1-amaliy mashg’ulot Mavzu: “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanining predmeti va o‘rganish usuli Testlar Iqtisodiyot nazariyasi qachon fan sifatida shakllana boshlagan?
a) kishilik jamiyati vujudga kelgandan boshlab;
b) XVII–XVIII asrlar orasida;
c) XIX asrda;
d) A.Smitning «Xalqlar boyligi...» kitobi chop etilishi bilan;
2. Qur’oni Karimda aks etgan asosiy iqtisodiy g‘oya nimadan iborat? a) insonlar dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanishi ta’kidlangan;
b) “ehtiyoj” tushunchasi ta’riflangan va jamiyat hayotida moddiy ehtiyojlar ahamiyati ko‘rsatib berilgan;
c) musulmonlar qardoshligi g‘oyasi ilgari surilgan, mulk muqaddasligi qayd qilingan, savdoga katta o‘rin berilgan va jamiyat tengsizligi azaldan deb tan olingan;
d) moddiy boylik yaratishda mehnat va mehnat qurollarining o‘rni belgilab berilgan;
3. Iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida savdo-sotiq va asosan, tashqi savdo barcha boyliklarning manbai deb hisoblanadi? a) merkantilizm;
b) fiziokratlar;
c) klassik burjua iqtisodiy maktabi;
d) marksistik nazariya;
4. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning va tartibga solishning asosiy vositasi pul deb hisoblanadi? a) keynschilar;
b) monetarizm;
c) institutsionalizm;
d) liberalizm;
5. Marjinalizm quyidagilardan qaysi birini tadqiq qilishga asoslanadi? a) mutloq iqtisodiy miqdorlarni;
b) o‘rtacha iqtisodiy miqdorlarni;
c) keyingi (qo‘shilgan) iqtisodiy miqdorlarni;
d) nisbiy iqtisodiy miqdorlarni;
6. Merkantilizmning o‘rganish predmeti qaysi soha? a) ayriboshlash sohasi;
b) ishlab chiqarish sohasi;
c) taqsimlash sohasi;
d) ayriboshlash va ishlab chiqarish sohasi;
7. Klassik siyosiy iqtisodning o‘rganish predmeti qaysi soha? a) ayriboshlash sohasi;
b) ishlab chiqarish sohasi;
c) ayriboshlash va ishlab chiqarish sohasi;
d) tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi;
8. F. Kenening “sof mahsulot” to‘g‘risidagi g‘oyasiga binoan u qaysi tarmoq yoki sohada yaratiladi? a) savdoda;
b) qishloq xo‘jaligida;
c) sanoatda;
d) ijtimoiy sohada;
9. “Siyosiy iqtisod” tushunchasining muallifi kim? a) Aristotel;
b) F. Akvinskiy;
c) A. Monkreten;
d) A. Smit;
10. Merkantilistlar g‘oyasiga ko‘ra pul boyligining manbai nimaning oqibati? a) xorijiy investitsiyalar o‘sishi;
b) importning eksportdan ortib ketishi;
c) eksportning importdan ortib ketishi;
d) investitsion faollikning ortishi;