Takrorlash uchun savollar:
1.Korxonaning moddiy resurslari nima maqsadda tahlil etiladi? 2. Moddiy resurslarni tahlil qilishda tahlilning asosiy vazifalari nimalardan iborat bo‘ladi? 3. Qaysi axborot manbalariga asoslanib korxonaning moddiy resurslari tahlil qilinadi? 4. Moddiy resurslar tarkibi va uning dinamik o‘zgarishlari qanday tahlil etiladi? 5. Zaxira holatini tahlil etish usullarini ayting. 6. Tovarlarni omborlarda saqlash xarajati qanday aniqlanadi? 7. ABC – analiz, XVZ – analiz, logistika nimani anglatadi? 8. Materiallardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari qanday aniqlanadi? 9. Material qaytimi va material sig‘imi qanday aniqlanadi? 10. Material qaytimining mahsulot hajmiga ta’siri qanday tahlil etiladi? 11. Material sig‘imini pasaytirish imkoniyatlarini ko‘rsatib bering.
Mavzu: Korxonaning material resurslar bilan ta’minlanganligi tahlili.
Reja:
Materiallardan foydalanish tahlili
Material turlari sig‘imi tahlili
Mahsulot ulushi sig‘imi tahlili
Material qaytimi hamda material sig‘imi, avvalo, ishlab chiqarish hajmi va material xarajatlariga bog‘liq. Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, uning strukturasi va mahsulot sotish bahosining o‘zgarishi ishlab chiqarish hajmining qiymat shakliga ta’sir etadi. Material xarajatlariga ham aynan shu omillar, ya’ni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, uning strukturasi, mahsulot birligi uchun materiallar sarfi, materiallar bahosi ta’sir etadi. Materiallar sig‘imiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagicha ifodalash mumkin:
bunda M yo - mahsulot material sig‘imi;
Мх - materiallar xarajati;
Q – ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati;
VQM - jami ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori;
MS - mahsulot strukturasi;
MMS - mahsulot material sarfi;
Mb - material bahosi;
Materiallardan samarali foydalanishni ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri – material xarajatlarining har so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichdan yuqori darajaga erishish korxona faoliyatining ijobiy tomonini ifodalaydi. Materiallardan foydalanishni kompleks tahlilida material xarajatlarini har so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda ko‘rsatkichining dinamikasi o‘rganiladi, raqobatdagi korxona ma’lumotlari bilan taqqoslanib ishga solinmagan ichki imkoniyatlari aniqlanadi. Material xarajatlarini har so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda miqdorini bazis davridan farqlanishiga omillar ta’siri quyidagicha ifodalanadi:
bunda F - sotishdan ko‘rilgan foyda;
М Х - materiallar xarajati;
Т S - sotishdan kelgan sof tushum;
VQМ - ishlab chiqarish hajmi;
RS - sotishdan ko‘rilgan rentabellik, %;
US - ishlab chiqarish hajmida sotishdan kelgan tushum hissasi, %
МQ - material qaytimi
Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki korxonada hisobot yilida material xarajatlarini har so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda 52,31 tiyinni tashkil etib biznes-reja ko‘rsatkichiga nisbatan quyidagi omillar o‘zgarishining ta’sirida 0,18 tiyinga pasaygan. a) sotishdan ko‘rilgan rentabellik
(-6,24)*0,909*1,54=-8,73
b) jami ishlab chiqarishda sotuvdan kelgan tushum hissasi
31,26*(0,192)*1,54=+9,24
v) material qaytimi
31,26*0,101*(-0,02)=-0,69
tekshirish: -0,18=-8,73+9,24-0,69 -0,18=-0,18
Umumiy material sig‘imini pasaytirish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida sarf etilayotgan materiallarning turlari bo‘yicha ham sig‘imini aniqlash lozim.
Umumiy material sig‘imi rejaga nisbatan 0,5 tiyinga xomashyo, energiya va boshqa materiallar sig‘imini 0,3; 0,7; 0,1 tiyinga ortishi tufayli ro‘y bergan. Bu turdagi materiallar sig‘imini pasaytirish evaziga umumiy material sig‘imi 1,1 tiyinga (0,3+0,7+0,1) qisqarishi mumkin. Yarimfabrikat, yoqilg‘ilar bo‘yicha sig‘im rejaga nisbatan 0,6 tiyinga pasaygan. Mahsulot tannarxidagi material xarajatlarini ulushini aniqlash uchun ma’lumotlar mahsulot kalkulatsiyasidan olinadi. A-400 mahsulot turi bo‘yicha ulush sig‘imini dinamikasi va rejasining bajarilishini quyidagi ma’lumotlar asosida tahlil etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |