Iqtisodiyot” fakulteti “buxgalteriya” kafedrasi



Download 190,87 Kb.
bet1/29
Sana19.08.2021
Hajmi190,87 Kb.
#151827
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Tursunov Shukrullo Word


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

IQTISODIYOT” FAKULTETI

BUXGALTERIYA” KAFEDRASI

MOLIYA VA BOSHQARUV HISOBI” FANIDAN





Mavzu: Xo’jalik mablag’lari va ularning kelib chiqish manbalarining tasnifi.

Bajardi: IKM- 60 guruhi talabasi Tursunov Sh.

Tekshirdi: …………………

Toshkent-2020

REJA

Kirish

1 Xo'jalik mablag'lari haqida umumiy tushuncha.

2 Xo'jalik mablag'larning manbalari.

3 Buxgalteriya balansi asosida xo'jalik mablag'lari, ularning manbalari tarkibi va tarkibiy tuzilishining tahlili.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH

O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy nuqtalaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir.Avval boshdanoq biz o’zimiz uchun muhim saboq chiqarib oldik-zarur huquqiy omilni shakllantirmasdan turib, tegishli qonunlar va me’yoriy hujjatlarni qabul qilmasdan turib,islohotlarni amalga oshirishning ishonchli kafolatini,islohotlar ortga chekinmasligining kafolatini amalda yaratib bo’lmaydi».1

Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy hayotni, jumladan iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan kelib chiqqan holda bir qancha sohalarni, jumladan buxgalteriya hisobi tizimini ham isloh qilishni taqozo etdi.

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining qaror toptirilishi, ko’p ukladli iqtisodiyotning vujudga keltirilishi barcha jabhada bo’lgani kabi, buxgalteriya hisobi borasida ham ulkan o’zgarishlarning sodir bo’lishiga olib keldi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan iqtisodiyot sharoitida shakllangan korxona, tashkilot va muassasalardagi buxgalteriya hisobini yuritish tizimi jahon iqtisodiy tizimiga dadil kirib borayotgan mamlakatimiz uchun zamonaviy talablarga javob bera olmay qolmoqda. Keyingi yillar mobaynida xalqaro andozalarga to’la-to’kis javob beruvchi buxgalteriya hisobi tizimini yaratish borasida ko’pgina islohotlar olib borilmoqda.Buxgalteriya hisobidan foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo’shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga (qimmatli qog’ozlar birjalariga, xalqaro banklarga, fondlarga va boshqalarga) chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o’rtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi tizimini jahon andozalariga ko’chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda. Qolaversa, buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiqo’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston uchun ham tobora dolzarb vazifaga aylanmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida respublikada xalqaro andozalarga to’la-to’kis mos keluvchi buxgalteriya hisobining milliy andozalari ishlab chiqilmoqda va amaliyotga keng tatbiq etilmoqda. Buxgalteriya hisobining milliy andozalari «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonun asosida ishlab chiqilgan bo’lib, ushbu andozalar buxgalteriya hisobi shakllari va usullarini tanlashda korxonalarning mustaqilligini kengaytiribgina qolmasdan, hisob axborotining ishonchliligi uchun ularning ma’suliyatini ham oshirmoqda.

Buxgalteriya hisobini isloh qilishda xalqaro tamoyillarga asoslangan hisobvaraqlar rejasining qabul qilinishi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo’ldi. Yangi hisobvaraqlar rejasi O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritib kelayotgan korxonalarning tashqi iqtisodiy aloqalarga kirishishida, jahon iqtisodiy integratsiyasiga qo’shilishida asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Mazkur hisobvaraqlar rejasi, bir tomondan, buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro andozalarga yaqinlashtirsa, ikkinchi tomondan, buxgalteriya hisobi va soliq hisobi o’rtasidagi muammolarni barham toptirishga ko’maklashadi.

Buxgalteriya hisobini isloh qilinishi, eng avvalo, uning boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob va soliq hisobiga bo’lib o’rganishimizni taqozo etadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, buxgalteriya hisobini boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob va soliq hisobiga ajratilgan holda tashkil qilish nafaqat korxonaning, balki barcha manfaatdor tomonlarning, shu jumladan davlatning ham istiqboli uchun xizmat qiladi. O’zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy bosqichida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik muammosi iqtisodiyotning barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlashning dolzarb muammolaridanbiriga aylandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev e’tirof etganidek, “jami 18 trillion so‘mlik debitor qarzdorlikdan 14 trillion so‘mi yoki 60 foizi oxirgi 3 yil mobaynida cho‘zilib kelayapti. Nima uchun ushbu muammo bilan Muddati o‘tgan qarzdorlikni qisqartirish komissiyasiga boshchilik qiladigan moliya vaziri va Markaziy bank raisi jiddiy shug‘ullanmayapti” 2

SHuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning xorijiy valyutaga bo‘lgan talabini qondirish ular faoliyatini texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirishda muhim o‘rin tutadi.O‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, ularning valyuta operatsiyalarini rivojlantirish pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalarining buxgalteriya hisobini takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bu esa, ushbu masalani alohida tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganish zaruriyatini yuzaga keltiradi va mazkur kurs ishi mavzusining dolzarbligini belgilaydi.Tadqiqot predmeti bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mablag‘lari va ularning kelib chiqish manbalari hisoblanadi.

1.Хo’jalik jarayonlari ma’lum mablag’lar zaxirasini talab etadi. Shuning uchun ham, ishlab chiqarish korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul mablag’lar,nomoddiy aktivlar va shu kabi boshqa mablag’larga ega bo’ladi.Хo’jalik faoliyatini to’g’ri boshqarishda korxonaning qanday mablag’larga egaligi, ularning joylashuvi hamda bu mablag’lar manbalari va maqsadlarini bilish kerak.

Shunga qarab korxonaning barcha mablag’lari ikki qismga guruhlanadi: birinchidan,ularning turlari hamda joylashganligiga qarab va ikkinchidan, tashkil topish manbai va qanday maqsadlarga yo’naltirilganligiga qarab.

Mablag’larni turlari va joylanishi bo’yicha guruhlash korxonaning xo’jalik faoliyatinixususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Sanoat korxonalariga birinchi navbatda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun mablag’lar bo’lishi kerak. Undan tashqari u operatsiya jarayonining ikki - ta’minot va sotish bosqichida ishlatiladigan mablag’larga ega bo’lishi kerak. Odatda korxonalar o’z xodimlarining ehtiyojlariga xizmat qiladigan noishlab chiqarish sohasidagi mablag’larga ham ega bo’ladi. Shunday qilib, korxona mablag’lari o’zlarining turlari va joylashishi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi: ishlab chiqarish vositalari; operatsiya sohasidagi mablag’lar; noishlab chiqarish sohasidagi mablag’lar.

Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat buyumlaridan iborat bo’ladi.




Download 190,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish