bu bank yoki boshqa moliyaviy tuzilmalardan qarz oladigan puldir. Haqiqat, bu yo'l bilan olingan qarzlardan qutilish qiziqish juda qiyin bo'ladi.
Naqd pul turlari - bu tangalar va pullar, boshqacha aytganda, siz to'g'ridan-to'g'ri teginishingiz va do'konda to'lashingiz mumkin bo'lgan pullar.
Qog'oz pullarining turlari
Qog'oz pullari, yuqorida aytib o'tilganidek, qog'oz pul shaklida ham namoyish etiladi. Qog'oz pullarning ko'p turlari mavjud, ular orasida:
Evro;
Rubl;
Dollar;
Funt sterling va boshqalar.
Qog'oz pullari ikki funktsiyaga ega:
rouming vositalari;
to'lov vositasi.
Nosoz pul - turlari
Buzuq pul - qimmatli belgisidir. Ular mol-mulkini yo'qotadilar va o'zlari yo'q
pulning mohiyati va turlari ichki qiymat. Pul tovaridan farqli o'laroq, bunday moddiy vositalar iste'molchilar ehtiyojlari uchun foydalanilmaydi. Pulning butun massasini ishlab chiqarishni talab qiladigan jiddiy xarajatlarga qaramay, ishlab chiqarish xarajatlari har bir qog'oz pul birligi butunlay ahamiyatsiz va natijada nominal qiymatiga nisbatan infinitesimaldir.
Shunday qilib, biz pul va pul turlarini ko'rib chiqdik va ularning tasnifi ma'lum bo'lganidek, oddiy emas, chunki bu birinchi qarashda ko'rinadi. Albatta, faqat bitta narsa bor: "Dunyo o'z mol-mulkiga egalik qiladi".
Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati
Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Т.: «Ўзбекистон», 2016. 56-бет.
Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидacи бўлиши кepак. – Т.: «Ўзбекистон», 2017. 104-бет.
Мирзиёев Ш.М. Билимли авлод – буюк келажакнинг, тадбиркор халқ – фаровон ҳаётнинг,дўстона ҳамкорлик эса тараққиётнинг кафолатидир (Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 26 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи, 2018 йил 7 декабрь).– «Халқ сўзи» газетаси, 2018 йил 8 декабрь, № 253 (7211).
Қадр-қимматим, таянчим, ва ифтихоримсан, мустақил Ўзбекистон. Т.Маънавият. 2013.
Мирзиёев Ш.М. Билимли авлод – буюк келажакнинг, тадбиркор халқ – фаровон ҳаётнинг, дўстона ҳамкорлик эса тараққиётнинг кафолатидир// «Халқсўзи», 2018 йил 8 декабрь.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси // «Халқ сўзи», 2018 йил, 29 декабрь. № 271–272 (7229–7230)
Словарь современной экономической теории Макмиллана. – М.: 1997. 471-б.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. // http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliasy-28-12-2018.
Мирзиёев Ш. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлиги гарови». Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганинг 24 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маъруза. – Т.: «Ўзбекистон», 2017. 18-б. (48 б.)
Фредерик Старр: «Ўзбекистон қанча қудратли бўлса, минтақа ҳам шунча қудратли бўлади».// http://xs.uz/uzkr/post/frederik-starr-ozbekiston-qancha-qudratli-bolsa-mintaqa-ham-shuncha-qudratli boladi.
Маматов Б.С., Хужамкулов Д.Ю., Нурбеков О.Ш. Инвестицияларни ташкил этиш ва молиялаштириш. Дарслик. – Т.: «Иқтисод-Молия», 2014. 80-б. (608-б.)
Ўзбекистонга тўғридан-тўғри хорижий инвестициялар асосан қайси соҳага киритилмоқда?// https://kun.uz/news/2018/10/17.
Марказий Осиё инвесторларни нимаси билан жалб этиши мумкин? // https://kun.uz/news/2018/10/21.
Ўзбекистон Республикаси Марказий банкининг 2019 йилдаги фаолияти тўғрисида ҳисобот, 2020 йил.
Монетар сиёсатнинг 2019 йил ва 2020–2021 йиллар даврига мўлжалланган асосий йўналишлари. Ўзбекистон Республикаси Марказий банки, 2018 йил. 100-бет.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисга Мурожаатномасини кенг жамоатчилик ўртасида тарғиб этишга бағишланган илмий-оммабоп қўлланма. – Т.: «Маънавият», 2018. 112–113-бетлар.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. - T.: “Adolat”, 2001.
Shodmonov Sh.Sh., G’afurov U.V. Iqtisodiyot (darslik). – T., «Media» nashriyoti, 2013. – 794 b.
Shodmonov Sh.Sh., G’afurov U.V. Iqtisodiyot (darslik). – T., «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2009. – 734 b.
O’lmasov A., Vahobov A.V. Iqtisodiyot : Darslik. – T.: «Sharq» nashriyot-matbaa akstiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2006.
Do'stlaringiz bilan baham: |