Bozor iqtisodiyotining infratuzilmasi – bu alohida bozorlar doirasida harakat qiluvchi va uning normal ishlashini ta’minlash uchun ma’lum bir vazifalarni bajaruvchi, o‘zaro bog‘liq institutlarining yig‘indisidir.
Bozorning afzalliklari:
resurslarning samarali taqsimlanishi;
moslanuvchanlik, o‘zgaruvchi sharoitlarga yuqori darajada moslashish;
ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning tanlash va harakat erkinliklari;
ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini maksimal darajada ishlatish;
xilma-xil talablarni qondirish, tovarlar va xizmatlar sifatini oshirish salohiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |