4-modda. Xususiy korxonaning firma nomi
Xususiy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga haqli. Xususiy korxonaning to‘liq firma nomi uning to‘liq nomini va “xususiy korxona” degan so‘zlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Xususiy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomini va “xususiy korxona” degan so‘zlarni yoki “XK” abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak.
5-modda. Xususiy korxonaning bank hisobvaraqlari
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy korxona O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida qonunchilikda belgilangan tartibda bank hisobvaraqlari ochadi.
(5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik shaxslar — rezidentlar tomonidan chet elda hisob raqamlari ochishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom va “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga (ro‘yxat № 1948, 27.04.2009-y.) qarang.
6-modda. Xususiy korxonaning muhri
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy korxona o‘zining to‘liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va xususiy korxonaning joylashgan yeri ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘lishga haqli. Muhrda bir vaqtning o‘zida uning firma nomi boshqa tilda ham ko‘rsatilishi mumkin.
(6-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
7-modda. Xususiy korxonaning shtamplari va blankalari
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy korxona o‘zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o‘z emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtiruvchi o‘zga vositalarga ega bo‘lishga haqli.
(7-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun “Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari”ga (ro‘yxat raqami 1988, 29.07.2009-y.) qarang.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
[TSZ:
Do'stlaringiz bilan baham: |