Iqtisodiyot fakulteti


Mamlakat ichki iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash



Download 62,02 Kb.
bet6/8
Sana06.07.2021
Hajmi62,02 Kb.
#110543
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtisodiy Xavsizlik mustaqil talim

3 Mamlakat ichki iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash

Mamlakat  ichki  iqtisodiy  xavfsizligini  ta’minlash muhim  sharti  barqaror  iqtisodiy  o‘sishni  ta’minlash aholi  turmush  darajasini  oshirish  va  turmush  sharoitlarini  yaxsh ilash  hisoblanadi.  Chunki  ijtimoiy  sohada, hayotda  keskinlikning  vujudga  kelishi  mamlakat  iqtisodiy  xavf sizligi uchun  xavf -xatar  tug‘dirishi  shubhasizdir.

Iqtisodiy  xavfsizlikka  tahdid soluvchi  omillar aholi  turmush  sharoitlari  bilan  bog‘liq  muammolar  va ziddiyatlar  hisoblanadi.  Ayniqsa,  yurtboshimiz  Islom Karimov  “Milliy  davlatchilikni  shakllantirtsh !,  demok­rati  islohotlarni  amalga  oshirish ,  iqtisodiyotni bir holatdan  ikkinchi  holatga  o‘tkazish  hamda  bozor  munosabatlariga  o‘tishdazrida  ijtimoiy  muammolarga  alohida  e’tibor  berish  zarur ”ligini  ta’kidlagan  edi.  Ijtimoiy  muammolar  o‘z  vaqtida  hal etilm asa  yoki  yuklatilmasa,  ular  xavf sizlikka  taxdid  soluvchi  omilga  aylanadi .  Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  davrida ijtimoiy muammo va ziddiyatlarning keskinlash ishi mamlakat xavfsizligiga  tahdid  soluvchi  omilga  aylanadi.  Shu  boisdan, Pryezidyent  I.Karimov  “Tarix  saboqlari  shundaki,  uning aynan  keskin  burilishlarida ,  ijtimoiy  formasiyalar almashinayotganda ijtimoiy  muammolar  va  ziddiyatlar g‘oyat  keskinlashadi,  milliy  xavfsizlikka,  fuqarolar tinchligiga  va  barqarorlikka  taxdid  soluvchi  omilga  aylanadi.

Yurtboshimiz  bunday  xolatni  keltirib chiqaruvchi sabablarning eng muhimlarini ko‘rsatib bergan. Ular quyidagilardan  iborat:

1.  Ijtimoiy  ziddiyatlar o‘z  mohiyatiga  ko‘ra ham siyosiy,  ijtimoiy  va  iqtisodiy  o‘zgarishlarni  harakatlan tiruvchi kuch  bo‘lib  xizmat  qiladi.  O‘zgarishlarning qay tarzda  borishi  yoki  bo‘lmasa,  keskin  shakllarga  kirishi  ijtimoiy  noroziliklar ,  stixiyali  portlashlar, fuqarolar urushlari  va  inqirozlar  tusini  olishi

2. Islohotlarning  mohiyatiga  to‘ralar chaputur  yetkazish,  ijtimoiy  adolatni  buzish, hokimiyatning  turli pog‘onalaridagi  korrupsiya  aholining  tang  ahvolini  yanada  yomonlashtiradi  va  oqibatda  jiddiy,  ijtimoiy ziddiyatlarga  olib  kelishi  ham  mumkin.

3. Keng  ko‘lamdagi  uzoq  muddatli  isloh  qilish  jarayonining  dastlabki  bosqichini  I .A Karimov  eng  qiyin,  ijtimoiy  portlash  xavfi  bo‘lgan  bosqich  deb  atagan.  Chunki o‘tish  davri  ko’p  hollarda  bir  qancha  hal  etilmagan  ijtimoiy  muammolarni  keltirib  chiqaradi  va  ular  zamiridagilar  soladigan  kuchni  o‘zida  saqlab  turadi.

4.  Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  sharoitida  kishilarning eskicha  va  yangicha  fikrlashlari  o‘rtasidagi,  o‘tmish  va  hozirgi zamondagi qadriyatlar tizimi o‘rtasidagi ziddiyatlar yanada keskinlashadi  “Ijtimoiy  muammolarning  keskinligi  kimlarningdir  kambag‘alligi  yoki  boyligida  emas,  balki  ushbu ijtimoiy  tabaqalar  o‘rtasida  haddan  tashqari  to’la  farq paydo  bo‘lishidadir.  Bu  esa,  beixtiyor  ularning  qarama-qarshiligiga  olib  keladi  deb  aytgan  edi  IAKarimov.

Ushbu  fikrlarga  tayangan  holda,  eng  muhim  iqtisodiy taxdid  aholining  turli  tabaqalari  daromadlarida  diffyeryensiallashuv  darajasining  yuqoriligidadir .  Natijada ,  aholi  ichida  kambag‘allar  qatlami  ko‘payadi.  Bunday  hol  ham  iqtisodiy  xavfsizlikka taxdid  hisoblanadi.  Hadislarda  “Kambag‘allik  eng  katta  baxtsizlik  va  zo‘r musibatdir.  Muhtojlik  odamni  hammaga  dushman,  behayo qiladi,  insof  va    qo‘lidan  oladi,  quvvat  va idrokini  zaiflashtiradi.  Muhtojlik  gunoh  va  fasod manbaidir deb  bejiz  aytilmagan.

Aholi  daromadlari  o‘rtasidagi  farqlarga  quyidagi holatlar ta’sir ko‘rsatmoqda:

-  iqtisodiyotning  turli  sohalarida,  mamlakatning turli mintaqalarida  daromad  olish imkoniyatlarining barobar  emasligi;

-  mamlakatning  60 % dan  ortiq  aholisi  yashayotgan qishloq  joylardagi  yashirin   ishsizlik  hamda  kichik  va o‘rta  biznesning  yetarli  darajada  rivojlanmayotganligi salbiy  ta’sir  ko‘rsatmoqda  Oilalarning  pul daromadlari  tarkibida  47%ga  yaqiyus  turli  shakldagi  tadbirkorlik  va  xususiy  mehnat  faoliyatiga  to‘g‘ri kelmoqda.

Aholi  turmush  darajasi  barqaror  o‘smoqsa.  Shu  boisdan O‘zbekistonda  aholi  turmush  darajasiga  va  hayot  sharoitlari  bilan  bog‘liq  ijtimoiy  taxdidlar  birmuncha  kamaydi. Ammo  aholi  turmush  darajasini  oshirishda  ma’lum  muammolarni  hal  etish  taqazo etiladi.  Juftlardan,  turli iqtisodiyoga  tarmoqlari  bo‘yicha  ishchi  va  xizmatchilarning  o‘rtacha ish  haqlari  keskin  farqlanmoqda.  Qishloq xo‘jaligida  band bo‘lgan  xodimlar  ish  haqlari  o‘rtacha  respublika  darajasiga  nisbatan  60%dan  ortiqni  tashkil  etib,  sanoatdagi  haftacha ish haqiga nisbatan uch barobarga  kam. Bunday tafovut keskin bo‘lib,  ma’lum  iqtisodiy  taxdidni  keltirib  chiqaradi  Shuningdek, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohalarida, ya’ni sog‘liqni sakrash,  ta’lim,  madaniyat  va  san’at  sohalaridagi  xodimlaring  o‘rtacha  oylik  ish  haqlari  o‘rtacha  resurslar darajasining  60-80%ini  tashkil  etmoqda.  Baholangki,  ushbu  tarmoqlarda  xodimlarning  bilim.  Kasb-malaka  darajalari  boshqa tarmoqlardagilarga  nisbatan  ancha  yuqoridir.

Yana  bir  muxim  ijtimoiy  tahdid  real  ishsizlik hisoblanadi.  Iqtisodiy  faol  aholi  ichida  ishsizlikda ­ darajasi  10%dan  oshib  ketsa,  u  iqtisodiy  taxdidni  vujudga  keltiradi.  Ishsizlikning  vujudga kelishi  bozor iqtisodiyoti  qonuniyatlaridan  biridir.  Ammo  ishsizlik tufayli  kambag‘allik,  hatto  qashshoqlik,  jinoyatchilik, narkomaniya  va  shunga  o‘xshash  ijtimoiy  ofatlar   ijtimoiy  norozilikning  kelib  chiqarishi tabiiydur.

Ushbu  iqtisodiy  tahdidning  yana  bir  xususiyati  Respublika  qishloq  xo‘jaligida  ortiqcha  bandlikning  mavjudligi  hisoblanadi.  Chunki  bu  mehnat  resurslaridan ekstensiv,  unumsiz  foydalanishga,  oxir-oqibatda  saqlab chiqarish  samaradorligining  pasayishiga  olib  keladi .

Hozirgi  davrda  qishloq  xo‘jaligida  ortiqcha  ishlab  chiqarish  natijalariga  ziyon  yetkazmagan  holda  bo‘shatib  boshqa sohalarga  o‘tkazish  lozim  bo‘ladi.

Mamlakatimizda rasmiy ishsizlik darajasi 0,4-0.5%ni tashkil  etadi.  Ammo  norasmiy  yashirin  ishsizlik  darajasi ancha  yuqori  bo‘lib,  u  5%dan  yuqorini  tashkil  etadi. Bundan  ko‘rinib  turibdiki,  ishsizlik  xavfsizlikning quyidagi asosidan  ancha  beri,  ya’ni  u  hali  iqtisodiy  tahdid  darajasiga  yetgani yo’q.

Shuni  aytib  ketish  joizki,  keyingi  yillarda  ko‘plab ish  o‘rinlari yaratilmoqda.  Ammo  ularning  o‘sish  suratlari  aholining  ko‘payish  suratlaridan  orqada  qolmoqda.  Ishsizlar  bilan  bir  qatorda  ko‘p  miqdordagi  bo‘sh  ish joylari  bor  va  bu  taklif  etilgan  ishchi  kuchishing  ma’lumot -malaka ,  ish  tajribasi  darajasiga ko‘ra  talabga mos emasligi tufayli yuzaga kelgan. Boshqa tomondan, ishchi kuchiga  talab  ko‘pincha  taklif  etilgan  ish  haqining  kamligi  tufayli ishchi  kuchini  taklif  etishga  mos  kelmaydi.

Bu hol hisobga  olinmagan  ish  bilan bandlikning,  ya’ni qonun  yo‘li   bilan  taqiqlanmagan  daromad   keltiruvchi, ammo  soliq  solishdan  yashirib  kelinadigan  har  qanday faoliyatning  kengayishiga  ham  olib  keladi.

Umumiy  ijtimoiy-iqtisodiy  taxdid  aholining  kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish darajasi xisoblanadi. Bu ko‘rsatkichning  O‘zbekiston  uchun  xavfli  chegarasi  60  yoshni  tashkil etadi.  Kutilayotgan  umr  qo‘rish  darajasi  aholi  salomatliling  ahvoliga  baho  beruvchi  asosiy  mezon  hisoblanadi.

Respublikamizda  mustaqillik  yillarida  aholining  uzoq umr  ko‘rish  darajasi  67  yoshdan  73,1  yoshga o‘sdi.  MDH mamlakatlarining aksariyatida shu davrning o‘zida mazkur ko‘rsatkichda  qisqarishga  bo‘lgan  moyillik  kuzatildi.

Aholi  salomatligini  barqaror  darajada  tutib  turish, munosib turmush sharoitini yaratish,  jumladan, ichimlik suvi bilan  ta’minlash  bo‘yicha  keng  qamrovli  davlat  dasturlari, ayollar  va  bolalarga  g‘amxo‘rlik  ko‘rsatilishiga  bog‘liq  bo‘ldi.

Shu  bilan  birga,  aholi  salomatligida  keyingi  paytlarda  yuz  berayotgan  va  respublikamiz  uchun  nisbatan  yangi bo‘lgan,  ham  tibbiy,  ham  ijtimoiy-iqtisodiy  muammolar   tufayli   vujudga  kelgan  salbiy  o‘zgarishlar  katta xavotir  uyg‘otmoqda.  Bular   jumlasiga,  avvalam bor,  sil bilan  kasallanganlarning  ko‘payishi  kiradi.

Aholi  salomatligi  va  kutilayotgan  o‘rtacha  umr  ko‘rish darajasiga  salbiy  ta’sir  etuvchi  giyohvandlik  va  toksi komaniya  bilan  kasallanishning  ko‘payishi  ham  o‘ta  xavfli   ijtimoiy  taxdid  xisoblanadi. 

Giyohvandlik  va  toksi-6  O‘zbekiston  Respublikasi  Iqtisodiyot  vazirligi  ma’lumotlari asosida  tuzilgan. komaniya bilan kasallanish ning eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent  shahri,  Xorazm ,  Samarkand,  Navoiy  va  Buxoro viloyatlarida  qayd  etilgan.  Ushbu  kasallik  bilan  bog‘liq  vaziyat shu   qadar  murakkabki,  uning  oqibatida  aholining genafoniga jiddiy xavf tug‘diradi.

Mamlakat  ichki  xavfsizligiga  taxdidlar  jumlasiga quyidagilarni  kiritish  mumkin:

-  aholi,  shu  jumladan ,  mehnatga  layoqatli  aholi, mehnat  resurslari  sonining  o‘sish  sur’atlarining  asosiy  fondlar yaratayotgan  yangi  o‘rinlarning  o‘sish  sur’atlariga  nisbatan  orqada  qolishi,  kelgusida  ishsizlar  daromad  olish  imkoniyatiga  ega  bo‘lmagan  kishilar  sonining o‘sishiga  olib  kelishi  mumkin;

-  ish  haqining  ahapi,  shu  jumladan,  yollanma  ishchi  va ishchi  xizmatchilarning  oila  daromadlaridagi  ulushining  kamayishi,    haqining  raqobat bardoshliligin  pasayishi;

-  aholi  tarkibida  nafaqa yoshidagi  keksa  kishilar ulushining  ko‘payishi  kelgusida  ularning  ijtimoiy  taminoti  masalalarida  muammolar  tug‘diradi;

-  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’yektlari faoliyatiga  to‘sqinlik  qiluvchi   omillarning  ko‘payishi

-  soliq yukining og‘irligi tadbirkorlik  faoliyatining rivojlanishiga  to‘sqinlik  qiluvchi  omil  hisoblanadi.

Bu  omillar  ijtimoiy-iqdisodiy  rivojlanish,  tadbir­korlik  faoliyatiga  to‘sqinlik  qilib,  ijtimoiy  ziddiyatlar va  taxdidlarni  vujudga  kelishiga  imkoniyat  yaratadi.

Soliq  yukining  og‘irligi  turli  huquqbuzarliklarning kelib  chiqishiga  sabab  bo‘lishi  mumkin .  Soliqqa  oid huquqbuzarliklarni  vujudga  keltiruvchi  sabablar  uch guruhga  ajratish  mumkin:

-  qonunchilik  normalarining  takomillashmaganligi.

Bunda  tez - tez  o‘zgarish  va  tuzatishlar  kiritilishi;

-  soliq  stavkalarining  aholi  va  korxona  daromadlari darajasi hamda real holatni hisobga olmasdan yukrri qilib belgilanganligi;

-  ma’naviy-axdoqiy  sabablar.  Bu  sabablar  soliq to‘lovchi  shaxslar,  ishlab  chiqarish,  moliyaviy  korxona  va  tashkilotlarniig  madaniy  xulqatvori,  xususiy  manfaatlarini ustun  qo‘yishi.

Soliq  to‘lashdan  bo‘yin  tovlash  usullari  quyidagilardan  iborat:

-  soliq  turi  qanday  bo‘lishidan  qatiy nazar  daromadlari,  soliqqa  tortish  ob’ektini  yashirish,  soliq  hajmini kamaytirish,  soliq  imtiyozlaridan  nokrnuniy  foydalanish;

-  joriy  soliqlarni  to‘lamaslik  maqsadida  yoki  soliqdan  qarz  bo‘la  turib  mablag‘larni  soliq to‘lashdan  yashirish;

-  foyda  solig‘ini  kamaytirib  ko‘rsatish ,  qo‘shilgan qiymat  solig‘ini  to‘lashdan  bo‘yin  tovlash ,  jismoniy shaxslarning  daromad  solig‘i  to‘lashdan  bo‘yin  tovlashi.

Soliq  qrnunchiligi  sohasidagi  kamchiliklar  sababli  solikdarning  yig‘ilishida  kamayish  sodir  bo‘lmoqda.  Bu  hol iqtisodiyotning  xufyona  sektori  bilan  ham  bog‘liq  bo‘lishi mumkin.  Xufyona  iqtisodiyot  bilan  bog‘liq  soliq  to‘lashdan bo‘yin  tovlash  holatlari  buxgalteriya  hisobida  daromadlarni  soliqqa  tortish  ob’ektlarini  to‘liq  ravishda  chiqarish,  aylanma  mablag‘larni  bir  qismini  yashirishda  o’z  ifodasini  topadi.  Ushbu  salbiy  jarayonlar,  qonunbuzaliklarning  oldini  olish  uchun  soliq  va  fuqarolik  jinoyat protsessual  kodekstarini  takomillashtirish  lozim  bo‘ladi.

Shu  boisdan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  soliq siyosatini  yanada  takomillashh tir ish  vazif asini  belgilab berar  ekan:   erishmog‘imiz  kerakki,  har  bir  soliq to‘lovchi,  u  ham  jismoniy,  ham  yuridik  shaxs  bo‘lsin,  soliq to‘lashdan  bo‘yin  tovlamasdan,  daromadlarni  yashirishga urinmasdan,  aksincha  o‘z  ishlab  chiqarishini  rivojlantirish  va  daromadini oshirishga  intilishni  ta’kidlagan.

Mamlakat  iqtisodiy  xavfsizligiga  kishilar  o‘rtasidagi  noformal,  iqtisodiy  aloqa  va  munosabatlar  ham  tahdid  soladi.  Bu  tahdidga  sabab  bo‘luvchi  holatlarni  kassa nazoratidan  tashqaridagi  hisob-kitoblar,  maishiy  xizmat  ko‘rsatish,  uy-joylar ijaraga  berishda  naqd  pulni  noformal  munosabat  va  aloqalarda  ko‘rish  mumkin.

Xufyona  iqtisodiyot  sektorining  mavjudligi  mamlakat iqtisodiy  xavfsizligiga  jiddiy  taxdid  soladi.  Xufyona iqtisodiyotning  eng  xavfli  faoliat  sohalariga  narkobiznes  kiritiladi.

.

Xufyona  iqtisodiyotga  qarshi  kurashish  uchun  korxonalar  xo‘jalik  moliyaviy  faoliyati,  jismoniy  shaxslarning daromad  olishi  va  xarajatlari  to‘g‘risidagi  haqqoniy  axborotlarni  to‘plash,  tahlil  qilish  asosida  iqtisodiy- ijtimoiy jarayonlarni  keng  qamrovli  nazorat  qilish  tizimini  shakllanishi  lozim.  Bunda  davlat  boshqa  organlar, nodavlat  tashkilotlar,  uyushmalar  bilan  o‘zaro  bog‘liqlikda aloqadorlik,  hamkorlikni  yo‘lga  qo‘yishi  kerak  bo‘ladi.




Download 62,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish