25
mumkin bo’lgan ishlab chiqarish omillari xarajatlarining turli kombinasiyalarini
aks ettiradi.
Izokvantaning og’ishi resurlarni texnologik almashtirishning chegaraviy
me’yorini o’lchaydi, resurslar almashtirilishining chegaraviy me’yori
ishlab
chiqarish hajmini saqlab qolgan holda, ushbu resurs birligining boshqa resurs
birligiga almashtirish miqdorini ifoda etadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash
Tasniflash belgilari
Xarajatlarning bo’linishi
Iqtisodiy elementlar
Sarflarning iqtisodiy elementlari
Tannarx moddalari
Tannarx, kal’kulyasiya moddalari
Texnologik jarayonga aloqadorligi
Asosiy, qo’shimcha
Tarkib
Bir elementli, kompleks
Mahsulot tannarxiga kiritish
To’g’ri, egri
Ishlab chiqarish jarayonidagi o’rni
Ishlab chiqarish, noishlab chiqarish
Sarf qilishning maqsadga muvofiqligi
Unumli, unumsiz
Rejalashtirish imkoniyati
Rejalashtiriluvchi, rejalashtirilmaydigan
Ishlab chiqarish hajmiga nisabati
Doimiy, o’zgaruvchan
Vujudga kelish davriyligi
Joriy, bir martalik
Tayyor mahsulotga nisbati
Tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflar,
tayyor mahsulotga sarflar
Qisqa muddatli davrda hech bo’lmaganda ishlab chiqarishning bitta omili
doimiylik kasb etadi, uzoq muddatli davrda esa ishlab chiqarishning barcha
omillari o’zgarishga uchraydi. Bitta omil (resurs) ning o’zgaruvchanligi
sharoitida
o’zgaruvchan resursning o’rtacha mahsuloti va chegaraviy mahsuloti
tushunchalaridan foydalaniladi. chegaraviy unumdorlikning pasayib borish qonuni
shuni ta’kidlaydiki, ma’lum muddatdan so’ng, boshqa resurslarning o’zgarmas
sharoitida bir resursdan foydalanish hajmining o’sishi, o’zgaruvchan
omilning
chegaraviy mahsuloti kamayishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish omillarining o’rin almashtirish qoidasi, ikki resurslar o’sish
nisbatining ularning chegaraviy mahsuloti hajmiga teskari bog’liqlikda bo’lishi
bilan ifodalanadi.
Uzoq muddatli davrda korxona barcha omillarni ko’paytirish hisobiga ishlab
chiqarish hajmini oshirishga intiladi. Ishlab chiqarish o’lchamlarining o’sish
samarasi resurslar sarfiga bog’liq
holda ijobiy, o’zgarmas yoki salbiy bo’lishi
mumkin.
Korxona (firma) oqilona qarorlar qabul qila olish uchun, xarajatlar darajasi
to’g’risidagi ma’lumotlarni hisobga olishi lozim. Qisqa muddatli davrda xarajatlar
doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarga bo’linadi. Uzoq muddatli davrda barcha
xarajatlar o’zgaruvchanlik kasb etadi. Umumiy va o’rtacha xarajatlar farqlanadi.
Bir mahsulot birligining o’sishi bilan bog’liq xarajatlar chegaraviy xarajatlar deb
ataladi.
Xarajatlar darajasi to’g’risidagi axborotlar xarajatlar chizig’i - izokostani
yasashga imkon yaratadi.
26
Ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil etishda mehnat
unumdorligi kategoriyasi
muhim o’rin tutadi. Mehnat unumdorligi sarflangan har bir birlik omil hisobiga
yaratilgan va sotilgan mahsulot miqdorini ko’r-satadi.
Mehnat unumdorligining o’sishi quyidagi shartlarning mavjud bo’lishida
amalga oshadi:
-
Do'stlaringiz bilan baham: