O`zbekiston Respublikasining milliy iqtisodiy manfaatlari va unga
bo`lgan xavf.
O`zbekiston – qadimiy svilizatsiya markazi. Uning hududida arxeologiya va memorchilikka oid minglab yodgorliklar saqlanib qolgan. Ilmiy markazlar va muzeylarda o`lkaning o`ziga xos ko`p asrlik tarixidan guvohlik beruvchi ko`p miqdordagi qo`lyozma va ashyolar saqlanmoqda.
So`nggi yillarda o`tmishga, milliy tarixga, azaliy qadryatlar va an`analarga munosabat tubdan o`gardi. O`zbekiston xalqi tarixi va iqtisodini ilk manbalarga asoslangan holda chuqur va obyektiv o`rganish boshlandi. Xalq bayramlari va marosimlari qayta, diniy e`tiqodlari erkinligi to`la tiklanmoqda. O`zbekistonda yashovchi yuzdan ortiq millat va xalqlarning milliy o`zligini anglash va qadr-qimmati tiklanmoqda.
O`rta Osiyoning markaziy qismini egallagan O`zbekiston eng muhim tarixiy voqealar sodir bo`linib kelgan va shundayligicha qoladi. Shu tufayli, uning xalqi tarixini, voqealarini ko`zdan kechirgan va o`tmish obidalarini o`rgangan chog`da makedoniyalik Aleksandr, Chingizxon armiyasi va boshqa sarkardalar millat xavfsizligiga tajovuz qilganligiga, uning iqtisodiyoti va manfaatlariga shikast yetkazganligiga guvoh bo`lamiz.
1991 yil 31 avgustda o`zbek xalqining daxlsiz huquqi- o`z taqdirini o`zi erkin belgilash huquqi amalgam oshdi. Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan O`zbekiston Respublikasi mustaqilligi e`lon qilindi, u o`zbek xalqining ko`p asrlik tarixida buyuk voqea bo`ldi. O`zbekiston o`zining haqiqiy davlatchiligiga tinch, parlament yo`li bilan erishdi.
Mustaqilikka erishgach, O`zbekiston taraqqiyotining o`ziga xos, ajoyib yo`lini tanladi. Uning mohiyati bozor munosabatlariga asoslangan erkin fuqarolik jamiyati qurish, xalqning hayot kechirishi uchun munosib shart –sharoit yaratib berishdan iborat. Ozod – obod Vatan, erkin va farovon hayot milliy iqtisodiy manfaatlarning pirovard asosi, oily maqsad etib belgilangan.
Tanlangan yo`lning asosiy mazmuni va mohiyati – bu, normal, svilizatsiyali taraqqiyotga soxta inqilobiy sakrashlar, fojiaviy oqibatlar va kuchli ijtimoiy o`zgarishlarsiz tadrijiy yo`l bilan o`tishdir.
O`zbekistonning haqiqiy mustaqillikka erishishdagi o`z yo`li respublika iqtisodiy taraqqiyoti manfaatlarining asosi, o`ziga xos shart- sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Avalmbor, u aholining milliy- tarixiy turmush ukladi, fikrlash tarzi, xalq an`analari va urf-odatlaridan kelib chiqqan.
Ichki va tashqi siyosatni ishlab chiqish va amalgam oshirishda diniy “islom omili”ni hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga o`tgan asrning 90- yillari boshlaridan mamlakatda iqtisodiy manfaatlar muammosi keskin va dolzarb bo`lb qoldi. Bu “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasining juda murakkabligi bilan bog`liq. An`anaviy yo`nalish va usullar iqtisodiy xavfsizlikni to`liq tavsiflashga, iqtisodiy munosabatlar darajasini avvaldan aytib berish va barqarorlikni saqlashning amali yo`llarini ko`rsatishga ojizdir.
Shuning uchun mamlakatning oily hukumat organlari doirasida iqtisodiy xavfsizlik har xil talqin qilinadi. Shuningdek, unga erishish masalalari va vositalarining ustuvorligini ta`minlashga yo`naltirilgan aniq konsepsiya va strategiya ham yo`q.
Do'stlaringiz bilan baham: |