Iqtisodiy nazariya – bu qanday boy bo‘lish haqidagi qoidalarni to‘plami emas. U hamma masalalar va muammolarga tayyor javoblarni bermaydi. Nazariya hamma muammolarni javoblarini anglab yetishning vositasi, usulidir xolos. Shu bilan birga har bir odam iqtisodiy munosabatlarning ishtirokchisi, iqtisodiy tizimning subyektidir. Demak, bu vositadan xabardor bo‘lish, iqtisodiy nazariyaning asoslarini bilish ko‘plab hayotiy vaziyatlarda tanlovni to‘g‘ri qilishga yordam berishi mumkin.
Iqtisodiyot: cheklanganlik va tanlov haqidagi fandir
«Iqtisodiyot» – odatda samaradorlik, tejamkorlik resurslardan oqilona foydalanish kabi tushunchalar bilan qo‘shib ular uyg‘unligida qabul qilinadi, tushuniladi. So‘z yunoncha «oikonemia» – xo‘jalikni boshqarishdan yasalgan.
«Iqtisodiy nazariya» – bu odamlar cheklangan resurslardan tovarlar ishlab chiqish va xizmatlar ko‘rsatishda ularni oqilona taqsimlab va almashib o‘zlarining cheklanmagan talablarini insonning qobiliyatlari va imkoniyatlarini har tomonlama rivojlantirish maqsadida qondirishga harakat qilib foydalanishga intilishlari haqidagi fandir.
Hammaning cheklanmagan talablarni qondirish mumkin bo‘lmaganligidan har bir kishi, firma yoki davlat orasidagi eng zarurlarini tanlab olishlari kerak. Bunda ularning har biri ko‘proq narsa olish va iqtisod qilib qolishga intiladi.
Buni nazarda tutgan holda biz iqtisodiyotni jamiyatning resurslar cheklangan holatda ehtiyojlarini qondirish uchun tanlovini ta’riflovchi va tahlil qiluvchi ijtimoiy fan sifatida belgilashimiz mumkin.
Shuning uchun iqtisodiyotning bosh muammosi shundaki, iqtisodiy resurslar, odamlarning talablaridan farqli o‘laroq, cheklangandir. Iqtisodiy nazariya va amaliyotning asosiy muammosi tanlov muammosi sifatida ham taqdim etilishi mumkin. Darhaqiqat, agar turli xil talablarni qondirish uchun ishlatiladigan har bir omil cheklangan ekan, unda doimo undan foydalanishning muqobilligi va ishlab chiqarish omillarining eng yaqin qo‘shiluvini izlash muammosi ham mavjud bo‘ladi, ya’ni tanlov muammosi mavjud bo‘ladi. Javoblari xo‘jalik tizimining ko‘piga bog‘liq bo‘lgan iqtisodiyotning uch asosiy savolining (masalasining) qo‘yilishi ushbu muammoning aks ettirilishidir.
O‘z xo‘jalik faoliyatini tashkil qilar ekan insoniyat doimo nima ishlab chiqarish kerak? Qanday qilib ishlab chiqarish kerak? Ishlab chiqarilganlarni qay tarzda taqsimlash kerak? Resurslarni qachon ishlatish kerak? degan muhim (bosh) iqtisodiy savollarga javob axtarishga majbur. Aynan shu savollarga eng oqilona javoblarni izlashdagi mahorat darajasi pirovard natijada mamlakatning boyligini va uning fuqarolarining farovonligini belgilaydi.
Iqtisodiyotning uchta asosiy savoli:
Ushbu iqtisodiy makonda va shu vaqtda imkoni bo‘lgan tovarlardan qaysilarini ishlab chiqarish, qaysu xizmatlarini ko‘rsatish kerak.
Nima?
Imkoni bo‘lgan Tovar va xizmatlardan tanlanganlari ishlab chiqarishi resurslarining qanday to‘plamida, qaysi texnologiyani qo‘llanganda ishlab chiqarilishi xizmat ko‘rsatilishi kerak.
Qanday qilib?
Tanlangan tovarlarni kim sotib oladi, kim ulardan foyda olib, ular uchun haq to‘laydi. Jamiyatning ushbu tovarlarniishlab chiqarish xizmatlarni ko‘rsatishda olgan, ya’ni daromadi qanday taqsimlanishi kerak?
Kim uchun?
Do'stlaringiz bilan baham: |