Savdo kelishuvlari tovar aylanmasiga taalluqlidir, ya’ni hujjatda tomonlar ma’lum bir vaqt mobaynida bir-biriga yetkazib beradigan tovarlarning nomlari va miqdori o‘rnatib qo‘yiladi. Bu hujjatlar tomonlarning tovarlarni aniq yetkazib berish niyatlari belgilab qo‘yiladi. Uzoq muddatli kelishuvlar bu mamlakatlar bilan savdoning istiqbolli rivojlanishini yaratishga yo‘naltirilgan.
Uzoq muddatli savdo kelishuvlarining ijro qilinishi uchun, odatda, har yili tovarlarni o‘zaro yetkazib berish haqidagi bayon (protokol)lar imzolanadi. Kelishuvlarda ikkinchi tomonga obyektlarning qurilishi va ulardan foydalanish bilan bog‘liq texnik hujjatlar, litsenziyalarni o‘tkazish ko‘zda tutilishi mumkin.
Hamkorlikning yana bir shakli ilmiy-texnik hamkorlik haqidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladigan ilmiy-texnik tajriba almashinuvidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |