O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“IQTISODIYOT, BOSHQARUV, SOLIQLAR VA SUG’URTA” KAFEDRASI
“IQTISODIYOT” FANI
“IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH” MODULIDAN
KURS ISHI
MAVZU: INVESTITSIYA VA INVESTITSION SIYOSAT
Bajardi: Iqtisodiyot fakulteti I-52-2 guruh talabasi
Muxamadiyev Akrom Zoirovich
Tekshirdi: _____________________________
RO’YXATGA
OLINDI
“____” _______2022 y.
__________________
|
|
RO’YXATGA
OLINDI
“____” _______2022 y.
__________________
|
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
“____” _______2022 y.
|
|
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
“____” _______2022 y.
|
Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2022y.
Baho “___” _______
|
___________
(imzo)
____________
(imzo)
___________
(imzo)
|
Komissiya a’zolari:
__________________
__________________
__________________
|
Toshkent – 2022
MUNDARIJA:
Kirish
Investitsiya faoliyati tushunchasi. O’zbekistonda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishda davlatning roli.
Investitsiya faoliyatiga ta’sir etish omillari va usullari.
O’zbekistonda investitsiya faoliyatining me’yoriy-qonuniy bazasi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsiya faoliyatini tashkil etish. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsiya faolligini ta’minlash vazifalari.
Investitsiya siyosati: uning mazmuni, roli, asosiy yo’nalishlari va amalga oshirish bosqichlari.
Globallashuv va chet el kapital migratsiyasining kuchayishi. Zamonaviy investitsiya siyosatini amalga oshirishda chet el investitsiyalari ko’chishini hisobga olish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga katta hissa qoʻshishga qodir yirik strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini yaratish uchun qulay investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish orqali strategik masalalarni yuzaga chiqarish va hal etish Strategik rivojlanish agentligining (SRA) asosiy vazifasi hisoblanadi.
Shu maqsadda har yili hududlarning investitsion muhiti tahlil qilib boriladi, bu ish har bir hududni sohani boshqarish boʻyicha mavjud tizim sifati hamda hududning investitsiya salohiyati darajasi (mehnat resurslari, moliyaviy resurslar, infratuzilma, yer va tabiiy resurslar va boshq.) nuqtayi nazaridan baholashga imkon beradi. Mazkur tahlil bu hududlarning kuchli va zaif tomonlarini xolisona aniqlashga va ularning investitsion jozibadorligini oshirish boʻyicha konkret takliflar ishlab chiqish uchun zamin yaratishga yordam beradi.
Shuningdek, barcha takliflar biznes-hamjamiyat va davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda keng muhokamadan oʻtkaziladi. Shu maqsadda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida samarali hamkorlik qilish uchun ekspert platformalari tashkil etilgan. Agentlik tomonidan biznes-hamjamiyat va xalqaro maslahatchilar bilan birgalikda norasmiy iqtisodiyot koʻrsatkichlari eng yuqori boʻlgan sektorlar tahlili oʻtkazilgan boʻlib, ushbu tahlil Oʻzbekistonda biznes yuritishdagi toʻsiq va gʻovlarni kamaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.
Jahon banki ekspertlari bilan hamkorlikda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar (TTXI) strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Mazkur loyiha doirasida TTXI har tomonlama oʻrganildi, ularning tarixiy koʻrsatkichlariga baho berildi, jalb qilingan investitsiyalar turlari, asosiy sherik davlatlar va TTXI jalb qilish boʻyicha iqtisodiyot sektorlari (tarmoqlari) tahlili amalga oshirildi. Ushbu sohadagi siyosat, xususan, TTXI sohasiga oid asosiy normativ instrumentlar, institutsional muhit, biznesga kirish va uni tashkil qilish tartiblari sharhlandi, shuningdek, investitsiya siyosati va normativ-huquqiy baza tahlili oʻtkazildi, investitsiyalarni jalb qilishdagi toʻsiqlar aniqlandi va ushbu mavzu boʻyicha sharh hozirlandi. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi bir qator ustuvor tarmoqlar orasidan mamlakat iqtisodiyotining “drayverlar”ini aniqlash, tanlangan tarmoqlarga investitsiyalarni jadal jalb etish boʻyicha tavsiyalar, aniq chora-tadbirlar va tashabbuslarni tayyorlash, aniq harakatlar rejasi bilan 2030-yilgacha TTXIni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |