2.4-rasm. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining oylar bo‘yicha taqqoslanishi (2022-yil), trln. so‘m11
2021-yilning yanvar oyiga nisbatan 2022-yilning dekabr oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 4,9 trln. so‘mga oshdi va 17,9 trln. so‘mga yetdi.
Hududlar o‘rtasida savdo xizmatlarining yuqori ulushi Surxondaryo viloyatida - 43,5 % belgilandi. Shu bilan birga, moliyaviy faoliyat Toshkent shahrida rivojlangan. Bu yerda moliyaviy xizmatlar ulushi 29,1 % ni tashkil etdi. Shuningdek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining eng katta ulushi ushbu hududda - 9,1 % qayd etildi.
Transport xizmatlariga eng ko‘p talab Qoraqalpog‘iston Respublikasi (26,0 %), shuningdek Samarqand (25,7 %) va Toshkent (25,2 %) viloyatlariga to‘g‘ri keldi.
Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari jami hajmining o‘sishidagi asosiy omil moliyaviy xizmatlar 54,6 % ga (ko‘rsatilgan xizmatlar jami hajmining mutloq o‘sishiga ta’siri 8,5 % punkt), transport xizmatlari 5,6 % ga (mutloq o‘sishiga ta’siri 1,4 % punkt), savdo xizmatlari 5,1 % ga (mutloq o‘sishiga ta’siri 1,1 % punkt), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 8,0 % ga (mutloq o‘sishiga ta’siri 0,4 % punkt), ta’lim sohasidagi xizmatlar 6,8 % ga (mutloq o‘sishiga ta’siri 0,2 % punkt) o‘sishi hisoblanadi.
Iqtisodiy sohada xizmatlar sohasining o‘sishi bozor sharoitidagi ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni qabul qilish tezligi va material sarfining kamligi, bu qo‘shilgan qiymatning oshishi va pirovardida yalpi ichki mahsulotning oshishiga olib keladigan muhim omillar bilan bog‘liqdir.
2.2. O`zbekistonda mehnat unumdorligini oshirish istiqbolari
Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish - bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. SHu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ham o‘rtacha ish haqi miqsorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish maqsadga muvofiq.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya sur’atlaridan yuqori mikdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib qo‘yilgan.
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so‘zsiz ta’minlash, ularning O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doyr qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-2753-son qarori qabul qilindi.12
Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash ijtimoiy-iqtisodiy tarakkiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, xalq turmush darajasi va sifatini yuksaltirishning muhim sharti sifatida belgilangan.
Milliy mehnat bozorining e’tiborga molik o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: aholining asosiy qismini yoshlar tashkil etishi (har yili yarim million- dan ortiq bitiruvchilar ishga joylashish bo‘yicha ko‘makka muhtoj); 700 mingdan ortiq ishsizlarning, shuningdek, ishchi kuchining talab va taklifi bo‘yicha nomutanosiblikning mavjudligi; ayrim tumanlarda ishsizlik va norasmiy sektorda ish bilan bandlikning yuqori darajasi kuzatiladi.
Yaqin kelajakda kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash sohasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
bitiruvchilarni biriktirish ishlarini puxta tashkil etish;
bitiruvchilar bandligini ta’minlashda yangi samarali shakllar va uslublarni davom ettirish;
bitiruvchilar bandligini ta’minlashda belgilangan imtiyozlardan kengroq foydalanish;
bitiruvchilarga o‘z biznesini tashkil etishlari uchun mikrokreditlar ajratish amaliyotini davom ettirish.
Mehnat va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan metodika asosida mehnat bozorida vaziyat murakkab bo‘lgan tuman va shaharlar ro‘yxati aniqlanadi, unga muvofiq aholi bandligi dasturlarining manzilli ro‘yxatlari, kichik sanoat zonalari, xizmatlar sohasini rivojlantirish, chorvachilik, parrandachilik va issiqxona xo‘jalik- larini bario etish, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari uchun «start-ap» loyihalarini amalga oshirishga mikrokreditlar va lizing asosida ishlab chiqarish vositalarini ajratish ishlari amalga oshiriladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o‘quv kurslarini o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rag‘batlantirish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish, davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim muassasalari uchun davlat namunasidagi hujjatlarni berish bo‘yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan.
Shuningdek, Harakatlar strategiyasida o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida kerakli talabdan ortiq hajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta’lim yo‘nalishlarini qisqartirishni va mos ravishda agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi mutaxassislari tayyorlashni kengaytirishni ko‘zda tutuvchi o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim mutaxassislik yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Joriy va istiqboldagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligini malakali mutaxassislar bilan hamda bitiruv- chilarni kafolatlangan ish bilan ta’minlash imkonini beradi.
Hududlarda aholi bandligini ta’minlash hamda qo‘shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish hajmini yanada oshirish quyidagi sohalarda nazarda tutilgan:
fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish;
qoramol, qo‘y, echki, quyon boqish va go‘sht etishtirish;
parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish;
ixcham issiqxonalar tashkil etish;
urug‘ va ko‘chatlar etishtirish.
Buning natijasida aholi tomorqasidan foydalanish samaradorligi oshadi, ishlab chiqariladigan sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi ko‘payadi.
Harakatlar strategiyasida olis va tog‘li hududlarda turizm va ekoturizmni tashkil etish, dorivor o‘simliklarni etishtirish, yig‘ish va qadoqlash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan13.
Bunda, tog‘ oldi hududlaridagi qishloqlarda 10-15 ta xonadonlarda sayyohlarga xizmat ko‘rsatish uylari tashkil etilib, ya’ni uyning bitta yoki ikkita xonasi devorlari so‘zana, adras bilan bezatilib, ko‘rpacha to‘shalib, xontaxta qo‘yilib, hojatxona va oshxonaning sanitar holatlari tartibga keltirilib, chet ellik sayyohlarga tabiiy manzaralarni ko‘rsatish bilan birga non yopish, milliy taomlarni tayyorlash, milliy urf-odatlar bilan tanishtirish kabi xizmatlar ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Mehnat unumdorligi – xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko`rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko`rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbatan, ya`ni mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha a`zolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o`sishiga bog`liqdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini ham, hatta ijtimoiy – siyosiy tuzumning o`zini ham belgilab beradi.
Mehnat unumdorligi va intensivligi mahsulot qiymati o`lchami turlicha ta`sir ko`rsatadi. Mehnat unumdorligi ortishi ishlab chiqariladigan mahsulot miqdorini oshiradi va shunga muvofiq bitta mahsulotning qiymatini pasaytiradi, lekin ularning umumiy yangi yaratilgan qiymatini o`zgartirmaydi, mehnat intensivligini ortishi esa ishlab chiqariladigan mahsulotlar va umumiy umumiy yangi yaratilgan qiymatni oshiradi, lekin mahsulot birlgining qiymatini o`zgartirmaydi.
Mehnat unumdorligi va uni oshirish masalasi har doim iqtisodiyot nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo`lib keladi. Ayniqsa hozirgi payitda bu masala yanada keskin qo`yilmoqda. Buning sababi shundagi, mehnat unumdorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida turgan muhim masala – mustaqil iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish vazifasini amalga oshirib bo`lmaydi.
Iqtisodiy adabiyotlarda unumdorlikning bosh mezoni haqida ham bir qancha fikirlar muvjud. Ayrim olimlar mehnat unumdorligining bosh mezoni foyda, boshqa birlari esa yalpi milliy mahsulot, sof mahsulot, uchinchilari milliy daromad, to`rtinchilari esa qo`shimcha mahsulot deb ko`rsatadilar.
2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Taraqqiyot strategiyasida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o‘quv kurslarini o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rag‘batlantirish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish, davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim muassasalari uchun davlat namunasidagi hujjatlarni berish bo‘yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: O`zbekiston. 2014y.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining << O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Xarakatlar strategiyasi to`g`risida>> PF-4947-son Farmoni.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida ma’ruzasida.
2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Xarakatlar strategiyasini “ Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o`rganish bo`yicha ilmiy-uslubiy risola. T.: 2017y
Mirziyoye Sh. O`zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assableyasi 72 sessiyasidagi nutqi.
SHavkat Mirziyoev. Tanqidiy tahlil, katiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik koidasi bo‘lishi kerak // «Xalq so‘zi» gazetasi, 2017 yil 16 yanvar, №11 (6705).
Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: O`zbekiston. 2017y.
Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O`zbekiston. 2017y
Shodmonov Sh. Sh., Mamarahimov B.E. Iqtisodiyot nazariyasi. Maruzalar matniT.: 2016 y
Shodmonov Sh. Sh., G`afurov U. V. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik T.: 2010 y
Зубко Н.М. Экономическая теория. Учебник. М.: НТЦ АПИ. 2012 г
Abdurahmonov Q.X., Xayitov A.B. Mahnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi. T.: 2012
Abdurahmonov Q.X., Shoyusupova N.T. Mehnat iqtisodiyoti: ijtimoiy mehnat munosabatlari. Darslik. T.: TDIU, 2011 y
Ziyayev T.M., Isroilova Sh. T. Ishchi kuchi va bandlik nazariyasi. T.: TDIU, 2011 y
Xolmo`minov Sh.R., Bakieva I.A. Mehnat ko`rsatkichlari tahlili. O`quv qo`llanma. T.: 2011y
Do'stlaringiz bilan baham: |