Takrorlash uchun savollar:
1. Korxonaning mehnat resurslarini tahlil etishning ahamiyati nimalardan iborat? 2. Mehnat resurslarini tahlil etishda boshqaruv tahlilining vazifalari nimalardan iborat bo‘ladi? 3. Mehnat resurslarini va mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda tahlilning asosiy axborot manbalari qaysilar hisoblanadi? 4. Korxonalarda mehnat resurslarining tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishlari qanday tahlil etiladi? 5. Mehnat resurslari ishlab chiqarish faoliyatidagi qatnashuviga qarab qanday guruh va kategoriyalarga ajratiladi? 6. Korxonada band bo‘lgan xodimlarning tarkibi qanday tahlil qilinadi? 7. Korxonaning ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik darajasi qanday tahlil qilinadi? 8. Xodimlar qo‘nimsizligi nima va u qanday aniqlanadi? 9. Ishdan bo‘shatish va ishga qabul qilish oboroti ko‘rsatkichlarining iqtisodiy mazmuni nimadan iborat hamda mazkur ko‘rsatkichlar qanday aniqlanadi? 10. Ish vaqtidan foydalanish darajasi qanday usullar orqali tahlil qilinadi?
Mavzu: Ish kuchi qo‘nimsizligi va ishchilarning malaka darajasi tahlili
Reja:
Xodimlar qo‘nimsizligi tahlili
Ishchilarning kasbi bo‘yicha ta’minlanishi tahlili
Ishlab chiqarish rejalarining bajarilishi sanoat ishlab chiqarish xodimlari tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlarga ham bog‘liq. Yil davomida korxona xodimlari tarkibi ishga qabul qilish va bo‘shatish hisobiga o‘zgarib turadi. Bunday o‘zgarishlar ish kuchi oboroti koeffitsiyenti orqali ifodalanadi. Tahlil etishda kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha belgilangan tadbirlarni bajarilishi nazorat qilinadi. Buning uchun ishchilarni o‘rtacha razryadi aniqlanadi.
Xodimlarlarning qo‘nimsizligi ishlab chiqarishga salbiy ta’sir etadi. Qo‘nimsizlik koeffitsiyentini aniqlash uchun o‘z arizasiga muvofiq ishdan bo‘shagan va mehnat intizomini buzganligi uchun ishdan ketgan xodimlar sonining yig‘indisini xodimlarning ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soniga bo‘lish lozim. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yillar bilan taqqoslanadi va tegishli xulosalar qilinadi.
Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, tahlil qilinayotgan xo‘jalik subyektida joriy yilda xodimlar qo‘nimsizligiga bir qadar barham berilgan, ya’ni o‘tgan yili xodimlar qo‘nimsizligi 0,071 koeffitsiyentni tashkil etgan bo‘lsa, hisobot yilida bu ko‘rsatkich 0,050 koeffitsiyentni tashkil qildi. Qo‘nimsizlik 0,429 koeffitsiyentga pasayganligini ijobiy baholamoq lozim. Mazkur korxonada ishdan bo‘shatish oboroti o‘tgan yilgi 9,08 foizdan hisobot yilida 7,18 foizga qadar pasaygan. Bunday natijalar korxonada ijtimoiy-iqtisodiy muhitning yaxshilanayotganligidan dalolatdir. Bu ko‘rsatkichlar orqali korxonada mehnatni tashkil etish, rag‘batlantirish sistemalari talab darajasida tashkil etila boshlanganligini ifodalaydi. Bundan tashqari korxonada mehnat intizomi kuchayganligini ham ko‘rishimiz mumkin. Joriy yilda mehnat intizomini buzganligi uchun ishdan bo‘shatilganlar soni o‘tgan yilga nisbatan 10 kishiga kamayganligini uning tasdig‘i sifatida ko‘rishimiz mumkin. Bunday natijalarni korxona uchun ijobiy hol deb baholash lozim. Tahlil davomida ishchilarni kasbi bo‘yicha korxonaning ta’minlanishini aniqlash lozim, chunki, mahsulot ishlab chiqarish, korxonani, ishchilarning kasbini hisobga olgan holda ta’minlanishiga bog‘liq
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida o‘rganilayotgan davrda jami ishchilar soni biznes-rejada belgilanganiga nisbatan 6 kishiga kamaygan. Ishchilar sonining kamayishiga asosan chilangarlarning 3 kishiga va boshqa toifadagi ishchilarning 9 kishiga kamayganligi sabab bo‘lgan. Korxonadagi ishchilarning asosiy salmog‘ini bo‘yoq tayyorlovchilar, rang tanlovchilar va boshqa toifa ishchilari tashkil etgan. Korxona asosiy kasbdagi ishchilar bilan 99,01 foizga ta’minlangan. Bo‘yoq tayyorlovchilar, bo‘yoq qoruvchilar kasbidagi ishchilar rejaga nisbatan ortiqcha bo‘lgan holda qolgan kasbdagilar kamaygan. Bunday holatni bo‘lishi ishlab chiqarishni normal tashkil etishga to‘sqinlik qiladi, natijada belgilangan ish vaqtidan ortiqcha mehnat sarf qilinishiga va ish haqi fondidan ortiqcha sarfga yo‘l qo‘yilishiga olib keladi. Ishlab chiqarish natijasi, mehnat unumdorligi ishchining mehnat stajiga ham bog‘liq. Tahlil etishda uzluksiz mehnat staji (1-yilgacha, 1-5 yil; 5-10; 10-15; 15-20; 20-25; 25 yildan ortiq)ni jami ishchilar sonida tutgan ulushi aniqlanadi va tegishli xulosa qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |