bahosi pasayib borish tendentsiyasiga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari bahosi esa
o’sish tendentsiyasiga ega. Shuning uchun, uning fikricha, qishloq xo’jaligiga
qo’yilgan kapital ancha foydali hisoblanadi.
Agar o’sha davrda Angliyada manufaktura sanoati rivojlana boshlaganini va
hatto birinchi yuqori unumli fabrikalarning paydo bo’lganligini hisobga oladigan
bo’lsak, A.Smitning bu xatosini tushunish yana ham qiyinlashadi. Uning unumli
mehnat kontseptsiyasida izchillikning yo’qligi, ishlab chiqarish jarag’nidagi kapital
rolini etarlicha tushunmaganligi natijasidir. U, xususan, kapitaldan keladigan
daromad sifatidagi foizni inkor etadi, foydani esa
tadbirkorlik riski kompensatsiyasi va boshqaruv uchun to’lov sifatida ko’rsatib
beradi. A.Smitning fiziokratik bid’atlari
jamiyat o’z resurslarini, birinchi navbatda,
qishloq xo’jaligiga, ikkinchi navbatda, sanoatga va faqat, uchinchi navbatda, savdoga
yo’naltirishi kerak degan tasdiqlashida o’z ifodasini topadi. Bundan A.Smit sanoat
to’ntarilishining dastlabki uchqunlarini va kelajakda yirik sanoat ishlab
chiqarishining hal qiluvchi rolini ko’ra olmagan, degan xulosa kelib chiqadi.
A.Smit boylikni ko’paytirishda pulning roliga alohida urg’u berib o’tadi.
Uning tasdiqlashicha,
o’z-o’zidan g’ayriixtig’riy tarzda bo’ladigan ayirboshlash
natijasida pulning xo’jalikda qo’llanilishi kelib chiqadi.. Odamlar ko’p o’tmay natural
ayirboshlashning noqulayliklarini seza boshlaydilar va pul rolini bajaruvchi
tovarlardan asta-sekin foydalanishga o’tadilar. Keyin pul birligini yaratishga davlat
hokimiyati jalb qilindi va uning huquqiy holati o’rnatildi. Jamiyat uchun natural
ayirboshlashdan ko’ra, pulli ayirboshlash foydali bo’ldi. Shuning uchun pulli
ayirboshlashga o’tish milliy boylikni ko’paytirishga imkoniyat yaratib berdi.
Kapitalni tashkil etish jarag’ni ham o’z-o’zidan g’ayriixtig’riy bo’ladi.
Odamlarning jamg’armaga bo’lgan tabiiy intilishlari, jamiyatga o’z kapitalini
ko’paytirish imkonini beradi, negaki jamg’arma investitsiyaning zaruriy sharti
hisoblanadi. Kapitalning o’sishi - millat boyligini ko’paytirishning uchinchi (mehnat
taqsimoti va puldan foydalanish bilan birga) asosiy omili: kapital qancha ko’p bo’lsa,
ishchilarni boqish va ularni ixtisoslashtirish imkoniyati shuncha ko’p bo’ladi. Buning
ustiga kapitalning o’sishi ayrim vaziyatlarda boylikni ko’paytirishning yagona
vositasi bo’lishi
mumkin. Shuning uchun A.Smit tejamkorlikni qo’llab-quvvatlaydi. Uning g’zishicha
«har bir isrofgar jamiyat boyligining dushmani, har qanday tejamkor odam -
jamiyatga muruvvat ko’rsatuvchidir»
Do'stlaringiz bilan baham: