Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya



Download 64,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana21.06.2022
Hajmi64,96 Kb.
#688704
  1   2
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya - Vikipediya



Iqtisodiy va ijtimoiy
geografiya
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya— turli mamlakat va rayonlarda i.ch. kuchlarining joylashish
xususiyatlari hamda hududiy iqti-sodiyijtimoiy sistemalarning shakllanish qonuniyatlarini
oʻrganadigan fan. Uning asosiy vazifalari i.ch. va aholi hayoti bilan bogʻliq soxalarning joylanishiga
taʼsir etuvchi omil va sharoitlarni taxlil qilish, vujudga kelgan iqtisodiy geografik vaziyat —
i.ch.ning hududiy tarkibi va struktu-rasini baholash, ularni bashorat qilish va boshqarishdan iborat.
Shuningdek, I. va i.g . ishlab chiqarishni joylashtirish bilan aloqador tabiatdan foydalanish va
geoekologik muammolar, davlatning regional siyosati, xoʻjalik strukturasini tartibga solib
borishdek muhim vazifalarni oʻrganadi.
I. va i.g . geografiya fanlari tizimiga kiradi va u, avvalo, tabiiy geografiya bilan chambarchas
bogʻliq. Uning tabiiy sharoitlarni oʻrganuvchi boshqa tabiiy fanlar bilan aloqasi, ayniqsa, ekologik
muammolarning keskinlashuvi jarayonida yanada kuchaydi.
I. va i.g . umumiy, sohalar yoki xoʻjalik tarmoklari geogr.si, jahon xoʻjaligi geografiney, aholi
geografiney, regional I. va i.g . ga boʻlinadi.
Umumiy I. va i.g . ishlab chiqarishni yaxlit va uning alohida tarmoklarining joylashish
qonuniyatlarini oʻrganadi.
Soha I. va i. g . da sanoat geografiyasi, q.x. geogr.si, transport geogr.si keng rivojlanmoqda.
Xizmat koʻrsatish sohalari geogr.si, rekreatsiya geogr.si. tabiiy resurelar geogr.si, tibbiyot
geogr.si kabilar shakllanmoqda.


Regional I. va i.g . aniqmamlakat va r-nlarni tadqiq qiladi va ijtimoiy sohalarning barcha hududiy
xususiyatlarini oʻz ichiga oladi.
Oʻzbekistonda I. va i.g .ning ilmiyamaliy mohiyati eng avval yangi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar
va milliy iqtisodiyotdagi ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqadi. Aynan shu maʼnoda uning asosiy
tushuncha va qonuniyatlari, ilmiy gʻoyalari hozirgi zamon talabi nuqtai nazaridan talqin qilinadi.
Ayniqsa, bozor munosabatlariga oʻtish davrida i.ch. kuchlarini joylashtirishni davlat tomonidan
tartibga solib borish va boshqarish, regional ijti-moiy-iqtisodiy dasturlarning ilmiy asoslarini
yaratish, regional va milliy iqtisodiyot rivojlanishini jonlantiruvchi va barqarorlashtiruvchi oʻsish
qutb va markazlari, sanoat parklari va texnopolislari, raqobat muhiti, investitsiya makoni, erkin
iqti-sodiy integratsiya sharoitlarini vujudga keltirish masalalarini tadqiq qilish muhimdir.
Aholi geogr.si madaniyat, tibbiyot va ijtimoiy geografiya bilan bogʻliq. Uning oʻzi esa aholining
joylashishi, aholi manzillarining tiplari va b. xususi-yatlarini oʻrganadi. Aholi geogr.sining deyarli
barcha masalalari I. va i.g . doi-rasida oʻrganilishi mumkin. Aholi geogr.si I. va i.g .ning boshqa
tarmoqlari (sanoat geogr.si, qishloq xoʻjaligi geogr.si, transport geogr.si) orasida alohida oʻrin
tutadi. Bundan tashqari, siyosiy geogr. masalalari ham I. va i.g .ning doirasiga kiritiladi. Siyosiy
geogr. oʻrganadigan siyosiy vokealar, mamlakatning geosiyosiy va geo-strategik mavqei koʻp
jihatdan maʼlum iqtisodiy sharoitlarning mahsuli sifatida namoyon boʻladi va, aksincha, siyosiy
barkamollik xoʻjalik hayotiga katta taʼsir koʻrsatadi.
Iqtisodiy geografik maʼlumotlar antik davr va oʻrta asrdagi geograf va sayyohlarning asarlarida
ham uchraydi. Ammo, uning keng rivojlanishi hududiy mehnat taqsimoti, i.ch.ning ixti-soslashuvi
hamda savdo va transport taraqqiyotiga bogʻliq. I. va i.g .ning ahamiyati shoʻrolar imperiyasi
parchalangach, mustaqillikka erishgan koʻpgina mamlakatlarning bozor munosabatlariga oʻtish
davrida yanada ortdi. Ayni vaqtda I. va i.g .ning tadqiqotlari aniq iqtisodiy fanlarning
tadqiqotlarini takrorlamaydi. Uning oʻziga xos geografik xususiyatlari mavjud: 1) i.ch.
tarmoklarining joylashishi oʻrganilganda ularning butun hududiy majmu-asi birgalikda tahlil
qilinadi; 2) muayyan hudud (mamlakat, r-n, aholi punkti) aniq tabiiy va ijtimoiy-tarixiy sharoitlar
bilan birga oʻrganiladi; 3) tabiiy-geografik sharoit al-batta eʼtiborga olinadi; 4) tadqiqot
jarayonida masalaning hududiy (geografik) tomoniga alohida ahamiyat beriladi. I. va i.g . tabiiy
geografiya bilan be-vosita bogʻliq. Oʻrganilayotgan mamlakat yoki r-nning tabiiy sharoiti,
foydalanilayotgan yoki foydalanishi mumkin boʻlgan tabiiy resurelarini bilish zarur. Chunki tabiiy
sharoit xoʻjalik ixtisosiga, mehnat unumdorligiga, aholi va aholi manzilgohlarining joylashish
xususiyatlari ga katta taʼsir koʻrsatadi. Shuning uchun bunday tadqiqotlarda tabiiy sharoit va re-
surelarga iqtisodiy baho berish muhim oʻrin tutadi.
I. va i.g .da iqtisodiy va ijtimoiy haritagrafiya ham katta ahamiyatga ega. Ushbu yoʻnalishdagi
haritalar iqtisodiy geografik tadqiqotlarning uzviy qismi va natijasidir. I. va i.g . oʻz tad-qiqotlarida
tarixiy-ijtimoiy tahlilga asoslanadi va bu borada tarixiy geografiya, iqtisodiyot tarixi bilan


bevosita aloqador. I. va i.g . koʻpgina boshqa fanlar (etnografiya, statistika, sotsiologiya,
demografiya) bilan ham bogʻliq.
Oʻzbekistonda ham anʼanaviy I. va i.g ., koʻpgina jahon mamlakatlarida boʻlganidek, asta-sekin oʻz
tadqiqot doirasini kengaytirmoqda. Ayni vaqtda I. va i.g . kichik masshtabli tadqiqotlardan yirik
masshtabli taxlilga, oʻrta va kichik hududlarni chuqur oʻrganishga, amaliy (konstruktiv)
masalalarni hal etishga ham ahamiyat bermoqda.
I. va i.g . yangi shakllanib borayotgan regional iqtisodiyot fani bilan ham chambarchas bogʻliq. Bu
ikki fanning tadqiqot obʼyekti bir, yaʼni i. ch.ning hududiy tarkibi va joylashishidir. I. va i.g . ushbu
muammoni keng koʻlamda — jahon xoʻjaligi, mamlakat va r-nlar, turli hududiy ijtimoiy-iqtisodiy
majmualar doirasida oʻrganadi; regional iqtisodiyot, asosan, alohida olingan r-nlar xoʻjaligi bilan
shugʻullanadi. Agar I. va i.g . iqtisodiylashgan geogr. boʻlsa, regional iqtisodiyot geografiylashgan
(hududiylashgan) iqtisodiyotdir.
I. va i.g .ning tadqiqot va xulosalari i. ch.ni maqsadga muvofiq joylashtirishga imkon beradi. I.ch.ni
hududiy tashkil qilish va taqqoslashda faqat ayrim korxona yoki tarmoq emas, balki bir-biri bilan
bogʻliq boʻlgan i.ch. sohalarining butun majmuasi nazarda tutiladi. Koʻp jihatlarni hisobga olib
yondashish I. va i.g .ning bosh tamoyilidir. I. va i.g .ning muhim tushunchalaridan biri boʻlgan
hududiy mehnat taqsimoti va uning bevosita mahsuli boʻlgan iqtisodiy r-nlar va ularning ichki
aloqalari, r-nlararo va xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarini oʻrganish ham I. va i.g .ning
muhim va-zifalaridan biri. Hududiy mehnat taqsimoti iqtisodiy r-nlarni vujudga keltiruvchi asosiy
omildir. Iqtisodiy r-n esa I. va i.g .ning asosiy tu-shunchasidir.
Umumiqtisodiy r-nlar, sanoat va q.x. r-nlari, sanoat markazlari mamlakatda i.ch.ni joylashtirish va
hududiy mehnat taqsimotini tashkil qilish bir butun jarayonining samarasi, uning ayrim qismlari
sifatida tashkil topadi.
Hududiy mehnat taqsimoti I. va i.g . ning asosiy tadqiqot obʼyekti hisoblanadi.
I. va i.g . hududiy mehnat taqsimoti va iqtisodiy r-nlardan tashqari hududiy i.ch. majmualari va
iqtisodiy geografik oʻrin (turli xoʻjalik obʼyektlarining — vujudga kelganligi, joylashganligi,
rivojlanish xususiyatlari)ni ham tadqiq etadi. Hududiy i.ch. majmualarini toʻgʻri tashkil qilish,
infrastruktura tizimidan oqilona foydalanish esa iqtisodiy geografik samaradorlikni taʼminlaydi.
I. va i.g . oʻz tadqiqotlarida bir qancha anʼanaviy va hozirgi zamon i. t. metodlaridan foydalanadi.
Geografik taq-qoslash, haritagrafiya, tarixiy, statistik, kuzatish, balans, matematik metodlar
shular jumlasidandir. Oʻzbekiston va uning iqtisodiy r-nlarida ishlab chiqaruvchi kuchlarini
oʻrganish va xoʻjalikning turli tarmoklarini joylashtirish boʻyicha yirik iqtisodiy geografik
tadqiqotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, Oʻzbekiston FAning sobiq Ishlab chiqaruvchi kuchlarni
oʻrganuvchi kengashi tomonidan uyushtirilgan Fargʻona va Zarafshon ekspeditsiyalari natijasida


iqtisodiygeografik maʼlumotlar toʻplangan. Oʻzbekiston I. va i.g .si boʻyicha 3. M. Akramov, A. S
Soliyev, A. Roʻziyev va b.ning asarlari mavjud. Oʻzbekistonda iqtisodchi-geograflar davlat
tashkilotlari, FA institutlari, i.t. va loyihalash intlarida respublika i.ch.ini joylashtirish muammolarini
hal qilishda hamda xalq taʼlimi sistemasida bevosita faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Yuqori
malakali iqtisodchi-geo-graflar va geograflar Oʻzbekiston Milliy universiteti, Samarkand,
Fargʻona, Termiz, Namangan davlat untlarida tayyorlanadi. I. va i.g . boʻyicha i. t. ishlari ham ana
shu oliy oʻquv yurtlarida, Oʻzbekiston FA Seysmologiya instituti qoshidagi Geogr. boʻlimi va b.
tashkilotlarda olib boriladi.
I. va i.g . oldida turgan asosiy vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi siyosiy mustaqilligi va uning
iqtisodiyotini bozor munosabatlariga oʻtishidan bevosita kelib chiqib, yangi sharoitda i.ch.ni
joylashtirish va boshqarishning nazariy masalalarini ishlab chiqish, milliy iqtisodiyotni hududiy
tashkil qilish muammolarini tadqiq qilish, mamlakatni iqtisodiy r-nlashtirish va uning regional
siyosatini yaratish, iqtisodiy-geografik ba-shorat boʻyicha tadqiqotlarni kuchaytirish, jahon
mamlakatlari oʻrtasidagi mehnat taqsimoti masalalarini oʻrganishdan iborat.
Soliyev A. S, Iqtisodiy va ijti-moiy geografiyaning dolzarb masalalari, T., 1995; Soliyev A. S,
Qarshiboyeva L. Q., Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari, T., 1999; Saushki n
Yu. G., Vvedeniye v ekonomicheskuyu geografiyu, 2 izd. M., 1970; Soliyev A. S, M ahamadal i-
yev R., Iqtisodiy geografiya asoslari, T., 1996.
Abdusami Soliyev.
[1]
1. 

Download 64,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish