Iqtisodiy va siyosiy geografik o’rni



Download 63,97 Kb.
bet6/14
Sana14.07.2022
Hajmi63,97 Kb.
#797482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
kurs ishi Muhlisa

Adabiyoti. Kanada tub joy aholisi (indeyslar, eskimoslar)ning ogʻzaki ijodiyoti avloddan avlodga oʻtib kelgan. Kanada adabiyoti, asosan, ingliz (18-asr) va fransuz (19-asr) tillarida shakllandi. Rus, ukrain va b. tillarda ham adabiy asarlar nashr etiladi. Indeyslar va eskimoslarning ogʻzaki ijodi ingliz-kanadalik yozuvchilar tomonidan qisman toʻplandi (20-asr). Shoira Polin Jonson (1862—1913) butun hayotini indeyslar haq-huquqini himoya qilish va ularning afsonalarini adabiy jihatdan ishlab chiqishga bagʻishlagan. Umuman mustamlaka qaramligining ogʻir sharoiti milliy adabiyotning rivojlanishiga toʻsqinlik qilib keldi.
Ingliz tilidagi adabiyot dastlab ingliz romantizmi taʼsirida va unga taklidan rivojlangan. Konfederatsiya shoirlari deb atalmish romantiklar tabiat goʻzalligi haqida asarlar yozdilar va Kanadada yashovchi turli millat vakillarini birlashishga daʼvat etdilar. 19-asrning 2-yarmida tarixiy romanchilik rivojlandi. Hajvchi S. Likok (1869—1944) oʻz asarlarida Kanada shaharchalari aholisining axloqi, pul hukmronligi, "kichik" odamning nochorligini tasvirlab, jahonga mashhur boʻldi. 20-asr boshlarida adabiy jurnal lar, Kanada adabiyotining dastlabki tarixi va antologiyasi paydo boʻldi. Kanada yozuvchilari uyushmasi vujudga keldi (1921), u, asosan, ingliz-kanadalik yozuvchilarni birlashtirdi. 20-asrning oʻrtalaridan ingliz tilidagi adabiyotda kanadaliklarning milliy harakteri yorqin namoyon boʻla boshladi. 40-yillardan tanqidiy realizm rivojlandi. F. Grov yozgan realistik romanlarning qahramonlari — mehnat ahli. Realist yozuvchi M. Kellexen asarlari odamshavandalik va xalqqa rahm-shavqat ruhi bilan sugʻorilgan. X. Mak-Lennan oʻz asarlarida Angliya va Fransiyadan kelgan kanadaliklarni birdamlikka chaqirdi ("Ikki yolgʻizlik", 1945). 60—80-yillardagi koʻp asarlarning mavzui jamiyat turmushidagi chalkashliklarga bagʻishlangan. Kanada muammolari va indeyslar bilan eskimoslarning ahvoli kabi masalalar Kanada ilgʻor yozuvchilarining eʼtiborida turibdi.
Fransuz tilidagi adabiyot. Kanadada fransuzlar hukmronlik qilgan davrda diniy mavzularda asarlar yozildi. 19-asr oxirlarida Kanadada romantik shoirlar maktabi vujudga keldi. Shoir J. O. Kremadi ijodi Kanada adabiyotiga fransuz romantik sheʼriyati ruhini kiritdi. Fransuz romantiklari, jumladan, V. Gyugo taʼsirida L. O. Freshett, L. P.Leme oʻz asarlarini yaratishdi. F. de Gaspening "Qadimiy kanadaliklar" qissasi 19-asrning eng salmokli asaridir. 20-asr boshlarida patriarxal hayot, dehqonlarning dindor boʻlishi ulugʻlandi. L. Emonning "Mariya Shapdlen" romani mustamlaka davri adabiyotini hayotiy tasvirlar bilan boyitdi. 30-yillarda realizm rivojlandi. 40-yillarda yozuvchilar ijtimoiy masalalarni yorita boshladi. R. Lemlen cherkov xodimlarini satirik tasvirladi ("Qiyalik etagida" romani, 1944); Gabriyel Rua "Tasodifiy baxt" romanida ishchilar hayotini koʻrsatdi. 50-yillar nasrida ruhiy kechinmalarga, jamiyatda kishining oʻzini begona, yolgʻiz his etishiga eʼtibor kuchaydi (I. Terio, E. Klutye asarlari). Yu. Aken fransuz-kanadaliklarni milliy iftixor uchun kurashga chorladi ("Yaqin kunlardagi vokea"). Shoirlar 60—80-yillarda zamondoshlarining aqliy va ijodiy hayotini aks ettirishga harakat qildi. A. Granbua sevgi, hayot va oʻlim mavzularida asarlar yezdi.

Download 63,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish