Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlari (indikatorlari)
Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi holati mezon va ko’rsatkichlar tizimi orqali baholanadi. Makro
va mikro darajada iqtisodiy xavfsizlikka bo’ladigan tahdidlarni tahlil qilish va bashoratlashda
iqtisodiy xavfsizlikning mingdan ziyod ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Lekin shularning ichida
19 ta indikatordan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaniladi. Bu indikatorlar
iqtisodiyotning real va moliyaviy sektorlarida va ijtimoiy sohada iqtisodiy xavfsizlikning muhim
jihatlarini ifodalaydi. 19 ta indikatorning xususiyatlaridan biri ular orasidagi o’zaro bog’liqlikdir.
Iqtisodiy xavfsizlikning mezon va ko’rsatkichlari
asosida iqtisodiy tizimning
amal qilishidagi
tahlikali chegaralar belgilanadi. Ko’rsatkichlar tahlikali chegaralar sifatida qabul qilingan
birliklardan chekingan holatlarda tizim izchil rivojlanishga bo’lgan qobiliyatini, ichki va tashqi
bozorlarda raqobatbardoshligini yo’qotib boradi, transmilliy korporatsiyalarning ekspansiyasi
ob’yektiga aylanib qoladi, milliy boyliklarning talon-taroj qilinishi, xufiyona iqtisodiyot va
korrupsiya miqyoslarining kengayishidan zarar ko’radi.
Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi ko’rsatkichlari mavjud:
yalpi ichki mahsulot (hududiy yalpi mahsulot); inflyatsiya darajasi; davlat byudjeti kamomadi;
ichki qarz darajasi;
tashqi qarz darajasi
; ishsizlik darajasi; turmush darajasi va sifati; oltin valyuta
zahiralari;
xufiyona iqtisodiyot faoliyati; ekologik holat.
YUqoridagi ko’rsatkichlardan tashqari yana bir qator ko’rsatkichlar ham mavjud. Masalan, aholi
daromadlari, chakana narxlar miqdori, uy-joy bilan ta’minlanganlik, hududning mamlakat yalpi
ichki mahsulotdagi ulushi, hududning to’lov balansi, eksport-import saldosi va boshqalar.
YUqorida ta’kidlanganidek, ko’rsatkichlarning barcha majmuasi qabul qilingan chegaralar
doirasida bo’lgan va bir chegaraviy ko’rsatkich boshqa bir chegaraviy ko’rsatkichning
yomonlashuvi hisobiga yaxshilanmagan taqdirdagina xavfsizlikning eng yuqori darajasiga
erishiladi.
Xavfsizlik ko’rsatkichlari bilan ularning tahlikali chegara miqdorlari o’rtasidagi bog’liqlik
dinamikada o’rganilishi zarur.
Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlikning tahlikali chegarasiga oid indikatorlar 50 ko’rsatkichni o’z
ichiga olgan bo’lib, ular to’rt guruhga ajratilib turkumlangan:
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishga qodirligini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
moliyaviy tizim barqarorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
ijtimoiy soha ko’rsatkichlari;
tashqi savdo va iqtisodiy faoliyat ko’rsatkichlari
14
.
Birinchi guruh ko’rsatkichlariga
yalpi ichki mahsulot hajmi
, sanoat ishlab chiqarishi hajmi va
uning tarkibi, mashinasozlik mahsulotlari hajmida yangi turdagi mahsulotlar ulushi, mudofaa va
fan uchun harajatlar ulushi kabi ko’rsatkichlar kiradi.
Ikkinchi guruh ko’rsatkichlariga esa davlat byudjeti kamomadi, davlat qarzi, pul muomalasi,
o’zaro hisob-kitob va boshqa moliyaviy ko’rsatkichlar kiradi.
Uchinchi guruh aholi daromadlari darajasi, aholining mulkiy jihatdan
tabaqalanishi, ishsizlik kabilarni o’z ichiga oladi.
To’rtinchi guruh ko’rsatkichlariga esa mamlakat ichki iste’molida importning ulushi va milliy
ishlab chiqarish hajmida eksportning ulushi kabi indikatorlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |