Iqtisodiy va turizm geografiyasi” fanidan tayyorlagan kurs ishi


II bob.Xitoy iqtisodiyotining jahon xo’jaligida tutgan o’rni va tashqi iqtisodiy aloqalar



Download 0,95 Mb.
bet8/10
Sana03.07.2022
Hajmi0,95 Mb.
#734595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
boblar va tartib qoyiw kk

II bob.Xitoy iqtisodiyotining jahon xo’jaligida tutgan o’rni va tashqi iqtisodiy aloqalar.
2.1 Xitoyning tashqi iqtisodiy aloqalari

Aytish mumkinki, tashqi iqtisodiy siyosat har qanday milliy iqtisodiyot taraqqiyotini ta’minlashning muhim vositasidir. Shu ma’noda Xitoyning tashqi iqtisodiy siyosati jahon bozori bilan mustahkam bog‘liq holda eksportga ishlaydigan tarmoqlari ustunlik qiladigan ochiq iqtisodiyotni vujudga keltirishga qaratildi. Xitoy iqtisodiy islohatlar davrida katta hududga, ko‘p millionli aholiga va xilma-xil resurslarga ega bo‘lgan har qanday mamlakat ham boshqa davlatlar bilan doimiy va keng ko‘lamdagi iqtisodiy aloqallarni yo‘lga qo‘ymas ekan rivojlanish haqida o‘ylash ham ortiqcha, degan qarorga kelgandi.


Xitoy tashqi iqtisodiy aloqalarida «davlatning tuganmas quvvatlari majmuasi» degan aqida mavjud. Bu aqida tufayli mamlakat ichkarisidagi ishlab chiqarish korxonalarini yanada mukammalroq texnikalar bilan qurollantirishga, ilg‘or texnologiya va ilmiy-texnik tajribasi hamda ishlab chiqarishning yanada unumliroq tuzilishini joriy etishga tabiiy resurslarni o‘zlashtirishga, chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishga yordam berib, yangi buyumlar chiqarishni tashkil etishga ketadigan vaqtni qisqartirib, ishlab chiqarish va butun xo‘jalik faoliyatini oshirishga, hosil qilingan milliy daromadni ko‘paytirishga erishilmoqda.
Xitoyning tashqi iqtisodiy aloqalari taraqqiyotida tashqi savdo muhim rol o‘ynaydi. XXR ning tovar ayirboshlash hajmi 325 mlrd. dollarni tashkil etdi. (Bu dunyoda 10 o‘rin deganidir). Har yili xorijga mahsulot chiqarish 4 % dan 20 % gacha oshib boradi. Tovar eksporti mamlakatga 75 % valyuta tushumini ta’minlaydi. Eksport hajmi jihatidan Xitoy jahonda 13-o‘rinda, import hajmi jihatidan esa 16-o‘rinni band etadi.
Xitoy tashqi savdosi uchun eng muhim vazifa bu texnik va texnologiyalar yaratib, uni chetga sotishdir. Bu borada ham mamlakat ancha yuqori ko‘rsatkichga ega. Shuningdek, Xitoy chetdan zamonaviy texnikalar harid qilishni ham kanda qilmaydi. So‘nggi yillarda shunday texnologiyalar mamlakatga kiritilgani sababli 8 ming xildan ziyod yangi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga erishildi. XXR dunyoda paxta mahsulotlari va tabiiy ipak gazlamalari hamda elektronika va mashinasozlik tovarlarini eksport qilish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Xitoy eksportida tayyor mahsulotlar jami tashqi savdoga chiqarilgan mahsulotlarning 2/3 qismini tashkil etadi. Tashqi savdoda Xitoyning eng ishonchli sheriklari AQSH, Yaponiya va G‘arbiy Yevropa davlatlaridir. Masalan, Yaponiya bilan mashinasozlik va texnologiya bo‘yicha savdolar 50 % ni tashkil etsa, AQSH yuqori texnologik mahsulotlar, samolyot va elektron hisoblash texnikasini harid qilish bo‘yicha yetakchi sanaladi.
XXR da chet el investitsiyasi 200 mlrd. dollarni tashkil etadi. Shuning 70 % i xalqaro tashkilotlar va xorij korxonalari kreditlari va zayomlari hajmida ko‘rinadi. Dengizbo‘yi rayonidagi 80 % korxonalar xorij kapitali hisobiga faoliyat yuritadi. Bu yer erkin iqtisodiy hudud sanalib, chet ellik ishbilarmonlar uchun bir qator imtiyozlar rejimi ishlab chiqarilgan.
Ko‘p yillar davomida Xitoy hukumati uchun Gangkong (Syangan), Makao (Aomin) va Tayvan singari yirik hududlarni teng huquqli a’zo sifatida mamlakatga qo‘shib olish siyosati o‘z ishini yurgizdi. Chunki, Gonkong hududlari XIX asr oxirlarida Buyuk Britaniyaga uzoq muddatli ijaraga berilgandi. Bu muhim siyosat tufayli Gongkong 1997 yil 3 iyulda Xitoy ixtiyoriga qaytdi. Faqat hozirda «bir davlatda ikki tizim» formulasi mujassam. Tan olish kerakki, Gongkong so‘nggi 50 yil ichida kuchli rivojlandi. Bugun bu yerdagi mavjud imkoniyatlar XXR iqtisodiyotining muhim ustunlaridan biri sanaladi. Syanganda chet el investitsiyasi hajmi mamlakatning qariyib 3 dan 2 qismiga teng. Investitsion kontraktlar esa 80 % ni tashkil etadi. Tashqi iqtisodiy aylanma (oborot)da esa uning ulushi 40 % ni tashkil etadi.
Tayvan hududi esa 1940 yilgacha Xitoyning bir bo‘lagi sifatida bo‘lib, ko‘p yillar XXR oppozitsiyasi hisoblandi. 1990 yilda ikki mamlakat o‘rtasida aloqallar yaxshilandi. Tayvan bugungi Xitoy iqtisodiyotida investitsiya hajmi jihatidan Syangandan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Resurslarning qo‘shilishi, Tayvan kapitali va texnologiyalari, Syangan va Makao (Aomin)ning tashqi savdo aloqalari birlashishi «Katta Xitoy» ni yaratilishini ta’minladi va yangi iqtisodiy taraqqiyotga erishgan hudud bo‘lib qoldi.
AQSH Xitoy bilan 1979 yilda diplomatik aloqalarni o‘rnatdi. 1980 yillar boshida Xitoy va AQSH o‘rtasida tovar ayirboshlash keskin kuchaydi. Xitoy xalq xo‘jaligini zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash uchun mashinasozlik va elektronika mahsulotlari import qilindi. O‘z navbatida AQSH ga birinchi darajali xomashyo mahsulotlari yetkazildi. O‘sha paytda Xitoy va AQSH savdo saldo balansi barqarorlashdi va bu 60 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.
Ikki tomonlama iqtisodiy aloqalar siyosiy munosabatlarning yaxshilanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Boshqa sohalar bo‘yicha ham keng ko‘lamdagi ayirboshlash siyosati amalga oshirildi. Ammo, 1992 yillarda Xitoy rivojlanish yo‘liga chikib olgach, har qanday ishlab chiqarish sohasida Amerika bilan raqobatlashish darajasiga yetdi. Oqibatda ikki davlat o‘rtasida «savdo urushi» avj oldi. Bunga Xitoyning AQSH dan import qilinadigan tovarlar yo‘lidagi bevosita taqiqlashlar, kvotalar, litsenziyalar, sifat andozalariga rioya qilishga ortiqcha talablardan iborat g‘ovlarni olib tashlashdan bosh tortgani sabab bo‘ldi. Chunki XXP ma’murlari AQSH bilan savdoda katta ustunlikka erishgan edi va o‘zaro savdodagi ahvol xitoyliklar foydasiga hal bo‘lardi. Oxir-oqibat AQSH xalqaro savdoda eksportni sezilarli tarzda cheklashni lozim ko‘rdi.

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish