«O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatilgan xorijiy turistlar soni va bundan olingan daromadlar
Yillar
|
«O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatilgan xorijiy turistlar soni, ming kishi hisobida
|
«O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi bo‘yicha turizm sohasidan olingan valyuta daromadlari ming, AQSH doll.i hisobida
|
Xizmat ko‘rsatilgan har bir xorijiy turistdan o‘rtacha olinayotgan daromad, AQSH doll.i hisobida
|
1995-96
|
92.0
|
15000.0
|
154.15
|
1997-98
|
173,8
|
27363.6
|
120.91
|
1999-2000
|
352,9
|
38000.0
|
286.94
|
2001-02
|
572,0
|
114493.0
|
513.38
|
2003-04
|
674,0
|
318836.0
|
674.48
|
2005-06
|
571,0
|
220980.0
|
577.13
|
2007-08
|
574.0
|
225525.0
|
593.15
|
2009-10
|
933,0
|
327295.0
|
698.18
|
2011-12
|
931,0
|
322215.3
|
695.99
|
2013-14
|
1030,4
|
421546.0
|
1109.54
|
2015-16
|
1230.4
|
523851.0
|
1201.33
|
2017-18
|
1662.7
|
628020.0
|
1506.62
|
2019
|
2941.9
|
728132.6
|
1916.29
|
2021
|
273.2
|
42801.1
|
356.66
|
2022-yil birinchi choragi
|
643.5
|
51133.4
|
449.10
| 2.3. Xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar - Tabiiy geografik omillar. Kishilar tabiat qo‘yniga chiqib, juda ko‘p manzarali joylarni ko‘rish va ulardan bahramand bo‘lishga intiladi. Sayyohlik, dam olish uchun tabiiy sharoitning xilma-xilligi darajasi va xususiyati muhim ahamiyatga ega. Ya’ni ma’lum bir hududning yer usti ko‘rinish manzarasi (landshafti), iqlimi, o‘simlik va hayvonat dunyosi xilma-xilligi kishilarning dam olishi, o‘z salomatligini tiklashi uchun asosiy vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
- Shu sababli sayyohlik firmalari ekzotik, betakror tabiiy ob’ektlarni ko‘proq reklama qilishadilar. Ayniqsa Osiyo, Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika, Avstraliya va Okeaniya kabi mamlakatlar o‘zining diqqatga sazavor tabiiy ekzotikalari bilan Yevropa va Shimoliy Amrikalik sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Kolumbiyada «Kolumbiya qushlari» nomi bilan ataladigan noyob sayyohlik turi,«Pan-Ameriken» aviakompaniyasining 24 kunlik Avstraliya va Yangi Zelandiyaga qimmat baho toshlar va minerallarni topish uchun sayohat uyushtirishi misol bo‘ladi.
- Dunyo okeani va dengiz qirg‘oqlari xalqaro turizm sohasining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bo‘lib xizmat qiladi. Ular iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga sayyohlik, sayr-tomoshalarni uyushtirishda, alohida o‘rinni egallaydi. Ayniqsa, Fransiya va Italiyaning dengiz qirg‘oqlari, Ruminiya va Bolgariya sharqiy sohillari, AªShda Koliforniya va Florida dengiz bo‘ylari, Bagam va Bermud orollari plyajlari bilan so‘zsiz xalqaro turizm va kurotlar maskaniga aylangan.
- Okean va dengiz suvlarining cho‘milishi uchun qo‘lay bo‘lgan qirg‘oqlari tarkibiga quyidagi elementlar kiradi. Mikroiqlim, dengiz va okean suvlarining quruqlikka tutash bo‘lgan joylarida suvning harorati, chuqurligi, suv to‘lqinlari, ko‘tarilishi, qaytishi, oqimlar, suvning shifobaxshligi, tozaligi, tiniqligi, dengiz suvi tagining relefi, suvdagi yirtqich qonxo‘r baliqlar (akula) va hayvonlarning bor- yo‘qligi h.k., qirg‘oq chiziqlarining tuzilishi, plyajlardagi qumlar va yotqiziqlarning sifati, rangi, shakllari va qolaversa bir qator omillar ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |