Iqtisodiy tahlilning mazmuni, predmeti va vazifalari


Takrorlash uchun savollar



Download 1,22 Mb.
bet25/51
Sana12.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#779348
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51
Bog'liq
olim aka iqtisodiy tahlil

Takrorlash uchun savollar:
1. Korxonaning mehnat resurslarini tahlil etishning ahamiyati nimalardan iborat?
2. Mehnat resurslarini tahlil etishda boshqaruv tahlilining vazifalari nimalardan iborat bo‘ladi?
3. Mehnat resurslarini va mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda tahlilning asosiy axborot manbalari qaysilar hisoblanadi?
4. Korxonalarda mehnat resurslarining tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishlari qanday tahlil etiladi?
5. Mehnat resurslari ishlab chiqarish faoliyatidagi qatnashuviga qarab qanday guruh va kategoriyalarga ajratiladi?
6. Korxonada band bo‘lgan xodimlarning tarkibi qanday tahlil qilinadi?

Mavzu: Korxonaning moddiy resurslar bilan ta’minlanganligi tahlili
Reja:

  1. Korxonaning moddiy resurslar bilan ta’minlanganligi tahlili

  2. Material resurslardan foydalanish samaradorligi va ularni ishlab chiqarish hajmiga ta’siri tahlili

Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlarini natijasi hamda samaradorligi ularning material resurslari bilan ta’minlanganligiga bevosita bog‘liqdir. Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni hajmi, sifati ulardagi material resurslarining talab darajasida bo‘lishligini obyektiv ravishda taqozo etadi. Resurslar universalligi, yangiligi hamda arzonligi nuqtayi nazaridan zamon talabiga ham mos kelishi lozim, ya’ni korxonalarning material resurslariga bo‘lgan talabini aniqlashda me’yoriy hujjat va me’yoriy ma’lumotlardan foydalanish lozim. Sanoat korxonalarida biznes-rejada ko‘rsatilgan mahsulotlar miqdorini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan material resurslarining miqdori va qiymati aniqlanadi, ya’ni qancha stanoklar qancha mashinalar, mexanizmlar, shuningdek, boshqa moddiy resurslar bo‘yicha alohida-alohida hisobkitoblar qilinadi. Korxonalarning o‘zlarida mavjud bo‘lgan material resurslarining yil boshiga bo‘lgan miqdori yillik inventarizatsiya natijasida aniqlanadi. Ularda mavjud bo‘lgan material resurslar korxona ishlab chiqarishini davomiyligini ta’minlash uchun yetarli bo‘lmagan holarda korxonalarni zarur bo‘lgan material resurslari bilan ta’minlash uchun shartnomalar tuziladi. Bu masalalar yuqoridagi savolda batafsil yoritilgan. Sotib olinayotgan material resurslarini oqimi natijasida korxonalarga material resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi ortib boradi. Sanoat korxonalarining material resurslari bilan ta’minlanganligi hamda mehnatni ular bilan qurollanganligini ikkinchi savolda keltirilgan ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi. Masalan, korxona ixtiyorida yil boshiga 100 mln so‘mlik material resurslarining mavjudligi balansda ko‘rsatilgan. Korxona uchun esa ishlab chiqarishni bir me’yorda rivojlantirish uchun rejaga muvofiq 170 mln so‘mlik material resurslari zarurligi aniqlangan, demak, korxona uchun ularga bo‘lgan talab to‘liq qondirilayotgani yo‘q. Bu masalani hal etish uchun korxona qo‘shimcha 70 mln so‘mga material resurslarini sotib olishni yoki qarzga, ijaraga olishni rejalashtiradi. U shu masala bo‘yicha tuzilgan shartnomalarda o‘z aksini topadi. Korxona moddiy texnika ta’minotini hal etilishi natijasida yil davomida 50 mln so‘mlik material resurslari sotib olingan. Shunda korxonaning material resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi 88,2 % ni tashkil etgan bo‘ladi (100+150)/170. Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, korxona material resurslari bilan to‘liq ta’minlanmagan, ya’ni ularning miqdori 11,8 % ga kam bo‘lgan.


Bu hol korxona ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Korxonaning material resurslari bilan ta’minlanganligini tahlil etish natijasida ular bilan to‘liq ta’minlanmaganlik faktlari aniqlansa, u holda uni kelib chiqish sabablari o‘rganiladi. Shuning bilan birgalikda ushbu salbiy natijalarni bartaraf etish imkoniyatlari va chora tadbirlari belgilanadi. Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o‘rtacha xarajatlari ya’ni tannarxlari – ko‘p jihatdan xomashyo va materiallardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Material resurslar miqdorini rejalashtirilgan hajmda tayyorlash mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun imkoniyat yaratadi. Material resurslardan tejab-tergab foydalanilmasa hamda ularning amaliyotdagi foydalanilishi belgilangan me’yorlarga nisbatan ortiqcha bo‘lsa, u holda keltirilgan materiallar mahsulot ishlab chiqarish davomiyligi rejasini bajarish uchun yetarli bo‘lmaydi.
Material resurslardan foydalanishni tahlil etishdan maqsad ishlab chiqarish jarayonida ulardan foydalanishda ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, bu holda mahsulot hajmi qanchaga kam yaratilganligi yoki moddiy resurslardan samarali foydalanish natijasida qancha qo‘shimcha mahsulot barpo etilganligi aniqlanadi. Ularni quyidagi usullardan foydalangan holda hisoblash mumkin: - korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot birligi uchun belgilangan xarajat me’yori material resurslarga ketgan haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslanadi; - erishilgan iqtisod yoki ortiqcha xarajat ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy miqdoriga ko‘paytiriladi; - moddiy resurslardan foydalanish natijasida yuzaga kelgan ortiqcha xarajat reja bo‘yicha ko‘zlangan xarajat me’yoriga taqsimlanadi. Shu tartibda materiallardan samarali foydalanish natijasida erishilgan iqtisod asosida qo‘shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ularni tejab-tergab foydalanmaslik oqibatida ortiqcha xarajatlarni yuzaga kelishi zaminida ishlab chiqarilmagan mahsulot hajmi aniqlanadi. Materiallardan foydalanishni yanada chuqurroq tadqiq etish maqsadida quyidagi jadvaldan foydalanamiz:

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib tiribdiki tahlil etilayotgan «AVS» aksionerlik jamiyatida «A» mahsulotni tayyorlashda unga sarflangan rangli metall materiallari iqtisod qilinishi natijasida qo‘shimcha ravishda 52 dona «A» turdagi mahsulot ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘lingan. «B» mahsulotni tayyorlashda esa rejadagidan ko‘proq materiallarning sarflanishi natijasida asoslanmagan ortiqcha xarajatlar amalga oshirilgan. Buning natijasida esa 27 ta «B» nomdagi mahsulot kam ishlab chiqarilgan. Shu bilan birgalikda materiallardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari tahlil etilganda alohida materiallardan foydalanishni tadqiq etish bilan birgalikda korxona bo‘yicha materiallardan foydalanishni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Uni quyida keltirilgan jadval yordamida amalga oshirish mumkin (64-jadval). Tahlil etilayotgan jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, moddiy xarajatlarni iqtisod qilish natijasida qo‘shimcha ravishda 6914 ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqarishga erishildi. Bundan ko‘rinadiki, korxonada tovar mahsulotiga sarflanadigan materiallardan samarali foydalanish borasida ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Korxonada material qaytimi biznes-rejada belgilangan 1,73 so‘mdan haqiqatda 1,89 so‘mga o‘sgan. Bunday natija korxonada materiallardan samarali foydalanganligidan dalolat beradi.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish