Nazorat savollari
1. Talabning egiluvchanligi nima?
2. Talabning egiluvchanligini qanday qilib o‘lchasa bo‘ladi?
3. Taklifning egiluvchanligi nima?
4. Taklifning egiluvchanligini qanday o‘lchash mumkin?
5. Xaridorlar va sotuvchilarga bitishuvlar tuzishga beruvchi tuzilma nima deb ataladi?
6. Narx tushganida odamlar ko‘p miqdorda tovar sotib olishlarining ikkita sababini keltiring.
7. Talab qonunining mazmunini ochib bering.
8. Taklif qonunining mazmunini ochib bering.
NARXNI BELGILASHGA DAVLATNING
ARALASHISHI
Davlat ular yordamida iqtisodiy rivojlanishning borishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan bilvosita va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga soluvchi vositalarning uchta guruhini ko‘rsatish mumkin.
Birinchi guruh – bu bilvosita iqtisodiy tartibga soluvchilardir. Bularga soliqlar, narxni belgilash qoidalari, predmetlar uchun foizlar, amortizatsiya me’yorlari, bojxona ta’riflari va boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruhni esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet mablag‘lari tashkil qiladi.
Uchinchi guruh moddiy oqimlarni tartibga soluvchilar bo‘lib, ularga davlat byudjetlari, litsenziya (ruxsatnoma)lar, ishlab chiqarish birlashmasining har bir ishtirokchisi uchun uning ishlab chiqarishda, sotishda, eksport va importdagi ulushini belgilashni ko‘zda tutadigan kvotalar kiradi.
Davlat tomonidan tartibga olinish Ishlab chiqilgan me’yorlar va choralar tizimi yordamida amalga oshiriladi. Bu tizim xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zlarini tutishlarini ma’muriy ta’sir usullari orqali tartibga soladi. Bu ma’muriy o‘zaro ta’sir usullariga qonunlar, farmonlar yo‘riqnomalar kiradi.
Davlat, shuningdek, tashqi iqtisodiy aloqalar (TIA)ni tartibga solishdan ham foydalanadi. Buni har bir davlat mamlakatdagi ishlab chiqaruvchilarining tashqi iqtisodiy faoliyatini rag‘batlantirib borib, milliy iqtisodiyotning manfaatlarini ko‘zda tutgan holda qilishi kerak. Bunda davlat milliy iqtisodiyotni «haddan ortiqcha» tashqi raqobatdan himoya qilishi kerak. Bu tartibga solish xo‘jalik-iqtisodiy faoliyatning hamma sohalarini qamrab olishi kerak. Bu soha esa o‘z ichiga quyidagilarni tashkil etishni oladi:
u orqali aniqlikni oshirishga erishish mumkin bo‘lgan va yuzaga kelgan sharoitda mo‘ljalni to‘g‘ri olish va belgilangan topshiriqlarni tezroq bajarish mumkin bo‘lgan soliq tizimini;
u orqali korxonalar faoliyatini nazorat qilish va ularning foydali harakatlari, ishlarini faollashtirishni rag‘batlantirish mumkin bo‘lgan moliya-kredit tizimini;
milliy ishtirokchilarning tashqi iqtisodiy aloqalariga ta’sir qilishining eng qattiq vositasi bo‘lgan valyuta munosabatlarini;
boj poshlinalari darajasini oshirish yoki pasaytirishni, ularni bekor qilish yoki aksincha, joriy qilishni ko‘zda tutuvchi bojxona rejimini tartibga solishni. Bunday tartibga solish davlat idoralaridan erkin olib kirilishi yoki olib chiqilishi, qo‘shilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan ma’lum miqdordagi tovarlarni olib kirish, olib chiqish, tranzitiga maxsus ruxsat olishdan iborat bo‘lgan eksport, import tranzitni litsenziyalashtirishni ham ko‘zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |