Innovatsion iqtisodiyotga o’tish sharoitida insonning imkoniyatlari nimalar bilan belgilanadi?
Iqtisodiy xavfsizlik tizimida innovatsion faoliyat uning elementlari yetarli darajada murakkab tarkibiy qismlari koʼrinishida namoyon boʼladi, chunki yangiliklar kiritishni joriy qilish intensivligi, bir tomondan, tashkiliy-iqtisodiy omillar yigʼindisining kattaligi bilan, boshqa tomondan esa –davlat ijtimoiy-iqtisodiy tizimi xavfsizligi va barqarorlikga taʼsir koʼrsatishning turli yoʼnalishlaridan foydalanish imkoniyati bilan asoslanadi, bu esa quyidagilarda oʼz ifodasini topadi:-innovatsion resurslar samaradorligining oʼsishi, valyuta tushumining oʼsishi va shu asosda jahon bozoridagi pozitsiyalar mustahkamlanishi bilan milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining ortishi, bu mamlakatning barqaror va muvozanatlangan rivojlanishi boʼyicha manbalar shakllantirini taʼminlashga imkon beradi;-rivojlanishning innovatsion yoʼliga oʼtish, bu xoʼjalik yurituvchi subʼektlarini moliyaviy va xoʼjalik risklaridan himoya qilishni taʼminlashga imkon beradigan maxsus institutsional tizimni shakllantirishga xizmat qiladi;-innovatsion faollik oʼsgan holda axborot oqimlari intensivligining ortishi, bu davlatning axborot xavfsizligi muammolari kuchayishiga olib keladi hamda xoʼjalik yurituvchi subʼektlar va butun mamlakat manfaatlarida yangiliklar kiritish natijalarini himoya qilish boʼyicha mexanizmlar yaratishni talab qiladi;-korporativ va davlat institutlari ularni qabul qilish va moslashtirishga tayyor boʼlgan yangilklar kiritishning radikallik darajasi va soni ortishi, bu mazkur strukturalarni mustahkamlash, ularda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va shu asosda innovatsion mahsulot ishlab chiqarishga xizmat qiladi;-xoʼjalik yurituvchi subʼektlar rivojlanishning innovatsion yoʼliga oʼtishi oqibatida mahalliy tovarlarning jahon bozoridagi raqobatli pozitsiyalarini mustahkamlash;
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari raqobatbardoshligi ortishi oqibatida raqobatchilarning keskin javob harakatlari paydo boʼlishi. iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash xoʼjalik yurituvchi subʼektlarining investitsiya va innovatsiya jarayonlarini boshqarish sohasidagi harakatlarini, ustuvor vazifalar va real tahdidlarni hisobga olgan holda koʼrsatishni talab etadi. Bunday resurs bazasining metodologik asosi iqtisodiy xavfsizlikni
182taʼminlashning shakllangan modeli boʼlishi mumkin, ularning eng muhim elementlari quyidagilar hisoblanadi:-xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning investitsiyalarni jalb etish boʼyicha aniq maqsad va vazifalari;-tarmoqlar va mulkchilik shakllari boʼyicha muayyan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar;-ular yaratilishining turli shakllarini aks ettiruvchi bashorat qilinadigan natijalar bilan ularning asosiy xususiyatlarini ajratgan holda muayyan faoliyat obʼektlar (korxonalarni qayta taʼmirlash, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, yangi bozorlarga chiqish imkoniyati, yangi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishva boshqalar);-ularning oldini olish yoki bartaraf qilish (investitsiya resurslaridan samarasiz yoki maqsadsiz foydalanishning oldini olish va b.) boʼyicha mexanizmlar ishlab chiqqan holda innovatsiya va investitsiya siyosatini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan muayyan tahdidlar;-innovatsiya va investitsiya siyosatini amalga oshirishni belgilovchi muayyan shart-sharoitlar;-xoʼjalik yurituvchi subʼektlar tomonidan oʼz maqsad va vazifalariga erishish uchun qoʼllaniladigan oʼziga xos shakl va usullar;-innovatsiya va investitsiya siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy, huquqiy, maʼmuriy, tashkiliy va boshqa vazifalarni hal qilishda qoʼllaniladigan strategiya va taktikaning oʼziga xos shakllari;-qoʼyilgan vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan koʼrsatkichlar va mezonlar boʼyicha maqsadga erishish koʼzda tutilgan faoliyatning muayyan natijalari.