Iqtisodiyot fakulteti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi



Download 215,11 Kb.
bet2/11
Sana08.04.2023
Hajmi215,11 Kb.
#925865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Iqtisodiyot fakulteti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi

II.Asosiy qism
2.1.Iqtisodga oid bilimlarning shakllanishi va ahamiyati
2.1.1.Qadimgi Sharq va G`arb xalqlarida iqtisodiy g`oyalarning shakllanishi va ularning iqtisodiy rivojlanishga tasiri

Kishilik jamiyatining dastlabki davrlaridan boshlab xo`jalik yuritish to`g`risida u yoki bu ko`rinishdagi iqtisodiy fikrlar amal qilib kelgan va uzoq davrlar davomida insoniyat tafakkuri aniqlagan ayrim masalalar bugun juda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo'lgan narsaga o'xshab ko`rinadi. Masalan, hammaga ma'lumki, siyosat, san'at, adabiyot, ma'rifat, madaniyat bilan shug'ullanishdan oldin insonlar oziq-ovqat va kiyim-kechakka ega bo`lishlari lozim. Demak, inson mehnat qilishi, xo'jalikning turli sohalarida faoliyat ko'rsatishi kerak bo'ladi. Insoniyatning mavjud bo'lishini va uning taraqqiyotini ta'minlaydigan asosiy faoliyat moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratish hamda xizmat ko'rsatish hisoblanadi va bu bugungi kunda iqtisodiy faoliyat deb ataladi.


Iqtisodiy fan fan manbalari Qadimgi Sharq hisoblanadi. Umuman olganda iqtisodiy g`oyalar insoniyat yaratilishi bilan vujudga kelagan lekin, hozirgi davrda qo`lyozmalardagi manbaalargagina asoslaniladi.
“Qadimgi iqtisodiy g`oyalar, avvalo, Misr, Gretsiya, Rim,Hindiston va Xitoy kabi mamlakatlarda yaratilgan, keyingi davrlarda esa bunday ta`limotlar g`arbiy yevropa mamlakatlarida rivojlangan deb tariflanadi. Bunday dunyoqarash XXI asr boshlarigacha saqlanib keldi, to`g`rirog`i, bunday fikr «Avesto» asarining
1-prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi va YUNESKO homiyligida 2700 yilligi xalqaro darajada tantana qilguncha…Asarni o`rganish asosidashunday xulosaga keldikki, birinchidan, unda eng qadimgi dunyo iqtisodiy ta`limotlari O`zbekistonning zaminida ilk bor vijudga kelganligiga to`la ishonch hosil qilinadi, ikkinchidan, unda ilgari surilgan g`oyalar, garchi ularning tarixi 3000 yildan ham avvalroqqa borib taqalsada, bugungi iqtisodiy islohotlarimiz g`oyalari bilan, o`tkazilayotgan iqtisodiy siyosatimiz bilan ramziy hamohang ekanligiga iyminimiz komil bo`ldi”4.
Avestoda yoshlarning kasb-hunar egallash, oila qurish va uning iqtisodi g`oyalari ham pishiq-puxta ishlangan iqtisodiy ta`limotlardan biri ekanligini qayd etish lozim. Avestoda mulkdor bo`lish, mulkdorlik masulyati va manfaati g`oyasi ham, aytish mumkinki, fundamental ishlangan iqtisodiy qarashlardandir. Asarda mulkdor bo`lish yaxshi fazilat ekanligi alohida takidlanadi. Bu fikrni quyidagi g`oyalar tasdiqlaydi: «kimning uyi bo`lsa, u uysiz bexonumon odamdan yaxshiroqdir, Kimning dunyosi bo`lsa, u hech vaqosi yo`q gadodan afzaldir».Mulkdor odamlar iqtisodiy jihatdan shunchaki baquvvqt bo`lmay, ayni chog`da ular iqtisodiy erkinligi, ular o`z faoliyatini o`zi mustaqil belgilashi va mulkdor odamning qudrati uning xarakterida mulkiy manfaat va mulkiy masuliyat o`zaro uyg`unlashishida ekanligi takidlangan.
“Avestodagi bu iqtisodiy g`oya, keyinchalik, buyuk ajdodlarimiz tomonidan rivojlantirildi. Jumladan Abu Nasr Farobiy uqtiradiki, «Mulk orttirishda unchalik xavf yo`q, ammo uni ehtiyot qilib saqlomoq kerak. Agar boshqa birovlar hisobiga mulk orttirganlar jazolanmasalar, u holda shahar aholisidan insof va shuhrat yo`qoladi. Mulkni ehtiyot qilib saqlab, o`z ehtiyojlari uchun ishlatsa, bu yomon odat hisoblanmaydi». Farobiy davom etib yozadiki, «odamlarning mulksiz bo`lib qashshoq yashaganidankora, mulkdor bo`lib boyroq yashagani afzalroqdir». Ko`rinib turibdiki, farobiy qarashlari Avesto g`oyalari bilan g`oyat hamohangdir. Bu Avesto keyinchalik ilm-fan va tafakkurga qanchalik ta`sir ko`rsatganini tasdiqlaydi”5.
Iqtisodiy munosabatlar haqida ham ajoyib fikrlar, xususan, bugungi bozor iqtisodiyotiga o`tish davriga mos keluvchi g`oyalar ham o`z ifodasini topgan. Asarda ehtiyojlar masalasi, ularning qondirilish vositalari haqidagi qarashlar ham keltirilgan. Jumladan asardan kreditga oid fikrlar ham joy olgan. Qarz berish(kredit) va qarz olish odamlar o`rtasidagi hayotiy munosabat ekanligi uqtirilib, olingan qarzga xiyonat qilmaslik aytiladi. Asarda aytiladiki, hech kim qo`shnisidan olgan omonatidan tonib, yolg`on so`zlamasin.
Qadimgi Xitoy iqtisodiy g`oyalariga to`xtaladigan bo`lsak, Xitoy iqtisodiy g`oyalarida Konfutsiy fikrlarining o`rni katta. U jamoa mulki va xususiy mulkni solishtiradi va xususiy mulkni xo`jalik yuritishda ustun qo`yadi.
Xitoy iqtisodiy g`oyalarida «Guan-szi» asari alohida ahamiyatga ega. “Asarda barqaror iqtisodiy rivojlanishning zaruriyligi to`g`risida aniq fikr yuritiladi va qayerda nonning narxi tartibga solib turilsa, o`sha yerda tinchlik, osoyishtalik bo`ladi, deb qayd etiladi. Iqtisodiyotni tartibga solib turish uchun asar mualliflari davlatning don zaxiralarini tashkil etishni, yer egalariga imtiyozli kredit berishni, temir va tuzga bolgan to`g`ri soliqni egri soliqqa almashtirishni, ya`ni ulardan foydalanib ishlab chiqariladigan tovarlarga bo`lgan soliqni kengaytirishni tavsiya etadi”6.
Iqtisodiy fikrlar qadimgi Rimda vaGretsiyada rivojlantirildi. Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida iqtisodiy muammomlar maxsus tatqiqot obyektiga aylandi. Buni Ksenofont asarlarida yaqqol ko`rish mumkin. Uning «Daromadlar to`g`risida» va «Ekonomikos» maxsus iqtisodiy asarlari alohida ahamiyatga ega.
“Ksenofont qishloq xo`jaligini xalq xo`jaligining eng muhim tarmog`i deb hisoblagan. Qishloq xo`jaligi rivojlansa boshqa faoliyat turlari ham rivojlanadi deb yozadi u…U iqtisodiy fikrlar tarixiga birinchilardan bo`lib mahnat taqsimotini taxlil qilgan olim sifatida kirdi…Har qanday tovarning ikki yoqlama xususiyatini, ya`ni uning nafliligi va almashuv qobilyatini birinchilardan bo`lib tushungan ham Ksenofont hisoblanadi.Bundan tashqari, natural-xo`jalik konsepsiyasi tarafdori va shunga ko`ra sudxo`rlikka qarshi bo`lganiga qaramay, u pulning zarurligi va foydaliligini tan olgan va unga xos bo`lgan muomila vositasi va zaxira jamg`arish vositasi funksiyalarini ko`rsatib bergan”7.
Fan, ya'ni iqtisodiy tizimning mohiyati, maqsadi va vazifalari to'g'risidagi tizimiy bilim sifatida iqtisodiy nazariya XVI – XVII asrlarda yuzaga keldi. Bu kapitalizmning shakllanishi, manufakturaning yuzaga kelishi, ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashishi, ichki va tashqi bozorlarning kengayishi, pul muomalasining intensivlashuvi davridir.
Iqtisodiyot nazaqryasining fan sifatida shakllanishi va yevropa dastlabki iqtisodiy bilimlarining rivojlanishida buyuk faylasuf Platon va Aristotel iqtisodiy qarashlari alohida ahamiyatga ega
Platon ideal davlat qanday bo'lishi kerakligini ochib bermoqchi bo'ldi va uningcha bu davrda xususiy mulk va erkin xo'jalik tashabbusiga o'rin yo'q. Olimning mehnat taqsimoti, tovar, pul va savdogarlarning ajralib chiqishi o'rtasidagi aloqadorlik to'g'risidagi fikrini o'sha davr uchun buyuk kashfiyot deb baholash mumkin. Ammo Aflotun qulchilikka asoslangan natural xo'jalikni himoya qildi, Platon pul funksiyasini muomala doirasidagina deb bilishga harakat qildi, pulni jamiyatdagi dushmanlikning bosh sababchisi deb bildi; u sudxo'rlik operasiyalarini inkor etdi va baholarni me'yorda saqlash yo'li bilan savdogarlarning foydasini chegaralashni talab qildi. Aflotun qullarni fuqarolar deb tan olmadi va ularni biror toifaga kiritmadi. Qullar mayda ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar bilan birga 2-toifa ahlining cheklanmagan talab-ehtiyojlarini to'la-to'kis qondirishlari kerak edi.

Download 215,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish