Iqtisodiyot fakulteti



Download 407,9 Kb.
bet4/30
Sana20.06.2021
Hajmi407,9 Kb.
#71634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
kurs ishi

Mikroiqtisodiyot (yun. μικρός — kichik) — iqtisodiy nazariyaning ayrim bir xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni, ularning faoliyati va milliy iqtisodiyotga taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi; mikroiqtisodiyot oʻrganadigan asosiy obʼyektlar — uy xoʻjaligi va nisbatan katta boʻlmagan korxonalardir.Jahon statistikada uy xoʻjaliklariga birgalikda yashovchi kishilar guruhlari yuritadigan umumiy xoʻjalik sifatida qaraladi. Odatda, bunday xoʻjalik oila, yaʼni erkak va ayol nikohiga yoki qonqarindoshlikka asoslangan kichik guruhdir.

Uy xoʻjaligi vazifalariga: 1) ishlab chiqarish omillarini (masalan, ishchi kuchini) sotishdan va mol-mulkdan (uy-joy va yerdan ijara haqi, bankka qoʻyilgan pul foizi, aksiya daromadi) daromad olish; 2) uy xoʻjaligini yuritish (yordamchi qishloq xoʻjaligida ishlash, isteʼmol mollari va xizmatlarni harid qilish, oziq-ovqat mahsulotlarni uyda tayyorlash, moddiy va maʼnaviy neʼmatlardan foydalanish); 3) bolalarni tarbiyalash; 4) «tashqi» iqtisodiy aloqalar (davlatga soliq toʻlash, transfert toʻlovlar olish, xorij bilan iqtisodiy aloqalar, shu jumladan, xorijdan pul joʻnatmalari, posilkalar olish) kiradi. Mikroiqtisodiyot oʻrganadigan yana bir manba tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va ularni sotish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik tashkilotlari — korxonalardir. Bunday tashkilotlar jismoniy va yuridik shaxslar (firmalar) egaligida boʻlishi mumkin. Xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar sirasiga isteʼmolchilar, xodimlar, kapital qoʻyuvchilar, yer egalari, firmalar, umuman, amalda iqtisodiyotning faoliyat koʻrsatishida muhim rol oʻynaydigan har qanday tadbirkor kiradi. Mikroiqtisodiyot quyi boʻgʻinlarda iqtisodiy qarorlar qanday va nima uchun qabul qilinishini, masalan, isteʼmolchilar tovarni harid qilish toʻgʻrisida qarorni qay tarzda qabul qilishini va ularning tanloviga narxnavo va daromadlar oʻzgarishlari qanday taʼsir koʻrsatishini; firmalar ish oʻrinlari sonini qanday rejalashtirishi; xodimlar qayerda va qancha ishlashni qanday hal etishini izohlab beradi.

Mikroiqtisodiyotning muhim jihati — xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning iqtisodiyot tarmoqlarida yanada yirikroq tuzilmalar — bozorlar paydo boʻlishi jarayonidagi oʻzaro munosabatlaridir. Mikroiqtisodiyot ayrim sanoat tarmoqlarining tarixiy taraqqiyoti va milliy iqtisodiyotning shakllanishi mantigʻini tushunishga yordam beradi. U ayrim tovarlarga narxnavo qanday belgilanishini, yangi zavodlar qurilishida muayyan sohani va ishlab chiqarishni rivojlantirishga qanday mablagʻlar ajratilishini va nima uchun investitsiya qilinishini, har yili aniq qancha tovarlar ishlab chiqarilishini tushuntirib beradi. Mikroiqtisodiyot yakka tovar ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar faoliyatini oʻrganar ekan, sanoat tarmoqlari va bozorlar qanday ishlayotgani va rivojlanayotganini, ularning faoliyatiga hukumat siyosati mamlakatlardagi iqtisodiy sharoitlar qanday taʼsir etayotganini ochib beradi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimovning bevosita tashabbusi va rahbarligida har tomonlama puxta o'ylab ishlab chiqilgan taraqqiyotning “O’zbek modeli”ni izchil amalga oshirish orqali iqtisodiyotimiz misli ko‘rilmagan katta muvaffaqiyat va natijalarga erishdi.

Jumladan,mustaqillik yillarida milliy xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib,ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan meros bo‘lib qolgan bir tomonlama xomashyo ishlab chiqarish bo‘yicha rivojlanish,paxta yakkahokimligi va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalari o‘rtasidagi muvozanatlik va mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Soliq, byudjet va tashqi iqtisodiy faoliyat sohalarida, bank tizimi faoliyatida mustahkam barqarorlik, davlat qarzini nisbatan past darajada ushlab turish ta’minlanib mamlakatimizning jahon miqyosidagi obro‘-e’tiborini yuqori darajaga ko‘tarishga erishilmoqda



„ Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan modemizatsiya, tarkibiy o‘zgarish va diversifikatsiya natijasida yangidan-yangi zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilmoqda. Bu o‘zgarishlar va xalqimizning fidokorona mehnati natijasida yaratilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining ko‘payib,sifati tubdan yaxshilanib borishiga, aholi daromadlari va turmush darajasining keskin o‘sishi, ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchining tobora oshib borishiga olib kelmoqda. Ma’naviy jabhada ham tub o‘zgarishlar qilinib, jamiyat a’zolari ongida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi shakllantirildi. Ayni paytda, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-yanvarda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan majlisida va boshqa majlislarda qilgan ma’ruzalaridan bizga shu narsa ma’lum bo‘lib turibdiki, mamlakatimizda erishilgan ulkan yutuqlar bilan bir qatorda bugungi kunda xalqaro miqyosda va mamlakatimiz ichida o‘z yechimini topmagan muammolar, hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar ham juda ko‘p ekan. Bugungi kunda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etib turishi, dunyoning turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan qaramaqarshiliklaming kuchayib borishi, jahon bozorida vaziyatning tez o‘zgarayotgani dunyoning ko‘plab mamlakatlarida investitsion faollikning susayishi real iqtisodiyotda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati pasayib borishi ro‘y berib, jahon bozorida xarid talabining kamayishi davom etmoqda, ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda, ijtimoiy keskinlik kuchaymoqda. Bundan tashqari mamlakatimizdagi ayrim sohalar, tarmoqlar va kompaniyalarda eksport hajmi kamayib, import hajmi oshib ketishi, ko‘plab kapital mablag‘lar sarflanishiga qaramay ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligining pasayib ketishi fan-texnika taraqqiyoti yuz berib, yangi texnika va texnologiyalarning kirib kelishiga qaramay ketgan xarajatlar va mahsulot tannarxi pasayish o‘miga aksincha, oshishi holati yuz berishi, valyuta munosabatlarining tartibga solinmaganligi, naqd pul bilan naqd pulsiz hisob-kitoblar o‘rtasida farq mavjudligi kabi noxush holatlar sodir bo‘lib turibdi. Bu holatlar mamlakatimiz oldida turgan keng ko‘lamli dasturiy maqsad va vazifalar - islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish iqtisodiyotni modemizatsiyalash, diversifikatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish, xususiy mulk, xususiy tadbirkorlikni kuchaytirish, iqtisodiy rivojlanish yo‘lida g‘ov bo‘lib turgan barcha to‘siq va cheklovlami bartaraf etish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmonida belgilangan vazifalar va muammolarni bartaraf etish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishni talab qiladi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, hayotning o‘zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini topish lozim bo ‘ lgan yangi va yanada murakkab vazifalami qo ‘ ymoqda. Ushbu muammolar va hayotning o‘zi oldimizga qo‘ygan murakkab vazifalami tezroq hal qilish, ulaming yechimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini chuqurroq tushunish ko‘p jihatdan kishilaming iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ulaming talablari, ziddiyatli va chalkash xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlami yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarkibiy o‘zgartirish, modemizatsiyalash va diversifikatsiyalashning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir. “Iqtisodiyot nazariyasi” fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo‘jaliklaming bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, unumli mehnat qilish yo‘llarini va shakllarini o‘rgatadi. Jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlami bilish va ulaming amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lgan bilimlami berishda «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining roli beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantirish, ulaming ilmiy dunyoqarashini chuqurlashtirish va kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish kabi muhim amaliy vazifalami bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda. “Iqtisodiyot nazariyasi” fani mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilaming daromadlari, ulaming turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog‘ liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilaming ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko‘payishi, uning to‘g‘ri taqsirftlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog‘liqligini ham o‘rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishiga, ulaming intellectual kamolotga erishuvida muhim rol o‘ynaydi. Doimiy o‘zgarib turuvchi ichki va tashqi iqtisodiy muhit, uning insonlar, korxonalar, mamlakatlar va butun dunyoga kuchayib boruvchi ta’sirini kuzatib, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan xatti-harakatlar, iqtisodiy faoliyat jarayonlarini oldindan sezish va ko‘ra bilish, qisqacha qilib aytganda,iqtisodiy ziyraklik - yuksak ma’naviyatli shaxs fazilatlaridan biri bo‘lib, uni chuqur iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarsiz tasavvur etish mumkin emas. Shuningdek, «Iqtisodiyot nazariyasi» fani kishilaming jamiyat iqtisodiy hayotini tashkil etish, unda faol ishtirok etish, yanada rivojlantirish borasida jamiyat va davlat oldidagi javobgarliklari, ya’ni iqtisodiy mas’uliyatlarini tarbiyalashda yetakchi o‘rin egallaydi. Biz qurayotgan erkin, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik fuqarolik jamiyatiga barcha jamiyat a’zolarida iqtisodiy madaniyatlilikni shakllantirish orqali erishishimiz mumkin. Bu esa amaldagi iqtisodiy qonunlar, qoidalar to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, o‘zlashtirilgan bilimlar asosida mehnat va ishlab chiqarish faoliyatlarini tashkil eta olish xususiyatini namoyon etib, uni faqat mazkur fan xizmatlari orqali ta’minlash mumkin. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani faqat bilish bilan cheklanmay, balki iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarning turli darajadagi amaliy tatbiqi bilan ham shug‘ullanadi. U davlatning iqtisodiy siyosatini shakllantirish, iqtisodiy islohotlami samarali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan nazariy qoida va amaliy tavsiyalami ishlab chiqishda faol ishtirok etadi.


Download 407,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish