Tadbir nomi
|
O’lchov birligi
|
Ishlar hajmi
|
Investitsiyalar miqdori, mln. So'm
|
|
Jami:
|
|
|
102802,5
|
I.
|
Avtomobil yo’llarini qurish va ta’mirlash
|
km
|
127,3
|
61200
|
1.
|
“Navoiy” EIZda ichki va kirish yo’llarini qurish
|
km
|
6,4
|
5000
|
2.
|
“Angren” EIZda A-373 aylanma yo’lini avvalgi “Rezino-texnika” AJ avtobazasigacha rekonstruksiya qilish
|
km
|
6,7
|
9200
|
3.
|
“Jizzax” EIZda kirish yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish
|
km
|
7
|
3000
|
4.
|
Sharof Rashidov tumanidagi “Jizzax” EIZning kengaytirilayotgan hududida 2 ta yo’l ko’prigi bilan kirish yo’llarini qurish
|
km
|
5,7
|
1000
|
5.
|
“Urgut” EIZda kirish yo’llarini qurish
|
km
|
65,1
|
15000
|
6.
|
“Qo’qon” EIZ hududining “A” blokidagi ichki avtomobil yo’llarini qurish
|
km
|
6,2
|
10000
|
7.
|
“Qo’qon” EIZ ichki avtomobil yo’llarini qurish
|
km
|
4,6
|
5000
|
8.
|
“Hazorasp” EIZ hududidagi Pitnak shaharchasi Yu.Sherjonov massivining 2-zonasida avtomobil yo„lini qurish
|
km
|
5,2
|
8000
|
9.
|
Hazorasp tumanidagi “Hazorasp” EIZ hududidagi Amudaryo qishlog’ining 5-zonasida avtomobil yo’lini qurish
|
km
|
0,4
|
900
|
10
|
“Nukus-farm” EIZ hududiga kirish yo’llarini qurish
|
km
|
1,5
|
1000
|
11
|
“Namuna” massividagi “Kosonsoy-farm” EIZ hududiga kirish yo’llarini qurish
|
km
|
5
|
2000
|
12
|
“Bo’stonliq-farm” EIZ hududiga kirish yo’llarini qurish
|
km
|
4,5
|
100
|
|
|
|
|
13
|
“Parkent-farm” EIZ hududiga kirish yo’llarini va “Parkentsoy” orqali ko’prik qurish
|
km
|
9
|
1000
|
14
|
Suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish
|
|
|
41602,5
|
15
|
“Angren” EIZ hududida (Angren shahri qismida) suvta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish
|
km//oby ekt
|
11//2
|
11820,9
|
16
|
“Urgut” EIZ hududida suv ta’minoti obyektlarini qurish
|
km//oby ekt
|
6,2//3
|
9929,8
|
17
|
“Urgut” EIZ hududida kanalizatsiya tarmoqlarini qurish
|
km
|
6,5
|
7286
|
18
|
“Qo’qon” EIZ hududida suv quvurlari tarmog’ini qurish
|
km
|
17,96
|
6767,3
|
19
|
“Xazorasp” EIZ hududida suv ta‟minoti obyektlarini qurish
|
km
|
4,8
|
1861,5
|
20
|
“Kosonsoy-farm” EIZ hududida suv quvurlari tarmog’ini qurish
|
km
|
5
|
1000
|
21
|
“Kosonsoy-farm” EIZ hududida kanalizatsiya tarmog„i obyektlarini qurish
|
obyekt
|
1
|
1400
|
22
|
“Bo’stonliq-farm” EIZ hududida suv quvurlari tarmog’ini qurish
|
km
|
3
|
1537
|
2-jadval ma’lumotlaridan ko„rinib turibdiki, 2019-yilda Davlat investitsiya
dasturida barcha moliyalashtirish mabnbalari hisobidan mamlakatimizda tashkil etilgan 21 ta EIHning 11 ta EIHida transport-logistika va muhanjislik-ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha 102802,5 mln. So’mlik investitsiyalar yo’naltirilishi ko’zda tutilgan. Bu esa mazkur hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa hududlarda xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etilishi va ular faoliyati rivojlanishiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Jumladan, 2016-yilda O’zbekiston hududlarida faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 5008 tani tashkil etgan bo’lsa, 2017-yilda ular soni 5517ga etdi, 2018-yil mart oyi holatiga bunday korxonlar soni 5711 taga etib, ularning 3186 tasi qo’shma korxonalar, 2525 tasi esa xorijiy korxonalar hisoblanadi113. Mintaqa va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga EIHlarga orqali xorijiy investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirish va shu asosda iqtisodiyotning mintaqalar kesimidagi eksport salohiyatini yanada oshirib borish lozim va buning uchun quyidagilarni amalga oshirish lozimdir:
1. Mintaqalar iqtisodiyotini yanada rivojlantirish imkonini beruvchi iqtisodiyot
tarmoqlarini rivojlantirishning uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va uni
amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarning ishtirokini oshirishga katta e‟tibor
qaratish lozim.
2. Ishlab chiqarishlarni eng ilg’or texnologiyalar asosida tashkil etuvchi va
yangi ish o’rinlarini barpo etuvchi, mintaqalarda tayyorlanadigan xomashyolardan ichki va tashqi bozorlar uchun tayyor mahsulotlar tayyorlovchi loyihalarni xorijiy investitsiyalar ishtirokida moliyalashtirishga ustuvorlik berish zarur.
3. Xorijiy hamkorlar bilan ish yuritishda ularning zamonaviy bilim va
tajribalaridan oqilona foydalanish, mahalliy kadrlar orasida potensial kadrlar sonini oshirib borish maqsadga muvofiqdir.
4. Mintaqalardagi infratuzilmalarni rivojlantirish orqali xorijiy
investitsiyalardan samarali foydalarish tadbirlarini ishlab chiqish lozim.
5. Har bir mintaqada ma’lumotlarning axborot-tahlil bazalarini joriy etish va hududlarning investitsiya imkoniyatlari to’g’risida investorlarni axborot bilan ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, har bir mintaqa uchun ko’rgazma va biznes-seminarlar o’tkazishni ta’minlash lozim.
6. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida barpo etilgan korxonalar faoliyatini kengaytirish yoki takomillashtirish maqsadida joriy etiladigan yangi texnologiyalarni xalqaro lizing hisobiga ta‟minlash va shu orqali mintaqalarda xalqaro lizing munosabatlarini yo’lga qo’yish va bu munosabatlarni davlat tomonidan rag’batlantirish tizimini joriy etish lozim.
7. Mintaqalarga xorijiy investitsiya ishtirokida resurslarni tejovchi kam
chiqimli yoki chiqimsiz yanada progressiv texnologiyalarni joriy qilish asosida
eksportga yo’naltirilgan loyihalarni davlat tomonidan keng qo’llab-quvvatlash
maqsadga muvofiqdir.
8. Kelgusida ham tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, eksportni har
tomonlama qo’llab-quvvatlash yo’lida quyidagilarni amalga oshirish maqsadga
muvofiq:
- eksport yuklarini qo„shni davlatlardan temir yo’l orqali imtiyozli narxlarda
o’tkazish bo’yicha muzokaralarni izchil davom ettirish;
- kelgusi yillarda ham bojxona tartiblarini keskin soddalashtirish, bojxona
nazorati punktlari hamda yuklarni rasmiylashtirish postlarini tubdan isloh qilishni
davom etirish;
- Jahon bankining “Logistika samaradorligi indeksi”da mamlakatimiz o’rnini
yuqori pozitsiyaga ko’tarish choralarini ko’rish;
- milliy iqtisodiyotning investitsion jozibadorligini yanada oshirib borish orqali ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish asosida ishlab chiqarishning eksportga yo’naltirilganlik salohiyatini rivojlantirish borish;
- soliq yukini kamaytirish hisobiga barchaga bir xil adolatli soliq rejimini joriy
etish, samarasiz soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish;
- turizm eksportidan keladigan daromadni oshirish imkoniyatlaridan samarali
foydalanish, jumladan, 2026-yilga borib yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy
sayyohlar sonini 9 million nafarga, jumladan, uzoq xorijdan keluvchilar sonini 2 mln. nafarga turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2,2 mlrd. AQSh
dollarigacha etkazish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |