12-BOB. BOZOR IQTISODIYOTIGA
MUQOBIL (AL'TERNATIV) FOYALAR
12.1. X1X asrning birinchi yarmidagi xayoliy
sotsializmning o`ziga xos xususiyatlari
Xayoliy sotsialistik g`oyalarning dastlabki ko`rinishlarida, ya'ni
Platon asarlaridan boshlab T.Mor va T.Kompanelli asarlarining barchasida
xususiy mulk tanqid qilib kelindi.
234
Bu olimlar jamiyatni qayta tuzishni taklif qilib nisbatan adolatli,
rivojlangan jamiyatni asoslab berishga intildilar. Lekin, bularning barchasi
xayoliy sotsializm shakllanishi arafasidagi dastlabki g`oyalar edi, xolos.
Xayoliy sotsializmning haqiqiy rivojlanish davri XIX asrning birinchi
yarmiga to`g`ri keladi. Bu davrda G’arbiy Yevropa kapitalistik
munosabatlar rivojlanib, sinfiy ziddiyatlar oshkor bo`ldi. Ayniqsa, klassik
iqtisodiy maktab vakillarining asosiy asarlarining ta'siri ko`pgina
maktablarga bo`lgani kabi xayoliy sotsialistlar qarashlariga ham jiddiy
ta'sir o`tkazdi. Shuningdek, bu davrda sanoat to`ntarilishining yakunlanishi
va Yevropa mamlakatlarida yuz bergan jiddiy iqtisodiy o`zgarishlar ham
xayoliy sotsialistlar A.Sen-Simon, Sh.Furye va R.Ouenlar o`z asarlarida
ko`rsatib, mavjud kapitalizmni ichki xususiyatlarini kengroq ochib
berishga intildilar. Bu olimlar guruhi iqtisodiy fan rivojiga katta hissa
qo`shib, ilk bor kapitalistik munosabatlar abadiy emasligini, unda iqtisodiy
inqirozlar mavjud bo`lishini ko`rsatib berdilar. Shu jumladan ular ham
klassiklar kabi texnika taraqqiyotining jadallashuvi, ilmiy kashfiyotlar va
jamiyat ishlab chiqarishini umumjahon rivojini iqtisodiy siyosatning asosiy
maqsadi deb hisobladilar. Bundan tashqari, xayoliy sotsialistlar tabiiy tartib
konsepsiyasiga amal qilib jamiyat va alohida olingan insonning ideal
ijtimoiy tuzulishi modelini ilgari surdilar.
Xayoliy - sotsialistlar klassik iqtisodiy maktab vakillaridan farq
qilib, xususiy mulkchilikni va kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini
tanqid qiladilar, jamiyatning barcha a'zolariga baxt keltiradigan yangi
jamiyat yuzaga keladi,deb ishchilarni ishontiradilar. Ular yangi jamiyat
adolatli ijtimoiy tuzum loyihalarini bayon etib iste'mol va taqsimotni qayta
tashkil etish bilan cheklanib qolmasdan balki ishlab chiqarishni tubdan
o`zgartirishni taklif qildilar.
Shuningdek, ularning ijtimoiy adolatni targ`ib qilishga qaratilgan
g`oyalari aynan adolatsizliklardan voz kechishi zarur degan fikrlari asosida
nafaqat xayoliy balki bozor iqtisodiyotiga qarshi karash ko`rinishini oladi.
Va nihoyat, XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan xayoliy sotsialistlar
ta'limotlarida bozor iqtisodiyotiga muqobil qarashlari turlicha namoyon
bo`ladi. Bu o`rinda ushbu maktab vakillarining birinchidan, individual
(yakka) faoliyatni kollektiv mehnat faoliyati bilan almashtirish
mexanizmini qanday izohlashlari bilan, ikkinchidan mehnatkashlarni
jamoa tashkilotlariga birlashish tamoyillari xususiyatlarini qay tarzda
tushuntirishlarida o`z aksini topadi.
Bu shart-sharoitga e'tibor berib Sh.Jid va Sh.Rist o`z asarlarida
quyidagicha yozishadi: "Sen-Simon va uning izdoshlari haqiqiy
235
kollktivizm tarafdorlari bo`lib, ular jamoat tashkilotlariga millatning
hamma a'zolarini kirgizishga harakat qildilar va bunday birlashuvni
tepadan boshlashni taklif qiladilar, ya'ni milliylashtirish va boshqa
jarayonlarni endi siyosiy xokimiyat o`z qo`liga oladi.
R.Ouen va Sh.Furye hamda ularning izdoshlari "Sotsialist-
assotsiatsiyachilar" bo`lib, Sen-Simonchilardan farqli o`laroq indivit to`da
(massa) ichida yo`qolib ketmasligini istatadi. Ularni mayda avtonom
guruhlar yordamida saqlab qolishni taklif qilib, birlashuv jarayonini
yuqoridan emas balki quyidan borishini maqsadga muofiq deb
hisoblaydilar". (Ш.Жид, Ш.Рист “История экономических учения”. М.,
Экономика,1995.Стр.170)
Nihoyat, xayoliy sotsializm nomoyondolari o`zlarining benuqson
ijtimoiy tuzumlarni turlicha: Sen-Simon industrializm, Furye garmoniya,
Ouen esa kommunizm deb atadilar. Lekin ularning barchasi ekspluatatsi-
yaning yo`q bo`lishi, aqliy va jismoniy mehnat o`rtasidagi qarama-
qarshilikning bartaraf etilishi hamda xususiy mulkning yo`q bo`lishi
to`g`risidagi fikrlarni bir xil takrorladilar. XVIII - asrning oxiri XIX -
asrning boshlarida G’arbiy Yevropada ishlab chiqarishning hukmron shakli
manufaktura bo`lib, fabrika ishlab chiqarishi endigina shakllanayotgan edi.
Kapitalizmning moddiy sharoitlari va ishchilarning jamiyatning asosiy sin-
fi sifatida shakllanishi dastlabki bosqichlarda edi.
Xayoliy sotsialistlar ijtimoiy adolatli jamiyatga o`tish yo`llarini
aniq ko`rsata olmadilar, lekin ular sinfiy manfaatlar qarama-qarshiligini
ta'kidlab o`tdilar. Ular ishchilar sinfiga ezilgan jabrlanuvchi sinf sifatida
qarab, asosiy e'tiborni ongni rivojlantirishga, o`z g`oyalarini tashviqot qilib
kommunalar, "falansterlar" orqali hayotga tadbiq etishga qaratdilar.
Mehnatkashlarni ozod etishning moddiy sharoitlari yaratilmaganligi tufayli
xayoliy sotsialistlar bo`lajak jamiyatning fantastik loyihalarini taklif
etdilar. Ular o`zlarini sinflardan yuqori qo`yib, jamiyatning barcha a'zolari
manfaatlarini ifoda etayotganliklarini ko`rsatmoqchi bo`ldilar. Shuningdek,
siyosiy kurash, revolutsiyalarni rad etib, ijtimoiy adolat g`oyalarini tash-
viqot qilish yo`li bilan jamiyatni qayta tuzishni orzu qildilar. Mana shu-
larning barchasi g`oyalarning xayoliy bo`lib qolishiga sababchi bo`ldi.
Biroq, xayoliy sotsializm o`zining cheklanganligiga qaramasdan, kapital-
izm oyoqqa turayotgan bosqichda progressiv ta'limotlar qatorida alohida
o`rin egallaganligini aytishimiz lozimdir.
236
Do'stlaringiz bilan baham: |