Iqtisodiy talimot doc


Markaziy Osiyo donishmandlari asarlarida islom ta'limotidagi iqtisodiy g`oyalarning bayon etilishi



Download 1,61 Mb.
bet16/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,61 Mb.
#700373
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   123
Bog'liq
SodaPDF-converted-6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Markaziy Osiyo donishmandlari asarlarida islom ta'limotidagi iqtisodiy g`oyalarning bayon etilishi


Muqaddas kitob - Qur'oni Karimda kishilik jamiyatining faoliyat turlaridan biri iqtisodiyot sohasidagi munosabatlar muhim o`rin tutadi. Chunki, iqtisodiy munosabatlarda insonlarning asosiy fe'l-atvorlari namoyon bo`ladi. Qur'oni Karim ahkomlari insonlarga ilohiy farmoyish sifatida zamindagi barcha insonlarning bir ota-ona Odam alayhissalom va


50
Momo Havo farzandlari, binobarin aka-uka, opa-singal ekanligiga asoslanadi. Jumladan, "Hujurot" surasining 13-oyatida "Ey insonlar, biz sizlarni bir ota (Odam alayhissalom) va bir ona (Momo Havo) dan yaratib yer yuzi bo`ylab har xil xalq qabila va elatlar tarzida taratib qo`ydik, toki sizlar bir-birlaringiz bilan tanishib, mehr-muhabbat hosil qilgaysizlar. Albatta, sizlaning Olloh nazdida eng hurmatlitrog`ingiz taqvodorrog`ingizdir. Albatta, Olloh bilguvchi va hamma narsadan ogoh zotdir". Islomda" taqvo" deganda - solih, hayrli ishlarni ado etib, munkar, man qilingan, insoniyatni zavolga boshlaydigan ishlarni qilmaslik tushuniladi. Demak, taqvo insonlarning bir-biridan afzalligini belgilashdagi asosiy o`lchovlardan biri hisoblanadi. Bu afzallik ma'naviy va ruhiy tarbiyalash bilan o`zgalarni yashash va turmush kechirish huquqlarini e'tirof etish bilan shakllanadi.
Qur'oni Karimdagi iqtisodiy g`oyalarni bir necha guruhga ajratish mumkin. Ulardan biri eng avvalo halol mehnat, xususan dehqon, chorvador, hunarmandlar mehnati ulug`lanadi, peshona teri bilan halollik asosida hayot kechirishga da'vat etiladi, barcha boylikning asosida mehnat yotishi uqtiriladi.
Ikkinchi guruh g`oyalar - tijorat, ya'ni kengroq ma'noda esa bozor munosabatlariga alohida e'tibor qaratiladi. Masalan, Niso surasida (29- oyat) "Mollaringizni o`rtalarinigizga nohaq (ya'ni o`g`rilik, qaroqchilik, sudxo`rlik, poraxo`rlik, qimor kabi) yo`llar bilan yemangiz! Balki o`zaro rizolik bilan bo`lgan savdo-sotiq orqali mol-dunyo qilingiz", deyiladi. Biroq sudxo`rlik, poraxo`rlik kabi illatlar shar'iy jihatdan harom ekanligi qayta-qayta ta'kidlanadi.
Uchinchi guruh iqtisodiy g`oyalar esa, mulk va meros masalalariga qaratilgan. Mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat (ayniqsa omonatga xiyonat) qoralanadi, hatto biron odamning mol-mulkiga hasad qilish ham katta gunoh deb hisoblanadi.
Yerga mulkchilik munosabati to`g`risida ham alohida fikrlar lo`nda bayon etilgan. Masalan Moida surasining 40-oyatida yerdan unumli foydalanib, olingan narsalargina insonga tegishli ekanligi ta'kidlangan.
Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, ammo halollik va to`g`rilikka buyuriladi, yolg`on ishlatish, o`g`rilik, mehnatsiz daromad topish man etiladi. Bu xatoga yo`l qo`yganligi uchun qattiq jazo choralari belgilanadi (Moida surasi, 38-oyat), "ammo kim bunday jabru-zulmdan keyin tavba qilib, o`zini tuzatsa, albatta olloh tavbasini qabul qilar" (39-oyat).
51
Alloh Taoloning Qur'oni Karimda qarz olish va berish, meros, uni taqsimlash (4-sura, 8-oyat), yetim-yesirlarga muruvvat, xayr-ehson qilish haqidagi oyat karimalaridan kelib chiqadigan g`oyalar hamda soliq turlari va miqdori ham katta ahamiyat kasb etadi. Yetim-yesirlar haqiga xiyonat qilish eng katta gunohlardan deb e'lon qilingan. Shuningdek, o`zaro yordam ham zarur, lekin yomon ishlarda va dushmanlikda emas, deyiladi.
Islom ta'limotini chuqurroq tushunishda Qur'oni Karimdan keyingi hujjat payg`ambarimiz Muhammad Alayhissalomning Hadisi Shariflari hisoblanadi. Hadisi Shariflardan quyidagi namunalarni keltiramiz:
·Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg`on so`zlash, va'dasining ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat qilish.
·Amirning sovg`a olishi harom va qozining pora olishi dindan chiqishdir.
·Boylarning uyiga kamroq kiringlar, aks holda Tangrining sizlarga bergan ne'matlarini pisand qilmagan bo`lasizlar.
·Tilanchilik quyidagi uch toifadan birigagina joizdir: 1. Xun to`lovchiga; 2.Og`ir qarzdorga; 3.Miskin qashshoq kishiga.
·Ekmoq niyatida qo`lingizda ko`chat turgan paytda bexosdan qiyo- mat qoyim bo`lib qolishi aniq bo`lganda ham, ulgursangiz uni ekib qo`yavering.
·Kimki hayotda tejamkor bo`lsa, zinhor qashshoqlikka tushmaydi.
·Pora beruvchi ham uni oluvchi ham do`zahga mahkumdir.
·Ilmga nisbatan go`yo go`pon kabi posbon bo`linglar, lekin ilmni faqat rivoyat qilguvchi bo`lmanglar.
Shuni alohida ta'kidlab o`tish kerakki, Markaziy Osiyo donish- mandlaridan at-Termiziy, al-Buxoriylarning to`plagan Hadisi Shariflari is- lom olamida eng ishonchli hisoblanadi.
Iqtisodiy munosabatlarning huquqiy asoslari islom ta'limotidagi fikhning tarkibiy qismini tashkil etadi. Vatandoshimiz Marg`inoniyning "Hidoya" asari shular jumlasidandir. Buyuk olim Burhoniddin al- Marg`inoniyning to`liq ismi Ali Ibn Bakr Ibn Abdul Jalil al-Farg`oniy ar- Rishtoniy al-Marg`iloniy bo`lib, ul zot 1123 yil 23 sentabrda tug`ulgan. Ul zot Qur'onni, Hadis ilmlarini mukammal egallab fikh - islom huquqshunos- ligi borasida benihoya chuqur bilimga ega bo`lganligi va bu sohada beqi- yos durdonalar yaratganligi tufayli, Burhoniddin valmilla (Islom dinining dalili) va Burhoniddin al-Marg`inoniy nomlari bilan mashhurdir. Olim dastlabki ta'limni Marg`ilonda olib keyinchalik Movaraunnahrning o`sha davrdagi diniy va ma'rifiy markazi bo`lgan Samarqandga ko`chib borgan va umrining ohirigacha o`sha yerda yashagan. O`z asarlarini yaratishda Is-
52
lom dinidagi sun'iylarning to`rt mashabi asoschilarning asarlarini o`rgangan. Bizgacha uning o`nga yaqin asari yetib kelgan. "Al-Hidoya" asari esa 1178 yili Samarqandda yozilgan. Bu asar Xanafiya mashabining fikh masalalari bo`yicha asosiy qo`llanmaga aylangan. Keyinchalik esa bu- tun musulmon olamiga mashhur bo`lib, musulmon huquqi fikh bo`yicha eng aniq izchil mukammal asar sifatida tan olingan. Asarda keltirilgan jumlalarning har biri puxta, sermazmun va qisqa so`zlar tarkibidan iborat. "Al-Hidoya"ning birinchi kitobi to`rt jildan iborat bo`lib, har biri alohida muammolarni tahlil etadi. Bu kitob 1994 yildan professor A.X.Saidovning izohi bilan nashr etilgan. Kitobning tarkibi quyidagicha:

      1. jild - tahorat, namoz, ro`za, zakot va haj kabi farz amallarning ibodat masalalariga bag`ishlangan.

      2. jild - oila huquqi, qullar muammolari, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalarni yoritgan.

      3. jild - oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da'vo, iqror bo`lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo`lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg`a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, valiylik, majbur qilish, homiyliy, bosqinchilik hususidagi masalalar yoritil- gan;

      4. jild - shafe'lik, meros taqsimlash, dehqonchilik va bog`dorchilik xususida shartnoma, qurbonlik qilish to`g`risida, shariatga zid yomon nar- salar haqida, tashlandiq va qo`riq yerlarni o`zlashtirish xususida, ovchilik, garovga qo`yish, jinoyatlar xususida, xun haqi to`lash, vasiyat kabi masala- larga bag`ishlangan.

Ushbu asarda yoritilgan masalalar tarkibidan ko`rinadiki, u juda boy tarixiy tajribani o`zida mujassamlashtirgan. Chunonchi kishilar o`rtasidagi munosabatlarda insonparvarlik, adolat barqaror bo`lishida katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tijorat ishlarida adolat, to`g`rilik, halollik, insonparvarlik qoidalariga rioya qilish nihoyatda zarur ekanligi qayd qili- nadi. Birovning haqiga xiyonat qilish, kishilarni aldash gunohi kabr sifa- tida ta'riflanadi. Demak, "Al-Hidoya" sakkiz asrdan buyon Islom dunyosi mamlakatlari uchun eng ishonarli manbalardan biri sifatida mo`'tabar qo`llanma vazifasini o`tab kelmoqda.
Asarda keltirilgan shariat hukmlarini bajarish yuksak ma'naviy, in- soniy fazilatlarni shakllanishida muhim omil bo`lib hisoblanadi.
Islom ahkomlariga mos ravishda paydo bo`lgan taffakkur taraqqi- yotining muhim yo`nalishlaridan biri tasavvuf, ya'ni so`fiylik ta'limoti hisoblanadi. Bu ta'limotlar VIII-IX asrlarda arab dunyosida vujudga kelib,
53
X-XI asrlarda Movaraunnaxr tuprog`iga yetib keldi. Bu ta'limot insoniyatni ma'rifatga, insof va adolatga undashni, umuminsoniy qadriyatlarni e'zozlashni targ`ib qiladi. Nafs, xirs, boylik barcha yomon xislatlarga qar- shi kurash tasavvufning mag`zi hisoblanadi. Uning maqsadi esa komil in- sonni tarbiyalashdan iborat. So`'fiylik ta'limoti nafs deganda, inson fe'l- atvorida uning sha'nini bulg`aydigan illatlarni, jumladan, johillik, man- manlik, dunyoparstlik, poraxo`rlik, o`g`rilik, ta'magirlik, xasislik, baxillik kabilarni tushunadi. Nafsni yengish uchun inson imtihon qilinadi, buning uchun u o`zlikni anglashi kerak bo`ladi. Insondagi o`zlik ruhiy va jismoniy o`zlikdan iborat bo`ladi. Ruhiy o`zlik ilohiy makonda yaratilgan bo`lib, bu dunyoga imtihon va poklanish uchun yuborilgan. Mana shu ruhiy o`zlik nafs orqali imtihon qilinadi va ishq orqali poklanadi. Mana shu ikkita qarama-qarshi kuch doimo o`zaro kurashadi. Inson o`z nafsiga tobe bo`lgan sari ezgulikdan uzoqlashadi, ruhiy ifloslanib, o`zi esa tubanlashadi. Bu ta'limot vakillari jumlasiga Ahmad Yassaviy, Sulaymon Baqirg`oniy, Najmiddin Kubro va Bahouddin Naqshbandlar kiradi. Ularning boy merosi bugungi kunda vatan, millat va komil inson tushunchalarini to`liq anglab yetishda katta xizmat qiladi.
Burxoniddin Al-Marg`inoniy. Mustaqillik sharofati ila allomaning boy ma'naviy merosi xalqqa qaytarildi. O`zining o`lmas asarlari bilan islom qonunchiligiga asos solgan Abul Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abdujamil Farg`ona viloyatining Rishton qishlog`ida tavallud topib, u hijriy 511-593 (milodiy 1115-1197) yillari yashab ijod etdi. Bo`lajak olim ilk ta'limni Rishton, Marg`ilonda olgan bo`lsa, keyinchalik Samarqand, Buxoro va Movarounnahrning yirik shaharlarida bilimini oshirdi. U fikhga oid "Bidoyat al-mubtait", "Nashr al-Mashad", "Kitob at-tajnis", "Al- madad" kabi noyob asarlar yaratdi. Eng mashhur asari " Hidoya fi furi' al- fiqh" ("Fiqh sohalari bo`yicha qo`llanma"). Bu asar islomda sunniylikning hanafiylar mashabida keng tarqalgan shariat qo`llanmasi, ya'ni kodeksi hisoblanadi.
Fiqh sohasida kitob yozish harakati ilgari ham bo`lgan. 1048 yilda vafot etgan Abul Hasan al-Quduriy islom qonunchiligi borasida ilk qo`llanmani yozgan, ammo Burxoniddin al- Marg`inoniy yaratgan "Hidoya" o`z davrida hanafiylar mazhabi tarqalgan mamlakatlarda, xususan, Markaziy Osiyo, Shimoliy Kavkaz va Volga bo`yi musulmonlari orasida asosiy qo`llanma sifatida shuhrat topgan. Bu asar 4 jild, 56 bobdan iborat. Unda Qur'oni Karim oyatlaridan kelib chiqib, shariat masalalarida muallifning fikr va xulosalari beriladi. Hanafiylar mazhabining barcha imom ismlari, shuningdek, boshqa mazhab vakillarining mulohazalari ham
54
asarda keng talqin etilgan. Kitobda oila-nikoh masalalari bilan bog`liq nomalar (nikoh, ajralish) batafsil yoritiladi, ularni bajarish bilan bog`liq huquqiy qonun-qoida va jazo choralari belgilangan.
Agarda islom nuqtayi nazaridan ijtimoiy-iqtisodiy, huququqiy masalalar: mulkiy va moliyaviy munosabatlar, ayniqsa meros, uni bo`lish yo`llari, jinoyat va jazo, fuqorolik huquqlari ham ko`rsatib berilgan. Shuningdek, faqat islomga xos bo`lgan bir qancha masalalar , xususan, jihod, o`lja olish va uni taqsimlash, turmush faoliyatidagi ayrim ta'qiblar, ijozatlar qayd etilgan.
Burxoniddin al-Marg`inoniy nihoyatda keng bilim egasi bo`lish bilan birga haqsevar, adolatli qonunshunos, hadis ilmining donishmandlaridan biri edi. U Qur'onni yoddan bilgan, uni izohlay olgan, shoir, adabiyotchi bo`lgan. Tarixiy qo`lyozmalarda qayd etilishicha, olim avlod-ajdodi ham musulmonlar qonunchiligini yaxshi bilgan insonlar bo`lishgan.
"Hidoya" asari musulmon qonunchiligining barcha qirralarini o`z ichiga oladi va nihoyatda keng tadqiqot manbayi bo`lib hisoblanadi. Asarda, ayniqsa, zakot masalasiga katta e'tibor berilgan, unga maxsus bir bob ajratilgan. Chorva mollari, shaxsiy mulk shakllaridan olinadigan to`lovlar yuzasidan aytilgan fikrlar bag`oyat muhimdir.
Asarning yozilish uslubi shundayki, unda hammaga yaxshi ma'lum masalalar bilan birga, kam uchraydigan holatlar, u yoki bu masalaning nozik tomonlari ikir-chikirigacha izohlab beriladi. Hozirgi davr tili bilan aytadigan bo`lsak, chiqarilgan asosiy qonunga to`la-to`kis sharhga o`xshaydi. Kitobda kimlar va qancha zakot to`lashi kerakligi haqida qiziq ma'lumotlar keltiriladi. Odatda daromadning qirqdan bir hissasi (2,5 foizi) hisobidan zakot to`lanishi kerak. Chorvachilikda 40 echkidan bittasi zakot hisobida beriladi, mol soni kam bo`lsa, olinmaydi. Zakot to`lashda bir yoshdan kichik qo`zilar hisobga kiritilmaydi.
Otlarda esa boshqacha hisob-kitob qilinadi, ya'ni har otdan bir dinor yoki ot bahosining 9 foizi miqdorida zakot to`lanishi kerak. Ammo eshak, xachir va boshqa ishchi hayvonlar (ho`kiz, tuya) dan to`lov olinmaydi. Agar ular oldi-sotdi muomalasida bo`lsa, ahvol o`zgaradi va zakot beriladi. Bir yoshga to`lmagan echki, buzoq va bo`taloqlar ham umumiy hisobga kiritilmaydi, ammo 25 ta tuyadan bittasi, 66 tadan boshlab ikkita, 145 tadan ortig`idan uchta tuya zakot hisobiga berilishi kerak. Shu yerda muhim bir fikr borki, agar mol egasi shu molning (natura) o`rniga uning bahosiga teng zakotni pul shaklida to`lashi ham mumkin, deyiladi.
55
Yana muhim bir ko`rsatma diqqatga sazovorki, zakot yig`uvchi eng yaxshi (sara) molni emas, o`rtacha bahodagi molni olishi talab etiladi. Undan tashqari, zakotni oldindan ham to`lash mumkinligi ko`rsatiladi.
Kumush narsalardan olinadigan zakotda o`rtacha nisob (soliq olinishi mumkin bo`lgan miqdori) 200 dirham deb belgilangan, bundan 2,5 foiz (ya'ni 5 dirham) zakot olinadi. Agar kumush miqdori 200 dirhamdan ortiq bo`lsa, har qo`shimcha 40 dirhamdan yana zakot beriladi va hokazo.
Oltindan olinadigan zakot miqdori o`ziga xosdir. 20 misqolgacha zakot olinmaydi (bir misqol o`rtacha 4,5 gramm ), 20 misqoldan yarim misqol(2,5 foiz) zakot to`lanadi. 20 misqoldan ortiq har 4 misqoldan 2 karat, (ya'ni 12 dan 1 unsiya) zakot berish kerak.
Shaxsiy, xususiy mulk hisob-kitobi kumush yoki ekvivalentiga qarab belgilanadi. Hatto kumush va oltin ham umumiy baho asosida yagona qiymatga keltirilishi mumkin.
Topilgan kon xazina uchun beshdan bir (20 foiz)zakot olinishi lozim. Masalan, biror yerdan yoki ekilayotgan joydan xazina topilsa, shu usuldan foydalaniladi. Qimmatbaho toshlardan zakot to`lanmaydi, chunki toshlar zakotdan mustasnodir.
Tabiiy (yomg`ir, qor suvi bilan) sug`oriladigan yerlardagi hosilning o`ndan biri (10 foizi) ushr shaklida olinadi. Ammo o`rmon, yaylov, chalakalakzor zakotdan ozod etilgan. Sun'iy sug`oriladigan yerlar hisobidan ushrning yarmi (50 foizi) miqdorida soliq to`lanadi.
Burhoniddin al-Marg`inoniy o`z asarida zakotni taqsimlash qonun- qoidalarini ham bayon etadi. Aholining ayrim toifa vakillari: faqir, miskin, zakot yig`uvchilar, qarzdorlar yig`ilgan zakotdan foydalanish imkoniyatlari egaligi haqida ham qimmatli fikrlar bildirilgan.
O`ylaymizki, bobokolonimizning bu asari nihoyatda boy va qimmatli manba sifatida oliy o`quv yurtlarida o`qitilishi zarur. Hozircha bu asarning ruscha tarjimasi mavjud. Asarning birinchi va qolgan jildlarini o`zbek tiliga o`girish kerak.Shunday qilinsa, ayni muddao bo`lur edi. Chunki u yoshlarimiz qalbida insof va diyonat, adolat va haqiqat tuyg`ularini uyg`otishda bebaho xazina bo`lib xizmat qilishi shubhasizdir.



    1. Download 1,61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish