Iqtisodiy siyosat. Iqtisodiy muammolarning yechimini topish va ularning mexanizmini harakatga keltirish bilan shug‘ullanadi. Siyosatchilar agar o‘zlari olib borayotgan siyosat muvaffaqiyatli bo‘lishini istasalar, iqtisodiy nazariyadan foydalanganlarida, shuningdek, hal qilinayotgan muammoning madaniy, ijtimoiy, huquqiy va siyosiy tomonlari bilan ham hisoblashishlari kerak. Iqtisodiy siyosat vazifalarining amalga oshirilishi iqtisodiy tizimning o‘zgarishi, uning takomillashuviga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiy nazariyaning rivojlanishida, yangi ilmiy bilimning real ildiz otgani (hayotga tatbiq etilgani)da o‘z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |