329
omillarning ustunligiga ishonadi va qiymatning mehnat nazariyasini,
qo`shimcha qiymatni inkor etadi, uni ishlab chiqarish omillari konsepsiyasi
bilan almashtiradi. Keyns kapitalizm bozor iqtisodi illatlarini to`g`rilash
uchun davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi tarafdori bo`lib chiqdi.
Vaholanki, avvalgi olimlar (klassik maktab) buni inkor etganlar va
inqirozni tasodifiy voqea deb hisoblaganlar.
Avvalgi tadqiqotchilardan
farqli ravishda "samarali talab"ni, ya'ni iste'mol va jamg`arishni birinchi
o`ringa qo`yadi. Yuqorida qarab chiqilgan iqtisodiy ta'limotlardan biri -
merkantilizimda davlatning iqtisodiyot (siyosat)ga aralashuvi talab etiladi,
proteksionim iqtisodiy siyosati shuni talab etadi. J.M.Keyns u yaratgan
konsepsiyaga mekantilistlarning ta'sirini imkor etmaydi. Ikkala ta'limotdagi
umumiy g`oyalar quydagilardan iborat:
Mamlakatda pul masalasini ko`paytirish uchun intilish (pulning
qadrini biroz pasaytirish), va shunga muaofiq ssuda foizini kamaytirish va
ishlab chiqarishga investitsiyalarni qo`yishni rag`batlantirish vositasi
sifatida, baho (narx-navo)lar oshuvini qo`llash (savdo va ishlab chiqarishni
rag`batlantirish usuli sifatida), pulning yetishmasligi
ishsizlik sababi deb
tan olinadi iqtisodiy siyosatning milliy (davlat) xarakteriga ega ekanligi
tushuniladi. U tadqiqotning makroiqtisodiy uslubini, ya'ni makroiqtisodiy
ko`rsatkichlar bo`lgan milliy daromad va jamg`armalar o`rtasidagi
bog`lanish va nisbatlarni tadqiq qilish g`oyasini ilgari surdi. Bu tadqiqot
usuli o`z davrida fiziokratlar (F.Kenye, A.Turgo) K.Marks
tomonidan
qo`llanilgan Keynsgacha mikroiqtisodiy yondashuv, ya'ni alohida xo`jalik
obyektlari bo`lgan firmalar iqtisodiyotini tahlil etish rasm bo`lgan edi.
Firmaning rivoji millat mamlakat ravnaqi bilan bir deb qaralar edi. Asosiy
e'tibor umumiy iqtisodiyotga emas, balki firmaga qaratilgan edi.
Keyns
ta'limoti iqtisodiy siyosat bilan chambarchas bog`liqdir. Agar Marks
kapitalistik tizimning yemirilishini ba1shorat qilgan bo`lsa, Keyns
kapitalizm muhandisi sifatida uni ta'mirlash yo`lini
aniqlab
berdi.
Davlat
tomonidan
rag`batlantiraladigan
talab
"samarali
talab"
konsepsiyasi ilgari suriladi.
Kapitalizmning bosh illatlari bu ishsizlik va
inqirozlardir,
Keyns
bularning
sabablarini
sohibkorlar psixologiyasidan topishga intiladi.
Inqirozlar kapitalistning qayfiyatiga qarab ro`y
beradi, ya'ni optimizmdan pessimizmga o`tganda
bo`ladi. Asosiy e'tibor "iste'molga moyillik" va
"jamg`arishga moyillik"ka qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: