Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati



Download 0.54 Mb.
bet3/23
Sana12.01.2017
Hajmi0.54 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

Iste’mol tovarlari

Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegaralarining jadvali mavjud potensialdan to‘liq foydalanuvchi milliy iqtisodiyot qaysidir ne’matni ishlab chiqarishni boshqa bir ne’matdan voz kechmasdan oshira olishi mumkin emasligini yorqin ko‘rsatib turibdi. Iqtisodiyotning o‘z ishlab chiqarish imkoniyatlarining chegarasida (A,B,C,D,F,) ishlashi uning samaradorligidan darak beradi. Bundan kelib chiqib M nuqtasiga muvofiq keluvchi qo‘shilmaning tanlanishi bu jamiyat uchun muvaffaqiyatsiz hisoblanadi, chunki bu unga ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish uchun imkon bermaydi. N nuqtasini tanlash asosidagi ishlab chiqarishni esa umuman tashkil qilib bo‘lmaydi, chunki bu nuqta ushbu iqtisodiy tizimning ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasidan tashqarida joylashgan tadbirkor almashinuviga mo‘ljallangan iqtisodiy tovarlar – foydali va nodir predmetlarni ishlab chiqarishda yer, mehnat va kapitalni bir-biri bilan turlicha usul va miqdorlarda qo‘shishi mumkin.

Ularni istemol predmetlari (tovarlar) va xizmatlarga bo‘lish mumkin. Ularning farqi shundaki, tovarlar-buyumlar bolib, ularni tayyorlangandan song darhol ishlatish shart emas, ularni yigib, saqlab qoyish mumkin.

Xizmatlarharakatlar bolib, demak, ularni saqlash yoki otkazish boshqa odamlarga jonatish mumkin emas.

Tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun cheklangan resurslar zarur bo‘ladi, shuningdek, ular o‘z-o‘zidan kamyob bo‘lganligidan, har bir odamning xohishi va cheklanmagan talablarini qondirishini ta’minlash uchun yetarli emas. Iqtisodiy tovarlar bizning talablarimizni qondirganlari uchun biz ularni foydali deymiz.



Narxi

Narxi
Tovar

Xizmat


Ne’mat
Xarajat
Ґаракат

Ne’mat
Xarajat


Ґаракат

Talab
taklif
Foydaliligi

Kamyobligi

Resurs sig‘imdorligi

Foydaliligi

Kamyobligi

Resurs sig‘imdorligi

Buyum
Harakat



Talab
taklif

Keltirilgan chizmalardan ko‘rinab turibdiki, iqtisodiy tovar o‘z ichiga bir vaqtning o‘zida ham nematni (chunki iste’molchiga kerak) ham xarajatni (chunki uni ishlab chiqarish uchun resurslar zarur) oladi. Tovarlarning bu xususiyatlari ularning foydaliligini, kamyobligi va resurs sigimdorligi sifatida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy tovarlarni sotib olayotganda odamlar ular uchun belgilangan summada pul to‘laydilar. Bu summa tovarning narxi deb ataladi.



Iqtisodiy resurslar

Resources; Economic resources

Fransuzcha Ressource – yordamchi vosita ma’noni anglatadi.

Resurslar – mavjud texnologiyalar va ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar vositasida sotish mumkin bo‘lgan moddiy hamda ma’naviy ne’matlarini olish uchun zarur bo‘lgan manbalar va asoslar. Resurslar uchta asosiy guruhga bo‘linadilar. Bular:

- moddiy resurslar;

- mehnat resurslari, shu jumladan, intellektual resurslar;

- tabiiy resurslar.



Moddiy resurslar – ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishlatish uchun mo‘ljallangan mehnat predmetlari: xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, yarim fabrikatlar, detallar va hokazolarning yig‘indisidir.

Moliyaviy resurslar – davlat yoki tijorat tuzilmasi tasarrufidagi pul mablag‘lari.

Xom-ashyo (xom, tayyor bo‘lmagan materiallar) – ilgari mehnat ta’sirida bo‘lgan (ularni ma’lum bir holatga yetkazish uchun mehnat sarflangan) va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan mehnat predmetlari. Quyidagilarni farqlaydilar:

- birlamchi xom-ashyoqazib olingan ruda, paxta xom-ashyosi va hokazolar;

- ikkilamchi xom-ashyo – yaroqsiz holatga kelgan tayyor mahsulotlar: metall parchalari, makulatura va boshqalar.

Axborot resurslari – keng ma’noda – haqqoniy axborotni olish uchun tashkil qilingan ma’lumotlarning yig‘indisi.

Axborot resurslari – alohida hujjatlar va hujjatlarning alohida massivlari, axborot tizimlari; kutubxonalar, hujjatgohlar, fondlar, ma’lumotlar banklari, axborot tizimiy resurslarining boshqa turlaridagi hujjatlar va hujjatlar massivlaridir.

Hujjat resurslari – axborot resurslarining bir turi; alohida hujjatlar, axborot tizimlaridagi hujjatlar massivlarning yig‘indisi.

Mehnat resurslari – mamlakat aholisining jismoniy rivojlangan, ishlash uchun zarur bo‘lgan aqliy qobiliyat va bilimlarga ega bo‘lgan qismidir.

Mehnat resurslarining miqdori aholining soniga uning qayta ishlab chiqarish rejimiga, jins, yosh bo‘yicha tartibiga bog‘liq bo‘ladi. Mamlakatning mehnat resurslarining asosiy qismini mehnat qilishga qobil yoshdagi aholi, shuningdek, mehnatga qobiliyatli o‘smirlar va pensiya yoshdagi shaxslar tashkil qiladi.

Tabiiy resurslar (tabiat resurslari) – jamiyat odamlarning moddiy va ma’naviy talablarini, ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanadigan tabiiy obyektlari, tabiiy jarayonlar va sharoitlardir.

Tabiiy resurslar:

- o‘rni to‘ldiriladigan va o‘rni to‘ldirilmaydigan;

- yangilanadigan va yangilanmaydigan;

- almashtiriladigan va almashtirilmaydigan;

- tenglanadigan va tenglanmaydiganlarga bo‘linadi.



Tabiiy resurslar o‘z ichiga: foydali qazilmalar, enegriya manbalari, tuproq, suv yo‘llari, suv havzalari, ma’danlar, o‘rmonlar, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar, quruqlik va suv ostidagi hayvonot dunyosi, madaniy o‘simliklar va uy hayvonlarining genofondi, go‘zal va betakror landshaftlari, sog‘lomlashtirish mintaqalari va boshqalarni oladi.

Tugaydigan (yo‘q bo‘lib ketadigan) tabiiy resurslar – foydalanish barobarida yo‘qolib, qisqarib boradigan resurslar. Tabiiy resurslarning ko‘plab turlari yangilanadigan va yangilanmaydigan guruhlarga bo‘linuvchi tugaydigan tabiiy resurslarga kiradi.

Kamyoblik (tansiqlik) – iqtisodiy nazariyada – tovar yoki xizmatga talab uni ishlab chiqarish hajmidan oshib ketgan vaqtda yuzaga keladigan sharoitdir.

Ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan resurslardan farqli o‘laroq, inson ehtiyojlari amalda cheklanmagan. Shuning uchun ko‘pgina tovarlar va xizmatlar kamyobligi bilan harakatlanadi.



Bozor iqtisodiyoti kamyob resurslarni taqsimlash baholar (narx) lar mexanizmi vositasida amalga oshiriladi.

Rejali iqtisodiyotda tanqis resurslarni taqsimlash muammosini davlat o‘z markaziy idoralari timsolida o‘z zimmasiga oladi.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa