Bog'liq 16. Auditorlik tekshiruvining yakunlanishi
b) Malaka va malakaviy kasbdan xabardorlik:
Auditorlik tashkilotlar texnik standartlardan foydalana oladigan va ular talabiga rioya qiladigan, o‘zining majburiyatlarini tegishli sinchkovlik bilan bajarish uchun imkoniyat yaratadigan o‘z kasbi bo‘yicha malakaviy ko'nikmalarga ega bo‘lgan xodimlar bilan ta’minlanishi lozim.
v) Vazifalami topshirish:
Auditorlik ishi ushbu vaziyatlarda talab qilinadigan tegishli texnikaviy tayyorgarlik darajasi va kasbiy bilimlarga ega bo'lgan xodimlarga topshirilishi zarur.
g) Vakolatni yuklash:
Bajarilgan ish tegishli sifat standartlari talablariga javob berishligi yuzasidan oqilona ishonchlilikni ta’minlash uchun kerakli darajada ishni yo'naltirish, uni boshqarishni amalga oshirish va barcha bosqichlarda sharhlash zarur.
d) Maslahatlashish:
Lozim bo‘lsa, tegishli bilimlarga ega bo'lgan shaxslar bilan firmaning o‘zida va uning tashqarisida maslahatlashishdan foydalanish lozim.
e) Mijozlami qabul qilish va saqlash:
Doimiy ravishda bo‘lg‘usi mijozlarga baho berish va mavjud mijozlami sharhlab borish lozim. Mijozni qabul qilish masalasi ko‘rilganda yoki u bilan hamkorlikni davom ettirishda, firma mustaqil, tegishli ravishda xizmatlar taqdim etish qobiliyati va mijoz rahbariyatining halolligi degan mulohazadan kelib chiqish kerak.
j) Monitoring:
Sifat nazorati siyosati va tartibotlarining mosligi va samaradorligi yuzasidan izchillik bilan monitoring o‘tkazish lozim.
Audit o‘tkazish vaqtida rahbarlik vazifalarini bajaruvchi xodimlarga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi: quyidagilami aniqlash uchun audit o’tkazish jarayoni dinamikasini monitoring qilish:
a) auditor yordarnchilari o’zlariga topshirilgan vazifalami bajarish uchun kerakli bo'lgan malaka va kasbiy xabardorlikka egaligi;
b) auditor yordarnchilari audit o’tkazish yuzasidan berilgan ko’rsatmalami tushunganligi;
v)ish auditning umumiy rejasi va dasturiga muvofiq bajarilayotganligi;
g) audit o’tkazish vaqtida buxgalteriya hisobi va audit sohasi bo'yicha paydo bo’ladigan muhim masalalar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘Iish va ko'rib chiqish hamda ulaming muhimligiga baho berib auditning umumiy rejasi va dasturiga tegishli o'zgartirishlar kiritish;
d)xodimlar o‘rtasida har qanday kasbiy mulohazalardagi farqlami hal etish va maslahatning tegishli darajasini aniqlash.