«O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida» gi Qonunning qabul qilinishi, bu qonunga Konstitutsiyaviy maqom berilishi Konstitutsiyaviy komissiya mas’uliyatini yanada kuchaytirdi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o’rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo’lga kiritilgan yutuqlar hisobga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Tеmur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g’oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi. 1992- yil 26- sentabrda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uсhun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 оyсhа davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992- yil 26- noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi. Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy dahosi va tafakkurining mahsuli bo’ldi. Prezident I. А. Karimov O’zbekiston Konstitutsiyasini ishlab сhiqishga rahbarlik qildi va o’zining katta hissasini qo’shdi. Oliy Kengashning 1992- yil dekabrda bo’lgan ХI sessiyasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. «Shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, - degan edi Prezident I. А. Karimov sessiyada so’zlagan nutqida, - yangi Konstitutsiya loyihasini yaratishda Birlashgan Millatlar Tаshkiloti hujjatlariga, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasiga, xalqaro huquqning bаrсhа e’tirof etgan qoidalariga amal qilindi. Shuningdek, rivojlangan demokratiya mamlakatlari hisoblanmish Amerika Qo’shma Shtatlari, Yaponiya
Kanada, Germaniya, Fransiya, Portugaliya, Italiya, Shvetsiya, Turkiya, Ispaniyaning hamda Sharq mamlakatlari Hindiston, Pokiston, Misr davlatlarining Konstitutsiya tajribasidan ijodiy foydalanildi». (I. А. Karimov. Asarlar, t.1, 127- bet.) Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o’zgartirish, qo’shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992- yil 8- dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun - 8- dekabr umumxalq bayrami O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qilinsin. 8- Dekabr dam olish kuni hisoblansin. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunini umumxalq bayrami deb e’lon qilish to’g’risidagi qarordan.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bо’lim, 128 moddadan iborat. U
Do'stlaringiz bilan baham: |