30
Ishlab chiqarish omillariga, xususan mehnat, er va kapital
kabi birlamchi
omillarga narx shakllanishining xususiyatlari quyidagi holatlar bilan izohlanadi:
•
Birinchidan,
ishlab chiqarish omillari narxi, ushbu omillar yordamida ishlab
chiqariluvchi yakuniy iste’mol mahsulotlari
narxi bilan aniqlanadi, bu esa
korxonalarning ishlab chiqarish omillariga talabi hosilaviy tavsifga ega
ekanligini ko’rsatadi;
•
Ikkinchidan,
ishlab chiqarish omillariga narx shakllanishini, ushbu omillarga
egalik qiluvchi mulkdorning daromadlari bilan bog’lash lozim.
Ishlab chiqarish omillariga bozor narxi shakllanishi sharoitida korxona
faoliyati, xarajatlar va mahsulot
ishlab chiqarish hajmi
chegaraviy
samaradorlikning iqtisodiy hisob - kitoblari asosiga quri-ladi.
Bu erda, asosiy me’zon sifatida resurslarning chegaraviy daromad-liligi
ko’riladi. U har bir resursning qo’shimcha sotilishi hisobiga firma daromadlarining
o’zgarishi ko’rsatkichlari bilan o’lchanadi.
Ishlab chiqarish omillariga talab va taklif
“Xarajatlar – ishlab chiqarish”
qonuni
asosida shakllanadi. Har bir firma ishlab chiqarish faoliyatini amalga
oshirar ekan, o’z oldiga, kam xarajatlar bilan yuqori daromadlar olishni o’z oldiga
maqsad qilib qo’yadi. Ishlab
chiqarish omillari bozorida er, uning resurslari, hamda
ko’chmas mulk alohida o’rin tutadi. Bunday resurslar ko’pgina xo’jalik yuritish
sohalarida o’zining muqobil o’rinbosar resurslariga ega emaslar.
Er, foydali qazilmalar, hamda ko’chmas mulkdan foydalanishdan
olingan
daromadlarni taqsimlash va bu resurslarga narx shakllanishi yuzasidan
31
munosabatlar renta munosabatlari deb yuritiladi. Iqtisodiy renta deyilganda, bir
muncha tor ma’noda, ijarachi mulkdorga undan foydalanish va daromad olish
imkoniyati uchun to’laydigan er narxi tushuniladi.
Qishloq xo’jaligidagi erdan olinadigan foyda renta ko’rinishida
namoyon
bo’ladi. ya’ni, renta erga bo’lgan mulkning iqtisodiy jihatdan amalga oshirilishidir.
Ma’lumki, er egasi undan foyda olish uchun turli usullarni qo’llaydi. Mazkur
usullar er keltiradigan daromadga uzviy ravishda bog’liq bo’ladi. Er egasi o’z
manfaatiga mos holda erdan foyda olishning eng qulay usulini tanlab oladi. U
hatto, o’z tasarrufidagi erini ijaraga berib renta olishi ham mumkin. Erning
joylashgan o’rni, hosildorligi, suv bilan ta’minlanganlik darajasi hamda uni
ishlatish sha-roitlarining turli tumanligi renta turlarining ham xilma - xil bo’lishiga
olib keladi. Ularga mutloq, tabaqalashgan, monopol renta, qurilish uchastkalaridan
va undirma sanoatidan olinadigan rentalar kiradi. Renta turlarining xilma - xilligiga
qaramasdan ularning barchasi er egasiga daromad keltiradi. Ko’rinib
turibdiki,
erdan olinuvchi daromad birinchi navbatda uning hosildorligiga bog’liq. Bu esa
qishloq xo’jaligida foydalanilayotgan erlar sifatini doimo nazorat qilib borishni
taqozo etadi. Bu borada prezidentimiz o’z asarida
Do'stlaringiz bilan baham: