352
etmaydi.
Binobarin, davlat iqtisodiyot uchun maqsadlarni aniqlashni o`z
zimmasiga olishi va bu maqsadlarga erishish uchun o`z kuchidan
foydalanishi kerak. Samuelson eng kam ish haqi to`g`risidagi qonuni
daromadlar pilopoyasining eng pastida turgan ishchilarga yordam berish
usuli
deb hisoblaydi; u davlatning uy-joy qurilish dasturlarini
moliyalashtirishni va oziq- ovqat yordamini qashoqlikni kamaytirish usuli
sifatida qo`llab-quvvatlaydi. "Ekonomiks" asarida tarixiy-iqtisodiy ekskurs
mavjud bo`lib, XVII asr oxiridagi Maltusning aholi nufuzi nazariyasi
eslanadi; A. Smitning "Ko`rinmas qo`l" haqidagi g`oyalar tahlil etiladi.
Asarda o`tgan davrdagi deyarli barcha doktrinalar qarab chiqiladi (bular
to`g`risida yuqorida o`qishingiz mumkin).
Uning fikricha, hozirgi davr iqtisodchilari "neoklassik sintez"ga
erishish uchun samarali kredit-pul va fiskal siyosatni Smit va Marshallning
klassik mikroiqtisodiyotini hozirgi daromadning
darajasini aniqlash
bo`yicha
mavjud
makroiqtisodiyot
bilan
birlashtirish,
ikkala
yondoshuvdagi
barcha
sog`lom
fikrlarni
jamlashtirishga
harakat
qilmoqdalar.
Kitobning dastlabki boblarida A.Smit dan hozirgi davrgacha
bo`lgan iqtisodiy ta'limotlar mohiyati tarixiy-iqtisodiy jihatdan qarab
chiqiladi. Ayniqsa A.Smit, T.Maltos, D.Rekardo asarlari Har tomonlama
tahlil etilgan.
Uning fikricha, 1820-1870 yillar - 50 yil davomida iqtisodchilar va
siyosatchilar gipnoz holatida bo`lgan, bunga asosiy sabab "sanoat inqilobi"
bo`lib, bir qancha g`oyalar, ayniqsa T.Maltus, D.Rikardolarning
aholi
o`sishi bilan daromadlar pasayishi to`g`risidagi fikrlar chippakka chiqdi.
Neoklassik iqtisodiyot to`grisida fikr yuritib, XX asrning 70-yillari
iqtisodiy qarashlarda ikki yo`nalish paydo bo`lganligi qayd etiladi: 1)
Keyns va keynschilik; 2) Marks g`oyalari. Ayniqsa, neoklassik yo`nalishda
matematik usullarning keng qo`llanilishi, talab, foydalilik, umumiy
iqtisodiy muvozanat masalalarining yangicha tahlili yanada ilmiyroq bo`lib
qoldi. A.Marshall, J.B.Klark, U.Jevons, L.Valras, V.Paretto tadqiqotlarida
matematik elementlar "iqtisodiy tahlilning nozik metodlari" ga olib keldi.
J.M.Keynsning tadqiqoti yuqori baholanadi, "Sey qonuni"
ga ehtiyoj
qolmadi, deb yozadi P.Samuelson. Keyns va Keynschilar ta'sirida "aralash
iqtisodiyot" yaxshi faoliyat ko`rsata boshlaganligi ta'kidlanadi. 2-jahon
urushidan so`ng ishlab chiqarish nihoyatda tez o`sganligi, aholi turmush
darajasi oshganligi ta'kidlanadi.
353
Ammo, deb ta'kidlaydi olim, hali bizni to`la bandlik va mo`'tadil
baholar o`rtasida tanlash imkoniyatidan xalos qila oladigan yagona
mukammal iqtisodiy siyosat modeli yaratilmadi.
Samuelson Chikago maktabi vakillari faoliyatiga, xususan,
M.Fridmenning monitar
sistemasiga yuksak baho beradi, chunki bu
olimlarda "erkin raqobat", "bozor baholari" asosiydir.
Olim iqtisodiy taraqqiyotning omillariga baho berib, uni to`rtta deb
hisoblaydi:
1.Mehnat resurslari (inson birinchi va asosiy);
2.Tabiiy resurslar;
3.Kapital;
4.Texnologiyalar.
Olimning bu omillari "taraqqiyotning to`rt g`ildiragi" deb yuritiladi.
E'tibor berib qarang, inson roli eng yuksak qo`yilgan. Haqiqatan ham inson
bo`lmasa, boshqa omillar ishga tushmaydi (masalan, Yaponiya, GFR ...).
Shu sababli yuqorida keltirilgan Umar Xayyomning fikri naqadar
hayotiy, hozirgidek jaranglab turibdi.
Hozirgi davr iqtisodiy nazariyalarida A.Lafferning soliqlar hajmi va
yalpi milliy mahsulot o`rtasidagi bog`lanish tahlil etilgan.
Laffer effekti
bo`yicha soliqlarni oshiraverish bilan milliy daromad ma'lum miqdoriga
oshadi, keyin pasayadi. Soliqlar miqdorini pasaytirish qisqa davr mobayni-
da budjetga tushumlar kamayishiga olib kelsa ham, istiqbolda
jamg`armalar, investitsiya va daromadlar ko`payishi
tufayli budjet tus-
humlari oshadi. Soliq stavkasi optimumini yetish uchun egri chiziq (Laffer
egri chizig`i) chizilgan. Unga ko`r a, soliq ortishi bilan davlat budjetiga
tushumlar ortavermaydi. Aksincha, shunday ma'lum chegara borki,
undan
ortiq soliq stavkasi budjetga tushumlarni kamaytiradi, chunki yuqori soli-
qlar xo`jalik faoliyatiga bo`lgan qiziqishni (rag`batni) kamaytiradi va
ishlab chiqarish hajmlarining pasayishiga olib keladi. Demak, ma'lum hol-
larda soliq stavkalari pasaytirish ishlab chiqarishning faqat o`sishigina olib
kelmasdan, budjetga soliq tushumlarining o`sishiga ham olib keladi.
Bunday siyosat Rfda 2000 yildan
boshlab amalga oshirildi, soliq
stavkalari barcha uchun 13% ga tushurildi va yaxshi natija bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: