I = a1b1 / a0b0
Bu erda a – ishchilar soni;
v – bir ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha ishlab chiqarish.
Mazkur indeksdan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish hajmiga har bir omilning ta’sirini aniqlaymiz.
Birinchi subindeks Ia = a1b0 / a0b0
Ikkinchi subindeks Ib = a0b1 / a0b0
Qayd qilish joizki, xususiy indekslar (subindekslar) maxrajida ayni bir bazis miqdor bo’lsa, ularning suratida faqat bir omil hisobot darajasiga ega. Quyidagicha deb faraz qilamiz:
a0 = 100; a1 = 110; b0 = 4000; b1 = 4200
I = 110×4200 / 100×4000 = 462000 / 400000 = 1,15
Ia = 110×4000 / 100×4000 = 440000 / 400000 = 1,10
Iv = 100×4200 / 100×4000 = 420000 / 400000 = 1,05
Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, ikkala omilning ta’siri yig’indisi 60000 (440000-400000)+(420000-400000) ga teng, ya’ni ish hajmining umumiy o’sishi miqdoridan kichik (62000).
Bu esa alohida omillarni ajratib olgan holda o’rganish hisobot davridagi ish hajmining bazis davrdan mavjud og’ishini to’liq izohlashga imkon bermasligini anglatadi.
Umumiy o’sish (+62000) qo’shiluvchilarga ajraladi: (10×4000) + (100×200) + (10×200).
Omillar ta’siri shunday: a omil– 40000 (10×4000)
v omil – 20000 (100×200)
2000 [62000 – (40000+20000)] ga teng uchinchi miqdor ishchilar sonining mutlaq o’sishi va o’rtacha ishlab chiqarish ko’paytmasini o’zida aks ettiradi (10×200). Alohida omillar ahamiyatini aniqlashning ikkinchi usuli ketma-ket zanjir usulida xususiy indekslar tuzishga asoslanadi. Misolimizdagi ma’lumotlarga foydalangan holda ketma-ket zanjir usulida qo’llaniladigan subindekslar formulalarini keltiramiz: Ia = a1b0 / a0b0;
Ib = a1b1 / a0b0
Raqam qiymatlarni qo’yamiz:
Ia = 110×4000 / 100×4000 = 440000 / 400000 = 1,10
Iv = 110×4200 / 110×4000 = 462000 / 440000 = 1,05
Bunda subindekslar metodi o’zgarmasligicha qoldi, lekin alohida omillar ta’sirida ishlab chiqarish hajmi o’zgarishidagi mutlaq ko’rsatkichlar boshqa qiymatga ega bo’ldi. Masalan, a omil= 40000 (440000-400000), b omil= 22000 (462000-440000). Bo’linmas qoldiq yo’q.
Har bir omilning ahamiyatini aniqlashda oldingi omillar miqdori ham maxrajda, ham suratda hisobot davri darajasida qabul qilinadi. Bizning misolimizda a omil uchun b omil ta’sir darajasini oydinlashtirishda formulaning ham maxraji, ham suratida hisobot qiymatlaridan foydalanildi. Bu mazkur metodning umumiy tamoyilidir.
Alohida omillar qo’shilishini hisoblash asosida o’zaro aloqador ko’rsatkichlar tizimi yotadi. Har bir navbatdagi hisoblash (omil ta’siri o’zgarishi) oldingisidan kelib chiqadi. Shuning uchun alohida omilning ta’sirini tavsiflovchi mutlaq miqdor ayni bir hodisaning hisob miqdorlari o’rtasidagi farq sifatida ta’riflanadi. Bu miqdorlar o’zaro aloqador va hisoblashga kiritilgan ko’rsatkichlar (omillar) soni bilan farqlanadi. Har bir yangi hisoblash oldingisidan shunisi bilan farqlanadiki, undagi hisob ko’rsatkichlari soni bazis ko’rsatkichlar hisobiga bittaga ortadi, mos ravishda bazis ko’rsatkichlar bittaga kamayadi.
Agar o’zaro hisoblash tizimi omillarni maxsuslashtirilgan qiyoslash usulida qo’llaniladigan usul bilan taqqoslansa, natija, ya’ni zanjir metodida hisoblanadigan alohida omillar ta’sir ko’rsatkichlari hisoblash ketma-ketligiga bog’liqligini payqash mumkin. Masalan, misolimizdagi ikki omil (a va b) ga qaytib, har birining ta’sirini aniqlashda hisoblashlar ketma-ketligini o’zgartirgan holda alohida omillar ta’sirining boshqa mutlaq ko’rsatkichlariga ega bo’lamiz:
Ib = a0b1 / a0b0 = 100×4200 / 100×4000 = 420000 / 400000
b omil hisobiga ish hajmi ortishining mutlaq miqdori = 20000 (420000-400000).
Ia = a1b1 / a0b1 = 110×4200 / 100×4200 = 462000 / 420000
a omil hisobiga ish hajmi ortishining mutlaq miqdori = 42000 (462000 - 420000).
O’z navbatida, mazkur holatda ham balans hisobi mavjud (42000+20000=62000). Biroq o’z oldimizga nafaqat balanslashtirilgan natija olish vazifasini, balki har bir omil ta’sirining to’g’ri raqamli ifodasini topishni ham qo’ygan holda to’g’ri natijalar olish uchun hisoblashda qanday ketma-ketlikka rioya qilish borasidagi masalani oldindan hal etish lozim. Hisoblash ketma-ketligiga bog’liq bo’lgan ehtimoliy variantlar miqdori omillarning faktorial sonini o’zida namoyon etadi. Ikki omilda variantlar soni 2 ga teng (1×2), to’rttada– 24 (1×2×3×4) va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |