Prinsiplar Mazmuni. 1. Aniqlik - Tahlil aniq ma’lumotlar asosida amalga oshirilgani uchun uning natijasi ham aniq miqdorlarda ifodalanilishi kerak.
2. Komplekslilik - Obyektiv baho berish maqsadida iqtisodiy voqeliklar har tomonlama o‘rganilishi zarur.
3. Tizimlilik - Tahlil etilayotgan obyekt alohida, bir butun tizim yoki tizimning elementi deb qaraladi. Lekin ular boshqa iqtisodiy voqeliklar bilan ma’lum bir tartib asosida bog‘langanligi doimo e’tiborda bo‘ladi.
4. Davriylik - Belgilangan muddatlarda (rasmiy yoki ichki ehtiyojga ko‘ra) xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shakllantirilish zaruriyati mavjudligi. Bu bilan iqtisodiy ko‘rsatkichlar muayyan vaqt oralig‘ida (yil, chorak, oy, dekada, kun va hokazo) foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Demak, tahlil belgilangan davr oralig‘larida uzliksiz o‘tkazilishi shart.
5. Ishonchlilik - Olingan ma’lumotlarda xato yo‘qligi va haqqoniy ekanligi, realligi asoslanadi.
6. Obyektivligi - Asoslangan xulosalar ishlab chiqish uchun voqeliklar tanqidiy hamda xolislik bilan o‘rganiladi.
7. Natijaviylik - Faoliyat samaradorligini oshirish maqsadlarida foydalanishda tahlil natijalarining yaroqliligini ta’minlash.
8. Tejamlilik - Tahlil uchun sarflangan xarajatlar uni amalga oshirish natijasida erishiladigan iqtisodiy samaradan keskin kam bo‘lishi zarur.
9. Taqqoslanuvchanlik - Ko‘rsatkichlarni taqqoslashda, ya’ni ularni bir asosli tarzda shakllantirilganligi uchun turli davrlar va boshqa korxonalar faoliyati to‘g‘risidagi aynan shunday ma’lumotlar bilan qiyosiy o‘rganish imkoniyati mavjudliligi.
10. Betaraflilik - Axborotdan foydalanuvchilar bir guruhining zarari hisobiga boshqa guruhlar manfaatlarini qondirishning o‘rinsizligi.
11. Hisobga olish. Daromad va xarajatlarning yuzaga chiqish vaqti, o‘rni va markazlari bo‘yicha hisobga olinishi.
12. Uzluksizlik - Korxona xo‘jalik faoliyati yuzasidan barcha jarayonlarni o‘z yakuniga qadar hisobda uzluksiz aks ettirilishi
13. Ilmiylik - Tahlil o‘tkazish davrida ilmiy asoslangan usul va uslublardan foydalanish shartligi
14. Tezkorlik va o‘z vaqtidalilik Tahlil o‘z vaqtida hamda tezkor o‘tkazilishi lozim. Kechikib o‘t-kazilgan tahlil natijalari o‘z samarasini yo‘qotishi mumkin.
15. Boshqa prinsiplar Iqtisodiy tahlilni o‘z prinsiplari asosida amalga oshirish fan vazifalarining obyektiv bajarilishini ta’minlaydi.