O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV Toshkent sh.,
1999-yil 15-aprel,
774-I-son
Yangiobod tumani hokimligi xodimlari vazifalar taqsimoti
2021 yil 19 oktabr kuni Yangiobod tumani hokimining “Yangiobod tuman hokimining birinchi oʼrinbosari, oʼrinbosarlari va tarkibiy boʼlinmalarining funktsional vazifalarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi qarori qabul qilingan.
Mazkur qaror bilan tuman hokimining birinchi oʼrinbosari, oʼrinbosarlari va tarkibiy boʼlinmalarining funktsional vazifalarini tasdiqlangan.
Yangiobod tumani hokimining oʼrinbosarlari oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlariga, xalq deputatlari Kengashi qarorlariga, Yangiobod tumani hokimining qarorlari va farmoyishlariga amal qiladi. Yangiobod tumani hokimining oʼrinbosarlari oʼziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining toʼliq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun Oʼzbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgar hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
Yangiobod tumani hokimining oʼrinbosarlari tegishlicha Yangiobod tumani hokimiga boʼysunadi.
Yangiobod tumani hokimining oʼrinbosarlarining oʼziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan bogʼliq vazifalarini hal qilish boʼyicha faoliyati Jizzax viloyati hokimining yo’nalish bo’yicha viloyat hokimi o’rinbosarlari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Yangiobod tumani hokimining oʼrinbosarlari ishlari Oʼzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida”gi Qonuniga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq, Yangiobod tumani hokimligining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ushbu ish rejalari asosida Yangiobod tumani hokimining oʼrinbosarlarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi hamda Yangiobod tumani hokimi tomonidan tasdiqlanadi. Yangiobod tumani hokimining oʼrinbosarlarining hisoboti Yangiobod tumani hokimining tezkor yigʼilishlarida har haftada eshitib boriladi. Oʼzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida”gi Qonuniga asosan Yangiobod tumani hokimining oʼrinbosarlarining tegishli hisobotlari xalq deputatlari Kengashi majlisida eshitiladi.
Yangiobod tumani hokimining oʼrinbosarlarining Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-6166-son Farmoni, 2017 yil 11 apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʼgʼrisida”gi PQ–2881-son qarori, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomigasoʼzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.