Kon’yunktura sikli va uning fazalari
Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy rivojlanish bilan bir xil narsa emas.
O‘sish Iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismidir. Rivojlanish shunday jarayonki, u o‘z ichiga o‘sish va pasayish davrlarini oladi. Iqtisodiy o‘sish – bu iqtisodiy dinamikaning ijobiy tarkibiy qismidir.
Sikllar va krizis (tanazzul)lar
Iqtisodiy sikllarni ko‘rib chiqIsh makroiqtisodiy dinamikasi haqida umumlashgan tasavvur beradi.
Iqtisodiy sikl talab va taklifning mumkin bo‘lgan turli shakldagi muvofiqliklarida namoyon bo‘luvchi davriy ko‘tarilish va pasayishlarini ifodalaydi. Iqtisodiy siklning umumiy tasviri iqtisodiy faollikni turli xil ko‘rsatkichlari (YaMMning o‘sish sur’ati, sotuvlarning umumiy hajmi, narxlarning Umumiy darajasi, ishsizlik darajasi, ishlab chiqarish quvvatlarini yuklanganligi va boshqalar)ning tebranishlarining qo‘shilishi natijasini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |