IQTISODIY TARAQQIYOT, IQTISODIY O’SISH VA MILLIY BOYLIK
Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo’li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o’sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy o’sish darajasi va sur’atlariga bog’liq. Shu sababli ushbu bob iqtisodiy rivojlanishning mohiyati, uning darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar, iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlarini bayon qilish bilan boshlanadi. Bob davomida iqtisodiy o’sishning omillari, milliy boylik va uning tarkibiy tuzilishi, iqtisodiy o’sish borasida mavjud bo’lgan turli modеllar mazmunini yoritib bеrishga ham o’rin ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |