Iqtisodiyot ( tarmoqlar va sohalar) yo’nalishi



Download 230 Kb.
bet3/3
Sana08.01.2022
Hajmi230 Kb.
#335208
1   2   3
Bog'liq
toshkent

TOSHKENT VILOYATI — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning shimoli sharqida. 1938-y. 15 yanvda tashkil kilingan. Shimoli va shimol gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi, shimol sharkdan Qirgʻiziston Respublikasi, sharqsan Namangan viloyati, janubidan TojikistonRespublikasi, jan. gʻarbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Mayd. (Toshkent sh. maydonisiz) 15,3 ming km2. Aholisi (Toshkent shaxri aholisisiz) 2,4 mln. kishidan ziyod (2004). Viloyat tarkibida 15 ta tuman (Bekobod, Buka, Bustonliq, Zangiota, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyoʻl, Oʻrta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq), 17 shahar (Angren, Bekobod, Boʻka, Doʻstobod, Keles, Olmaliq, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Toʻytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiyoʻl, Yangiobod, Gʻazalkent), 18 shaharcha (Alimkent, Boʻzsuv, Gulbahor, Zafar, Iskandar, Krasnogorsk, Nurobod, Olmazor, Salor, Tuyaboʻgʻiz, Chigʻiriq, Chorvoq, Eshonguzar, Yangibozor, Yangichinoz, Yangihayot, Oʻrtaovul, Qibray), 146 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Toshkent sh. Tabiati. Viloyatning shim. va shim. sharqiy qismlari Gʻarbiy Tyanshan togʻlari va uning tarmoqlari (Qurama, Piskom va Ugom togʻlari) bilan band. Eng baland joyi Piskom tizmasidagi Adelung togʻi (4301 m). Chatqol va Qurama togʻlari orasida Ohangaron daryosi kesib oʻtgan, Ohangaron platosi joylashgan. Viloyat hududining katta qismi Sirdaryo tomon qiyalanib boradigan togʻ oldi tekisligi (Chirchiq—Ohangaron vodiysi)dan iborat. Ohangaron daryo vodiysi, Qurama togʻi, Angren—Olmaliq atrofida foydali qazilmalardan mis, polimetall rudalari, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, alyuminiy xom ashyosi, qoʻngʻirkumir, molibden konlari, plavik shpati va dala shpati, turli xil qurilish materiallari bor. Termal va mineral suv zaxiralari kup. Viloyat kuchli seysmik zonada joylashgan. Ayniqsa, Chirchiq va Ohangaron havzalarida aniq seziladigan zilzilalar buning ifodasidir. Juda kuchli zilzila 1868-y. da Toshkentda boʻlib oʻtdi va 1966-y. da takrorlandi. Turli intensivlikdagi yer osti silkinishlar vaqtvaqti bilan hozirgi kunda ham davom etmoqda.

Iqlimi keskin kontinental. Qishi nam, nisbatan iliq, yozi uzoq, issiq va quruq. Yanv. ning oʻrtacha trasi — 1,3°, —1,8°, eng past t-ra —34° (tekislikda), —38° (togʻ etaklarida), iyulnint oʻrtacha trasi 26,8°, eng yuqori t-ra 43— 47°. Tekislik qismida yiliga 250 mm, togʻ oldilariga 350—400 mm, togʻlarda 500 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning koʻp qismi bahor va qishda yogʻadi. Qor togʻlardagina uzoqroq saqlanadi. Vegetatsiya davri tekislik qismida 210 kun. Daryolari Sirdaryo havzasiga mansub (Sirdaryo — oʻrta oqimi, uz. 125 km va uning irmoklari — Chirchiq, Piskom va Ohangaron). Bular Tyanshan togʻlaridan boshlanadi va suvidan elektr energiya olishda va sugʻorish ishlarida foydalaniladi. Sugʻorish kanallari: Boʻzsuv, Qorasuv, Dalvarzin, Toshkent va b. Tuyaboʻgʻiz suv ombori («Toshkent dengizi»), Chorvoq suv ombori, Ohangaron suv omborlarn bor.

Tuproklari: tekislikda boʻz tuproq, togʻ etaklarida (500—600 m balandlikkacha) tipik boʻz tuproq, undan balandroqda chimqoʻngʻir, yuqrrirokda oʻtloqidasht tuproq, daryo terrasalarining quyi qismida, yer osti suvi yuza joylarda oʻtloqi va botqoq tuproq, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlardan iborat. Toshkent viloyatining tekislik qismi toʻla haydalgan, Sirdaryo buylarida kichik tuqaylar (terak, tol, jiyda, har xil butalar) mavjud. Togʻ etaklari va togʻlarda (1200— 1400 m balandlikkacha) togʻ dashtlari, yuqorirokda siyrak archazorlar, 2000 m dan balandda subalp va alp oʻtloklari bor. Daryo vodiylarida terak, tol; togʻ etaklari va togʻlarning oʻrtacha balandliklarida olmazor va yongʻoqzorlar uchraydi, togʻolcha oʻsadi. Tekisliklarda sarik. yumronqoziq, qoʻshoyoq, kaltakesaklar, chul toshbaqalari, qalqontumshuq ilon va b., Sirdaryo toʻqaylarida chiyaboʻri, tolay quyoni, qobon; togʻ etaklari va togʻlarda ayiq, tulki, togʻ qoʻyi, jayra, boʻrsiq, kaklik, toʻrgʻay, archa boltatumshugʻi va b., togʻ daryolari va jilgʻalarda qora baliq, osman, laqqacha uchraydi. Viloyat hududida «Chimyon», «Burchmulla», «Bogʻiston», «Xumson», «Oqtosh» kabi bolalar oromgoxlari, iklimiy kurortva dam olish uylari bor. Toshkentdan 20 km uzoqlikda «Toshkent mineral suvlari» balneologik kurorti joylashgan. Toshkent viloyatida UgomChatqol milliy bogʻi (mayd. 574 ming ga) tashkil etilgan. Boshqizilsoy boʻlimida meteorologiya styasi (1956-y. dan) faoliyatkoʻrsatadi.

Toshkent viloyati qadimdan Buyuk ipak yoʻlidagi ilmfan, gʻunarmandchilik, madaniyat taraqqiy etgan makonlardan biri bulgan. Xoʻjakent yaqinidagi gʻordan topilgan tosh davriga mansub odam suyagining qoldiklari va qoyalardagi suratlar bu vohada qadimda ibtidoiy odamlar yashaganligidan dalolat beradi.



Vohaning iklim sharoiti, sersuvligi, dare boʻyi va togʻ oldi mintaqalarining yovvoyi oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga boyligi kdd. tosh davridayoq odam yashashi uchun qulay imkoniyat yaratgan. Toshkent viloyatining qad. aholisi toʻgʻrisida mil. av. 5—2asrlarga oid Yunon, Xitoy va b. Shark, manbalarida baʼzi maʼlumotlar saqlanib qolgan. Oʻlkani arxeologik jihatdan 19-a. da N. I. Veselovskiy, A. A. Divayev, N. P. Ostroumov, Ye. T. Smirnov va b. oʻrgandilar. 1920—30 y. larda M. V. Voyevodskiy, G. V. Grigoryev, V. D. Jukov va A. I. Terenojkinlar, 1941-y. dan M. Ye. Massoy rahbarligida Oʻrta Osiyo unti arxeologiyakafedrasi aʼzolari, 1950-y. dan OʻzbekistonFAning arxeolog olimlari Ya. F. Gʻulomov, Oʻ. Islomov va R. H. Sulaymonovlar viloyat hududida tekshiruv ishlari olib bordilar. 1958-y. dan Toshkent viloyatining oʻrta asr shaharlari va qad. konlarini Yu. F. Buryakov, 1966-y. dan Toshkent sh. ni V. A. Bulatova rahbarligidagi guruh ilmiy ravishda oʻrgangan.

Koʻp yillik tadqiqotlar natijasida Toshkent viloyati arxeologik xaritasiga 760 ta qad. manzilgoh, shahar va qishloq xarobasi, qad. konlar, qabristonlar, mudofaa va irrigatsiya inshootlari tushirildi. Toshkent viloyatida ibtidoiy odamlar krldirgan dastlabki izlar paleolit davriga toʻgʻri keladi. Bu davrga oid odamlar yashagan gorlar va och iq manzilgoxlardan biri Koʻlbuloq makonidir. Koʻlbuloq yaqinidagi Qizilolmasoy va Qoʻshsoydan qad. tosh qurollar yasalgan ustaxona topilgan. Mustye davriga oid manzilgoxlar Obirahmat gʻorildm, Xoʻjakent qishlogʻi yaqinidan, Chirchiq vohasida esa Qoraqamish va Shoʻralisoydan topilgan. Yangi tosh davri (neolit) ga oid ashyo Toshkent sh. ning garbida Qoʻshilish degan joydan topilgan. Bu davrda kurollar maydalashgan va soni koʻpaygan. Toshkent viloyati ningjez davri (mil. av. 2ming yillik) topilmalari Andronovo, Tozabogʻyop madaniyatiga oiddir. Tosh va toʻkma tuproqdan qilingan qabriston qoʻrgʻonlar Chirchiq va uning irmoqlari boʻyida, Obirahmat, Burchmulla (q. Burchmulla xazinasi) qishloqlari, Iskandarshaharchalarida ochilgan. Qabrlardan Andronovo madaniyatiga xos qoʻlda yasalgan sopol idishlar, bilaguzuk, marvarid va marjonlar topilgan. Jezdavridan boshlab rangdor va qimmatbaho metallar togʻ yon bagʻridagi konlardan qazib olina boshlagan. Temir davrida viloyat xududida skif qabilalarning sakmassaget ittifoqiga kirgan elatlar yashagan. Ularga tegishli yodgorliklar mil. av. 6—4asrlarga oiddir. Bu davr qabristonlaridan (Burchmulla yaqinida) tirnab bezalgan sopol idishlar, tosh va kumushdan yasalgan zebziynat buyumlari topilgan. Chirchiq vodiysida Burganlisoydan temir davriga oid sopol, metall, toshdan yasalgan uyroʻzgʻor buyumlari, jumladan, choynaksimon tumshukli va quloqli qozonlar va mehnat qurollari topilib oʻrganilgan. Idishlar dumaloqshaklda boʻlib, sirtiga angobboʻyogʻi berilgan. Mil. av. 1 — mil. ning 1-a. larida Toshkent viloyati hozirgi hududi Qangʻ davlati tarkibiga kirgan. Toshkent viloyati oʻtroqxalklarining madaniyati koʻshni koʻchmanchi chorvador xalklar madaniyati bilan chambarchas aloqada boʻlgan. Koʻchmanchi chorvador xalqlar yodgorliklaridan Qovunchitepa yaxshi oʻrganilgan. Ohangaron daryosining quyi oqimida joylashgan Qanqa (q. Xarashkat) xarobasi eng qad. shaharlardan biri boʻlgan. Shahar mil. av. 3—2 a. larda vujudga kelgan. 1-a. ga oid shaharlar Sirdaryo vodiysida Banokat, OhangaronOqqoʻrgʻon oraligʻida Kindiktepa va Qovunchitepalar boʻlgan. Bu yerlardan Toshkent hokimligining birinchi tanga pullari topilgan. Bu davrda hamma mayda shahar va qoʻrgʻonlar Shosh (Choch) va Iloq (Eloq)qa birlashgan. 7-a. da qalʼalari va mayda shaharchalari koʻpligi uchun Shoshni ming qalʼali davlat deb taʼriflaganlar. Shulardan biri Toshkentning shim. da (hoz. shahar hududida) joylashgan Oqtepaqoʻrgʻoni boʻlib, u mustahkam mudofaa devorlaribilan oʻralgan. Ilk oʻrta asr shaharlarining arki va shahristoni boʻlgan. Aholisi. Toshkent viloyati dagi aholining zichligi oʻrtacha 1 km2 ga 157 kishini tashkil etadi, asosan, oʻzbeklar (60,9%), shuningdek, rus (8,1%), qozoq (14,3%), tatar (2,5%), tojik (5,0%), koreys (2,8%), ukrain va b. millat (turk, qirgʻiz, uygʻur, nemis va b. jami 80 millat) vakillari yashaydi (2004). Chorvokdan tortib Sirdaryogacha viloyat aholisi zich joylashgan. Ayniqsa, bir qancha yirik shaharlar zanjiridan tashkil topgan Toshkent aglomeratsiyasida aholi juda koʻp. Toshkent viloyati dagi koʻpchilik shaharlar poytaxtni ulkan shoda shaklida oʻrab olgan. Xoʻjaligi. Toshkent viloyati mamlakatning sanoati yuqori darajada rivojlangan viloyatlardan biridir. Uning geografik oʻrni iktisodiyotining ravnaqtopishiga imkon beradi. Viloyat xoʻjalikkompleksi, asosan, poytaxt xoʻjalik kompleksini toʻldiradi. Ayni paytda viloyat respublika sanoatmahsulotining 20%ni, elektr energiyasining 45%ni, koʻmirning 98%ni, sementning 43%ni, poʻlat va metall prokatining 100%ni, rangli metallarning asosiy qismini ishlab chiqaradi. Vshtoyatda 190 ta sanoat, 160 dan ortiq qoʻshma, 20 mingdan ortiq kichik va oʻrta biznessubyektlari faoliyat koʻrsatadi. Eng muximlari: «Gʻishtchi» (Angren), «Agat va Farhod» (Boʻstonliq tumani), «Metallurfemont» (Bekobod), «Orion» (Qibray tumani).Sanoatining yetakchi tarmoklari — energetika, mashinasozlik, metallurgiya, koʻmir, konmetallurgiyasi, kimyo sanoati, poyabzal, paxtatozalash, oziq-ovqat sanoati, toʻqimachilik hamda qishloq xoʻjaligi. mahsulotlarini qayta ishlash. Viloyatda sanoat korxonalaridan Bekoboddagi Oʻzbekiston metallurgiya, Olmaliqdagi konmetallurgiya, Yangi Angren, Toshkent issiqlikelektr styalari hamda Chirchikdagi oʻtga chidamli va qiyin eriydigan metallar kti ishlab turibdi. CxChirchikdagi E«lektrkimyosanoat», Olmalikdagi «Ammofos» va Angrendagi «Oʻzbekrezinatexnika» ishlab chiqarish. birlashmalari Respublika kimyo sanoatidagi yirik korxonalardan xisoblanadi. Bu korxonalarda qishloq xoʻjaligi. va b. tarmoqdar uchun azotli va fosforli oʻgʻitlar, ammiakli selitra, kaprolaktamishlab chikariladi. «Oʻzbekkimyomash», «Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi», «Transformator» korxonalarida qishloq xoʻjaligi. uchun zarur boʻlgan paxta seyalkalari, kultivatorlar, podborshchiklar va ehtiyot qismlar va b. ishlab chikariladi.

Viloyatdagi T«oshkenttibtexnika» (Qibray tumani), «OʻzBMZ» (Toshkent tumani), «Gidravlika», «Uskuna quruvchi» (Zangiota tumani), Dalvarzin taʼmirlash zavodi (Bekobod tumani), Togʻ transporti uskunalarini taʼmirlash zavodi, «Angrengazmash» (Angren sh.,) korxonalari yirik korxonalardan qisoblanadi.

Viloyatda, shuningdek, «Ohangaronsement», «Santexquyma», «Ohangaronshifer», «Ohangaronlinplast», «Bekobodsemtaʼmir», «Gʻazalkentoyna» kabi qurilish materiallari ishlab chikaradigan va qayta ishlaydigan korxonalar ham mavjud boʻlib, ularda sement, shifer, keramika, oyna, gʻisht, linoleum, temirbetonkonstruksiyalari kabi mahsulotlar tayyorlanadi.

Oziq-ovqat sanoati xam rivojlangan. Bunda, asosan, mahalliy xom ashyodan mahsulottayyorlanadi. Bu sanoat goʻshtsut, yogʻmoy, unqandolat, vinoaraq, tamaki va b. tarmoklarni oʻz ichiga oladi.

Oziq-ovqat sanoati paxtachilik mahsulotlari, bogʻdorchilik, tokchilik, sabzavotchilik, chorvachilik va b. ga asoslanadi. Viloyatda 4 un zdi, konserva, pivo, araq, non va non mahsulotlari zdlari, sholi tozalash korxonalari bor. Yangiyoʻl sh. viloyat oziq-ovqat sanoatining markazlaridan biri. Bu yerda yogʻ, konserva, vinova spirt zdlari, qandolat fkalari mavjud. Chirchiq, Olmaliq, Angren sh. lari, Bekobod, Qibray, Zangiota, Toshkent, Boʻstonliq tumanlarida ham oziq-ovqat korxonalari koʻp.

Toshkent viloyati 1990-y. largacha SSSRda kanopyetishtiriladigan yagona region edi. Sirdaryo va Chirchiq sohillarida sholi yetishtiriladi. Keyingi yillarda viloyatda qishloq xoʻjaligi. ekinlari strukturasini oʻzgartirishga alohida ahamiyat berilyapti. Paxtachilik, gʻallachilik asosiy oʻrinlarni egallaydi. Toshkent viloyatida shuningdek, kartoshka, meva va rezavor mevalar, uzum yetishtirish ham yil sayin ortib borayapti. Pillachilik bilan shugullaniladi. Chorvachilik rivojlangan. Toshkent viloyatida 168 shirkatxoʻjaligi, 8 parrandachilik fkasi bor. Chorvachilik goʻshtsutga ixtisoslashgan.

Toshkent viloyati dagi barcha jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 425,5 ming bosh kramol (shu jumladan, 190,3 ming sigir), 20,2 ming choʻchqa, 446,1 ming qoʻy va echki, 4018,2 ming parranda bor (2003).

Chirchiq — Ohangaron vodiysi obikor dehqonchilikning asosiy rnidir. Viloyatdagi barcha ekin mayd. 315 ming ga, shu jumladan, yerning 108,0 ming gektariga paxta, 135 ming gektariga boshokli don ekinlari, 5,8 ming gektariga texnikaekinlari, 17,4 ming gektariga kartoshka, sabzavot va poliz, 39,7 ming gektariga yemxashak ekinlari ekiladi. Bogʻ, tokzor 30,8 ming ga va 8,5 ming ga oʻrmonzorlar bilan band, pichanzor va yaylovlar 198,5 ming gektarni egallaydi (2003). Ekinlarni sugʻorishda, asosan, Chirchiq daryosi, qisman Ohangaron va Sirdaryodan foydalaniladi.

Toshkent viloyati respublika poytaxti aholisiga sut, goʻsht, tuxum, mevasabzavot yetkazib beradi. Kartoshka va sabzavot, asosan, Toshkent, Chirchiq, Yangiyoʻl, Angren sh. lari atrofidagi xoʻjaliklarda ekiladi. Zangiota va Qibray tumanlari Toshkent sh. aholisini kartoshka va sabzavot bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Viloyatda tokchilik va bogʻdorchilik ham yaxshi rivojlangan. Bogʻlarda asosan, nok va olmaoʻstiriladi. Bogʻlarning asosiy qismi Boʻstonliq, Qibray, Yangiyoʻl, Parkent, Ohangaron, Zangiota, Toshkent, Quyi Chirchiq tumanlarida joylashgan. Sharqiy togʻli va togʻ etaklaridagi tumanlarda, asosan, qoʻy va echkilar boqiladi. Echkilarning 40% angor echkilari, qoʻylar esa hisor va jaydari qoʻylardir.



Viloyatda Quyi Chirchiq «Baliqchi» tajribanamunaviy baliqchilik birlashmasi, Zangiotada Damachi balikchilik kti, Yangiyoʻl baliq chavoqlari yetishtirish davlat xoʻjaligi, Ixtiopatologiya markazi (Toshkent) va b. bor.

Transport. T. v. dagi t. y. uzunligi 354,2 km. Viloyat hududidan Oʻrta Osiyodagi mustaqil davlatlarni Sharqiy Yevropa shaharlari bilan bogʻlaydigan t. y. liniyasi (shu jumladan, Moskva— Toshkent — Turkmanboshi) oʻtadi. Angren sh. va Chorvoq shaharchasi yoʻnalishidagi t. y. tarmoqlari Toshkentdan boshlanadi. Toshkent atrofidagi t. y. lar elektrlashtirilgan. 2004-y. dan boshlab Toshkent — Samarkand yoʻlovchilar tashuvchi elektr poyezdi qatnay boshladi. Viloyatda avtomobil yoʻllarining tarmogʻi zich. Viloyat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 6,6 ming km (shu jumladan, qattiq qoplamalisi — 5,9 ming km). Muhim avtomobil yoʻllari: Katta Oʻzbekiston trakti, Toshkent—Andijon—Oʻsh — Qashqar avtomobil yoʻliViloyatda kadrlar tayyorlash milliy dasturiasosida yangi taʼlim tizimi shakllanmoqda. 2000-y. da viloyatning 45 nafar oʻquvchisi «Umid» jamgʻarmasi orqali chet ellardagi nufuzli oliy oʻquv yurtlariga joʻnatildi. 2004-y. da Boʻstonliq tumanidagi 38maktab qoshida AQSH USAJD tashkilotining Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda sport va sogʻlomlashtirishni targʻibot qilish dasturi asosida maktab oʻquvchilari bilan sport haftaligi oʻtkazildi. Toshkent viloyatining barcha shaharlarida hamda Qibray, Piskent tumanlarida «Bogʻchamaktab» majmualari tashkil etilgan. Bu majmualarda bolalarga chet tili, kompyutersavodxonligini oʻrgatish, alifbosiz oʻqishga eʼtibor berilgan. «Mehr va muruvvat yili» munosabati bilan Olmaliq sh. dagi 80sonli maxsus internatmaktabi binosini mukammal taʼmirlash uchun Olmaliq togʻmetallurgiya kti tomonidan 350 mln soʻm mikdorida mablagʻ ajratilib, taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. 1998—2003-y. larda yangi qurilish va qayta taʼmirlash hisobiga 29 ta kasbhunar kolleji, 4 akademik litseyfoydalanishga topshirildi. Toshkent viloyati oʻrta maxsus, kasbhunar taʼlimi boshqarmasi tasarrufida 4 akademik litsey va 67 ta kasbhunar kolleji mavjud boʻlib ularda 57,4 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim olmoqda. 2004-y. da Toʻytepa sh. da ijtimoiyiqtisodiy kasbhunar kolleji foydalanishga topshiriladi. Toshkent viloyatida 4 oʻlkashunoslik muzeyi, 501 ommaviy kutubxona (7141,6 ming nusxa asar), 169 klub muassasasi, 35 bolalar musiqa va sanʼat maktabi (6323 oʻquvchi), madaniyat uylari, 746 badiiy havaskorlik jamoalari, 3 madaniyat va istirohat bogʻi bor. Toshkent viloyati va Toshkent sh. dan Toʻychi hofiz, Zokirovlar, Rajabovlar sulolalari, akauka Shojalilovlar; Oʻzbekiston xalq hofizlari: Muhammadjon Karimov, Faxriddin Umarov, Ochilxon Otaxonov; Oʻzbekiston xalq artistlari: Turgʻun Alimatov, Orif Alimahsumov, Nuriddin Haydarov, Oʻzbekistonda xizmat I ■ ʻ koʻrsatgan artist Toshpoʻlat Matkarimov va b. yetishib chiqdilar. Viloyatda xalq hunarmandchiligi rivojlangan. Sogʻliqni saqlash. Toshkent viloyatida 10361 oʻrinli 96 kasalxona muassasasi, 42 dorixona, viloyat tez tibbiy yordam markazi boʻlimlari, 334 ambulatoriyapoliklinika muassasasi ishlab turibdi. Shulardan 174 qishloq vrachlik punkta, 43 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 11 stomatologiyapoliklinikam, talabalar poliklinikasi va 195 feldsherakusherlik punkti va b. tibbiyotmuassasalari faoliyat koʻrsatadi.

Toshkent viloyatida oʻtgan 1996—2003-y. lar mobaynida 174 qishloq vrachlik punktlari barpo etildi, 119 qishlok, shifokorlik ambulatoriyasi va feldsherakusherlik punktlari qishloq shifokorlik punktlariga aylantirildi. 1999 — 2003-y. larda viloyatda 150 oʻrinli viloyat klinik shifoxonasi, 170 oʻrinli viloyat tugʻruq majmuasi, 90 oʻrinli viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, 60 oʻrinli narkologiya dispanseri, 120 oʻrinli viloyat ruhiyasab kasalliklari dispanseri, 100 oʻrinli viloyat silga qarshi kurash dispanseri, ayollar reproduktiv salomatligini tiklash markazi, Yuqori Chirchiq tumanida 40 oʻrinli «Nuroniy» shifoxonasi, Bekobod, Toshkent, Oʻrta Chirchiq, Qibray tumanlarida yangi tugʻruq majmualari ishga tushirildi. Ular zamonaviy tibbiyot apparatlari, asbobuskunalar bilan jihozlandi. Toshkent viloyati dagi barcha tibbiy muassasalarda 5032 dan ziyod vrach, 22106 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Viloyat hududida 95 ta bolalar oromgoxdari, 5 ta dam olish zonalari, 10 sanatoriy, 14 ta sanatoriyprofilaktoriy, 3 damolish uylari, 7 ta pansionat, 2 bolalar sanatoriysi faoliyat koʻrsatadi. Toshkent sh. dan 90 km shim. sharkda Chatqol togʻ yon bagʻirlarida «Chimyon» dam olish zonasi joylashgan.

Sport. Viloyatdan sportning futbol, basketbol, voleybol, suv polosi, mini futbol, qoʻl toʻpi, shaxmat va b. boʻyicha sportchilar mamlakatmusobaqalarida ishtirok etib kelmoqdalar. Toshkent viloyatida 49 stadion, sport majmuasi, 16 suzish havzasi, 38 tennis korti, otchopar, velotrek, 624 sport zali, 45 otish tiri, 683 basketbol, 994 voleybol, 359 qoʻl toʻpi, 667 futbolmaydoni bor. Bugungi kunda 1701 ta jismoniy tarbiya va jamoalarida 600 mingga yaqin kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadi.

Oʻtgan davr mobaynida viloyatda oʻnlab jahon, Osiyo, respublika chempionlari yetishib chikdi. D. Mansurov erkin kurash, R. Saidov va I. Alborovlar boks, E. Akbarov, S. Zokirov, A. Bobojonov va M. Kalikulovlar dzyudo, M. Inoyatova stol tennisi, D. Turchin, M. Tarasov, Yu. Borzova. D. Strijkovlar baydarka va kanoe, V. Smirnov yengil atletika, S. Soy suzish boʻyicha Afina 2004 Olimpiadasiga yoʻllanmalarni qoʻlga kiritishdi. Katar davlati poytaxti Doxa sh. da boʻlib oʻtgan stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionatida A. Dyugay oltin medalga sazovor boʻddi. 2004-y. may oyida Dogʻistonning Maxachqala sh. da oʻtkazilgan yirik xalqaro turnirida D. Mansurov 1oʻrinni egalladi. Viloyat jamoasi respublika miqyosida uloq, yengil atletika, boks, dzyudo, stol tennisi, qoʻl toʻpi, voleybol va b. sport turlari boʻyicha 1 va sovrinli oʻrinlar sohiblari boʻlishdi. Toshkent viloyatida 2 ta viloyat («Toshkent haqiqati», «Tashkentskaya pravda»), 16 tuman, 9 shahar gaz. chiqadi. Viloyatda, shuningdek, 17 tarmoq, 7 jamoat gaz. va 1 jurnali nashr etiladi. 38 matbaa korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Toshkent viloyatida (Toshkent sh. da) tajriba radioeshittirishlar dastlab 1926-y. boshlangan. 1927-y. 11 fev. da quvvati 2 kVt boʻlgan ommaviy radiostansiya ishga tushirilib, muntazam radioeshittirishlar olib borilgan. 1929-y. dan boshlab muntazam radiogazeta eshittirishlari berilgan. 1930-y. dan quvvati 20 kVt boʻlgan RV radiostansiyasi ishlay boshlagan. Respublika miqyosidagi eshittirishlardan tashqari, Toshkent sh. va viloyat radio tinglovchilari uchun har kuni Toshkent shahar va Toshkent viloyat radioeshittirish bosh tahririyati tayyorlagan eshittirishlar beriladi (1971-y. dan). Shuningdek, «Oriat Dono», «Oriat GʻM» radiostansiyalari faoliyat koʻrsatadi.

Televizion eshittirishlar 1956-y. 5 noyab. dan boshlangan. 1971-y. dan rangli televizion koʻrsatuvlar berilmoqda. Toshkent sh. va Toshkent viloyati uchun moʻljallangan koʻrsatuvlar bosh tahririyati «Oʻzbekiston» axborot dasturi, «Shahar yumushlari», «Davra suhbati», «Muloqot», «Hamshaharlar», «Shahar portreti», «Oila», «Mezon», «Oltin beshik», «Bahs» kabi koʻrsatuv turkumlarini tayyorlaydi. Viloyatda, shuningdek, «Olmaliq—TV», «Poʻlat», «Chirchiq—TV», «Bekobod oynai jahon», «OrbitaTRK» telestudiyalari ishlab turibdi. Meʼmoriy yodgorliklari. Viloyat hududida ilk oʻrta asrlarda bunyod etilgan shahar, koʻshk va saroylar xaroba holida tuproq ostida qolib ketgan. Oʻrta asrlarga oid yirik meʼmoriy binolarning aksari kismi Tbshkent sh. da bunyod etilgan. Ulardan 14—19alarda qurilgan maqbarava madrasalarning ayrimlarigina hozirgacha saqlangan. Zangiota majmuasi Toshkent viloyati dagi eng mashhur, Oʻrta Osiyodagi noyob meʼmoriy yodgorlikdir. Zangiota qishlogʻida joylashgan mazkur yodgorlik 15 — 20-a. lar davomida qurilgan. Zangiota maqbarasi, peshtoqli ayvon, ziyoratxona, goʻrxonalardan iborat. Majmua tarkibida Anbar bibi maqbarasi ham bor. Bekobod tumanida Qizilmozor maqbarasi joylashgan. Toshkent viloyati dagi tuman markazlarida 2jahon urushida halok boʻlganlar xotirasiga, jumladan Chirchiq sh. ga kiraverishda, Boʻzsuv kanali sohilida, Yangiyoʻl sh. da, Parkent sh. dagi yodgorliklar oʻrnatilgan.

2. TOSHKENT VILOYATINING RIVOJLANIGA TA’SIR KO’RSATUVCHI IJTIMOIY – IQTISODIY OMILLAR.

Toshkent viloyati respublikamiz hududiy mehnat taqsimotida o’zining ko’p tarmoqli iqtisodiyoti bilan ajralib turadi. Viloyat sanoat ishlab chiqarishida mashinasozlik, ko’mir, elektr energiya, qurilish materiallari, mineral o’g’itlar, yengil va oziq-ovqat sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Agroiqtisodiyot tizimida esa paxta, meva va uzum yetishtirish, go’sht va sut chorvachiligi, shahar atrofi qishloq xo’jaligi yaxshi rivojlangan. O’zbekistonda bunday mukammal va murakkab tizimga ega bo’lgan hududiy ishlab chiqarish majmuasi boshqa mintaqalarda shakllanmagan.

2013 yil yakunlariga ko’ra, viloyat yalpi hududiy mahsulotining 30,0 foizi sanoatga, 21,0 foizi qishloq xo’jaligiga, 16,6 foizi transport va aloqaga, 9,9 foizi savdo va umumiy ovqatlanishga, 4,8 foizi qurilishga to’g’ri keladi. Agar mintaqada qishloq xo’jaligini ma’lum darajada sanoatlashganligi hisobga olinsa, uning iqtisodiyotini industrial-agrar yo’nalishda ekanligini e’tirof etish mumkin. SHu bilan birga yuqoridagi ko’rsatkichlar respublika boshqa hududlari bilan taqqoslaganda qurilish ko’rsatkichining eng pastligi, transport va aloqaning esa eng yuqoriligi ko’zga tashlanadi. Kichik biznesning YaHMdagi ulushi 55,3 %[21]. 2011 yilning 1 yanvar holatiga viloyatda jami 25,0 ming kichik biznes sub’ektlari rasmiylashtirilgan. Viloyat bo’yicha sanoat mahsulotining 18,4, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 96,0 foizini aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ta’minlaydi. Geografik nuqtai nazardan qaralganda esa Parkent tumanining 100 foiz sanoat mahsuloti, Piskent, Bekobod, Bo’ka, Oqqo’rg’on tumanlarining 100 foiz qurilish ishlari mazkur soha zimmasiga tushadi.Albatta, har qanday hudud ishlab chiqarish va umuman iqtisodiyotning rivojlanishi eng avvalo kapital qo’yilmalarga bog’liq. 2013 yilda jami investitsiya hajmi 2861,7 milliard so’mni tashkil qilgan. Uning kattaroq qismi Qibray (15,3 %) va Zangiota (11,7 %) tumanlariga hamda Angren (12,0 %) Olmaliq (9,2 %) va Bekobod (7,5 %) shaharlariga tegishli. Mazkur yilda kapital qo’yilmalarning nisbatan pastroq ko’rsatkichi Piskent, Bo’ka, Bekobod va Oqqo’rg’on tumanlarida va Ohangaron shahrida kuzatiladi. Qurilish ishlari investitsiya va kapital qo’yilmalarni amalga tadbiq qilishning asosi hisoblanadi. Bu borada Angren shahri, Qibray, Yuqorichirchiq, Bo’stonliq, Yangiyo’l ajralib turadi. Piskent, Quyichirchiq tumanlarida esa ko’rilayotgan yilda uncha katta qurilish ishlari olib borilmagan. Yuqorida ta’kidlanganidek, Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarishining turli tarmoqlari mavjud. Bunga mintaqaning mineral xom ashyo va mehnat resurslari, transport va iqtisodiy geografik o’rni katta ta’sir ko’rsatgan.

Viloyatda jami 4478 ta sanoat korxonalari, shu jumladan, 84 ta yirik korxonalar mavjud. Ularning barchasida 105,4 ming ishchi va xizmatchilar band. Xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarishda oziq-ovqat mahsulotlari (36,1 %) yetakchilik qiladi. Nooziq-ovqat mahsulotlari 34,5 %, vino-aroq va pivo ichimliklari 29,2 foizni tashkil etadi. Aholi jon boshiga ko’rilayotgan 2010 yilda 927,5 ming so’mlik XIM ishlab chiqarilgan bo’lib, bu ko’rsatkich Ohangaron shahrida, Qibray va Zangiota tumanlarida ancha yuqori. Bekobod, Oqqo’rg’ot. Bo’ka, Yangiyo’l tumanlarida esa u juda oz. Keltirilgan ko’rsatkichlar 2000 yil ma’lumotlariga taqqoslansa, metallurgiya, xususan, rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi sanoat tarmoqlarining yuqori sur’atlarda rivojlanishini ilg’ash mumkin. Ayni vaqtda an’anaviy yengil va mashinasozlik sanoatining ulushlari birmuncha pasaygan.Toshkent viloyati qudratli elektr energetika bazasiga ega. Bu yerda 19 ta GESdan iborat Chirchiq-Bo’zsuv kaskadi, qator IES mavjud. Suv elektr stantsiyalari orasida eng kattasi Chorbog’ (quvvati 660 ming kVtdan ortiq). Toshkent IESning quvvati 1920 ming kVt ga yaqin, Yangi Angren IESniki 2400 ming kVt (Nurobod shaharchasi)2. SHuningdek, Angren shahrida Angren - 1 IES (600 ming kVt) ham ishlab turibdi. Issiqlik elektr stantsiyalari ko’mir, mazut va gaz asosida ishlaydi. 2009 yilda viloyatda 18,7 mlrd. kVt/soat elektr energiya (2000 yilda 21,6 mlrd. kVt/soat) ishlab chiqarilgan. Bu respublikaga nisbatan 37,4 % demakdir.Toshkent viloyati O’zbekistonning asosiy ko’mir ishlab chiqaradigan mintaqasi hisoblanadi. So’nggi yillarda Angren konidan ko’mir qazib olish biroz rivojlanmoqda (3338 ming tonna). Bu yerdan olinadigan qo’ng’ir ko’mir issiqlik elektr stantsiyalarda va kommunal xo’jaliklarda ishlatiladi. Angren havzasi respublika ko’mirining 95,0 foizini beradi. Ushbu kondan ko’mir qatlamlari orasida joylashgan kaolin ham olinadi. U keramika va alyuminiy sanoati uchun xom ashyo sifatida xizmat qiladi. Hozirda “Kaolin” qo’shma korxonasi ham ishlab turibdi[4].

Qora metallurgiya viloyat sanoatining asosiy tarmoqlaridan biridir. Bu yerda o’tgan asrning 40-yillarida Bekobod (O’zbek) to’liq tsiklga ega bo’lmagan metallurgiya kombinati qurilgan. U temir-tersakdan foydalanadi. Kombinat O’rta Osiyoda yagona korxona hisoblanadi. Korxonada 2013 yilda 748 ming tonna po’lat va 682 ming tonna tayyor prokat ishlab chiqarilgan. Bu O’zbekistonda ishlab chiqarilgan mazkur mahsulotning 100 foizini tashkil qiladi.Hozirgi vaqtda Yangi Angren IES – quvvatini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Toshkent viloyatining eng yetakchi sanoat tarmog’i – rangli metallurgiya mintaqa yalpi sanoat mahsulotining 27,7 foizini beradi. Bu borada eng avvalo Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati ajralib turadi. Kombinatda mis, qo’rg’oshin, rux va boshqa nodir hamda qimmatbaho metallar olinadi. Bundan tashqari, Angrenda oltin boyitish fabrikasi, Chirchiqda qiyin eriydigan va o’tga chidamli qotishmalar kombinati bor. Kombinat Ingichka (Samarqand viloyati) va Qo’ytosh (Jizzax viloyati) volfram va molibden konlari asosida ishlaydi. Kimyo va neft kimyosi sanoatining yetakchi korxonalari Chirchiq va Olmaliq shaharlarida joylashgan. Bir yilda o’rtacha 500 ming tonna sun’iy ammiak, 460 ming tonna mineral o’g’itlar (azot, ammofos) va 225 ming tonna karbamid tayyorlangan. SHuningdek, bu tarmoqqa “Maxam Chirchiq” OAJ, Olmaliq shahridagi “Ammofos” hamda “Maksam O’zbekiston” qo’shma korxonalar ham kiradi. Toshkent viloyati respublikaning 39,7 % sun’iy ammiak, 42,8 % mineral o’g’itlar va 43,8 % karbamidini ta’minlaydi. Ta’kidlash joizki, mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoati ma’lum sabablarga ko’ra biroz sust rivojlanmoqda. Viloyatda traktor kultivatorlari, kompressor, transformator va boshqa mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqariladi. Asosiy markazi – Chirchiq shahri. Bu yerda Chirchiq metal qurilmalari, “Chirchiqqishmash”, “Transfarmator”, “O’zbekkimyomash” kabi yirik sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. SHu bilan birga, Zangiota tumanida “Xaytek kabel” qo’shma korxonasi, To’ytepada metal qurilmalari zavodi ham bor. Qurilish materiallari sanoati viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Ushbu sanoat tarmog’ining yetakchi korxonalari Bekobod va Ohangaron shahrida joylashgan. Bir yilda 2670 ming tonna sement (O’zbekiston Respublikasiga nisbatan 39,0 %), 281 mln. shartli plitka shifer, 128 ming kub metrga yaqin yig’ma temir-beton qurilmalari ishlab chiqariladi. Mahsulot qiymatiga ko’ra “Ohangarontsement” va “Bekobodtsement” OAJ oldinda turadi. Bekobod va Ohangaron shifer ishlab chiqaruvchi zavodlar, Bo’stonliq tumanidagi energiya qurilish industriyasi korxonasi, Qibray tumani temir-beton hamda g’isht zavodlari ham mazkur tarmoq rivojlanishida salmoqli o’rinlarga ega. Bo’stonliq tumanida (Iskandar shaharchasi) “G’azalkent oyna”, G’azalkent shahrida marmarni qayta ishlash (qirqish) zavodlari ishlab turibdi.

Engil sanoat mahalliy xom ashyo va ko’p sonli mehnat resurslari hamda aholi ehtiyoji – iste’mol omillari ta’sirida shakllangan. Bu yerda 10 ga yaqin paxta tozalash zavodlari bor; eng yiriklari Alimkent, Bekobod, Bo’ka, Quyichirchiq, O’rtachirchiq tumanlarida joylashgan. O’rtacha bir yilda 75-80 ming tonna paxta tolasi tayyorlanadi. O’rtachirchiq tumanida “Spen tex Toytepa tekstil”, Bo’stonliq tumanida “Osborn tekstil”, Ohangaron tumanida “Koray tekstil”, Zangiotada tumanida “Alfi tekstil” qo’shma korxonalari mavjud, Olmaliq shahrida gilam fabrikasi bor. 2013 yilda viloyatda 93,4 ming t. paxta tolasi, 62,5 ming t. ip- gazlama, 25,6 mln dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Tahlillarga ko’ra, viloyatda trikotaj mahsulotlarini tayyorlash biroz rivojlanib borayotgan bo’lsada, gazlama, gilam va gilam mahsulotlari, paypoq ishlab chiqarish ko’rsatkichlari so’nggi yillarda keskin pasaygan. To’qimachilik korxonalari Chinoz, Yangiyo’l va boshqa shaharlarda, asosan xorijiy investitsiyalar ko’magida faoliyat ko’rsatmoqda. Chirchiq va Yangiyo’l shaharlarida poyafzal sanoati ham joylashgan, Chirchiqda “G’uncha” OAJ ishlab turibdi. Aholining kundalik ehtiyojini qondirishda oziq-ovqat sanoatining ahamiyati katta. Ushbu tarmoq viloyat jami sanoat mahsulotining 12,8 foizini beradi va bu borada u metallurgiyadan keyingi 2-o’rinda turadi. Bir yilda 1,8 ming tonna baliq ovlanadi, ko’plab non va non mahsulotlari, sut, o’simlik yog’i, ma’danli suvlar va vino, aroq, pivo ishlab chiqariladi. Tayyorlanadigan un har yili 75-100 ming tonna, o’simlik yog’i 10-15 ming tonna, omuxta yem 30-40 ming tonna oralig’ida tebranib turadi. Ushbu sanoat tarmog’ining asosiy korxonalari Yangiyo’l yog’-moy va konditer korxonalari, Olmaliq pivo, Qibray pivo va Parkent shampan zavodlari, Qibray va Zangiota tumanlarining meva-sharbat korxonalari, “Ohangarondon” OAJ va boshqalar. Bular qatorida Bo’stonliq, Quyichirchiq, Zangiota tumanlarida ham oziq-ovqat sanoatining turli xil korxonalari bor. O’rtaovulda yirik go’sht kombinati joylashgan, sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar Angren, G’azalkent, Chirchiq va Bekobod shaharlarida tashkil etilgan. Ta’kidlash lozimki, viloyatda oziq-ovqat sanoatining rivojlanishi bu yerda yirik megapolis – Toshkent shahri joylashganligi, katta iste’mol omilining mavjudligi bilan ham tavsiflanadi. Viloyat sanoat geografiyasida, eng avvalo, Olmaliq, Bekobod va Chirchiq shaharlari, shuningdek, O’rtachirchiq va Qibray tumanlari ajralib turadi. Birgina Olmaliq shahri poytaxt viloyati sanoat mahsulotining deyarli 1/3 qismini beradi. Bekobod shahrining ulushi 16,5 %, Chirchiq shahriniki 11,0 %. SHu bilan birga, Angren va Yangiyo’l shaharlarining sanoat salohiyati juda past: 2,9 va 1,7 %; Bo’ka, Parkent, Piskent, Ohangaron. tumanlarida qishloq sanoati o’ta sust darajada. Qibray tumanida mustaqillik yillarida farmatsevtika va tibbiyot jihozlari tayyorlovchi korxonalar qurilgan.

Aholi jon boshiga hisoblaganda, viloyat bo’yicha 1612 ming so’mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan. Bundan yuqori ko’rsatkichlarga Olmaliq, Bekobod, Ohangaron, Chirchiq shaharlari ega, qishloq tumanlari orasida esa nisbatan kattaroq daraja O’rtachirchiq, Qibray va Zangiota tumanlarida qayd etiladi (1100- 1450 ming so’m atrofida). Viloyat sanoatini hududiy tashkil etishda Angren - Olmaliq tog’-kon sanoati ko’zga tashlanadi. Sanoat markazlari sifatida Chirchiq, Bekobod, Angren, Olmaliq, Ohangaron, Yangiyo’l kabilarni belgilash mumkin. Qolgan shahar joylarning ko’pchiligi sanoat punkti darajasida, ayrimlarida esa bunday korxonalar butunlay mavjud emas. Mintaqada sanoatning kelajakda rivojlanishi, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, tarmoqlar tarkibini diversifikatsiyalash, mineral xom ashyo va mehnat resurslaridan samarali foydalanish hamda ekologik muammolarni hal etish bilan bog’liq. Ayniqsa, og’ir sanoat markazlari – Chirchiq va Angren shaharlarini depressiv holatdan chiqarish, o’sish qutb va markazlarini, yangi sanoat tugunlarini shakllantirish, qishloq sanoatining jadal rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.

3 Toshkent iqtisodiy rayoni mavzusini o’qitishda hududning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi va atrof-muxit muxofazasi masalalariga qaratilgan muammoli dars tashkil etishning ahamiyati.

Ta’lim jarayonini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali dars samaradorligini oshirishda, o’quvchilarni faollashtirishda, kutiladigan natijalarga erishishda mashg‘ulotlar jarayonida qо‘llaniladigan о‘quv-didaktik materiallarning о‘z о‘rni bor, ya’ni dars sifati kо‘p jihatdan о‘qituvchi tomonidan ishlab chiqiladigan innovatsion texnologiyalardan foydalanib о‘quv-didaktik materiallarning qay darajada sifatli tayyorlanganligiga bog‘liq. Xitoy faylasufi Konfusiyning «Aytsang- unutaman, kо‘rsatsang-eslab qolaman, o‘zim bajarib- anglab yetaman» degan naqlidan bilish mumkinki, darslarni innovatsion texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan о‘quv didaktik materiallardan foydalangan holda kо‘rgazmali tarzda olib borish dars samaradorligini oshiradi, о‘quv materiallarining tez о‘zlashtirilishiga, o’quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanishiga, rivojlangan davlatlar ta’lim standartlari doirasida zamonaviy ta’lim yutuqlari bilan hamnafas tarzda innovatsion texnologiyalar yordamida chuqurlashgan, ixtisoslashgan ta’lim olishga hamda ishtirokchilarning innovatsion texnologiyalarning ijobiy kо‘rsatkichlari yuzasidan dunyoqarashlarining kengayishiga yordam beradi. Dars mashg‘ulotlari jarayonida о‘tiladigan Toshkent iqtisodiy rayoni hududining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va atrof muhit muxofazasiga oid innovatsion texnologiyalar yordamida tayyorlangan о‘quv didaktik materiallardan, masala va mashqlardan samarali foydalanish umumiy о‘rta ta’limni rivojlantirishda o’quvchilar faolligi, ularning ijodkorligi va izlanuvchanligini oshiradi. Shu о‘rinda muammoli о‘qitish texnologiyasini joriy qilish muhim о‘rin tutadi. Muammoli о‘qitish mantiqiy fikrlar tadbirlari, hisobga olingan о‘rgatish va dars berish usullarini qо‘llash qoidalari va o’quvchilarning tadqiqot faoliyatlari qonunlarining tizimidan iborat. Muammoli о‘qitish texnologiyasini qо‘llashda avval muammoni vujudga keltiriladi. Bunday vaziyat negizida avval о‘zlashtirilgan bilimlar va yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. Muammoli vaziyatning mohiyati o’quvchiga tanish bо‘lgan ma’lumotlar, yangi faktlar, hodisalar о‘rtasidagi ziddiyatdir.



Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilardan iborat: -o’quvchiga notanish faktning mavjud bо‘lishi; -vazifalarni bajarish uchun o’quvchiga beriladigan kо‘rsatmalar; -yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilish-ularning shaxsiy manfaatdorligi. Muammoli о‘qitishning mohiyati o’quvchilar tomonidan о‘zlashtirilishi lozim bо‘lgan axborotlarni о‘qituvchi tomonidan muammoli mazmunda о‘rtaga tashlanishidan iboratdir. Buning uchun quyidagi shartlar bajariladi: -о‘quv axborotnomalarining takomilashib borish tizimi yaratiladi; -muammoli о‘qitish amalga oshiriladi. -axborotning о‘quv vazifasiga о‘tkazilishi vaqtida uni yechish usulini tanlash imkoniyati kо‘zda tutiladi; -o’quvchining subyektiv mavqei hisobga olinadi; -o’quvchining bilish maqsadlarini anglab yetishi kо‘zda tutiladi; -qaror qabul qila olishi, masalani hal qilishi; -natijani kо‘ra olishi va qо‘lga kiritish uchun о‘zlarining ixtiyorida bо‘lgan. vositalarni baholay bilish imkonlari e’tiborga olinadi. Muammoli о‘qitishga asoslangan о‘quv mashg‘ulotlarini о‘tkazish metodikasi unda qо‘llaniladigan metodlarni asoslab berishni talab qiladi. Bunda ijodiy, qisman ijodiy yoki evristik axborotlarni muammoli bayon qilish asosiy metod hisoblanadi. Muammoli о‘qitish uch tarkibiy qismdan iborat: -ma’lum, ya’ni berilgan vazifa asosida; -noma’lum-ularni topish, yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi; -avvalgi bilimlar-o’quvchilar tajribasi, egallagan bilimlari asosida. O’quvchiga noma’lum bо‘lgan о‘quv muammosi vazifa qilib beriladi va bunda uning bajarilish usullari ham, natijasi ham noma’lum bо‘ladi, lekin o’quvchilar о‘zlaridagi avval egallangan bilim va kо‘nikmalarga asoslanib kutilgan natija yoki yechilish yо‘lini izlashga tushishadi. О‘quv muammosi bosqichlari muammoli vaziyat yaratish, о‘quv muammosini yechish uchun izlanish va muammoning yechilishidan iborat bо‘ladi. Shuni ta’kidlash joizki, keyingi vaqtlarda pedagogik texnologiyani ta’lim jarayonida qо‘llashning maqbul usul va metodlari ishlab chiqilib, ulardan keng miqyosda foydalanilmoqda, jumladan ushbu metodlar geografiya darslarida ham keng qo’llanilib kelinmoqda. Quyida ayrim metodlarga tavsif berib o’tamiz: . 1. “Klaster” metodi bu - о‘quvchilar tomonidan mavzuga oid axborotlarni yoyish va yig‘ish orqali amalga oshiriladi; misol tariqasida mavzuga oid hududlarining i’timoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish tarmoqlarini yoki ularning ahamiyatini klasterda ifodalash. 2. “Qora quti”– metodi yordamida о‘zlashtirilgan tushunchalarni mustahkamlaydi. Ushbu metod vositasida juftlik asosida quyidagi harakatlar tashkil etiladi: о‘quvchilar navbat bilan о‘qituvchi rolini bajaradilar; 3. “Qizil va yashil rangli kartochkalar bilan ishlash” metodi yordamida bilimlarni mustahkamlaydi. Ushbu metodning mohiyati: о‘quvchilarga qizil va rangli kartochkalar tarqatiladi. О‘qituvchi tomonidan berilgan savollarning har biriga о‘quvchilar qizil (tasdiq ma’nosini bildiruvchi) yoki yashil (inkor ma’nosini bildiruvchi) rangli kartochkalarni kо‘rsatish asosida javob qaytaradilar. . Bunda о‘qituvchi tomonidan bir nechta aniq va noaniq savollar beriladi, masalan sanoat korxonalarining hududiy joylashuvi, mashinasozlik zavodlarining viloyatlar boyicha joylashishi va hakozalar ushbu savollarning tо‘g‘ri yoki notо‘g‘ri berilayotganligini о‘quvchilar qizil yoki yashil kartochkalarni kо‘rsatish orqali javoblarni aniqlaydilar. 4. “Venn diagrammasi” metodi bu - ikki hil muammo yoki masalani umumiy va о‘ziga xos jihatlarini о‘rganish maqsadida qо‘llaniladi. 5. “Zakovatli zukko” metodi yordamida bilimlarni mustahkamlash. Mashg‘ulot jarayonida faol ishtirok etgan о‘quvchilar о‘z hoxishlariga kо‘ra о‘qituvchi tomonidan beriladigan savollarga qisqa muddatda javob qaytarishlari kerak. Bu holat hozirda butun bir ta’lim jarayonini qamrab olmoqdaki, buning asosiy sabablaridan biri mashg‘ulotlarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish kо‘zlangan aniq natijaga erishishni kafolatlaydi.

XULOSA


O’rganishlardan xulosa qilish mumkinki, tadqiqot ob’ektining demografik jarayonlarini ifodalovchi ko’rsatkichlar tobora kamayib, sondan sifat tomonga burilish davriga kira boshladi. Biroq, mintaqaning ekologik vaziyati mahalliy va xorij investitsiyalarini jalb etish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ekologik muammolarni hal etish yo’llarini takomillashtirishni talab etadi. Chunki, o’sib borayotgan aholining sog’lom turmush tarzini vujudga keltirish, sog’lom, yetuk insonlarni shakllantirish har qanday hududning ustivor yo’nalishlaridan biridir. Mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasini aniqlab beruvchi yalpi milliy mahsulot, sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarining umumiy hajmi, kapital qo’yilmalar, aholiga pullik hizmat, investitsiya, eksport va import miqdori kabi ko’rsatkichlar tumanlar bo’yicha taqlil qilinganda hududiy tafovutlar mavjud ekanligi aniqlandi. Iqtisodiy hamda transport geografik o’rni qulay tumanlarda yuqorida qayd etilgan ko’rsatkichlar yuqori, maydoni kichik, asosiy transport yo’nalishlaridan chekkaroqda bo’lgan tumanlarda esa past darajaga ega bo’lgan. Sanoat ob’ektlarini mamlakat hududida oqilona joylashtirish – jamiyat taraqqiyotining eng muhim vazifalaridan biri bo’lib, mamlakat va har bir mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishning zaruriy shartidir. Sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish uning hududiy tashkil etish shakllarini ifodalaydi va korxona (firma) larni ma’muriy va iqtisodiy rayonlarda joylashtirishda namoyon bo’ladi. Istiqlol davrida mintaqalar iqtisodiy rivojlanish darajasidagi tafovutlarni kamaytirish, birinchi navbatda boy tabiiy-iqtisodiy salohiyatga ega hududlar va shaharlarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi. Ayrim mintaqalarda sanoat ishlab chiqarishning kontsentratsiya darajasi susaydi, rivojlanishi zaif mintaqalarda esa bu ko’rsatkich birmuncha oshdi. Toshkent viloyati O’zbekistonda qishloq xo’jaligi yuqori darajada rivojlangan hudud hisoblanadi. Bunday holat ko’p jihatdan Toshkent viloyati mehnat resurslari soni va sifat ko’rsatkichlari bilan aloqadordir. Mehnat resurslari sifat ko’rsatkichlari va ularning soni viloyat ishchi kuchini ko’p talab qiluvchi qishloq xo’jalik tarmoqlarini rivojlantirishga imkon bermoqda. Toshkent viloyati, respublikada aholi turmush darajasining yuqoriligi va ijtimoiy infrastrukturaning nisbatan rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Viloyatda gaz bilan deyarli yahshi ta’minlangan, ammo ulardan foydalanishni to’g’ri yo’lga quyish dolzarb muammo hisoblanadi. Shuningdek aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash muammosini ham hal etish talab etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.



1. Каримов И. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. – Т.: Ўзбекистон, 2001 2. Каримов И. Асосий вазифамиз – ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир. – Т.: Ўзбекистон, 2010. 3. Karimov I. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.:O‘zbekiston, 2011. 4. Асанов Г., Набихонов М., Сафаров И. Ўзбекистоннинг иқтисодий ва ижтимоий жўғрофияси. – Т.: Ўқитувчи, 2009. . 5. Ата-Мирзаев О., Тухлиев Н., Узбекистан: природа, население, экономика. – Т.: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси, 2009. . 6. Аҳмедов Э., Сайдаминова З. Ўзбекистон Республикаси. Қисқача маълумотнома. – Т.: Ўзбекистон, 2006.. 7. Баратов П. «Ўзбекистон табиий географияси» Т. «Ўқитувчи» 20010. 8. Набиев Э., Қаюмов А. Ўзбекистоннинг иқтисодий салоҳияти. – Т.:Университет, 2005. . 9. Солиев А.С., Аҳмедов Э., Махамадалиев Р.Й. ва б. Минтақавийиқтисодиёт. Ўқув қўлланма. – Т.: Университет, 2003. . 10. Солиев А., Сафаров И. Иқтисодий ва сиёсий география асослари. –Т.: Талқин, 2003.. 11. Солиев А., Назаров М., Қурбонов Ш. Ўзбекистон ҳудудлари. ижтимоий-иқтисодий ривожланиши. – Т.: «MUMTOZ SO’Z», 2010. 12. Солиев А., Қаршибоева Л. Иқтисодий географиянинг назарий ва амалий масалатари-Т., 1999.
Download 230 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish