1-jadval
O‘zbekistonning alohida muhofaza qilinadigan hududlari
№
|
Nomi
|
Tashkil
|
Joylashgan viloyati
|
Qo‘riqxona
|
|
|
qilingan
|
|
|
maydoni ga
|
|
|
yili
|
|
|
hisobida
|
|
|
|
|
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
|
5
|
1.
|
Zomin tog‘ – o‘rmon
|
1926
|
Jizzax viloyati
|
10560
|
|
davlat qo‘riqxonasi
|
(1960)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2.
|
Chotqol tog‘ – o‘rmon
|
1947
|
Toshkent viloyati
|
47500
|
|
davlat qo‘riqxonasi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3.
|
Qorako‘l qo‘riqxonasi
|
1971
|
Buxoro viloyati
|
20500
|
|
|
|
|
|
4.
|
Qiziqum qo‘riqxonasi
|
1971
|
Buxoro viloyati
|
4000
|
|
|
|
|
|
5.
|
Bodayto‘qay
|
1971
|
Qoraqalpog‘iston
|
10000
|
|
qo‘riqxonasi
|
|
Respublikasi
|
|
|
|
|
|
|
6.
|
Nurota tog‘ –
|
1975
|
Jizzax viloyati
|
40000
|
|
yong‘oqzor
|
|
|
|
|
|
qo‘riqxonasi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
7.
|
Zarafshon qo‘riqxonasi
|
1977
|
Samarqand
|
viloyati
|
2500
|
|
|
|
|
|
|
8.
|
Qizilsuv tog‘ – archa
|
1975
|
Qashqadaryo
|
viloyati
|
20000
|
|
qo‘riqxonasi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
9.
|
Miroqi tog‘ – o‘rmon
|
1976
|
Qashqadaryo
|
viloyati
|
35000
|
|
davlat qo‘riqxonasi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
10.
|
Vardanza
|
1976
|
Buxoro viloyati
|
324
|
|
|
|
|
|
|
11.
|
Kitob geologik
|
1979
|
Qashqadaryo
|
viloyati
|
5378
|
|
qo‘riqxonasi
|
|
|
|
|
12.
|
«Surxon» qo‘riqxonasi
|
1986
|
Surxondaryo
|
viloyati
|
24583
|
Buxoro jayron qo‘riqxonasi. Jayron O‘rta Osiyo va Janubiy Qozog‘iston cho‘llarida yashaydigan hayvon turlaridan bo‘lib, O‘rta Osiyo cho‘llari va Sharqiy Zakavkazeda keng tarqalgan. Jayronni qadimdan qoplon, it, burgut, o‘rgatilgan gepardlar yordamida ov qilingan. Keyingi o‘n yillikda avtomashinalar bilan ov qilish natijasida jayron soni keskin kamayib ketdi. Endilikda jayronni ovlash barcha ittifoqdosh respublikalarda man qilingan. Jayron muhofaza qilinuvchi nodir tur sifatida xalqaro «Qizil kitob»larga kiritilgan. O‘rta Osiyo va Ozarbayjonda jayronni muhofaza qilish uchun maxsus qo‘riqxona va zakazniklar tashkil qilingan. Jayronni yarim ochiq sharoitda saqlash, ko‘paytirish maqsadida 1977 yili eng tipik cho‘l landshaftlaridan iborat hududida, Qizilqumning janubida, Kogondan quyiroqda Buxoro pitomnigi tashkil etildi. Qo‘riqxonaning atrofi 36 kilometr uzunlikda sim to‘rlar bilan o‘ralgan. Unda zaruriy gidromeliorativ va biotexnik ishlar olib borilgan. 1978 yili may-noyabr oylarida 19 urg‘ochi va 25 erkak jayron olib kelindi. Hozir ularning soni birmuncha ko‘payib, 300 boshdan oshib ketdi. 5 ming 600 gektar yerni egallagan bu maydonda jayronlarning yashashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Zomin tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi Turkiston tizmasi g‘arbiy qismining shimoliy yon-bag‘irda, Zomin tog‘ida 1900-3500 metr mutlaq balandlikda joylashgan. Bu yerda tog‘ dasht (cho‘l), o‘rmon va subalp o‘simlik mintaqalari mavjud. Qo‘riqxona hududida 150 dan ortiq o‘simlik turlari uchraydi. Qo‘riqxona hududining katta qismi – 6756 gektari o‘rmon mintaqasi, archazordan iborat. Bu yerda archaning uch turi uchraydi. O‘rmonzorning pastki qismida (1900-2700 metr balandlikda) Zarafshon archasi yoki qora archa, o‘rta qismida (2100-2800 metr) yarim sharsimon yoki savr archa, yuqori qismida (2100-3200 metr) turkiston archasi (o‘rik archa) o‘sadi. Qo‘riqxonada sudralib yuruvchi hayvonlarning 6 turi, parrandalarning 63 va sutemizuvchilarning 18 turi mavjud. Sutemizuvchilardan oq tirnoqli ayiq, to‘ng‘iz, silovsin, bo‘ri, tog‘ echkisi, arhar (tog‘ qo‘yi), jayra, quyon, kaklik, qirg‘iy, burgut, boltayutar, himolay kurkasi, tog‘ qarg‘asi, qalqontumshuqilon, chiporilonlar yashaydi. Zomin tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasida archazorlarning tabiiy holati va archa-o‘rmon mintaqasiga xos tipik tabiiy geografik komplekslarni saqlash, ularni har tomonlama tadqiq etish, tabiiy boyliklar sifatini yaxshilash, ularni ko‘paytirish, shuningdek archa biologiyasini o‘rganish, archazorlarni kengaytirish, hayvonot dunyosini saqlash va tiklash bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Qo‘riqxona har yili o‘rmon xo‘jaligiga 1,5 tonnadan ko‘proq qimmatli archa urug‘ini yetkazib bermoqda.
Chotqol tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi Chotqol tizmasining janubi-g‘arbiy qismida dengiz sathidan 1000-3200 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, maydoni 47,5 ming gektar yerni tashkil qiladi. Qo‘riqxona hududida quruq dashtdan tashqari mevali o‘rmonlar, archazorlar, alp o‘tloqlari kabi landshaft mintaqalari mavjuddir. Bu yerda 600 dan ortiq o‘t, 40 ga yaqin daraxt va buta o‘simlik turlari uchraydi. Qo‘riqxona hududining 40 protsenti archazorlardan iborat. Shuningdek, bu yerda pista, Kavkaz shamshodi, zirk, irg‘ay va boshqa noyob buta va daraxtlar ko‘p uchraydi. Qo‘riqxonada sudraluvchilarning 23 turi yashaydi. Yirtqichlardan savsar, oq suvsar, bo‘rsiq, ayiq, bo‘ri va boshqalar uchraydi. Qo‘riqxonaga 1953 yilda yelik bug‘usi (kosulya) olib kelingan edi. Kiyiklarning soni bir necha yuz boshdan ortiq.
Chotqol qo‘riqxonasining eng qimmatli hayvonlaridan biri relikt jonivor – menzbir sug‘uridir. Shuni aytish kerakki, sug‘urning 14 turi mavjud bo‘lib, shundan oltitasi mamlakatimiz hududida yashaydi. Menzbir sug‘uri yer sharining boshqa biror qismida uchramaydi. Tanasining uzunligi yarim metr, vazni esa 4 kilogramm atrofida bo‘lib, 4 oy mobaynida bir yarim kilogrammgacha yog‘ to‘playdiki, bu yog‘ uyqudagi karaxtlik davrida bemalol yetadi. Menzbir sug‘uri xalqaro «Qizil kitob» va O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan.
Qorako‘l qo‘riqxonasi Buxoro viloyatining Qorako‘l rayoni hududida qumli maydonlarda 180-200 metr absolyut balandliklarda joylashgan. Qo‘riqxonadan kengligi 30-40 metr bo‘lgan Amu-Qorako‘l va Amu-Buxoro kanallari o‘tadi. Kanallar trassasi massividagi qadimgi jarliklar va pastqam uchastkalar kanal suvi bilan to‘lib, qator ko‘llar hosil qilgan (2000 gektar). Bular ko‘plab baliq va qushlarning oromgohiga aylangan. Qo‘riqxonaning vohaga chegaradosh bo‘lganligi va uning hududidan kanallar oqib o‘tganligi uchun qo‘riqxonaning tuproq va o‘simliklari kuchli o‘zgargan va o‘ziga xos faunaga ega. Bu yerda 200 ga yaqin oliy o‘simlik turlari uchraydi, shundan 30 tasi daraxt va butalardir. Kanal yoqasi va ko‘llar atrofidagi to‘qayzorlarda asosan jiyda, turang‘i, tol, qamish va boshqa o‘simliklar keng tarqalgan. Qo‘riqxonaning qumliklarida asosan qora saksovul, qandimning 6 turi, singrenning 3 turi, cherkez, iloq va boshqa o‘simliklar tarqalgan. Qo‘riqxonaning tabiiy sharoiti rang-barang bo‘lganligi uchun hayvonot dunyosi ham xilma-xildir. Qo‘riqxonaning kanal va ko‘llarida baliqlarning 32 turi uchraydi. Qo‘riqxonada sutemizuvchilarning 30 dan ortiq turi bor. Ular orasida bo‘ri, chiyabo‘ri, tulki, qum mushugi va qum quyoni, ingichka barmoqli yumronqoziq, har turli qum sichqonlari uchraydi. To‘qayzorlarda yovvoyi cho‘chqa ko‘p. Qo‘riqxonada parrandalarning 170 dan ortiq turi mavjud. Shundan noyob turlari 20 taga yetadi.
Qizilqum qo‘riqxonasi Buxoro viloyatining Romiton tumani hududida, Amudaryo qayirida joylashgan qayir-cho‘l qo‘riqxonasi hisoblanadi. Hududining katta qismi (3100 ga) daryo bo‘yidagi to‘qaylarni va kichik qismi (800 ga) Qizilqum massivini o‘z ichiga olgan. Qayir o‘simliklari o‘tish qiyin bo‘lgan qalin to‘qayzorni hosil qilib, boy floraga ega. Bu yerda 150 o‘simlik turlari o‘sadi. To‘qayzorlarni ko‘proq daraxt-butazor o‘simliklari (turang‘i, jiyda, tol, lomonos, yulg‘un va boshqalar) egallaydi. Bundan tashqari, bu yerda har xil o‘tlar, qamish, lo‘xgullilar, ro‘vak, ajriq va boshqalar o‘sadi. Qo‘riqxonaning qumli cho‘l qismi uchun qora va oq saksovul, cherkez, qandim va quyonsuyak harakterlidir. Qo‘riqxonaning tabiiy sharoiti turli xil jonivor va qushlarning yashashiga qulay imkon beradi. Sudralib yuruvchilardan cho‘l toshbaqasi, qizil quloq yoki quloqli yumaloqbosh kaltakesak hamda bot-bot yoki yumaloq bosh va Seversov gekkoni deb ataluvchi kaltakesaklar, suvilon, zaharli charxilon va boshqalar uchraydi. Qo‘riqxona hududida qishlovchi, mavsumiy uya qo‘yuvchi, ayniqsa, suvda suzuvchi qushlar ko‘p bo‘lib, ularning 82 turi mavjud. Shundan 29 turi yilning to‘rt faslida ham shu yerda yashaydi. Yirtqich qushlardan burgut, qora qirg‘iy, kuykanak (maymunqush), jig‘altoy va boshqalar uchraydi. Qo‘riqxonaning eng chiroyli qushi Amudaryo qirg‘ovulidir. Hozir ularning soni 2 mingdan ortiq. Qo‘riqxona qushlaridan qirg‘ovul va burgut alohida muhofaza qilinadi.
Sutemizuvchilardan ingichka barmoqli yumronqoziq, malla yumronqoziq, qum sichqoni, qo‘shoyoq; yirtqichlardan chiyabo‘ri, tulki, to‘qay mushugi va qum mushugi, bo‘ri uchraydi. Shuningdek, bu yerda 200 ga yaqin yovvoyi cho‘chqa va buxoro bug‘usi yashaydi. Qo‘riqxona tashkil qilingan paytda hammasi bo‘lib 6 bosh buxor bug‘usi bor edi. Hozirgi vaqtda ularning soni yuzdan oshib ketdi.
Bodayto‘qay qo‘riqxonasi Qoraqalpog‘istonning Beruniy rayoni hududida, Amudaryo qayirida joylashgan. Bodayto‘qay to‘qay o‘simliklari bilan qoplangan orol va yarimorolllarni ishg‘ol qilgan noyob tabiatli qo‘riqxonadir. Qo‘riqxonada o‘simlik va hayvon turlari ko‘p. Bu yerda buta, turang‘i, yulg‘un va qiyoqzorlar mavjud. Qo‘riqxonada yovvoyi cho‘chqa, bo‘rsiq, quyon, xiva qirg‘ovuli, olachipor qizilishton va boshqa hayvon hamda qushlar yashaydi. Qo‘riqxonadagi aralash to‘qaylar va ularning tabiiy tarkibi faqat shu joylarga xos bo‘lib Respublikaning boshqa joylarida uchramaydi. Qirg‘ovulning Xiva kenja turi, Eron sarsabili, chirmovuqning uch turi faqat shu yerda mavjud. Bodayto‘qay qo‘riqxonasining asosiy vazifasi Amudaryo qayiridagi tabiiy komplekslarni o‘rganishdir.
Nurota qo‘riqxonasi Nurota tizmasi yonbag‘irlarida 1975 yilda tashkil qilingan bo‘lib, uning maydoni 40 ming gektardan iborat. Qo‘riqxonada «Qizil kitob»ga kirgan arharlar bilan tog‘ qo‘yi, shuningdek, yovvoyi cho‘chqa, suvsar, «Qizil kitob»ga kiritish mo‘ljallanayotgan mitti shunqor va boshqa hayvonlar muhofaza qilinadi. Olimlarning fikriga ko‘ra, 2,5 ming bosh saqlanib qolgan Seversov yovvoyi qo‘yi mahalliy sharoitga moslashgan yangi qo‘y zotlarini yetishtirish uchun muhim ob’ekt bo‘lishi mumkin. Nurota qo‘riqxonasining asosiy vazifasi tog‘-dasht landshaft mintaqalarini, ayniqsa, Seversov qo‘yi ekologiyasini o‘rganish va muhofaza qilish metodlarini ishlab chiqishdan iborat.
Zarafshon qo‘riqxonasi Samarqand shahrining shimoli-sharq qismidagi suv ayirg‘ichdan sharq tomonda, Zarafshon daryosining qayirida tashkil qilingan. U ilgari Zarafshon zakaznigi deb atalar edi. Qo‘riqxonaning o‘simlik va hayvonot dunyosi xilma-xildir. Qayir to‘qaylarida 140 dan ortiq o‘simlik turi o‘sadi. Bu yerda keng tarqalgan parranda Zarafshon qirg‘ovulidir. Qo‘riqxonada chiyabo‘ri, tulki, bo‘rsiq, to‘qay mushugi va boshqa hayvonlar uchraydi. Qo‘riqxonaning asosiy vazifasi qayir-to‘qay tabiiy komplekslarini saqlash hamda qirg‘ovulni muhofaza qilish va ko‘paytirishdir. Hozirgi vaqtda qo‘riqxonada asalarichilik rivojlanmoqda.
Qizilsuv qo‘riqxonasi Qashqadaryo oblastida Yakkabog‘ tizmasining archazorlar bilan qoplangan yon-bag‘irlarida tashkil etildi. Uning 20 ming gektarli maydonida ayiq, qoplon, tog‘ echkisi (kiyik) muhofaza qilinadi. Qo‘riqxonada, asosan, tog‘ o‘rmon mintaqasi (archazor) va uning hayvonlari muhofaza qilinadi.
Miroqi qo‘riqxonasi Hisor tizmasining shimoliy yon-bag‘irda, Oqsuv daryosi va uning irmoqlari havzasida joylashgan bo‘lib, tog‘, dasht, o‘rmon va subalp mintaqalarini qamrab olgan. Qo‘riqxona va uning landshaftlari juda xilma-xildir. Qo‘riqxona o‘ziga xos o‘simlik va hayvonlarga juda boy bo‘lib, ularning tarqalishi balandlik mintaqalari qonuniyatiga buysunadi. Qo‘riqxonada Tyanshan tulkisi, ayiq, Farg‘ona bo‘rsig‘i, bars (ilvirs), silovsin kabi hayvonlar muhofaza qilinadi. Qo‘riqxonaning asosiy vazifasi balandlik mintaqalarining tabiiy komplekslarini o‘rganish va muhofaza qilishdir.
Vardanzi qo‘riqxonasi qadimgi Vardanzi shahri o‘rnida tabiiy va tarixiy komplekslarni muhofaza qilish uchun tashkil etilgan. 20-yillarning oxirida bu shaharni qum bosgan edi. 30-yillarda bu yerga saksovul ekilgan. Keyinchalik saksovullar shu qadar o‘sib ketdiki, ular bugungi kunda butun bir o‘rmonni tashkil qiladi. Saksovul o‘rmoni bu yer uchun harakterli bo‘lgan qumli cho‘l tabiiy kompleksining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Ayni vaqtda bu qo‘riqxonada tarixiy yodgorliklar muhofaza qilinadi. Qo‘riqxonaning asosiy vazifasi VIII-XVIII asrlar tarixiy yodgorligi – qum bosib qolgan Vardanzi shahrini saqlashdir.
Kitob geologik qo‘riqxonasi. Qo‘riqxona Qashqadaryo viloyatining g‘arbiy chekkasida Kitob tumani hududida Zarafshon tizmasining janubi-g‘arbiy yon-bag‘irda Jinni daryosi vodisida joylashib, Yer sharining tabiiy-ilmiy yodgorliklari bo‘lgan palentologik metologik va stratigrafik etaloni bo‘lgan yodgorliklarni muhofaza qiladi va Xalqaro reja asosida ular ustidan ilmiy tekshirish ishlari olib boradi. Kitob qo‘riqxonasini tashkil etishning tarixi qiziqdir. 1978 yilning yozida 13 davlatdan kelgan muttaxasis olimlar hozirgi qo‘riqxona hududidagi Xo‘jaqo‘rg‘on soyi bo‘yida joylashgan geologik qatlamlardagi paleontologik qoldiqlarni o‘rganadilar. Unga qadar O‘zbekistonlik hamkasblari paleozoy erasi quyi va o‘rta devon davri yotqiziqlari ichida uchrovchi nodir toshga aylangan organizmlar qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ularga taqdim etgan edilar. Bu qatlamlarni o‘rgangan xalqaro guruh toshlarda muhr kabi qotgan paleontologik qoldiqlarning haqiqatdan nodir ekanligini e’tirof etib, ularning davlat muhofazasiga olishni taklif etishdi. 1979 yildan ushbu noyob hudud Kitob geologik qo‘riqxonasi deb e’lon qilindi va o‘sha vaqtdan buyon bu joyda keng ko‘lamda geologo-biologik ilmiy-tekshirish ishlari olib borilmoqda. Shu vaqt ichida qo‘riqxona maydonidagi o‘rta, quyi Ordovik, erta va kechki Silur, erta va o‘rta Devon davlari qatlamlarida 16 guruhdan ortiq toshga aylangan organizmlar qoldiqlari aniqlandi. Zarafshon tog‘larining janubiy-g‘arbiy yonbag‘rida Jinnidaryo vodiysi bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilsangiz, uning chap irmog‘i Xo‘jaqo‘rg‘on soyi bo‘yicha ilgarilab yursangiz, oldingizdan ulug‘vor 2061 metr balandlikdagi Bursi Xirmon cho‘qqisi bo‘y cho‘zib turadi. Cho‘qqining ikki yonida Zilzilbon va Xo‘jaqo‘rg‘on soylari joylashgan bo‘lib, ular asosan Paleozoy davri yotqiziqlaridan tashkil topgan.
Qo‘riqxona hududida joylashgan 13 tabiiy yalang‘ochlanib, ichidagi qatlamlari ko‘rinib turgan yon-bag‘irlarni o‘rganish natijasida olimlar asta-sekin sobitqadamlik bilan qo‘riqxona joylashgan joyning geologik tarixini o‘qib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kitob qo‘riqxonasi hududida 500 ortiq o‘simlik turlari bo‘lib, shundan 12 tasi «Qizil kitob»ga kiritilgan. Qo‘riqxonada 200 ga yaqin dorivor o‘simliklar o‘sadi, 30 ta manzarali o‘simlik turlari bor va 30 dan ortiq o‘simlik dorivor sifatida foydalaniladi. Hayvonot dunyosi 155 turdan iborat bo‘lib, shundan ko‘pchilik qismi noyob hisoblanadi va «Qizil kitob»da qayd etilgan. Kitob qo‘riqxonasining hududi etnografik ahamiyatga ega bo‘lib, bu yerdagi qishloqda ikki qadimiy qo‘rg‘on izlari, ibtidoiy odamlar yashashi uchun qulay bo‘lgan g‘orlar mavjud.
Biosfera qo‘riqxonalari. Inson xo‘jalik faoliyatining ta’siri natijasida hosil bo‘lgan lokal (mahalliy) va global (sayyoraviy) hodisalarni to‘g‘ri tushunish va baholash uchun bu jarayonlarni o‘rganish zarur. Atrof-muhitning holatini kuzatish formalaridan biri xalqaro miqyosda biosfera qo‘riqxonalari asosida monitoring (kontrollik) xizmatining global tizimlarini yaratishdir. Keyingi yillarda YUNESKOning tashabbusi bilan dunyo biosfera qo‘riqxonalari tashkil qilindi. Bu qo‘riqxornalarda - tabiiy ekosistemalarda hayvon va o‘simlik organizmlarining har xil turlarini saqlash, ekologik monitoring bo‘yicha kompleks biogeotsenologik (kompleks landshaft) tekshirishlar olib borish, ekosistemalarga har xil tipdagi xo‘jaliklar (o‘rmonlar barpo qilish, yerlarni o‘zlashtirish, yaylov chorvachiligi, rekreatsion foydalanish va boshqalar) ta’sirining harakteri va darajasini aniqlash ko‘zda tutiladi. Biosfera qo‘riqxonalari tabiiy ekosistemalarda o‘simlik va hayvonot dunyosining biotik komplekslari, turlarining genetik jihatdan turliligini saqlash maqsadida tashkil qilinadi.
Atrof –muhitni global ekologik muammolari.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan so’ng barcha sohalar qatori ta’lim sohasiga ham yuqori darajada davlat e’tibori qaratildi ekologik halokatlarning kelib chiqishi, mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotiga ta’sirini o’rgatish bilan birga ularda ekologik madaniyat, ekologik tarbiya va ekologik ong tushunchalarini chuqur singdirishni maqsad qilib qo’ygan.
Ma’lumki, Toshkent va Navoiy mamlakatimizdagi yirik sanoatlashgan shaharlar hisoblaniladi. Navoiydagi tog’-kon, mineral o’g’itlar va sement mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari O’zbekistonda yetakchi o’rinni egallaydi. ekologik muammolar va ularni hal etish bo’yicha olib borilgan ekologik tadbirlar aynan shu korxonalar asosida, aniq dadillar bilan yoritilgan.
Inson tabiat bilan o’zaro aloqada bo’lib, uning hayotini tabiatdan alohida tasavvur qilish mumkin emas. Shu ma’noda Prezidentimiz I.A.Karimovning “Ona zaminimiz – boyligimizning, mustaqilligimizning va go’zal kelajakka ishonchimizning asosiy manbaidir” – degan so’zlarida juda katta ilmiy-falsafiy mazmun bor. Insoniyat yashayotgan zaminning o’z qonuniyati mavjud. Zaminda bitmaydigan, tugamaydigan ne’matning o’zi yo’q. Biz esa bundan ogoh bo’lishimiz zarur. Inson va jamiyat tabiatning ajralmas qismi.
Tabiiy resurslar, ya’ni yoqilg’i, ma’danlar, metallar, nafas olinadigan havo, ichiladigan suv, is’temol qilinadigan go’sht, sut, don sarxil mevalar, daryo va ko’llardagi baliqlar, har xil shifobaxsh giyohlar, turli-tuman xom ashyolar bo’lmasa bir daqiqa ham yashay olmasligimizni juda yaxshi bilamiz. Tabiiy boyliklar Ollohning odamzotga in’om etgan buyuk ne’matlaridir. Olloh taoloning barcha nozu-ne’matlari, tabiiy boyliklardan bahramand bo’lishning o’zi bir necha ming yillik tarixga ega. Bu tarix Yer yuzida insoniyat paydo bo’la boshlagan kezlardanoq boshlangan. Insoniyatning tabiat bilan bo’lgan aloqasi vaqtincha emas, balki doimiy va zaruriydir. Odamzot Koinotning gultoji sifatida ilk paydo bo’lgan davrdan, to hozirga qadar tabiatga ta’sir qilib, unga ta’sirni o’tkazib, bu ta’sirni bora-bora kuchaytirib, oqibatda tabiatni batamom o’zgartirib yubordi. Keyingi ming yilliklar davomida insonning tabiatga faol aralashishi natijasida Yer shari yuzasi iqlimi, o’simligi, hayvonot dunyosining tanib bo’lmasdarajada o’zgarib ketganligi bunga yaqqol misol bo’ladi. “Dunyo tarixida ilk daf’a inson faoliyati hayotning eng zarur sarchashmalarining buzilishi va yemirilishiga sabab bo’lmoqda.
Insoniyatning o’z kelajagi, ertangikuni, istiqbolini o’ylamay qilgan o’z boshimchaliklari, ko’r-ko’rona qilmishlari tufayli tabiat behat ozor chekdi, ko’p a’mollardan abadiy judo bo’ldi. Har xil kosmik changlar, ilmiy texhikaviy taraqqiyot, ayniqsa, avtomobillar sonining tez darajada o’sib borishi, radioaktiv moddalar va boshqalar ta’siri ostida barcha jonli mavjudotning hayot manbai bo’lgan atmosfera havosi maksimal darajada ifloslanmoqda. Bunday dahshatli hodisalar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida tez-tez sodir bo’lib turadi. Atrof-muhitning radioaktiv va kimyoviy chiqindilar bilan bulg’anishi, aholining, chorva mollarining, parrandalarning, daryo hamda ko’llardagi, suv omborlari va okeanlardagi baliq va boshqa jonivorlarning ko’plab zaharlanishiga, Yevropa mamlakatlarida ko’plab ro’y berib turgan sigir, buzoq, qo’y, cho’chqalarning oqsil kasalliklariga sabab bo’lmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya epidimologiya nazorati bergan ma’lumotga ko’ra hozirda Respublikamiz sanoati va qishloq xo’jaligi tarmoqlarida 3 milliondan ortiq kishi band bo’lib, shuning qariyb 1 millionga yaqini zararli sharoitlarda(chang, shovqin, titrash, ultra- va infratovushlar ta’sirida) mehnat qilmoqda. Zararli mehnat sharoitlari hisobiga kasb-patologiya kasalliklar ko’payishi kuzatilmoqda. Jumladan Respublikada so’nggi besh yil davomida bu kasallik (har 10000 ishchiga nisbatan) 1,2dan to 1,76 gacha ko’paygan, Navoiy tog’-metallurgiya kombinatida bu ko’rsatgich 1,62dan to 3,2 gacha oshgan.
“Kimyoviy ekologiya” insoniyat tomonidan yo’l qo’yilgan xatoliklar oqibatida vujudga kelgan ekologik fojealarni o’rganadi va tahlil qiladi, oldini olish uchun chora-tadbirlar izlaydi. Tabiiy va tarixiy merosimizni saqlab qolish Ekologik muammo deganda, butun insoniyatga xavf soladigan, ilmiy asoslangan muammolarni tushunish maqsadga muvofiq.
Ekologik muammolar
Respublikamizdagi eng muhim ekologik muammolarni va ularni oldini olish chora-tadbirlarini Sayyoramiz kelajagi, insoniyatning taqdiri hozirgi davrda ko’p jihatdan ekologik muammolar yechimiga bog’liq bo’lib qoldi. Ekologik muammo keyingi o’n yilliklar davomida yana keskinlashib ketdi. Havoning ifloslanishi, ichimlik suvning o’ta taqchilligi, ona zaminning zaharlanishi, ekish va hosil olish mumkin bo’lgan unumdor yerlarning, yer osti va yer usti boyliklarining, o’simliklarning va hayvonlar nodir turlarining kamayib borayotganligi hamda atmosfera haroratining sezilarli darajada oshib borayotganligidan insoniyat behad azob chekmoqda. XX asr tugab XXI asrning dastlabki kunlarida, asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch keldi. Hozir sayyoramizda quyidagi global ekologik muammolar o’z yechimini kutmoqda:
Sayyoramizdagi ekologik muammolar
Ekologik muammoni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mosdir. Sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko’p jihatdan ekologik muammoning hal qilinishiga bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi dunyodagi barcha mamlakatlar, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar bilan hamkorlik va hamjihatlikda tabiatni, atrof muhitni himoya qilish, tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish masalalariga katta e’tibor va ahamiyat berib kelinmoqda. Buning natijasi o’laroq, atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlari Respublikamizda ko’plab qabul qilingi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida belgilab qo’yilganidek “Fuqarolar atrof, tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburlar”.
Insoniyatning kelajakdagi taqdiri hozirgi davrda mavjud ekologik muammolarni qanday hal qilishga, ekologik muammolardan aholini, tabiatni qanday muhofaza qilishga bog’liq bo’lib qoldi. Bunday deyilishida juda katta ma’no, tarixiy zaruriyat, ob’yektiv ehtiyoj bor. Chunki ekologik muammo zamirida alohida xalqlar millatlar va mintaqlarnigina emas balki butun insoniyatning kelajak taqdiri yotibdi.
Uzoq yillar davomida eski ma’muriy buyruqbozlik tizimi sharoitida Markaziy Osiyi mintaqasidagi ekologik muammolarga e’tibor berilmadi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga arzimas darajada kam mablag’ ajratilardi. Bu mablag’ tabiatga yetkazilgan zararni also qoplamasdi. Sobiq ittifoq zamonida atrof-muhit va atmosfera havosining ifloslanishi, tozaichimlik suvi yetishmasligi tashvishli hol ekani haqida bilib, bilmaslikga olindi. Qonunlar rasmiyat uchun qabul qilinadiyu, ammo ular hayotga joriy etilmadi. Sho’ro tuzumi davrida inson tabiatni o’z irodasiga bo’ysundirishi lozim degan soxta aqida uzoq yillar ustuvorlik qildi. Natijada barcha hududlarda ekologik muvozanat qo’pol ravishda buzildi. Mintaqamizda, shuningdek, O’zbekiston Respublikasida ham tashvishlanarli ekologik vaziyatlar yuzaga keldi.
O’zbekiston Respublikasiga sobiq ittifoqdan, skimustabid tuzumdan aytib o’tganimizdek paxta yakka hokimligi va boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan iqtisodiyot og’ir meros bo’lib qoldi. Respublikamizga xom ashyo yetishtirib beradigan chekka o’lka sifatida qaraldi. Mamlakatimizdan katta miqdorda yetishtirilgan paxta hosilining aksariyat hajmi tekinga tashib ketilar edi. Oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega materiallar jahon bozorining o’ta xaridorgir bo’lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foyda O’zbekiston xazinasiga tushmas edi.
Hududimizda yuz bera boshlagan ekologik inqiroz nihoyatda keskinlashib ketib, ijtimoiy tus ola boshladi. Ekologik tanazzuldan esa keng jamoatchilik tashvishga tushishi tabiiy hol,albatta. Odamlar qanday xavf qarshisida turganliklarini, atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar qanday ko’rgiliklarga olib kelganligini yaqqol his etdilar. Tabiatga qo’pol va takabburlarcha munosabatda bo’lish odamlarning qirilib, genofondning yo’q bo’lib ketishiga muqarrar ravishda olib kelishini tushunib yetgan kishilar, olimlar, shoir va yozuvchilar, mutaxassislar, deputatlar bong ura boshladilar. Dunyoning hamma mamlakatlarida, boshqa mintaqalarda sodir bo’lganidek Markaziy Osiyoda, O’zbekistonda ham ekologik muammolar dolzarb bo’lib qoldi. O’zbekistonda eng xavfli ekologik muammolar toza havo, ichimlik suv, tuproq tarkibining buzilishi va Orol dengizi muammolari hisoblanadi, mazkur “Ekologik muammolar” fanini o’rganish davomida bu muammolarning har birini ilmiy asoslangan holda qarab, tahlil qilib, oldini olish chora-tadbirlarini belgilaydi. Hammamiz havoning ifloslanishi, suvning ifloslanishi, shaharlarning qayta cho’llanishini, bog’larning qurib qolishi va shunga o’xshash muammolarni birgalikda oldini olishimiz, bartaraf etishimiz kerak, yo’qsa shoir bashorat qilganidek tog’u- bog’lar biz va bizning kelajak avlodlarimiz uchun bir butun shirin xayol bo’lib qolishi, armonga aylanishi mumkin:
Tayanch so’zlar:Biosfera, atmosferaning dimiqishi, ozon tuynugi, tuproq Eroziyasi, global, regional, lokal, pestisid.
Hozirgi vaqtda inson faoliyati ta'sirida biosferaning cfzgarishi juda tezlik bilan borayapti. Inson Yer kurrasining qiyofasini o'zgartirishda katta geologik kuch sifatida vujudga kelganini V.I.Vernadskiy tomonidan takidlab o'tilgan edi. Insonning tabiiy jarayonlardan noto'g'ri foydalanishi natijasida XX asrning o'rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta'siri bilan bog^liq xolda tabiatning insonga aks ta'siri, ya'ni uning iqtisodiyotida, hayotda xo'jalik ahamiyatiga molik bo’lgan jarayonlar, tabiiy xodisalar bilan bog'liq bo’lgan har qanday xodisa tushuniladi. (iqlim o’zgarishi, hayvonlarning yalpi ko'chib ketishi) tabiatdagi muvozanatning buzilishi oqibatida turli miqyosdagi ekologik muammolar shakllanmokda. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.
1. Global (umumbashariy).
2. Regional (mintaqaviy).
3. Lokal (mahalliy).
Global ekologik muammolar dunyo bo'yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen va sof antropogen ta'sirlar natijasida yuzaga kelib umumbashariyatga tegishlidir. Ana shunday ekologik muammolarning ba'zilari bilan tanishamiz:
Atmosferaning dimiqish xodisasi. Keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi SO2 miqdori ortib borayotganligi ma'lum bo'lib qoldi.
Natijada Yer yuzasining harorati oxirgi 100 yil ichida 0,5 - 1,0 gradus ortdi. Iqlimning keng ko'lamda o’zgarishi atmosferaning sanoat chiqindilari va avtotrasnportlardan chiqayotgan gazlar bilan bogMiq, Yer yuzasining global isishi, ya'ni atmosferaning dimiqishi SO2 ning havo tarkibida ortib ketishi, o'rmonlarning kesilishi, toshko'mir va benzin kabi yoqilg^ilarning yonishidan atmosferada to'planadigan SO2 gazi tufaylidir. Ana shu zaylda ahvol o'zgarmasa XXI asrning o'rtalarida yer yuzasining harorati 1,5-4,5 gradusgacha ortishi mumkin. Natijada:
1. Iqlimning o'zgarishi ayniqsa, cho'llanish jarayonining kuchayishi. Yogingarchilikning o’zgarishi. Dengiz va okeanlar satxining ortishi Muzliklarning Yerishi va kamayishi hamda boshqa hodisalar kuzatiladi.
Ozon qatlamining siyraklanishi:
Ozonosfera atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, u iqlimga va yer yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Atmosferadagi azonning eng muhim xususiyati uning doimo hosil bcflib va parchalanib turishidir. Ozon quyosh nurlari ta'sirida kislorod, azot oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo’ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib qolib yer yuzidagi tirik organizmlarni himoya qiladi. Ultrabinafsha nurlar miqdorining ortishi tirik organizmlarga salbiy ta'sir qiladi. Hozirgi davrda freonlardan keng foydalanish tufayli hamda aviatsiya gazlari, atom bombalarini portlatishlar atmosferada etarli miqdorda ozon to'planishiga imkon bermayapti.
Chuchuk suv muammosi:
Quruqlikda chuchuk suv va uning biosferadagi roli nihoyatda katta. Gidrosferada chuchuk suv miqdori juda oz (2-2,5 %). Jamiyatning rivojlanishi bilan aholining chuchuk suvga bo’lgan talabi ortib bormoqda. Bizning asrimizda chuchuk suvdan foydalanish 7 marta ortgan. Yiliga 3-3,5 ming km3 suv sarflanadi. Qurg'oqchil zonalarda daryolar suvidan to’liq foydalanilgan xolda ularning suvi etmay qolmoqda.
1980 yil boshlarida bundav holat Afrika, Avstraliya, Italiya, Ispaniya, Meksika, Nil, Amudaryo, Sirdaryo va ba'zi bir boshqa daryolarda kuzatila boshlandi. Daryolarning sanoat va maishiy zaxarli moddalar bilan ifloslanishi o'sib bormoqda. Sanoat yiliga 160 km3 sanoat va oqova suvlarini daryolarga tashlaydi. Bu ko’rsatgich daryolarning umumiy suv miqdorining 10% ini tashkil etadi. Daryolardagi toza suvlarda yildan yilga har xil Yerigan moddalar, zaxarli kimyoviy moddalar va bakteriyalarning miqdori ortib bormoqda. Pestitsidlardan foydalanish muammosi. . Ular tuproq va suvlardan o’simliklarga undan hayvonlar va odam organizmiga o'tadi. Pestitsidlar har bir bo'g'inda zararli va ziyon keltiradi. Pestitsidlarning zaharli ta'sirini oldini olish uchun quyidagi chora tadbirlarga amal qilish lozim.
1 . Hayvon va odamlarga ta'sirini susaytirish.
2. Tuproq va suvlarda to'planishining oldini olish.
3. Tez parchalanuvchi va beqaror pestitsidlarni sintez qilish.
4. Pestitsidlardan foydalanishni iloji boricha cheklash.
5. O’simliklarni biologik himoya qilish.
6. Tirik tabiatdagi o’simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi.
O'simliklar dunyosi, ayniqsa yer yuzidagi hayotni ta'minlashda o'rmonlarning ahamiyati juda katta. Aholi sonining ortishi xo'jalik faoliyatining kengayishi tufayli tabiatning inson qo'li tegmagan oyi qolmayapti. O’simliklar va hayvon turlarini davlat muhofazasiga olish qonunlar orqali ovchilikni to'g"ri yo'lga qo'yish, shuningdek ko’rikxonalar, zakazniklar, milliy bog'lar, botanika bog'lari va qizil kitoblar o'simliklar va hayvonlar lurlarini saqlashda katta rol o'ynaydi. Cho'llanish jarayoni:
Yer kurrasi quruqligining 40 mln km.kv maydoni qurg'oqchilik mintaqasi bo"lib, dunyo aholisining 15% dan ortig'i ushbu hududga mujassamlashgan qishloq xo'jaligining tezkor rivojlanishi, sug'oriladigan yerlar va yaylovlardan noto'g"ri foydalanish oqibatida, o'rmonlarning betartib kesilishi natijasida cho'llanish darajasi yil sayin ortmoqda. Inson ta'sirida vujudga kelgan cho'llar 9,1 mln. km. kv.ga etdi. Yer yuzasining ayrim mintaqalariga xos tabiiy-iqlim, ijtimoiy-ekologik, tabiat bilan inson o'rtasidagi o'zaro aloqalari natijasidayuzaga keladigan ekologik muammolar regional ekologik muammolar deb ataladi. Mintaqaviy ekologik muammolarga baho berishning mezoni havo va suvning ifloslanishi, tuproq eroziyasi, yaylovlarning ishdan chiqishi, o'rmonlarda daraxtlarning kesilishi. belgilangan miqdordan oshib ketishi va boshqalar hisoblanadi. Markaziy Osiyodagi mintaqaviy ekologik muammolardan eng muhimi Orol va Orol bo'yi ekologik muammosidir. Orol dengizi yaqin vaqtlargacha eng yirik dengizlardan biri hisoblangan. U muhim baliqchilik, ovchilik, transport va rekreatsion ahamiatga ega edi. Sug'oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida Amudaryo va Sirdaryoning suv quyishi 1970 yilga kelib 37,8 km3, 1980 yilda esa 11,1 km3 gacha kamayib ketdi. Suvning sho'rlanish darajasi litriga 9-10 g dan 34-37 g/litr gacha ortdi. Hozirgi kunda dengiz satxining yillik o'rtacha pasayishi 80-110 sm (oldin 53 sm bo’lgan 33 metr ga tushsa orol 2 ga bo'linib qoladi, hech bo'lmaganda 33,5 metr balandlikda saqlab qolish kerak). Orolning qurigan tubi yirik chang to'zon makoniga aylandi. Aholi ichadigan suv pestitsidlar bilan ifloslangan, keyingi 10 yil ichida o'lim 2 marta ortgan. Bolalar o'limi har tug'ilayotgan!000ta chaqaloqdan 45-90 taga to"g'ri keladi. Ayollarning 80%ida kamqonlik xastaligi uchraydi. Bolalarning 90%ida siydigida tuzlar miqdori ortib ketgan. Orol muammosining hal qilinishining tub mohiyati suv resurslaridan oqilona foydalanishni amalga oshirishga bog^liq. Orolni saqlab qolish uchun Markaziy Osiyo Respulikalari bilan birgalikda qisqa vaqt ichida yiliga 20-21 kub km suv Orolga quyiladigan miqdorda yagona suv xo'jalik siyosatini ishlab chiqish bunda Orolbo'yidagi barcha tabiiy ko'llarni saqlab qolish e'tiborga olinishi lozim. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi respublikada ijtimoiy ekologik holatiga muayyan darajada salbiy ta'sir ko’rsatadi. Respublikamizda tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar. l.Yirik xududiy sanoat majmualari joylahgan rayonlarda tabiatni muhofaza qilish muammolari. (Angren, Olmaliq, Chirchiq, Farg'ona, Marg'ilon, Navoiy va hakozo.) 2.Orol va Orolbo'yi muammolari, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan maqbul tarzda foydalanish. S.Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestitsidlari va mineral ug'itlar bilan ifloslanishi.
4.O"simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, va milliy bog'lar tarmog'ini kengaytirish. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 1 .Ekologik muammo deganda nimani tushunasiz? 2.Atmosferaning dimiqish hodisasini tushuntiring? 3.Ozon qatlamining siyraklashish muammosini tushuntiring? 4.Pestitsidlardan foydalanish qanday ekologik muammolarni keltirib chiqaradi? S.Orol va orolbo’yi ekologik muammolarning yuzaga kelish sabablarini tushuntiring? birgalikda qisqa vaqt ichida yiliga 20-21 kub km suv Orolga quyiladigan miqdorda yagona suv xo'jalik siyosatini ishlab chiqish bunda Orolbo'yidagi barcha tabiiy ko'llarni saqlab qolish e'tiborga olinishi lozim. Mahalliy ekologik muammolar. (lokal.) Mahalliy ekologik muammolar turli korxonalar faoliyati, yerlarni sug'orish, yaylovlardan noto’gri foydalanish natijasida vujudga kelsada malum hududlar uchun xosdir Respublikamizda tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar. l.Yirik xududiy sanoat majmualari joylahgan rayonlarda tabiatni muhofaza qilish muammolari. (Angren, Olmaliq, Chirchiq, Farg'ona, Marg'ilon, Navoiy va hakozo.) 2.Orol va Orolbo'yi muammolari, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan maqbul tarzda foydalanish. S.Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestitsidlari va mineral ug'itlar bilan ifloslanishi. 4.O"simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, va milliy bog'lar tarmog'ini kengaytirish.
Markaziy Osiyo va O’zbekistonning qishloq xo’jaligi mintaqalari.
Qishloq xo`jaligi Markaziy Osiyo davlatlari xalq xo`jaligining eng muhim ishlab chiqarish tarmog`I bo`lib, aholini oziq-ovqat maxsulotlariga , yengil va oziq- ovqat sanoat tarmoqlarini xom-ashyoga bo`lgan ehtiyojini ta`minlaydi. Qishloq xo`jaligi xalqning moddiy farovonligini oshirishda katta ahamiyatga ega bo`lib, o`simlik va hayvonot mahsulotlarini dastlabki yoki to`liq qayta ishlashning turli jarayonlarini ham o`z ichiga oladi.
Markaziy Osiyo regioni uzoq yillar davomida asosan qishloq xo`jaligi mahsulotlari xom-ashyosini yetishtirishga ixtisolashgan edi. Xududdagi davlatar hozirgi kunga kelib, xom- ashyo yetishtirishni sifat va miqdor jihatdan yaxshilash va kmo`paytirishga, tayyorlagan xom-ashyoni boshqa davlatlarga kamroq chiqarishga va ularni o`z hududlarida sanoat usulida qayta ishlab, tayyor maxsulotlar ishlab chiqib, o`z iste`molidan tashqari eksport jarayonini rivojlantirishga e`tiborini qaratishmoqda.
Mintaqada qishloq xo`jaligi shu hududda yashayotgan xalqning tarixiy yillar davomida to`plagan xo`jalik yuritish madaniyatidan ,shuningdek , tabiiy sharoit va resurslardan samarali va unumli foydalanish asosida shakllangan va taraqqiy etmoqda.
Haqiqatdan ham Markaziy Osiyo tabiiy sharoiti xilma-xil va tabiiy hamda mehnat resurslariga boy o`lka. Shular negizida regionda qishloq xo`jaligining yetakchi tarmoqlari o`simlikshunoslikda: paxtachilik va paxta majmuasi: donchilik, ayniqsa bug`doy, sholi, makkajuxori, arpa: mevachilik va uzumchilik, poliz va sabzavotchilik; chorvachilikda: qaramolchilik, qo`ychilik, yilqichilik, tuyachilik, parandachilik, asalarichilik va boshqa tarmoqlar shakllangan va rivojlantirilgan.
Markaziy Osiyo hududining turli-tuman tabiiy sharoitlari , resurslar bilan ta`minlanganlik darajasi shuningdek aholining asrlar davomida to`plagan qishloq xo`jaligi yuritish madaniyati hamda davlatning ehtiyojlari asosida unda qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishda mintaqaviy farqlanishlar bo`lishligiga olib kelgan va bu hol ko`zga yaqqol tashlanadi. Jumladan Qozog`istonning shimoliy hududi donchilik, sut-go`sht chorvachiligi hamda mayin junli qo`ychilik juda katta maydonni egallagan. Chala cho`l va cho`llar chorvachilik (go`sht, jun, qo`ychiligi va qorako`lchilik) sug`orma dehqonchilikga; tog` oldi va tog` yaylovlari ko`pchilik, yirik shoxli qaramolchilik, yilqichilikka; janubdagi voha qismlari paxtachilik, mevachilik hamda sut- go`sht qaramolchiligiga ixtisoslashtirilgan bo`lsa, Sobiq O`rta Osiyo regionlaridagi vodiy va vohalar paxtachilik, bug`doychilik, uzumchilik, polizchilik va pilla yetishtirishga; cho`l yaylovlari qorako`lchilik, go`sht-jun chorvachiligi va tuyachilikka; tog’ oldi va tog` yaylovlari esa go`sht –jun ko`pchiligi, go`sht-sut qaramolchiligi hamda yilqichilikka; baland tog` hududlari yaylov chorvachiligiga ixtisoslashtirilgan.
Markaziy Osiyoda dehqonchilik tarmoqlari qishloq xo`jalik maxsulotlarining asosiy qismini yetkazib beradi. Respublikalarda deehqonchilikning tarkibi ham bir – birlaridan farqlanadi. Jumladan ,Qozog`iston, Qirg`izistonda donchilik muhim o`rinni egallaydi. O`zbekiston, Turkmaniston va Tojikistonda sug`orma dehqonchilik uning muhim tabiiy qismi paxtachilikning ahamiyati juda katta. Shuningdek, chorvachlikda, Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkmanistonda ko`pchilik yetakchilik qiladi. O`zbekiston, Tojikiston respublikalarida ko`pchilik bilan birga qaramolchilik, tuyachilik, pillachilik, asalarichilik, yilqichilik ham muhim tarmoq hisoblanadi. Qozog`iston respublikasida hozirgi vaqtda 25 mln, boshdan zoiyot qo`y va echkilichik bor. Qoramolchilik chorvachilikning ikkinchi tarmog`I hisoblanib uning soni8 mln. boshdan ortiqdir. Respublikada dehqonchilik qiladigan maydon 34 mln.ga bo`lib, uning 2/3 qismida bahorgi bug`doy, ara, tariq, makkajo`xori, sholi, qolgan qismiga paxta, qandlavlagi, kartoshka va yem-xashak ekinlari ekiladi.
Qig`izistonda dehqonchilikning yetakchi tarmog`I donchilik bo`lib, barcha ekin maydonlarining ½ qismida donli ekinlar yetishtiriladi. Texnik ekinlardan, paxta, tamaki, qandlavlagi ekiladi. Chorvachilikda mayin junli qo`ychilik ustunlik qiladi.
Turkmanistonda sug`orma dehqonchilik ustunlik qiladi va sug`orib ekiladigan yerlar maydoni 1.3mln,ga.dir. Donchilik va paxta yetishtirishga ixtisoslashtirilgan. Chorvachilikda qorako`lchilik yetakchi tarmoq hisoblanadi.
Tojikistonda paxtachilik, donchilik, bog`dorchilik tarmoqlari muhim tarmoqlar hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasida dehqonchilikda paxtachilik yetakchi tarmoq hisoblanadi. O`zbekiston jahonda yalpi paxta hosili yetishtirish bo`yicha 4- o`rinda, paxta tolasi eksport bo`yicha 2- o`rinda (AQSH dan so`ng) turadi. Dehqonchilikda shuningdek, g`allachilik, sholikorlik, kanopchilik, lavlagikorlik, mevachilik, uzumchilik, polizchilik, sabzavodchilik, chorvachilikda qaramolchilik, qo`ychilik, asosan qorako`lchilik, echkichilik, parandachilik, yilqichilik, tuyachilik, asalarichilik tarmoqlari ham asosiy sohalarga kiradi.
Sobiq Ittifoq davrida qishloq xo`jalligi ishlab chiqarishni “markaz” boshqarar, natijada yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanishga chek qo`yilgan edi. Jumladan O`zbekistonda 1987-yilga kelib jami sug`oriladigan yerning (2.1mln.ga) 60% dan ko`prog`iga chigit ekilgan , paxta yakka hokimligi hukumronlik qildi. Bunday holatlar Markaziy Osiyodagi boshqa respublikalar qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishga ham jalb qilingan edi.
Mustaqillik qishloq xo`jaligini yuritishning “markaz”lashgan shakliga chek qo`ydi. Regiondagi barcha respublikalar qishloq xo`jaligida chuqur islohatlarni amalga ohirish davri boshlandi. Qishloq xo`jaligiga bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o`tish, mulkni davlat ehtiyojidan chiqarish va xususiylashtirish, fermer, shirkat va boshqa xo`jalkiklar faoliyatini shakllantirish va taraqqiy ettirish chora tadbirlarini ishlab chiqarishga katta e`tibor bermoqdalar.
Masalan: O`zbekistonda paxta maydonlari qidqartirildi, tarkibiy tuzulishiga o`zgartirishlar kiritildi, g`alla maydonlarining ulushi 40 %ga yetkazildi va 3.0mln tonnadan ortiq g`alla tayyorlashga erishildi. Respubliklarda qishloq xo`jaligi sohasida xo`jalik yuritishning shirkatlar, ijarachilar uyushmasi, xususiylashtirilgan shakllari yatraildi, qishloqda fermerlar va dehqon xo`jaliklari paydo bo`ldi.
O`zbekistonda bugungi kunga kelib islohatlar markazi qishloq xo`jaligiga ko`chirildi. Buning sababini biz Islom Karimovning “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: havfsizlikka taqdid, barqaroerlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asrida (1997)gi fikr- mulohazalardan ham bilsak bo`ladi:- “Hozirgi vaqtda aynan iqtisodning agrar sektorida katta-katta zahiralar mavjud. Ularni ishga solish yaqin vaqt ichidayoqsezilarli natijalar erishi mumkin. Bugungi iqtisodiy o`zgarishning yakuni, o`zgarishlar jarayonlari agrar sektorni qanchalik chuqur borishiga bog`liq bo`ladi”.
Markaziy Osiyo Respublikalarida qishloq xo`jaligini rivojlantirish uchun dunyodagi rivojlangan mamlakatlar tajribasiga katta e`tabor qaratilmoqda va qishloq xo`jaligi tarmoqlari ishlab ciqarishni taraqqiy ettirish uchun sanoatni takomillashtirish va rivojlantirishga harakat qilmoqda. Chunki, qishloq xo`jaligiga eng avvalo sanoatning taraqqiyoti , fan va texnikaning taraqqiyoti bilan bog`liq. Shuningdek qishloq xo`jaligi tarmoq larini jadal taraqqiy ettirish uchun katta miqdorda moliyaviy resurslar ajratishga, uning moddiy- texnika va ilmiy, bazasini yuqori darajada yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar ko`rishmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
Yaxontov V . V ., Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari va mahsulotlari zararkunandalari va ularga qarshi kurash, T., 1953;
Pospelov S.M., Oʻsimliklarni himoya qilish, T., 1978;
Abdullaev O., Toshmatov Z., Uzbekiston ekologiyasi bugun va ertaga. T. Fan, 1992 y.
Rafikov A.A., Geoekologik muammolar. T.Ukituvchi, 1997.
Otaboev Sh., Nabiev M. Inson va biosfera. T.Ukituvchi, 1995.
Tuxtaev A.S. ekologiya. T.Ukituvchi, 1988.
Gerasimov I.P. ekalogicheskie problem’ v proshloy nostoyashiy ibudushey geografii mir M Nauka 1985
Izrael Yu.A. ekologiya i kontrol sostoyaniya prirodnoy sredi M Gidrameteozdat 1984
Monitoring prirodnoy Sredi v basseyne Aralskogo morya L Gidrometedizdat 1991
Tuxtaev A. Xamidov A. Ekologiya asoslari va tabiatni muxafoza kilish Toshkent O’qituvchi 1992
Novikova G. A. Osnova obshey ekologii i oxrana prirodi LGU 1979
Alimov T.L. Rafikov A.A. Ekologiya xatolik saboqlari T 1991
Alibekov L.A., Nishonov S.A. – Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan ratsional foydalanish. Toshkent, «O‘qituvchi», 1983.
Alibekov L.A. – Landshaftlarni muhofaza qilish. Toshkent, «Fan», 1985.
Baratov P.B. – O‘zbekiston tabiiy geografiyasi. Tashkent «O‘qituvchi» 1996.
Baratov P.B., Mamatqulov M., Rafiqov A. – O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi. Toshkent, «O‘qituvchi», 2002.
G‘ulomov P., Hasanov I., - O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi. Tashkent, Universitet 2002 y.
Axmedov N., Hoshimov M., Shoymurodov T. – Kitob geologik qo‘riqxonasi. Samarqand, 1997.
Do'stlaringiz bilan baham: |